cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi

Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...

Show more
Advertising posts
254
Subscribers
+124 hours
+37 days
+430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. Davlat gerbi Oʻzbekiston Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi 10-sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616-XII-sonli qonuniga asosan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 5-modda.
Show all...
#Сурхон_ижодкорлари Сирожиддин Қулбобоевнинг 27 июнь - "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни" байрамига бағишланган шеърини сиз азизларга улашмоқдамиз. ЖУРНАЛИСТ. Мақолалар ёзар, ҳарфлар ҳижжалаб, Соат ўз ўқида гирён неччалаб, Оққа ибодатда кундуз-кечалаб, Журналист. Ёзиб яхшиларни осмонга йўллар, Унга бегонадир, ёт қинғир йўллар, Мажруҳ жумлаларга равон сўз қўллар, Журналист. Эшитади инсон дардин, халқ-ла бир, Муаммо, ечимга излайди тадбир, Фидойидир, жонбоз, сўзлари кескир, Журналист. Унга тинчлик керак, ободлик керак, Хабарлар ёзади, янгилик - дарак, Элнинг чин фарзанди ул жони ҳалак, Журналист. Ноҳақликка муросасиз - тарозу, Юрагида юртга доир ҳар орзу, Ҳар жабҳада илдам юрар, чунки у- Журналист. Сирожиддин ҚУЛБОБОЕВ. https://t.me/sirojiddin_qulboboyev_ijodi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
#Эълон Диққат, Диққат! Ассалому алайкум Азиз ижодкорлар!          Қалби қайноқлар, адабиёт ихлосмандлари, қадрдон китобхонлар!!! Шеърият мухлислари!        Барчангизни Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими ташаббуси билан ташкил этилган, музокара ва мушоҳадаларга, нафис мушоираларга бой бўлган “Жайхун" адабий клуби ижодий анжуманига таклиф этамиз. Шеърлардан баҳраманд бўлинг. Юраги оташ истеъдодлар, даврамизга марҳабо.       Анжуманда: 1.   Хуррам Раимов китоб тақдимоти 2.  Мушоира: "Кўнглим шеърларини ўқиётирман" 3.  Ғолибларни мукофотлар билан тақдирлаш.        "Жайхун" адабий клуби машғулотини шоир Менгнор Олломурод олиб боради.       "Жайхун" адабий клуби 26 июнь соат 10:30 да Термиз шаҳридаги Матбуот уйида бўлиб ўтади. Мурожаат учун телефонлар: 90 747 81 93. https://t.me/Surxonadabiyoti
Show all...
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi

Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...

#Taʼziya     O‘zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg, “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri Erkin A‘zamning volidalari vafot etdilar. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi hamda Surxon yosh ijodkorlari jamoasi adib va uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi https://t.me/Surxonadabiyoti
Show all...
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi

Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...

02:30
Video unavailableShow in Telegram
Har bir xonadonda kutubxona boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Yoʻldosh Mirzayev uzoq yillar kitob yiqqanlar. Ustozning 10 mingga yaqin kitoblari bor kutubxonasini koʻrib koʻzingiz quvnaydi. Bugungi kitobxon uchun oʻrnak boʻlsa arziydigan tavsiya beradilar. Ushbu tavsiyalarni siz bilan ulashmoqdamiz! Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi
Show all...
32.14 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Bugunning gapi Yaxshi yashayman degan odam har kuni kitob o‘qiydi. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Qutlov SIROJIDDIN SAYYID AYTMATOV AKADEMIYASI FAXRIY AKADEMIGI BO‘LDI     O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi unvoni berildi. Faxriy akademiklik guvohnomasini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiqko‘l forumi prezidentining maslahatchisi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, adib Begijon Ahmedov topshirdi. Shu munosabat bilan ustoz Sirojiddin Sayyidni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi hamda Surxon ijodkorlari jamoasi tabriklaydi.    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi https://t.me/Surxonadabiyoti
Show all...
#ЭЪЛОН              Истеъдодли ижодкорлар, адабиёт мухлислари, қадрли китобхонлар!!!              Барчангизни Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими ташаббуси билан ташкил этилган, музокара ва адабий баҳсларга, нафис шеъриятга бой бўлган “Сурхон оқшомлари” мушоира кечамизга таклиф этамиз.             “СУРХОН ОҚШОМЛАРИ” шеърият анжумани: 1.  “Ҳар шоирки ўз шеърин айтгай” мушоираси. 2. Ижодкорнинг ижоди ва ҳаёти. Баҳс муҳокама. 3. Ғолибларга бўлим совғаларини топшириш.            Юракларни тўлқинлантирувчи шеърият мушоираси, ижодкорларнинг кўнгилларини мавжлантирувчи шеърий лаҳзалар ва қизғин, залворли, мулоҳазаларга бой адабий суҳбатга чорлаймиз.           “Сурхон оқшомлари” мушоирасини шоир Менгнор Олломурод олиб боради.           “Сурхон оқшомлари” 20 июнь соат 10:30 да бошланиб 12:00 да тугайди. Манзилимиз: Термиз шаҳридаги Матбуот уйи.       Мурожат учун телефонлар:. 90 747 81 93 Саҳифа учун масъул Музаффар Қурбонов. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими https://t.me/Surxonadabiyoti
Show all...
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi

Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.