EDUMED | Tibbiyot Portali
Open in Telegram
Ushbu platforma — shunchaki Telegram kanal emas. Bu — tibbiyot oliygohlari talabalari, klinik ordinatorlar va o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan amaliyotchi shifokorlarni birlashtiruvchi yirik raqamli ekotizdir 🩺 Zamonaviy tibbiyot
Show more3 179
Subscribers
-524 hours
-187 days
-8630 days
Posts Archive
⚡️ Talabalar uchun imtiyozli ta’lim krediti: qaysi banklardan olish mumkin?
Kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun imtiyozli ta’lim krediti olishni rejalashtirayotganlar quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering.
💳 Asosiy shartlar:
➖ Kredit miqdori — to‘lov-shartnoma asosida
➖ Muddati — o‘qish davri + 7,5 yil
➖ Foiz stavkasi — 14%
👩 Xotin-qizlar uchun — 0%
📌 Kredit miqdori qanday belgilanadi?
— 1-kurs talabalari uchun — to‘lov-shartnoma summasi miqdorida;
— 2-kurs va undan yuqori bosqichlarda — fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichiga qarab.
🏦 Ta’lim krediti rasmiylashtiruvchi banklar va Call-markazlar:
• SQB — 1180
• Hamkorbank — 1256
• Agrobank — 1216
• O‘zmilliybank — 1344
• Xalq banki — 1106
• BRB — 1254
• OFB — 4004
📲 Arizani Ta’lim krediti axborot tizimi — talim-krediti.mf.uz orqali rasmiylashtirish mumkin.
📤 Kontrakt to‘lashda qiynalayotgan talaba va ota-onalarga yuborib qo‘ying!
✅ @Xususiy_oliygohlar
#Tibbiy_tizimda yangilik:
Endi barcha shifokorlar maxsus ro’yxatdan o’tishadi.
Ro’yxatdan o’tish albatta imtihon asosida bo’ladi.
❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, kelgusida roʻyxatdan oʻtmaganlar sohada ishlolmaydi
Barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr shakllantiriladi. U 16 ta axborot bazasi bilan integratsiya qilinadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtishni 2027-yildan ixtiyoriy, 2030-yildan esa majburiy tartibda joriy etish taklif qilinmoqda.
Keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtmagan mutaxassis tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan shugʻullana olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️2027/2028-oʻquv yilidan “Davolash ishi” yoʻnalishi oʻrniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, besh yillik taʼlimdan keyin talabalar bir yil toʻliq amaliy tayyorgarlikdan oʻtadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Magistraturada ta’lim olayotgan xotin-qizlarning kontrak to‘lovini qoplab berilishi bo‘yicha ariza namunasi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025
❗️Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
🔰 Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
Tatbiq etilmaydi:
➖ 15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
➖ qo‘shma taʼlim uchun.
📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025
1-bosqich magistratura mutaxassisliklariga o'qishga qabul qilingan talabgorlar diqqatiga ❗️
⏳O'qish 7-sentyabr sanasidan boshlanadi
📝Kerakli hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli 5. 3,5x4,5 foto 6 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi 2 xil (papka skorosshivatel, ipli papka); 7. Konvert A5 formatida (konvert kattasidan boʻlishi kerak diplom va ilovalar sigʻadiganidan) 8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, nogironlik guvohnomasi nusxasi ). 9. Xotin qizlar kontrakt pulini qoplab berish boʻyicha arizasi 10. Kontraktga kirgan yigitlarni toʻlov cheki🚀Sizda ham shu kòrinishdagi ma'lumotlar bòlsa kanal adminiga yuboring:
✅ Ertaga, 2-sentyabr (chorshanba) kuni:
— barcha uchun ish kuni;
— maktablarda barcha sinf o‘quvchilari uchun dars boshlanadi;
— akademik litsey va texnikumlarda darslar boshlanadi;
✅ 7-sentyabr (dushanba) kuni oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqich talabalari uchun darslar boshlanadi.
✅ 14-sentyabr (dushanba) kuni oliygohlarning 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun darslar boshlanadi.
TIBBIYOT OLIY O'QUV YURTLARI BITIRUVCHILARI O'QISHNI AN'ANAVIY (OFFLINE) SHAKLDA BOSHLASHADI!
🎓 2027-yilgi barcha tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari (bakalavr, magistraturaning so'nggi kurslari) uchun yangi o'quv yili to'liq an'anaviy — offline shaklda boshlanadi.
💸OYLIK VA STIPENDIYALAR OSHDI — BIZDA ESA NARXLAR MUZLATILDI!
"Pravangiz" hali ham yo'qmi? Narxlar yanada oshib ketishini kutmang — "EKSKLYUZIV" bilan orzuingizdagi haydovchiga aylaning! 🏆
🔥FAQAT 30-SENTABRGACHA SUPER AKSIYA ("A", "B", "BC" TOIFALARI UCHUN)! 🅱️-TOIFA ✅Muddat: Atigi 2.5 oy ✅Narxi: 3 900 000 so'm 💳Qulaylik: Boshlang'ich atigi 300 000 so'm to'lab, qolganini bo'lib to'lang! 🅱️C-TOIFA ✅Muddat: Atigi 4 oy ✅Narxi: 5 700 000 so'm 💳Qulaylik: Boshlang'ich atigi 500 000 so'm to'lab, qolganini bo'lib to'lang! 📋Kerakli hujjat: 1️⃣ Pasport nusxasi 2️⃣ 4 dona 3x4 foto 3️⃣ 083 tibbiy ma’lumotnoma🌟 NEGA AYNAN "EKSKLYUZIV"? 🚘 VIP-Servis: Darsga Urganch SHAHRI bo'ylab uyingizdan olib ketamiz va amaliyotdan so'ng qaytarib olib kelamiz! (Yo'lkira va vaqtingiz 100% tejaladi). 🎯 Imtihonga 100% tayyorgarlik: Mashg'ulotlar real imtihon markazi talablari va avtodrom elementlari asosida o'tkaziladi. Birinchi martadanoq topshira olasiz! 👩💼 Ayollar va qizlar uchun: Professional ayol instruktorlar va mutlaqo qulay, shinam muhit. 🛠 Zamonaviy Avtopark: Eski mashinalarda emas, zamonaviy va qulay avtomobillarda o'rganasiz. 🎓TALABALAR VA O'QITUVCHILAR UCHUN: Darsingiz va rejangizga xalaqit bermaydigan moslashuvchan grafik! Darsdan keyin va dam olish kunlari dars o'tish imkoniyati. 🎉18 YOSHGA TO'LGANLAR UCHUN: Kattalar hayotiga birinchi qadam! Do'stlaringiz bilan birga keling va guruh bo'lib chegirmaga ega bo'ling. ⚠️SHOSHILING! Chegirmali narxda 300 000 so'm to'lov qilib, o'zingiz uchun narxni muzlatib qo'ying! ⬇️ Hoziroq qo'ng'iroq qiling va joyingizni band qiling: +998 (90) 430-11-22 +998 (94) 787-11-22 📩 Telegram ALOQA: @TARAQQIYOTFD ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook ✅YouTube
🔴 🟦🟦🟦
❗️SSV: Klinik ordinaturaga kirish imtihonlarining natijalari ma’lum bo‘ldi
🧑🏻💻 Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.⏺ Ta’kidlash joiz, talabgorlarning hujjatlari elektron shaklda onlayn qabul qilindi hamda imtihonlar nafaqat poytaxtdagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham tashkil etildi. 🤩 Bugun Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi rasmiy veb-saytida ushbu imtihon natijalari e’lon qilindi.
⬇️ Natijalar bilan tanishish uchun havola:https://tmbm.ssv.uz/post/category/clinic_results ‼️ Agar imtihon jarayonlari va natijalari yuzasidan savollar bo‘lsa, talabgorlar hujjatlarini topshirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🎓Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
O'zbekistonda talabalar stipendiyasini oshirish taklif qilindi.
Fiskal tahlillar instituti talabalarning bazaviy
stipendiyasini oshirishni taklif qildi. Hozirgi to'lov kundalik xarajatlarni qoplashga yetarli emasligi ta'kidlandi.
Bazaviy stipendiya 569 870 so'm, minimal iste'mol xarajatlari esa 715 ming so'm.
Institut stipendiyani minimal iste'mol xarajatlari darajasigacha oshirish va ehtiyojmand talabalarni manzilli qo'llab-quvvatlashni taklif qilmoqda.
Ayni paytda stipendiyalar 1-sentyabrdan 7 foizga
oshirilishi belgilangan. Mutaxassislar esa uni kamida 26 foizga oshirish kerakligini aytmoqda.
