cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

OTFIV_Navoiy viloyati boshqarmasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🌐 Veb-sayt: @OTFIV_Navoiy 📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45

Show more
Uzbekistan49 546The language is not specifiedEducation103 365
Advertising posts
291
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Professional va oliy ta'lim integratsiyasi kuchaymoqda G’ozg’on politexnika texnikumi rahbariyati Qirg‘iziston Respublikasi Osh texnologiya universitetiga tashrif buyurib,  bir qator shartnomalar tuzishga erishdi. Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-54-sonli qarorining “Yo‘l xaritasi”da belgilangan “Kasb-hunar ta’limining oliy ta’lim bilan integratsiyasini kuchaytirish, jumladan ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashni “2+2”, “2+3” va boshqa sxemalar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash”  to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar tashkil etilmoqda. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati. @OTFIV_Navoiy
Show all...
Karmana politexnika texnikumida hududdagi umumta‘lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilarini texnikumda 2024-2025- o'quv yilida qabul jarayonlarini tashkil etish, yangi mutaxasisliklar bo'yicha bitiruvchilarga ma'lumot va tushunchalar berish, texnikumdagi yo'nalishlari bo'yicha ishlatiladigan jixozlar to'g'risida ko'nikmalar hosil qilish maqsadida "Kasbim-faxrim" mavzusida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Hududdagi maktab bitiruvchilariga texnikumda tashkil etilgan shart sharoitlar, imkoniyatlar, mavjud texnik baza jixozlari katta ta'ssurot qoldirdi. Shuningdek, yoshlarni sportga bo'lgan qiziqishlarini munosib rag'batlantirish, sportni keng ommaga targ'ibotini kengaytirish maqsadida "Direktor kubogi" futbol musobaqasi tashkil etildi. Bizni kuzating👇 @OTFIV_Navoiy
Show all...
👩‍⚕️“Xalqaro hamshiralar kuni” ✅Har yili 12 may kuni butun dunyo bo’ylab “Xalqaro hamshiralar kuni” bayrami keng nishonlanadi. Ushbu sana munosobati bilan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Kasbim-faxrim” mavzusida o'quvchilar o'rtasida bellashuv tashkil qilindi. ✅ O'quvchilar o’zlarining kasblariga bo'lgan iqtidorii va salohiyatini namoyish etib, sahna ko’rinishlari, tibbiyotga oid tezkor savol javoblar, kuy qo’shiqlarini ijro etishdi. ✅Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan o'quvchilarga faxriy yorliq xamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati. @OTFIV_Navoiy
Show all...
Repost from Edu.uz
#e’lon #attestatsiya Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
#e’lon #attestatsiya Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkazilishi belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
«Najot bilimda». Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati. @OTFIV_Navoiy
Show all...
🔥“XOTIRA ABADIY - QADR MUQADDAS” ➡️Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira abadiy – qadr muqaddas” deb nomlangan xotira tadbiri bo’lib o’tdi. ➡️Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi. ➡️Tadbirni o’tkazishdan ko’zlanga asosiy maqsad yosh avlodni ona yurtga muxabbat, istiqlol g’oyalari va umumbashariy qadryatlarga sadoqat ruxida tarbiyalash, ularning ong va shuuriga vatanparvarlik tuyg’usini singdirish, ikkinchi jahon urushida halok bo’lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun saflarimizda turib Vatan obro’-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalashga xissa qo’shayotgan faxriylarni e’zozlashga o’rgatishdan iborat. Bizni kuzating👇 🔵Facebook |📷Instagram |📷Telegram |🎬YouTube
Show all...
⏺#9May #XotiraVaQadrlashKuni 9-May — Xotira va qadrlash kuni Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovi. 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Karmana politexnika texnikumi tomonidan tayyorlangan videorolik. Bizni kuzating👇 @OTFIV_Navoiy
Show all...
Repost from Edu.uz
E’lon! Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi. Turnirning 1-bosqichi oliygohlarning o‘zida 5-maydan 10-maygacha o‘tkaziladi. 1-bosqichda har bir o‘yin bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich Toshkent shahar bosqichi bo‘lib, 11-maydan 23-mayga qadar o‘tkaziladi. 🔺Ushbu qiziqarli turnirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g‘oliblar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar: Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9 Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9 O‘z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to‘plang va oliygohimiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo‘r ekanligini isbotlang! Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 88-804-74-74
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
9 may «Xotira va qadrlash kuni» bayram munosabati bilan Uchquduq tuman markazida joylashgan «Xotira xiyoboni» maydonida motamsaro ona haykali qarshisida "Jasorat- millat g‘ururi va iftixori“ shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Uchquduq sanoat texnikumi jamoasi ham 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va bayram tadbirida faol ishtirok etdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati. @OTFIV_Navoiy
Show all...
👍 1