en
Feedback
Qalampir LIVE

Qalampir LIVE

Open in Telegram

Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali. ▫️| RASMIY — @qalampir ▫️| SPORT — @qalampirsport Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20 Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Qalampir LIVE

Channel Qalampir LIVE (@qalampirlive) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 59 257 subscribers, ranking 4 447 in the News & Media category and 1 219 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 59 257 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 471 over the last 30 days and by -85 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 15.36%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 13.87% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 9 102 views. Within the first day, a publication typically gains 8 219 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 73.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali. ▫️| RASMIY — @qalampir ▫️| SPORT — @qalampirsport Reklama: @qalampir_marketing, +998(99)868-33-20 Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.

59 257
Subscribers
-8524 hours
-467 days
-1 47130 days
Posts Archive
Apple o‘zining birinchi buklanadigan smartfonini iPhone Duo nomi ostida e’lon qildi Smartfon dizayni to‘liq tasdiqlandi: u ko‘zga tashlanadigan buklanish chizig‘i bo‘lmagan egiluvchan displeyga ega. Ichki ekranning diagonali 7,6 dyuymni, tashqi ekran esa 5,4 dyuymni tashkil etdi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇺🇦🇷🇺Ukraina dronlari Noviy Urenoy shahriga ilk bor zarba berdi Ukrainadan 3 ming kilometrdan ortiq masofada joylashgan Ya
+3
🇺🇦🇷🇺Ukraina dronlari Noviy Urenoy shahriga ilk bor zarba berdi Ukrainadan 3 ming kilometrdan ortiq masofada joylashgan Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Noviy Urenoy shahri birinchi marta uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga uchradi. Bu hududda Rossiyaning strategik gazni qayta ishlash korxonalari joylashgan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇷🇺🇺🇦Lavrov BMT tan olgan Ukraina endi mavjud emasligini aytdi
“Biz dunyo siyosatida qonuniy subyekt sifatida tan olgan Ukraina endi mavjud emas. Bu – fakt. Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi ham endi mavjud emas”, deb ta’kidlagan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Yevropa FREYJA dasturi atrofida mudofaa kompaniyalarini birlashtirmoqda Ukraina Prezidenti va Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Store hamkor mamlakatlarning mudofaa kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Asosiy mavzu – Ukraina, Daniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya hamda Buyuk Britaniyaning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga Yevropani havo xavflaridan kompleks himoya qilishni ta’minlay oladigan FREYJA raketaga qarshi dasturi bo‘lgan. “FirePoint”, “Kongsberg”, “Weibel”, “Saab”, “Diehl Defence”, “Hensoldt”, “Thales”, “Safran”, “Sener” va “Leonardo” rahbariyati bilan birgalikda rahbarlar va hukumat vakillari o‘z darajasida, ishlab chiqaruvchilar hamda dasturchilar esa o‘z darajasida aniq nimalarni amalga oshirishi kerakligi kelishib olingan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Yangi iPhone narxlari: iPhone 18 Pro – 256 GB uchun $1199 dan iPhone 18 Pro Max – $1299 dan Shuningdek, 2 TB xotirali versiya
Yangi iPhone narxlari: iPhone 18 Pro – 256 GB uchun $1199 dan iPhone 18 Pro Max$1299 dan Shuningdek, 2 TB xotirali versiyalar ham mavjud. Sotuvlar 18-sentabrdan boshlanadi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇮🇷Eron yerostidagi “Pikeks-Mauntin” obyektida qurilish ishlarini jadallashtirdi CSIS tahlilchilarining baholashicha, granit
+1
🇮🇷Eron yerostidagi “Pikeks-Mauntin” obyektida qurilish ishlarini jadallashtirdi CSIS tahlilchilarining baholashicha, granit qatlami bilan qoplangan ushbu obyekt yadroviy faoliyatga aloqador himoyalangan infratuzilmani joylashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. U yerda sentrifugalarni yig‘ish, uranni boyitish quvvatlari yoki yadro qurolini ishlab chiqishga oid boshqa inshootlar joylashishi ehtimoli bor. Tahlillar yo‘llardagi harakatning ko‘paygani, tonnel kirish joylarining mustahkamlangani va kengaytirilgani, ichki yo‘llar yotqizilgani va boshqa qurilish ishlarini ko‘rsatgan. Bu tunnel kovlash bosqichidan obyektning ichki qismini jihozlash bosqichiga o‘tilganidan dalolat beradi. “Pikeks” obyekti yer ostida shunchalik chuqur joylashganki, hatto Pentagonning eng kuchli oddiy bunkerga qarshi aviabombalari ham unga yetib bora olmaydi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini namoyish qildi Smartfon o‘tgan yilgi model kabi dizaynga va alyuminiy korpusga ega. Korpusning yangi ranglari va kichraytirilgan Face ID moduli asosiy farqlardan biri bo‘lgan. Smartfon kumushrang, qora, moviy va to‘q qizil ranglarda sotuvga chiqadi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Apple iPhone 18 Pro ва iPhone 18 Pro Max’ни тақдим этди Батафсил 👇👇👇 https://qalampir.uz/n/142786 Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇷🇸🇺🇿Serbiya O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtiryapti Serbiya Mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vazi
🇷🇸🇺🇿Serbiya O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtiryapti Serbiya Mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Militsa Stamenkovskiyning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida Hukumatlararo bitimni imzolash masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shuningdek, Serbiyaning O‘zbekistonda elchixona ochishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Netanyaxu Hermon tog‘ida O‘rtayer dengizigacha bo‘lgan hududni nazorat qilayotganini iddao qildi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rosh-Xashona bayrami arafasida Hermon tog‘iga tashrif buyurib, mamlakat xavfsizligi va harbiy yutuqlari bo‘yicha bayonot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari Hermon tog‘idan tortib Yamuk daryosigacha, shuningdek, mazkur hududdan O‘rtayer dengizigacha bo‘lgan ulkan maydonni to‘liq nazorat qilmoqda. Shuningdek, u oldinda hali qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalar turganini ta’kidlagan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇸🇾Idlib viloyatida o‘q-dori ombori portlashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi Suriya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hodisa oqibatida yana 11 kishi jarohat olgan. Portlashning aniq sabablari va moddiy zararning to‘liq ko‘lami sohaviy idoralar tomonidan aniqlanmoqda. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

+1
🇮🇶Iroq hududiy suvlarida dron neft tankeriga zarba berdi Panama bayrog‘i ostida taxminan 2 mln barrel Iroq mazutini tashiyotgan tanker Iroqning hududiy suvlarida dron hujumiga uchragan. Zarbadan so‘ng kema bortida yong‘in chiqqan. Ekipajning barcha 22 nafar a’zosiga zarar yetmagan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇵🇸G‘azo shahrida evakuatsiya ogohlantirishi e’lon qilindi G‘azo shahrida aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish bo‘yicha rasmiy ogohlantirishlar e’lon qilingach, harbiy harakatlar va vaziyatning keskinlashuvi kuzatilgan. Mazkur choralar hududdagi xavfsizlik va vaziyatning jiddiyligidan dalolat beradi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Madaniy meros obyektlarida axloqsiz harakatlarni sodir etib, ularni tasvirga olgan ayrim “blogerlar” ogohlantirildi Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi bu kabi hayosiz harakatlar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdordagi jarima jazosi bilan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Samarqandda tirik ayol “o‘ldi”ga chiqarildi Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, Bulung‘ur tumanida yashovchi 25 yoshli fuqaro M.M. 2022-yil tug‘uruq bo‘limiga og‘ir holatda murojaat qilgan. Homilaning esa ona qornida nobud bo‘lgani aniqlangan. Homila tug‘dirib olingan hamda antenatal o‘lim holati belgilangan tartibda qayd etilgan. Ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish jarayonida shifokor R. G‘. yo‘l qo‘ygan texnik xato oqibatida fuqaroning pasportidagi JSHSHIR raqami nobud bo‘lgan farzandining ma’lumotlariga biriktirib qo‘yilgan. Samarqand VSSBga ko‘ra, fuqaroning ma’lumotlar bazasidagi xatolik bartaraf etilgan. Elektron ma’lumotlar bazasida Face ID tizimi bilan bogʻliq kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Fransiyalik hay-dayver Lionel Frank o‘zining jahon rekordini yangiladi U Kassisdagi 42 metrlik qoyadan boshi bilan suvga sakradi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

+6
🇳🇴Norvegiya Qiroli vafotidan 12 kun o‘tib dafn etildi Norvegiya Qiroli Harald V bilan davlat darajasidagi xayrlashuv marosimi 9-sentyabr kuni Oslo soborida bo‘lib o‘tgan. Marosimga dunyoning turli burchaklaridan qirollik oilalari vakillari va yuqori martabali rasmiylar tashrif buyurgan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

Yangi Toshkentda qurilayotgan stadion qiymati 100 mln dollarga baholandi Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan 55 ming to
Yangi Toshkentda qurilayotgan stadion qiymati 100 mln dollarga baholandi Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion FIFA talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Arena 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan JCHning O‘zbekistondagi asosiy maydoni bo‘ladi. Olti qavatli majmua tarkibiga asosiy arenadan tashqari 3 ta mashg‘ulot maydoni, 10 dan ortiq eskalator va 5500 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan avtoturargoh kiradi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇮🇱🇵🇸Saar G‘azodagi qurbonlar uchun javobgarlikni HAMAS zimmasiga yukladi Isroil TIV rahbari Gideon Saar rasmiy bayonot bilan chiqib, G‘azo sektoridagi insoniy talofatlar va qurbonlar uchun asosiy aybdor kim degan savolga o‘z pozitsiyasini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro oqibatida halok bo‘lganlar - xoh u isroillik, xoh falastinlik bo‘lsin barchasi - uchun mas’uliyat bevosita HAMAS harakati zimmasiga tushadi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇨🇳Xitoyda to‘rt oyoqli robot suv ostida sinovdan o‘tkazildi Xitoyda MAXHUB X1 deb nomlangan to‘rt oyoqli robotning suv ostidagi to‘liq sinov jarayoni tasvirga olingan. Sinov davomida robot suv tubi bo‘ylab harakatlanib, turli to‘siqlarni muvaffaqiyatli oshib o‘tgani kuzatilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday robotlardan suv ostida qolgan hududlar hamda boshqa xavfli zonalarda qidiruv-tekshiruv ishlarini olib borishda foydalanish ko‘zda tutilgan. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH