BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
Open in Telegram
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun @buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ @buxdu_5tashabbus - расмий канал https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Show more1 240
Subscribers
-124 hours
-197 days
+18130 days
Posts Archive
❓ To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish qanday ishlaydi?
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
#e’lon
“Ijtimoiy reyestr”ga kirgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun yotoqxona xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin
Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Eslatma, belgilangan tartibga muvofiq, ushbu imtiyozdan faqat davlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin. Bunda, arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi.
TTJ xarajatlari har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
📢 E’LON
TALABALAR TURAR JOYI XARAJATLARINI DAVLAT BUDJETI HISOBIDAN QOPLAB BERISH BO‘YICHA ARIZA YUBORISH MUMKIN
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun talabalar turar joyi (TTJ) xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin.
Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Ariza o‘quv yili uchun bir marotaba yuboriladi.
Kimlar foydalanishi mumkin?
Ushbu imtiyozdan:
oilasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan;
davlat oliy ta’lim tashkilotining talabalar turar joyida shartnoma asosida yashayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
Bunda talabaning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotganligi inobatga olinmaydi.
📅 Ariza topshirish muddati
Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi (kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali).
Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar shu oy uchun TTJ xarajatlarini qoplab berish maqsadida ko‘rib chiqilmaydi.
💳 To‘lov qanday amalga oshiriladi?
Arizasi ma’qullangan talabalar uchun TTJ to‘lovi ariza berilgan oydan boshlab qoplab beriladi.
TTJ uchun to‘lovlar har oy 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
📌 Muhim: TTJ xarajatlarini qoplab berish faqat tegishli talablarga javob beradigan va davlat oliy ta’lim tashkilotining talabalar turar joyida shartnoma asosida yashaydigan talabalar uchun amalga oshiriladi.
Talabalardan belgilangan muddatlarda ariza topshirishlarini so‘raymiz!
❓ Ijara puli kimlarga qoplab beriladi? Xususiyda o'qiyotganlarga hammi?
◾️ Afsuski, yo'q. Xususiydagi talabalarga berilmaydi.
Amaldagi tartibga ko'ra, davlat OTMlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Grantda o'qiyitganlarga ham beriladimi?
Ha, beriladi.
Talabalar qanday saralanadi?
Ijara puli qoplab beriladigan talabalarni OTMlardagi komissiyalar tanlab oladi.
Repost from BuxDU •БухГУ •BukhSU
📣📣📣📣📣📣📣
📘 BuxDUda yangi davr: yangi bino, yangi o‘quv yili, yangi marralar
2026-yil 7-sentabr kuni soat 08:30 da Buxoro davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi, “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri hamda 2700 o‘rinli yangi zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda respublika va viloyat miqyosidagi nufuzli mehmonlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Shuningdek, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” yuqori saviyada tashkil etiladi.
Professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, faxriy ustozlar, Buxoro shahri aholisi va barcha yurtdoshlarimizni ushbu tantanali tadbirga taklif etamiz!
Lokatsiya
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube
⚡️ Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?
Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
❗Eslatma: super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
📢 E’LON
TALABALAR TURAR JOYI XARAJATLARINI DAVLAT BUDJETI HISOBIDAN QOPLAB BERISH BO‘YICHA ARIZA YUBORISH MUMKIN
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun talabalar turar joyi (TTJ) xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin.
Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Ariza o‘quv yili uchun bir marotaba yuboriladi.
Kimlar foydalanishi mumkin?
Ushbu imtiyozdan:
oilasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan;
davlat oliy ta’lim tashkilotining talabalar turar joyida shartnoma asosida yashayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
Bunda talabaning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotganligi inobatga olinmaydi.
📅 Ariza topshirish muddati
Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi (kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali).
Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar shu oy uchun TTJ xarajatlarini qoplab berish maqsadida ko‘rib chiqilmaydi.
💳 To‘lov qanday amalga oshiriladi?
Arizasi ma’qullangan talabalar uchun TTJ to‘lovi ariza berilgan oydan boshlab qoplab beriladi.
TTJ uchun to‘lovlar har oy 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
📌 Muhim: TTJ xarajatlarini qoplab berish faqat tegishli talablarga javob beradigan va davlat oliy ta’lim tashkilotining talabalar turar joyida shartnoma asosida yashaydigan talabalar uchun amalga oshiriladi.
Talabalardan belgilangan muddatlarda ariza topshirishlarini so‘raymiz!
📢 E’LON
YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN TALABALAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ta’lim olish davrida qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
✅ KIMLARGA AJRATILADI?
Mazkur subsidiya:
🔹 yetim bolalarga;
🔹 ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga;
🔹 texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan mazkur toifadagi yoshlarga;
🔹 ta’lim olayotgan davrida o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun
har o‘quv yilida bir marotaba ajratiladi.
💰 SUBSIDIYA MIQDORI
📚 Kitob xarid qilish xarajatlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida.
📌 Subsidiya Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
📌 Subsidiya har o‘quv yilida bir marotaba beriladi.
Eslatma: qarorning mazkur bandida subsidiya olish huquqi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davri bilan bog‘langan.
📌 ASOS
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son
“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Mazkur toifaga kiruvchi talabalar kitob xaridi uchun subsidiya olish masalalari bo‘yicha yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki tyutoriga murojaat qilishlari so‘raladi.
Buxoro davlat universiteti
Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti
📢 E’LON
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan o‘quvchi va talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan.
Mazkur Nizom quyidagi toifadagi o‘quvchi va talabalarga tatbiq etiladi:
🔹 davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarini tamomlab, ta’lim muassasalarida, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar;
🔹 ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va to‘liq davlat ta’minotiga olingan bolalar va talabalar;
🔹 ta’lim olish davrida yetim yoki ota-onasining (qonuniy vakillarining) qaramog‘idan mahrum bo‘lib qolgan hamda homiy tayinlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganligi sababli to‘liq davlat ta’minotiga olingan o‘quvchi va talabalar.
Ushbu toifadagi shaxslarni belgilangan tartibda:
💰 pul nafaqalari;
🍽 oziq-ovqat mahsulotlari;
👕 kiyim-bosh;
👟 poyabzal;
🎒 boshqa zarur buyumlar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
❗️ E’TIBOR BERING!
Mazkur Nizom:
vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;
oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan to‘liq davlat ta’minotidagi bolalarga;
oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotganlarga;
ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalarga;
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriatni bitirgan yili o‘qishga qabul qilinmagan talabalarga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori.
Mazkur toifaga kiruvchi talabalar belgilangan ijtimoiy imtiyoz va ta’minotlardan foydalanish masalalari bo‘yicha yoshlar masalaalri va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari yoki tyutorga murojaat qilishlari so‘raladi.
Buxoro davlat universiteti Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti
#Prezident_nutqi_asosida_tayyorlandi
#TAQDIMOT✅
🇺🇿“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
👨💼(ASOS manba)
(Targ'ibot tadbirlarida foydalanish tavsiya etiladi)
TARG‘IBOT MATERIALLARI ✈️
📚“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
🦅PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQIGA SHARH.
“Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan Targ'ibot tadbirlarida foydalanish tavsiya etiladi. TAQDIMOT🌐 TARG‘IBOT MATERIALLARI😎
#e’lon
“Ijtimoiy reyestr”ga kirgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun yotoqxona xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin
Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Eslatma, belgilangan tartibga muvofiq, ushbu imtiyozdan faqat davlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin. Bunda, arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi.
TTJ xarajatlari har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, ULKAN MAS’ULIYAT!
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Besh tashabbus” jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu avvalo erkin fikr, bunyodkorlik, orzu va imkoniyatlar demakdir. Bugun yurtimizda yoshlarning bilim olishi, o‘z iste’dodini namoyon etishi, sport, san’at, kitobxonlik va zamonaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar — mustaqillikning eng go‘zal samaralaridandir.
🌱 Har bir yoshning ezgu tashabbusi — Vatan taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.
📚 Har bir o‘qilgan kitob — kelajak sari tashlangan qadamdir.
🎨 Har bir ijodiy g‘oya — millatimiz salohiyatining namoyonidir.
🏆 Har bir sportdagi g‘alaba — yurtimiz sharafining yuksalishidir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning bunyodkor va faol yoshlari bilan birga buyuk kelajak sari!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🇺🇿 “Besh tashabbus” jamoasi
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida o‘tkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
🎭 Bugun “Ko‘hna va Boqiy Buxoro” majmuasi amfiteatrida Buxoro davlat universitetining 81 nafar talabasi ishtirokida tadbirning asosiy repetitsiya jarayonlari olib borilmoqda.
Talabalar sahna ko‘rinishlari, ommaviy chiqishlar va belgilangan dastur asosidagi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, bayram tadbirini yuqori saviyada o‘tkazishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
⏳ Asosiy repetitsiya jarayonlari kechga qadar davom etib, har bir chiqishning uyg‘unligi, sahna madaniyati va jamoaviy harakatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🍲 Uzoq davom etayotgan repetitsiya jarayonida talaba-qizlarga qulay sharoit yaratish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida kechki payt fakultet dekan o‘rinbosarlari K. Qobilov, A. Jumayev, O. Azimov, T. Rajabov, I. Barakayev va S. Samadov tomonidan ehson oshi tashkil etildi.
🤝 Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik talabalar uchun nafaqat ko‘tarinki kayfiyat, balki mas’uliyatli tayyorgarlik jarayonida qo‘shimcha ruhiy dalda bo‘lmoqda.
💐 Talabalar o‘z navbatida ularning ishtirokini ta’minlash, repetitsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va zarur ko‘makni ko‘rsatib kelayotgan tyutorlar, Yoshlarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti yetakchi mutaxassislari hamda barcha mas’ul xodimlarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.
🇺🇿 Bir maqsad, bir jamoa va yuksak mas’uliyat bilan — Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik davom etmoqda!
#BuxDU #Mustaqillik35 #MustaqillikBayrami #TayyorgarlikJarayoni #YagonaMaqsad #Buxoro
