Qo'rg'ontepa yoshlari
Open in Telegram
Qo'rg'ontepa tumani Yoshlar ishlari bo'limining rasmiy sahifasi
Show more1 200
Subscribers
-124 hours
-77 days
-4530 days
Posts Archive
Repost from Sport vazirligi
+9
#fotoreportaj
Hokim va yoshlar uchrashuvi doirasida sportchilarni taqdirlash marosimidan foto reportaj
Repost from Sport vazirligi
+9
#fotoreportaj
Hokim va yoshlar uchrashuvi doirasida sportchilarni taqdirlash marosimidan foto reportaj
Repost from Sport vazirligi
+9
Andijonda hokim va yoshlar uchrashuvi doirasida sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
📍 Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida har haftaning payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida viloyat hokimi va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda viloyatning faol, tashabbuskor va turli sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlari ishtirok etdi.
✅ Tadbirda 2025-yil davomida sportning turli yo‘nalishlarida Osiyo va jahon chempionatlari, kuboklarida hamda nufuzli kompleks musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan Andijonlik sportchilar va ularning ota-onalari tantanali ravishda taqdirlandi.
🔺 Viloyat sportchilari 2025-yil davomida jami 71 ta medal (30 oltin, 22 kumush, 19 bronza) qo‘lga kiritdi. Shu jumladan:
🔺 Jahon chempionati va kuboklarida — 17 ta medal (7 oltin, 5 kumush, 5 bronza)
🔺 Osiyo chempionati va kuboklarida — 24 ta medal (10 oltin, 9 kumush, 5 bronza)
🔺Kompleks musobaqalarda — 29 ta medal (13 oltin, 8 kumush, 8 bronza)
Ularning yutuqlari viloyat yoshlariga o‘rnak sifatida e’tirof etildi.
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
+9
✔️Viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashdi
⚫️Har haftaning payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida viloyat hokimi va sportchi yoshlar o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Unda yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘targan yoshlar bilan yuzma-yuz suhbat olib borildi.
⚫️Uchrashuvda 2025-yil davomida Osiyo va jahon chempionatlari hamda nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan andijonlik sportchilar va ularning ota-onalari tantanali ravishda taqdirlandi.
⚫️Shuningdek, ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligi, ta’lim, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda sport sohasidagi istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
#andijon_yoshlar_day
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
+9
✔️Kelajak sari “yashil” qadamlar tashlanmoqda
⚫️“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan daraxt ekish aksiyasi Andijon viloyatida ham keng ko‘lamda tashkil etildi. Xususan, Bobur shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu ekologik tadbirda viloyat hokimi boshchiligida, korxona-tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, volontyorlar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, atrof-muhitni yanada obod qilish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shdilar.
⚫️Mazkur aksiya nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki yoshlar va aholi qalbida tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
⚫️Ekilgan har bir koʻchat tabiatga berilgan ulkan e’tibor, kelajak uchun tashlangan “yashil” qadam timsolidir.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
+9
✔️Andijonda “Pavloniya fest–2026”ga start berildi
⚫️Pavloniyaga burkangan Andijon shahrida “Pavloniya fest–2026” festivali boshlandi. Mazkur festival hududning tabiiy go‘zalligi, ekologik imkoniyatlari hamda turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan.
⚫️Festival doirasida konsert dasturlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va ommaviy yurishlar tashkil etilib, shaharning pavloniya daraxtlari bilan bezangan ko‘chalarida bayramona muhit hukm surmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️ Kuch sinovi boshlandi — maydon seni kutmoqda!
⚫️Andijon viloyati bo'ylab 31-martdan 4-aprelga qadar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi vorkout musobaqalarining mahalla bosqichlari bo‘lib o‘tadi. 18–30 yoshdagi yigitlar uchun tashkil etilayotgan ushbu bellashuvlar chinakam kuch, iroda va shijoat sinovi bo‘ladi.
⚫️Agar o‘zingizga ishonsangiz — maydonga chiqing! Turnik va brusda mahoratingizni namoyon eting, tengdoshlaringiz orasida eng kuchlilardan biri ekaningizni isbotlang.
⚫️Musobaqalarda ishtirok etish uchun mahallangiz yoshlar yetakchisiga aloqaga chiqing.Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️G‘alaba nafasi, kurash zavqi, haqiqiy futbol ruhi! Bu — shunchaki musobaqa emas... Bu — shijoat, birdamlik va g‘alaba sari dadil qadam!
⚫️16-30 yosh oraligʻidagi mahalla yoshlari oʻrtasida futbol hamda mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari start olmoqda!
30-mart kuni viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ushbu musobaqalarning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.⚫️Siz ham futbol bayramidan chetda qolmang! Shijoatingizni namoyon eting, jamoangiz bilan g‘alaba sari intiling! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
+9
✔️Ezgulik ulashuvchi tadbir davom etmoqda
⚫️Yoshlarga insonparvarlik va ezgulik tuyg'ularini singdirishni maqsad qilgan donorlik qon topshirish aksiyasi davom etmoqda.
⚫️Viloyat qon quyish markazida 200 nafarga yaqin yoshlar yetakchilari, ko'ngilli yoshlar, talabalar va harbiy xizmatchilar ushbu savobli ishga hissa qo'shish maqsadida jam bo'ldilar.
⚫️Aksiya soat 16:00ga qadar davom etadi. Barcha ko'ngilli donorlarni viloyat qon quyish markazida kutamiz.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Shijoat va g‘ayrat sinovi boshlanmoqda!
⚫️Yoshlar! Sizni kuch, jasorat va matonatni namoyon etadigan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalariga chorlaymiz! Bu — o‘z imkoniyatingizni sinash, jamoa bilan birga harakat qilish va haqiqiy g‘oliblik ruhini his etish uchun noyob imkoniyat!
⚫️Tezlik, chaqqonlik, chidamlilik va haqiqiy iroda sinovdan o‘tadigan ushbu musobaqada siz ham ishtirok eting! O‘z kuchingizni ko‘rsating, jamoangizni yig'ing va g‘alaba sari dadil qadam tashlang!
Ro'yxatdan o'ting va ishtirok eting.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
❣️ Donorlik har qanday inson qilishi mumkin bo‘lgan oddiy, lekin oliy qahramonlikdir!
💫 Biz esa Sizni qahramonlikka chorlaymiz! Bemorlarga hayot hadya eting! Donorlik xayriya aksiyasida faol qatnashing! Unutmang, Siz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin!
📆 Sizni 28-mart kuni soat 9:00dan 16:00ga qadar viloyat qon quyish markazida qon topshirish xayriya aksiyasida kutamiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
+1
🇺🇿 Qorasuv shaxar Birlik MFY yoshlar yetakchisi tomonidan kitobxon, kitobni sevuvchi yoshlarga ajoyib yangilik.
📚 Mutolaa ilovasini yuklab oling va ro'yxatdan o'tib yetakchi tomonidan tashkil qilingan marra loyixasida qatnashing!
1 yillik 📚 mutolaa premium obunasini qo'lga kiriting!
sovg'alar (premiumlar) soni cheklangan shoshiling!
📚 ilovani yuklab olish uchun link ustiga bosing!
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Yoshlar bilan ochiq muloqot — muammolar yechim topmoqda
⚫️Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yoshlar kuni doirasida Boʻston tumani mahalla yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot oʻtkazdi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar diqqat bilan tinglanib, ayniqsa, oʻqish uchun kontrakt toʻlovlarini qoplash, doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kreditlar ajratish hamda dehqonchilik uchun yer maydonlari berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⚫️Har bir koʻtarilgan masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur muloqot yoshlarning muammolarini oʻz vaqtida hal etish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda kelajakka boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
#Andijon_yoshlar_day
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
+9
✔️“Rahbar va yoshlar” — ochiq muloqotlar samarali davom etmoqda
⚫️“Payshanba — yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Andijon viloyatida yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotlarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Paxtaobod, Izboskan hamda Andijon tumani ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan joylarda ochiq muloqotlar tashkil etildi.
⚫️Muloqotlar davomida yoshlar tomonidan ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish, kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, probatsiya hisobidagi yoshlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo'lsa, ayrim masalalarga mas'ullar biriktirilib, nazoratga olindi.
#Andijon_yoshlar_day
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Yoshlar bilan ochiq muloqot — muammolar yechim topmoqda
⚫️Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Yoshlar kuni” munosabati bilan shahrixonlik yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida viloyat rahbari yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, ularning kelajak rejalari, ta’lim yo‘nalishlari hamda kasb tanlash borasidagi fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishdi.
⚫️Muloqot jarayonida yoshlar o‘z g‘oya va tashabbuslari, orzu-maqsadlari hamda takliflarini erkin bayon qildilar. Shuningdek, ular tomonidan ko‘tarilgan kredit olish, uy-joyni ta’mirlash va doimiy ishga joylashish masalalari ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Viloyat hokimi har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
#Andijon_yoshlar_day
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Yoshlar uchun xalqaro imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
⚫️Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon Chet tillari institutida talaba-yoshlar uchun muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda Migratsiya agentligi Andijon hududiy filiali hamda litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari faol ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bormoqda.
⚫️Uchrashuv davomida talaba-yoshlar va bitiruvchilarga xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashish imkoniyatlari, zarur hujjatlar hamda talablar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish va kasb egallash orqali xalqaro mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish istagidagi yoshlar uchun foydali tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar taqdim etilmoqda.
#Andijon_yoshlar_day
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Aziz yoshlar, tayyormisiz?
⚫️Sizni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi shaxmat, shashka musobaqalari hamda “Zakovat” intellektual o‘yinining mahalla bosqichlariga taklif qilamiz.
⚫️27–28-mart kunlari Andijon viloyatidagi barcha mahallalarda ushbu bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib oʻtamiz, shaxmat musobaqalarida 7 yoshdan 70 yoshgacha, shashka hamda “Zakovat” intellektual oʻyinida esa 16-30 yosh oraligʻidagi ishtirokchilar qatnasha oladi.⚫️O‘z bilimingizni sinab ko‘ring, g‘alaba sari qadam qo‘ying!
Ishtirok etish istagidagi barcha mahalla yoshlar yetakchisi bilan bogʻlanishi mumkin.Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from Digital.uz
👉 Agar o'zingizni AT’da sinab ko‘rishni o'ylab yurgan bo'lsangiz, unda bu Siz uchun ajoyib imkoniyat!
💧 School 21’da yangi «Hovuz» uchun qabul boshlandi!
«Hovuz» — bu 14 kun ichida immersion tajribalarga sho'ng'ib, o‘zingizni real vazifalarda sinab ko'radigan bosqich: kod yozasiz, muammolarni hal qilasiz va jamoa bilan real IT muhitida ishlaysiz.
🔘 Saralash: 13-aprel
🔘 Arizalar topshirish uchun muddat: 8-aprel
«Hovuz»da ishtirok etish shartlari qanday?
🫥 21-school.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting;
🫥 Onlayn saralash o‘yinini yakunlang;
🫥 Jamoa bilan bo‘ladigan majburiy uchrashuv ro‘yxatiga yoziling (onlayn yoki oflayn);
🫥 Hujjatlarni shaxsiy kabinetga yuklang;
🫥 Tekshiruvdan so‘ng hujjatlarning asl nusxasini kampusga olib keling.
🔅 Shuningdek, Telegram-bot orqali ham dastlabki ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Shoshiling! Joylar soni cheklangan - qabul yopilishidan oldin ulgurib oling.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
