en
Feedback
Qo'rg'ontepa yoshlari

Qo'rg'ontepa yoshlari

Open in Telegram

Qo'rg'ontepa tumani Yoshlar ishlari bo'limining rasmiy sahifasi

Show more
1 201
Subscribers
-124 hours
-87 days
-4430 days
Posts Archive
✔️Kitobxonlarga viloyat prokurori sovrini topshiriladi ⚫️Andijonlik yoshlar uchun Andijon viloyati prokurori sovrini uchun ta
✔️Kitobxonlarga viloyat prokurori sovrini topshiriladi ⚫️Andijonlik yoshlar uchun Andijon viloyati prokurori sovrini uchun tashkil etilayotgan “Andijon yoshlari marrasi” tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov doirasida ishtirokchilar 15 kun davomida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini mutolaa qilib tugatishlari lozim bo‘ladi. ⚫️Tanlovga 20-may kunidan start beriladi hamda 3-iyun kuni offlayn test sinovlari orqali g‘oliblar aniqlanadi. ⚫️G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🟢1-o‘rin — noutbuk 🟢2-3-o‘rinlar — planshet. ⚫️Mutolaaga oshno bo‘ling, marrani birgalikda zabt eting! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✔️ Daromadli kasbni bepul o‘rganing! ⚫️Yoshlar uchun “SMM AI Savodxon” dasturi ishga tushdi! Bu dastur orqali siz SMM va sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish ko‘nikmalarini mutlaqo bepul o‘rganasiz. ⚫️Atigi 6 haftada, siz 0 dan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish va AI yordamida samarali ishlashni o‘zlashtirasiz. ⚫️Joylar soni cheklangan shoshiling! ⚫️ Ro‘yxatdan o‘ting: havola ⚫️Qo‘shimcha ma'lumot uchun +998 (55) 520-60-60 Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✔️Qizlar nega o‘qishi kerak?! ⚫️Bilimli qiz — bu faqat o‘zining emas, balki jamiyatning ham kelajagini o‘zgartira oladigan kuchdir. Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi To‘rayeva Shirina bugun o‘zining yutuqlari, intilishi va bilimga bo‘lgan chanqoqligi bilan ko‘plab tengdoshlariga motivatsiya bo‘lib kelmoqda. U erishayotgan natijalar qizlarning ta’lim olishi, katta maqsadlar sari intilishi naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotlaydi. ⚫️ Har bir muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, izlanish va o‘z ustida ishlash yotadi. Shirinaning yutuqlari esa bugungi yosh qizlar uchun: “Sen ham uddalay olasan!” degan kuchli signal. Zero, bilimli va zamonaviy fikrlaydigan qizlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchidir. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✔️Andijonning shijoatli yoshlari bir maydonda jam bo'ldi ⚫️Mardlik, jasorat va haqiqiy vatanparvarlik ruhi mujassam bo‘lgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining Andijon viloyati bosqichi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. ⚫️ Musobaqalarning quyi bosqichlarida jami 18 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Eng kuchli va irodali yoshlar orasidan saralangan 16 ta jamoa - 160 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida g‘alaba uchun kurash olib bordi. Yoshlar musobaqalar davomida jismoniy tayyorgarlik, epchillik, jamoaviy hamjihatlik va chinakam matonatini namoyon etdilar. ⚫️Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🟢 1-o‘rin — Marhamat tumani "Alitepa" mahallasining “Temurbeklar” jamoasi; 🟢 2-o‘rin — Ulug‘nor tumani "Terakzor" mahallasining “Shunqorlar” jamoasi; 🟢 3-o‘rin — Bo‘ston tumani "Madaniyat" mahallasining “Temurbeklar” jamoasi qo‘lga kiritdi. ⚫️ G‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, yoshlarning Vatanga sadoqat, shijoat va g‘ayratga boy chiqishlari tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✔️Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi Akmaljon Tangirqulovning Andijon yoshlariga murojaati Bizning sahifa
✔️Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi Akmaljon Tangirqulovning Andijon yoshlariga murojaati Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

Repost from N/a
⚠️ Guruh yangilandi, lekin bot admin emas yoki huquqlari yetarli emas! 📌 Nomi: Курғонтепа фаоллари 🆔 ID: -1001716431548 ❗️ Bot yozish va xabarlarni o'chirish (delete_messages) ruxsatiga ega bo'lishi kerak. Iltimos, huquqlarni bering va yana yangilang. 👥 A'zolar: 424 ta 🌐 Username: Yo'q ⏳ 2026-05-15 18:43:56

Repost from N/a
⚠️ Yangi Guruh qo'shildi, lekin bot admin emas yoki huquqlari yetarli emas! 🔠 Nomi: Курғонтепа фаоллари 🌟 ID: -1001716431548 ❗️ Bot yozish va xabarlarni o'chirish (delete_messages) ruxsatiga ega bo'lishi kerak. 🐶 Username: Mavjud emas

Repost from N/a
🚫 Bot Guruh dan chiqarib yuborildi! 📌 Nomi: OBOD MFY 🆔 ID: -1001956897595 🌐 username: @Mavjud emas ❌ 🔗 Havola: https://t.me/+tJ2uyt9bzI81ZmQy

Repost from N/a
🚫 Bot Guruh dan chiqarib yuborildi! 📌 Nomi: Олтинсой-Суткон МФЙ группаси 🆔 ID: -1003767339218 🌐 username: @Mavjud emas ❌ 🔗 Havola: https://t.me/+1Y2arKsfYYY1NzJi

Repost from N/a
⚠️ Yangi Guruh qo'shildi, lekin bot admin emas yoki huquqlari yetarli emas! 🔠 Nomi: Янги янги турмуш 🌟 ID: -1001796353649 ❗️ Bot yozish va xabarlarni o'chirish (delete_messages) ruxsatiga ega bo'lishi kerak. 🐶 Username: Mavjud emas

🟥🟥 ⚫️"Shijoat va g'ayrat" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi doirasida ishtirokchilar 5-shart orqali AK-74 (Kalashnikov avtomati)ni toʻliq va notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish jarayonini amalga oshirmoqda. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

#oav_nigohida ✔️ “Yangilanish shiddati" ko'rsatuvining bu galgi sonida Andijonlik yoshlar faoliyatiga nazar solindi 📺TV: “O'zbekiston-24" Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

ISTE’DODLI MUALLIFLAR UCHUN TANLOV! Siz iste’dodli shoir, yozuvchi, dramaturg yoki ssenaristmisiz? Unda ushbu imkoniyat aynan
ISTE’DODLI MUALLIFLAR UCHUN TANLOV! Siz iste’dodli shoir, yozuvchi, dramaturg yoki ssenaristmisiz? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi iste’dodli mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib moliyaviy sharoit yaratish maqsadida maxsus tanlov e’lon qiladi. Saralangan ishtirokchilarga 1 yilgacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda haq to‘lanadi. Arizalar 15-apreldan 15-mayga qadar quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi. 👉 Ariza berish Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. @kitobxonlikkengashi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✔️Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun tashkil etilgan shaxmat musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. ⚫️Musobaqa jarayonlaridan yorqin lavhalar. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

🔺 Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi ♟ Bil
🔺 Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi ♟ Bilim va zakovat timsoli bo‘lgan shaxmat sport turi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z nihoyasiga yetdi. ✅ Mazkur nufuzli musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli shaxmatchilar o‘zaro dona surib, aql-zakovati, sabr-toqati hamda mustahkam irodasini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘lib, ishtirokchilarning intellektual salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi. 🏆 Chempionat yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Marhamat tumani jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy diplom, medal, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur musobaqa yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Bizning sahifalarimiz: 📝Telegram |📝Facebook |💻Instagam |🎞Youtube |🌐 Web-sayt

✔️Andijonda yoshlar ovozi yangradi ⚫️Andijonda “ Yoshlar ovozi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda mahalla bosqichlarida 40 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular orasidan saralangan 113 nafar iste’dod egasi viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. ⚫️Ishtirokchilar an’anaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etib, tomoshabinlar va hakamlar hay’atining olqishiga sazovor bo‘ldi. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. ⚫️G'oliblar bilan tanishing!
🟢An’anaviy ijro yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Umarov Ilyosbek (Andijon shahar); 16-22 yosh toifasida Abdumuxtorova Odina (Jalaquduq tumani); 23-30 yosh toifasida Sultonov Sirojiddin (Jalaquduq tumani). 🟢Estrada yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Shokirjonova Rayyona (Andijon shahar); 16-22 yosh toifasida Xolmatov Ahliddin (Marhamat tumani); 23-30 yosh toifasida Jamshidov Kamron (Buloqboshi tumani). 🟢Opera yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Arziboyev Abdulaziz (jalaquduq tumani); 16-22 yosh toifasida Ismoiljonov Sarvar (Andijon shahar); 23-30 yosh toifasida Muxtarova Yulduz (Asaka tumani). 🟢Baxshichilik yo‘nalishi: 16-22 yosh toifasida Jiyanbayeva Salime (Xo‘jaobod tumani); 23-30 yosh toifasida Gulboyev Samandar (Andijon tumani).
Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✔️"Mobilograflar maktabi"ning yangi mavsumi boshlanyapti! ⚫️Kontent yaratishga qiziqasizmi? Telefoningiz orqali sifatli video
✔️"Mobilograflar maktabi"ning yangi mavsumi boshlanyapti! ⚫️Kontent yaratishga qiziqasizmi? Telefoningiz orqali sifatli video olish, kadr tanlash, montaj qilish va ijtimoiy tarmoqlar uchun kreativ roliklar tayyorlashni o‘rganmoqchimisiz? Unda aynan siz uchun “Mobilograflar maktabi” loyihasining 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda! ⚫️Darslar 13-maydan 26-mayga qadar Andijon shahridagi Yoshlar markazida malakali mutaxassislar tomonidan intensiv tarzda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etiladi. ⚫️Mashg‘ulotlar ikki smenada bo‘lib o‘tadi: 🟢 1-smena — 10:00 dan 12:00 gacha, 🟢 2-smena — 14:00 dan 16:00 gacha. ⚫️Darslarda ishtirok etishni istagan 18–30 yoshdagi barcha yoshlarni 13-may kuni soat 9:30 da, shuningdek, ikkinchi smena uchun 13:30 da Andijon shahridagi Yoshlar markazida kutamiz. ⚫️Eng muhimi, o‘quv kursi xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. ⚫️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — zamonaviy kasbni tez va sifatli o'rganing! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube

✅✅✅✅✅✅ ✔️O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun shaxmat bo‘yicha nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida viloyat chempionati bo'lib o'tadi ⚫️Musobaqada ishtirok etishni istagan barchangizni ushbu nufuzli shaxmat chempionatida faol qatnashishga taklif qilamiz! ⚫️Sana: 2026-yil 13-may (chorshanba kuni) ⚫️Boshlanish vaqti: soat 09:00 ⚫️Joy: Andijon shahri, "Universal" sport majmuasi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube