Qo'rg'ontepa yoshlari
Open in Telegram
Qo'rg'ontepa tumani Yoshlar ishlari bo'limining rasmiy sahifasi
Show more1 202
Subscribers
-124 hours
-67 days
-4130 days
Posts Archive
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Baxtiyor yurtning baxtli farzandlari
⚫️1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Andijon shahridagi Ekoparkda “Baxtiyor yurtning baxtli farzandlari” shiori ostida bolalar festivali tashkil etildi. Bayram tadbirida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi hamda ularning quvonchiga sherik bo‘ldi.
⚫️Festival davomida bolalar uchun konsert dasturlari, qiziqarli o‘yinlar, ko‘rgazmalar va turli interaktiv maydonchalar tashkil etildi. Jajji ishtirokchilarning quvonchga to‘la nigohlari, samimiy kulgisi va beg‘ubor shodligi bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Farzandlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik esa ularning baxtli va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
🇺🇿Andijon viloyati Bolalar harakati sardorlari O‘zbekiston milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi!
🏟Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va omad tilaymiz. Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz bizning faxrimizdir!
💚Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alaba sari dadil qadam tashlang! 🇺🇿
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
+5
✔️Biz "Yoshlar tashabbuslari marafoni"da ishtirok etamiz! Siz-chi?
⚫️Marafonda qatnashish uchun maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://yoshlar.gov.uz/marathon
#YoshlarKuni #YoshlarOyligi #YoshlarTashabbuslariMarafoni
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
“Tashabbusli sport” loyihasida ovoz berish jarayonlari tugashiga 3 kun qoldi
Xabaringiz bor, hozirda “Tashabbus.sport.uz” sayti orqali sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tmoqda.
Barchangizni mazkur tanlovning, so‘nggi 3 kunligida yanada faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Call-markaz: (55) 520-90-07
Telegram:
@tashabbus_sport_support
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
🇺🇿 Qadrli hamyurtlar!
🗝 Barchangizni bugungi ulug’ ayyom - Qurbon Hayiti bilan muborakbod etamiz! Ushbu farahbaxsh kunda Siz azizlarga, butun yurtimizga Yaratgandan tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizga fayz-u baraka, qilayotgan ezgu amallarimizga bardavomlik so’raymiz!
🗓 Qurbon Hayiti muborak bo’lsin!
Hurmat bilan, Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasiBizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
“Tashabbusli sport” loyihasining yangi mavsumi uchun ovoz berish jarayoni davom etmoqda!
✅Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizning barcha tuman va shaharlarida bittadan sport maydonchasi qurish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.
📑 Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan har bir tuman/shahar hududdagi g‘olib mahallalarga qurib beriladi.✔️Ovozlar 21-maydan 31-may kuniga qadar tashabbus.sport.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Eʼtibor bering: - tanlovda vazirlik tomonidan avval sport maydonchalari qurilmagan mahallalar ishtirok etadi; - tanlov mahalla yoshlar yetakchilarining arizalariga muvofiq amalga oshiriladi. 🟢 Loyihamizda faol ishtirok eting va mahallangiz hududida sport maydonchasi yutib oling!Call-markaz: (55) 520-90-07 Telegram: @tashabbus_sport_support Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Imkoniyatdan foydalangan yosh — kelajakni qurayotgan tadbirkor
⚫️Paxtaobod tumanida yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yana bir zamonaviy ta’lim maskani faoliyat boshladi. PQ-60-sonli qaror asosida imtiyozli kredit olib, yosh tadbirkor Hikmatillo Muhammedov tomonidan tashkil etilgan “Score Study” o‘quv markazi bugun yoshlarning bilim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rganishida muhim maskanga aylanmoqda.
⚫️Bugungi kunda davlat tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar — bu shunchaki yordam emas, balki katta ishonchdir. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishdir. Hikmatillo Muhammedovning tashabbusi esa ko‘plab yoshlar uchun ilhom va motivatsiya bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero, harakat qilgan yosh uchun bugun imkoniyat ham, qo‘llab-quvvatlash ham yetarli!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
Umummilliy AI Hackathon - Andijon bosqichi startiga oz qoldi!
3–6 iyun kunlari Andijon shahrida "Umummilliy AI Hackathon"ning navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi.
Jamoangiz bilan birgalikda haqiqiy hayotiy muammolarga AI-yechimlar topish, mentorlar ko'magida ishlash va ekspertlar oldida loyihangizni taqdim etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
Andijon bosqichi treklari: ➖ Sog'liqni saqlash ➖ Ta'lim ➖ Tadbirkorlik ➖ Sud tizimiIshtirok etish shartlari: - Har bir ishtirokchi yakka tardibda ro'yhatdan o'tishi; - Faqat arizasi tasdiqlangan ishtirokchilar qatnashishi mumkin; - 16 yosh va undan yuqori, pasport yoki ID-kartaga ega; - Faqatgina Andijon viloyatida yashovchi yoshlar uchun ochiq. Eng yaxshi loyihalar keyingi bosqichlarda rivojlantiriladi. 📍 Manzil: Andijon shahri "Digital Hub" binosi. 🖥 Ro'yxatdan o'tish 31-maygacha quyidagi havola sayt orqali: ai-hackathon.uz 🔗 Batafsil ma’lumot va ro'yhat: https://eventflow.uz/uz/events/national-ai-hackathon-andizhan Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni”ga start berildi!
⚫️Iyun oyi davomida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan Yoshlar oyligi doirasida yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar maydoni yaratilmoqda. Endilikda siz IT, sun’iy intellekt, startap, tadbirkorlik, xotin-qizlar faolligi, kitobxonlik, volontyorlik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi 20 dan ortiq loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin!
⚫️30 kun davom etadigan ushbu marafon — bu shunchaki loyiha emas, balki o‘z ustingizda ishlash, yangi bilim va tajribalar orttirish, kuchli jamoaga qo‘shilish hamda kelajagingiz sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.
⚫️Marafonda qatnashish uchun maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://yoshlar.gov.uz/marathon
⚫️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bugungi harakat — ertangi muvaffaqiyat poydevori!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Ajdodlarga hurmat millatning ma’naviy kuchidir
⚫️Bugun yurtimizning turli hududlarida yoshlar tomonidan qabristonlarni obod qilish, qabrlarni tartibga keltirish va atrof-muhitni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ezgu tashabbus nafaqat obodonlashtirish, balki ajdodlar xotirasiga bo‘lgan ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va yoshlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
⚫️Inson o‘z tarixini, ildizini va ajdodlarini unutmasa, kelajagi ham mustahkam bo‘ladi. Yoshlarning bunday xayrli ishlardagi faolligi esa jamiyatimizda hurmat, tarbiya va insoniylik qadri yanada yuksalayotganining yorqin namunasidir.
🏷Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmatiBizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️ Sport, birdamlik va inson qadri ulug‘langan tadbir
⚫️ Andijon tumanidagi “Ziyolilar” bog‘ida “Talaba, yugur” hamda “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, 7 mingdan ortiq ishtirokchini bir maydonda jamladi. Talabalar, professional sportchilar, volontyorlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir sport, sog‘lom turmush tarzi va insonparvarlik g‘oyalarining yorqin namunasiga aylandi.
⚫️ Ayniqsa, “Inson uchun” inklyuziv yugurish musobaqasi tadbirning eng ta’sirli va mazmunli qismi bo‘ldi. Bir kilometr masofada tashkil etilgan yugurishda nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar professional sportchilar bilan bir safda startga chiqib, matonat, iroda va hayotga muhabbatning chinakam namunalarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha orqali sport insonlarni ajratmaydigan, aksincha birlashtiradigan kuch ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi.
⚫️ “Talaba, yugur” esa bugun minglab yoshlar uchun nafaqat sport musobaqasi, balki sog‘lom hayot sari dadil qadam, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va katta sport harakatining bir qismiga aylanish imkoniyatiga aylandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
✔️6 milliard so‘mlik grant — katta ishonch va ulkan imkoniyat!
⚫️Andijonning yana bir shijoatli yoshi Muxtarxodjayev Azizillo 6 milliard so‘mlik grant mablag‘i asosida Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilgan Yoshlar saroyi va zamonaviy bosmaxonani yuritib kelmoqda. Ushbu loyiha yoshlarning innovatsion fikrlashi, tashabbuskorligi hamda yurtimizda ilm va ta’limga berilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasiga aylandi.
⚫️Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur bosmaxona ta’lim jarayonida sifatli mahsulotlar tayyorlash, yoshlarning amaliy tajribasini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu loyiha katta maqsad sari intilgan yoshlar uchun motivatsiya va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
Aziz yurtdoshlar va qadrli yoshlar!
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining tantanali yopilish marosimi munosabati bilan katta bayram konsert dasturi tashkil etilmoqda.
📅 22-may
🕕 Soat: 18:00
📍 Universal sport saroyi
✨ Konsert kechasida sizni kuy-qo‘shiqlar, bayramona shukuh va unutilmas lahzalar kutmoqda.
🎤 Maxsus mehmon — estrada xonandasi Elyorbek Meliboyev
Mashxurbek Yuldashev
Elyorbek Tuychiyev
Sevinch Aliyeva
Hurmatli fuqarolar, barchangizni oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan ushbu bayram shodiyonasiga chorlab qolamiz!
📢 Bizni kuzatishda davom eting!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
MUHIM ESLATMA!!!
Qadrli yoshlar, Andijon viloyati prokurori sovrini uchun o'tkazilayotgan kitobxonlik marrasi offlayn tarzda tashkil etiladi.
Berilgan asarni "Mutolaa" ilovasi orqali yoki oddiy kitob shaklida ham o'qishingiz mumkin. Tanlovning test bosqichi qayerda va qachon bo'lishi haqida kanalimiz orqali qo'shimcha e'lon beramiz.
Barcha ishtirokchilarga omad tilamiz!
Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling
👇👇👇👇👇
https://t.me/andyouthpress
Repost from ANDIJON YOSHLARI 🇺🇿
✔️Kitobxonlarga viloyat prokurori sovrini topshiriladi
⚫️Andijonlik yoshlar uchun Andijon viloyati prokurori sovrini uchun tashkil etilayotgan “Andijon yoshlari marrasi” tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov doirasida ishtirokchilar 15 kun davomida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini mutolaa qilib tugatishlari lozim bo‘ladi.
⚫️Tanlovga 20-may kunidan start beriladi hamda 3-iyun kuni offlayn test sinovlari orqali g‘oliblar aniqlanadi.
⚫️G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🟢1-o‘rin — noutbuk
🟢2-3-o‘rinlar — planshet.
⚫️Mutolaaga oshno bo‘ling, marrani birgalikda zabt eting!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
