cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Namangan IIB | Rasmiy kanal

Биз ижтимоий тармоқларда. Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy

Show more
Advertising posts
8 027
Subscribers
-624 hours
+197 days
-2330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom” oyligi doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda Namangan viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i va uning o'rinbosari tomonidan Norin va Namangan tumanlarida faoliyat yurituvchi YPX inspektorlarining joriy yilning shu vaqtiga qadar amalga oshirgan ishlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, shuningdek mazkur hududlarda sodir etilgan YTHlar muhokama qilindi. Kelgusida avtohalokatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga lozim topshiriqlar berildi. Shuningdek, xodimlarga xizmat davomida belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy rioya qilish, korrupsion va boshqa noqonuniy ishlarga aralashmaslik bo'yicha qat'iy ogohlantirishlar berilib, tilxatlar olindi. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
Pop tumanida “Ijtimoiy profilaktika” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi Pop tumani Madaniyat markazida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mazkur qo‘shma qaror talablariga asosan mahalla yettiligining ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari sektor rahbarlari tomonidan tanqidiy muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda mahallalar masʼul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga alohida to‘xtalinib, kelgusida bunday holatlarni oldini olish maqsadida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
01:42
Video unavailableShow in Telegram
#Ijtimoiy_rolik Talonchilik, yaʼni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 166-modda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
166-MODDA TALONCHILIK~1.mp416.57 MB
“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” shiori ostida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar “Intizom” oyligi o‘tkazilmoqda. Kosonsoy tumanida ham IIBning sohaviy xizmatlari va xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” shiori ostida profilaktik tadbirlar tashkil etilyapti. Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomini buzish holatlarini oldini olish maqsadida ularning xizmat xonalari va yashash uylariga borilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan taklif va tegishli topshiriqlar berilmoqda. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
Oylik doirasidagi amaliy ishlar Uychi va Uchqo'rg'on tumanlarida ham davom ettirildi Ushbu hududlardagi uchrashuvlarda ham YHXG xodimlari tomonidan joriy yilning shu vaqtiga qadar amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va hududda sodir etilgan YTHlar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, faoliyat davomida berilgan vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lish, korrupsion jinoyatlar va tamagirlik holatlariga yo'l qo'ymaslik bo'yicha barcha xodimlar qat'iy ogohlantirilib, tilxatlar olindi. YPX inspektorlarining faoliyatini o'rganish va kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi amaliy ishlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
01:36
Video unavailableShow in Telegram
Jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarning faoliyati tekshirildi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
tayyor (сшитый клип).mp410.52 MB
Litsey o‘quvchilari ishtirokida kamondan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi IIV Namangan Akademik litseyida merganlik darslari bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotda dastlab Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Kamondan o‘q uzish sport turi bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning merganlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida kichik musobaqa tashkil etildi. Yigitlar va qizlar jamoalariga bo‘lingan holda o‘tkazilgan mazkur bellashuvda yigitlar jamoasi ustunlikka erishib, g‘alaba qozondi. Maʼlumot uchun, g‘olib jamoa aʼzolari va faol yoshlar 30 iyun — “Yoshlar kuni” bayramida taqdirlanadi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
Namangan shahridagi mahallalar faoliyati tahlil qilindi Bugun Namangan shahar hokimligi binosida shahar hokimi va IIB boshlig‘i tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, mehnat migratsiyada bo‘lgan, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Namangan shahar IIBning masʼul xodimlari, mahalla yettiliklari va sohaga aloqador mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishib, mahalla yettiliklarining 10-sonli Qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga sektor rahbarlari tomonidan Namangan shahar hududini jinoyatdan xoli hududga aylantirish va xavfsiz muhitni shakllantirish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
Oylik doirasidagi amaliy ishlar Yangi Namangan tumanida ham davom ettirildi “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom” oyligi munosabati Namangan viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i va uning o'rinbosari tomonidan Yangi Namangan tumani YHXG faoliyati o'rganildi. O'rganishlar davomida xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar, shuningdek, hududda sodir bo'lgan YTHlar va qoidabuzarliklar muhokama qilinib, ushbu holatlarni oldini olish chora tadbirlari belgilandi. Kamchiliklardan tegishli xulosa olib, bundan keyingi faoliyatda benuqson ish tashkil etish bo'yicha taklif hamda topshiriqlar berildi. Suhbat davomida xodimlardan xizmat intizomiga qat'iy rioya qilish, berilgan vakolatni suiiste'mol qilmaslik, korrupsion va boshqa turdagi salbiy ishlarga aralashmaslik talab etildi. Oylik doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Show all...
Go to the archive of posts