Productive school
Open in Telegram
Ingliz tilida TEZ NATIJA olmoqchilar uchun! 🔹Teachers: Shamsiddin and Azizbek Zubaydullayev, 🔹IELTS 7.5 🔹5 yillik tajriba! 🔹 O'quvchilarimiz fikrlari: @Feedback_ProEdu 🔹 Murojaat uchun: @ProSchool_admin +998994339963
Show more1 835
Subscribers
-224 hours
-97 days
-3730 days
Posts Archive
1 835
Allohga bo'lgan muhabbating Qur'onga bo'lgan muhabbating qadar.
Menga Qur'oningdan gapir, men senga sen haqingda so'zlayman.
(Mahbubiy)
1 835
Ko'p ish emas, ishingga baraka so'ra.
Alloh xohlasa shu qadar ishing ko'payadiki uxlagani vaqt izlab qolasan.
1 835
Shunaqa yosh ko'rinamanmi?😁
Oq ko'ylak qora shim, orqamda sumka bor edi, bitta buvini yo'ldan olib o'tib qoygandim, nima deydi buni ko'rgan aka.
Rahmat baraka top o'qishlarga kir, katta odam bo'l deydi )
2 ta universitetni bitirganimdan xabari yoq amakini)
1 835
Repost from AkromMalik.Uz
Assalomu alaykum!
Bugungi O'zbekiston ochiq yerda paydo bo'lgan emas, balki u mavjud davlatchilikning uzviy davomi bo'lib, uzoq ming yillik tariximiz ustida barpo bo'lgan. Agar xalq davlat nima ekanligini bilmasa, tizimni anglamasa, davlatchilik madaniyati bo'lmasa, davlat qurish oson emas. Sovet bosqinidan so'ng davlatchilik shakli o'zgargan bo'lishi mumkin, ammo davlatchilik mohiyati o'zgarmagan. Davlatning uch asosiy vazifasi — xalqni tashqi dushmandan himoyalashi, ichki dushmanni bartaraf etishi hamda adolatni ta'minlashi u qaysi shaklda bo'lmasin, hamisha saqlanib qoladi.
Nom o'zgargani bilan hudud o'sha, xalq o'sha.
Kelajakni qurish uchun mustahkam tarixga suyanishga majburmiz, agar tarixdagi sharaf va qudratni, ruhiyat va ma'naviyatni unutsak, jonsiz tanaga, ildizsiz daraxtga aylanib qolamiz.
Bayroq Davlatning asosiy ramzidir. Bayroq juda katta ma'no tashiydi, hatto davlat ruhini aks ettiradi. Mustaqillikning 35 yil to'yida O‘ZBEKISTON TARIXIDA MAVJUD BO‘LGAN DAVLATLAR BAYROQLARI SAHNADA namoyish etildi. Bu o'ziga xos inqilob, hatto jasoratdir.
Aziz do'stlar!
Ozodlik bayrami muborak bo'lsin!
Davlat yashasin, millat o'lmasin!
Qalb va tafakkurimiz, aqlimiz va ruhimiz hech qachon qul bo'lmasin!
1 835
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Qovrilmay g'ashlik alangasida,
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Nafasimni rostlay ko'lankasida.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Qushlar ovoziga quloq solayin.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Xayol og'ushida orom olayin.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Shu kungacha o'zni men cheklab bo'ldim.
Majnuntol tagiga o'tqazing meni,
Men uchun yig'lasin men yig'lab bo'ldim.
(Mirtemir)
