en
Feedback
Abdulloh Ozod

Abdulloh Ozod

Open in Telegram

«Oʻtkan kunlar» muxlisi

Show more
610
Subscribers
No data24 hours
+77 days
+2430 days
Posts Archive
Xotiralar Bugun nashriyotda bolalar uchun tadbir tashkil qilingani uchun ish odatdagidan koʻproq boʻldi. Har bir boʻlimdan xo
+9
Xotiralar Bugun nashriyotda bolalar uchun tadbir tashkil qilingani uchun ish odatdagidan koʻproq boʻldi. Har bir boʻlimdan xodimlar chiqib, tadbir uchun xizmat qilishdi. Hisob-kitoblar, zalni tartibga keltirish va boshqa yumushlar bilan boʻlib biroz oldin ishlar tugadi. Bugungi kun munosabati bilan ishxona hisobidan xodimlar uchun dasturxon tashkil qilindi. Tadbirga xizmat qilgan barcha xodimlar chaqirildi. Men ham ular qatorida taomlanib oʻtirarkanman, bundan bir necha yillar ilgarigi xotiralar esga tushdi. Yana ham aniqrogʻi musʼhaf chiqqan kunlarni esladim... Ilk muʼshaf 2018-yilda nashr qilingan boʻlsa, taxminan 2021-yilgacha har safar sotuvga chiqqanda bir kunga bormay tugardi. Odatda har gal 5 000, baʼzida esa 10 000 adadda nashr qilinib, sotuvga chiqardi. Shunday boʻlsa ham bir necha soatlar barcha musʼhaflarning sotuvi tugashiga kifoya qilardi. Tabiiyki 5 000 ta musʼhafni xarid qilish uchun deyarli shuncha odam kelar, nashriyotning bir necha xodimlari xaridorlarga xizmat qilardi. Musʼhaf sotuvga chiqadigan kundan bir kun oldin harakatlar boshlanardi. Erta tongdan, baʼzida bomdod paytidan xaridorlar kelib, oʻzlari navbat qilib olmasliklari uchun doʻkonda ikkita xodim qolib, uxlamay chiqardi. Musʼhaf uchun alohida tartib raqamlar tayyorlanardi. 2-3 ta xodim ularni xaridorlarga tarqatar, ovozkuchaytirgichda bitta odam 5 ta-10 ta tartib raqamni aytib chaqirar, oʻsha raqam egalari doʻkonga kirib, musʼhaf xarid qilishardi. Esimda, hisobchilar (bugalteriya), marketing, ombor, tahririyat, rahbariyat, doʻkon xodimlari musʼhaf chiqqan kuni oʻz boʻlimlarida oʻtirmas, hamma doʻkonga tushib, musʼhaf uchun xizmat qilishardi. Musʼhaf chiqqan kun boshqa kunlardan ajralib turardi. Bu kunda nashriyotning har bir xodimi musʼhaf uchun nima qilish kerak boʻlsa, qanday yordam kerak boʻlsa, qadoqlashmi, ichkaridan qadoqlangan musʼhaflarni doʻkonga olib chiqishmi, filiallarga yuborishmi, hammasini qilishardi. Shu bilan birga musʼhaf chiqqan kunda nashriyot xodimlarga odatiy tushlikdan tashqari yana boshqa taom ham hozirlardi. Baʼzida «Baytal mandi», baʼzida osh, baʼzida tez tayyor boʻladigan taomlar buyurtma qilinardi. Taom kelganda xizmatchilar ikkita-ikkita boʻlib, tez-tez taomlanib tushar va keyingi ikkita xodim bilan joy almashishardi. Aytilganidek, bugungi nashriyotda oʻtkazilgan bayram bundan bir necha yil avvalgi oʻsha xotiralarni: har bir boʻlimdan xodimlar chiqib musʼhafga xizmat qilishlari, xodimlar uchun alohida taom buyurtma qilinishi, butun bir kun xodim-u xodimalar bir maqsad uchun xizmat qilishlarini eslatib yubordi. Bir davrlar boʻlgan ekanda… Oʻtkir Hoshimov xotira haqida zoʻr gap aytgandi. Qisqacha qilib aytganda, odatiy kunlaringni yashsab yuraverasan. Bir kuni bir voqeami, narsami, holatmi, soʻzmi, ovozmi, nimadir eski xotiralaringni esingga solib, seni xotiralaring bilan qoldirib ketadi-yu, oʻzi sarobga aylanadi. Men ham hozir shunday holat bilan birgaman. @abdullohozod

#taqriz 📕 03. «Foten» Kitob «Falaq» nashriyotida chop qilinibdi. Bundan avval ushbu nashriyotda Adham Sharqvoiy, Muhammad Abdulmutiʼ kabi mualliflarning kitoblarini xarid qilgandim. Yoqqandi. «Foten» ham ushbu nashriyotda chiqqan, yaxshi boʻlsa kerak, degan niyatda sotib olgandim. Kitobda nochor oilaning qizi toparman-tutarman oilaga xizmatkor boʻlib boradi. Oldiga katta maqsadlar qoʻygani uchun xizmatkor boʻlib oʻtib ketgisi kelmaydi, harakat qilib, oxirda maqsadiga erishadi. Kitobda qizning oʻsha maqsadiga yetgunicha bosib oʻtgan yoʻllari tasvirlangan. Masalan, «Oʻtkan kunlar»ni avval oʻqigan odam yana oʻqiyotgan boʻlsa ham Kumush oʻlmasaydi, deb oʻqiydi. Yaʼni romandagi voqealar, tasvirlar deydimi, shu darajada yuqoriki, yakun qanday tugashini bilsangiz ham ishongingiz kelmay oʻqiysiz. Ammo «Foten»ni oʻqirkansiz, oxiri nima bilan tugashini 90% bilib turasiz. Bu esa oʻquvchini zeriktirib qoʻyadi. «Foten»da tasvir ham sayoz tuyuldi. Shuningdek, voqealar rivoji tez-tez bir-biriga ulanib ketadi, muammolarga oson yechim topilib ketadi. Oʻquvchi voqealarning ketma-ketligini bilish uchungina oʻqiyotganini sezmay qoladi xuddi. Shu bilan birga kitobda yigit va qizning toʻgʻri boʻlmagan munosabatlari ham bor. Bosh qahramon qiz bir yigitni yaxshi koʻrib qoladi, unga xat yozadi. Shundan keyin ishqiy sarguzashtlar boshlanib ketadi (qaytaraman, kitob «Falaq» nashriyotida chop qilingan). Shu va yana boshqa sabablar tufayli kitob yoqmadi. Xuddi saviyali boʻlmagan turk kitoblaridan birini oʻqigandek boʻldim (muallif haqida maʼlumot topolmadim, balki turkdir). Kitobning maqsadi, yuqorida aytilgandek, qiz bola ogʻir mashaqqatlarga qaramay maqsadi tomon olgʻa bosishi kerakligi haqida. Bundan koʻra deyarli shu mavzudagi «Ikki eshik orasi» kitobini oʻqisa, vaqti samaraliroq oʻtadi. Chunki bu kitobda faqat voqealar rivoji emas, oʻsha voqealarning odamlarga, ayniqsa ayol-qizlarga qanday taʼsir qilgani zoʻr tushuntirib berilgan (baʼzi oʻzini «kitobxon», «ziyoli» deb biladigan, shuni daʼvo qiladiganlar aynan «Ikki eshik orasi» kitobini, Oʻtkir Hoshimovning saviyasini gapiradi oʻzlaricha. Aslida ular muallifni ham, kitobni ham, hech nimani tushunmaganini his qilmaydi). Oxirda bir gap. Biror nashriyot zoʻr kitoblar chiqarayotgan boʻlsa, hamma kitobi zoʻr boʻladi degani emas. Guruch kurmaksiz boʻlmaydi deganlaridek, zoʻr nashriyotda ham oʻzining saviyasiga mos boʻlmagan kitoblar nashr qilinishi mumkin. Shuning uchun kitob xarid qilishda shoshilmang. Kitobni oʻqiganlardan, balki nashriyot xodimlaridan kitob haqida soʻrang, maʼqul boʻlsa, keyin xarid qiling. Harper Lining «Mazaxchini oʻldirish» nomli kitobini avval bir boshlab, tugatolmagandim. Oxirgi vaqtlarda «Akademnashr», Sanjar Nazar ushbu kitobning targʻibotini qilishyapti. Shu uchun endi «Mazaxchini oʻldirish» kitobini o’qimoqchi edim. Kitobni oʻqiganlar boʻlsa, izohda fikringizni qoldirishingiz mumkin. Ha, aytgancha, faqat «tirik kitob»ni emas, haqiqiy tirik kitobning, haqiqiy ziyolining fikrlarini oʻqib-tinglab turaylik. Masalan, ushbu suhbatni. @abdullohozod

Firʼavnning ayoli yoxud «Joyingizdan qimirlamang» Galabotirda bir aka bor. Dadam tengi, sinfdoshlari boʻlgan ekanlar (1969). Dadamning aytishlari boʻyicha, futbolni juda zoʻr oʻynagan, oyoqlariga toʻp tushsa, eng kamida gol, boʻlmasa xavfli vaziyat yaratadigan darajada oʻynagan ekanlar. Yaʼni yoshlik davrlarida epchil, kuchli, bir muncha quvvatga ega boʻlgan ekanlar. Ammo... Ulgʻayganlarida ichkilikka rujuʼ qoʻygan, topgan pullariga ichadigan boʻlib qolgan ekanlar. Bolaligimda mahalladan oʻsha aka oʻtib qolsa, juda qoʻrqardim, uyga qochib kirib ketib, darvozani yopib qoʻyardim. Chunki aka ichib olganlarida oʻtgan-ketgan odamni toʻxtatib, har xil ishlar qilar, gaplar gapirardilar, hatto qurbi yetganlar bilan dahanaki urushardilar. Shu ishlari tufayli hozirgacha ham nafaqat men, butun mahalla u akadan bezib qolgan, akadan bir necha masofa nariroqda yuradigan boʻlib qolgan. Boya koʻchaga chiqqanimda uzoqdan akani koʻrib qoldim. Ichib olganlari uchun oyoqlarini zoʻrgʻa bosar, yiqilisha yaqin yurardilar. Odatda ota yo ona yomon boʻlsa, farzandlari ham yomon boʻladi, degan tasavvur miyamizda oʻrnashib qolgan. Ammo bu akada unday emas. Ikkita oʻgʻlini koʻrsangiz, axloqini koʻrib, havasingiz keladi. Biri men tengi. Bolalikdan mahalladagi boshqa bollardan ajralib turardi. Hozir ham ogʻir bosiq, hammaga mehribon, mahallada qayerda hashar boʻlsa, borib qarashgan va hokazo. Kichik oʻgʻli ham xuddi shunday, otasi har kuni ichib kelib, uyda toʻpalon qilishini, mahalladagilar otasidan qochib yurishini va boshqa holatlarni koʻrib ulgʻayotgan boʻlsa ham tarbiyasiga zarracha taʼsir qilmagan. Qaytaga mening ham farzandim shunday tarbiya topsa edi, deysiz. Firʼavnning ayoli boʻlgan Osiyo onamiz eri shu qadar zulmkor boʻlsa ham, ular tutgan yoʻlga tish-tirnogʻigacha kurashgan boʻlsa ham fitratini saqlab qoldilar, eʼtiqodlarida, qadriyatlarida mustahkam turoldilar. Oqibatda ulul azm paygʻambarlardan birini xonadonlarida tarbiya qildilar. Bugungi kunda ham firʼavnning ayolidek ulugʻ maqomlarga erishayotgan qizlar, onalar talaygina. Ulardan biri biz gaplashayotgan akaning ayollaridir. Gap ichadigan akada emas, oʻsha ayolda edi. Erining har kuni ichishi, eri sabab odamlar oldida qaddini tik koʻtarib yurolmasligi, hayotga bir marta kelib, bundayin ichuvchi erga duch kelib qolgani va boshqa hozir xayolingizga kelayotgan ishlar ham farzandlarini chiroyli tarbiya qilishga, ularga goʻzal xulqlarni oʻrgatishga, eri bilan ajrashib ketmasdan, oila degan muqaddas dargohni saqlab qolishga toʻsiq boʻlolmagan. Adham Sharqoviy «Nabaviy tarbiya» kitobida Uxud kunidagi kamonchilar haqidagi voqeani aytib, keyin uni goʻzal sharh qilgandi. Yaʼni hozir ham hammamiz kamonchilarmiz. Oʻzimizga biriktirilgan ishlardan birida xatoga yoʻl qoʻyadigan boʻlsak, xuddi Uxud kunidek ogʻir musibatga duchor boʻlamiz, shu musibatga biz sababchi boʻlamiz. Dunyo tashvishlaridan biri bizni joyimizdan siljishga chorlayotgan boʻlsa, Galabotirdagi ichadigan akani va shunday er bilan yashab, joyidan qimirlamay kelayotgan ayolni koʻz oldimizga keltiraylik. «chidama», «sukut saqlama» degan hayqiriqlarga uchmaylik @abdullohozod

📕 Kitobsevarlar uchun ajoyib sahifa Bir necha yuztalab kitob oʻqib tashlamagan boʻlsam ham kitobga oz boʻlsa-da muhabat bor. Ayniqsa, faqat iqtiboslar tashlaydigan emas, balki oʻqigan kitoblari haqida taqriz, mulohaza, tahlillar yozadigan sahifalarni kuzatish yoqadi. Yaqinda «Taqrizchi» nomli sahifani koʻrib qoldim. Undagi bir nechta taqrizlarni oʻqib chiqdim — juda manzur boʻldi. Sahifa muallifi taqriz yozishda oʻziga xos, noodatiy uslubni tanlagan. Kitobni boʻlimlarga ajratib tahlil qiladi: «Kitob kimlar uchun?», «Nimalar yoqdi?», «Nimalar yoqmadi?», «Asosiy mavzular nimalardan iborat?» kabi savollarni qoʻyib, har biriga sodda, tushunarli tarzda javob berib chiqadi. Bu uslub oʻquvchi uchun qulay boʻlib, kitobning mazmuni, yutugʻi va kamchiliklarini oson tushunishga yordam beradi. Sahifaning yana bir muhim jihati — ishonchliligi. Masalan, biror kitobni xarid qilmoqchisiz, lekin u haqida tasavvuringiz yoʻq. Shunda sizga oʻsha kitob haqida yozilgan taqriz kerak boʻladi. Oʻqib koʻrasiz — yoqsa olasiz, yoqmasa yoʻq. Ammo duch kelgan taqrizni emas, betaraf, mubolagʻasiz, samimiy yozilgan taqriz boʻlishi kerak. «Taqrizchi» aynan shunday ishonch uygʻotadigan, xolis baho berishga urinadigan sahifa desa boʻladi menimcha. Kecha nashriyotimiz muharriri Yorqinjon aka bilan suhbatlashib qoldik. Bir necha yil avval Tojikistondagi taniqli ulamolardan, shayx hazratlarining yaqin safdoshi shayx Toʻrajonzoda Oʻzbekistonga safar qilganlarida nashriyotimiz bosmaxonasiga tashrif buyurib, u yerdagi xodimlarga shunday deganlarini aytib berdilar:
«Sizlar oddiy ish qilmayapsizlar. Ilm yoʻlida, kitob yoʻlida qilayotgan bu xizmatlaringiz jihod bilan barobar».
Shundan kelib chiqib, kitobni va kitobxonlikni faqat estetik zavq manbai deb emas, balki maʼnaviy yuksalish sababchisi deb bilib, uni chiroyli targʻib qilayotgan har bir sahifa — shayx aytganlaridek, jihod bilan teng ish qilyapti. «Taqrizchi» sahifasi ham ana shunday sahifalardan biri, desa boʻladi. ✔️ Sahifa: @taqrizchii @abdullohozod

Shu ma'lumotlar «Muqaddima» kitobining nechanchi juzida keltirilgan ekan, birmi yo ikki? O'qiganlar yo'qmi mabodo?

«Eng javobi oson soatlar» Har seshanba kunlari nashriyotda katta-katta ustozlar bilan suhbatlar boʻlyapti. Oʻtgan seshanbada Hasanxon ustoz bilan chiroyli suhbat boʻldi. Kelayotgan seshanba kuni Anvar Ahmad ustoz bilan suhbat bor. Har oyda bir marta Mirzo Kenjabek domlaning suhbatlari oʻtkaziladi. Nasib qilsa, tez orada Anvar Ahmad ustoz bilan ham oyda bir marta shayx hazratlarining «Ruhiy tarbiya» kitobidan suhbat boʻlishi kutilyapti. Hasanxon ustoz bilan ham oyda bir marta Navoiyxonlik boʻlishi kerak, boshlanish vaqti aniq boʻlmay turibdi. Shunday ekan, bu suhbatlarga qunt qilishimiz, undan foydalanishimiz kerak. @abdullohozod

#taqriz 📕 02. «Paygʻambar izidan» Tasavvur qiling: hali «Oʻtkan kunlar» romanini oʻqimagansiz. Oʻylaysizki, bu kitob sizga y
#taqriz 📕 02. «Paygʻambar izidan» Tasavvur qiling: hali «Oʻtkan kunlar» romanini oʻqimagansiz. Oʻylaysizki, bu kitob sizga yoqmaydi, chunki romandagi voqealar sevgi-muhabbat, kundoshlik, Zaynab-Kumush fojeasi, qaynona-kelin munosabatlari kabi siyqasi chiqqan mavzular atrofida aylanishini eshitgansiz. Ammo, masalan, otangiz sizga bu asarning asl mohiyatini — roman qaysi muammoni koʻtarib chiqqani, nima uchun uni oʻqish kerakligi, romanni oʻqigan inson nimalarni his qilishini tushuntirib bersalar, ilgari qiziqmagan boʻlsangiz ham, endi albatta oʻqishni xohlaysiz. Chunki ishning mohiyati sizga ochib berildi. Yutubda «Sahifa» deb nomlangan kanal bor ekan. Unda turli yoʻnalishlardagi videolar, asosan esa oʻzbek filmlari qanday maqsadda suratga olingani haqida videolar joylab boriladi. Yoshligimizda ayrim oʻzbek filmlarini koʻrib, ularning maʼnosini tushunmaganmiz. Yoki tushunishga uringan boʻlsak ham, chuqur mohiyatini anglamaganmiz. Masalan, «Oʻtov», «Vatan», «Afgʻon» kabi filmlar televizorda tez-tez berilardi. Esimda, «Oʻtov»ni yoqtirmasdim, chunki juda zerikarlidek tuyulardi. Yillar oʻtdi, ulgʻaydik, lekin film haqidagi oʻsha bolalik taassuroti ongda qolib, filmni qayta koʻrmadim. Bir haftacha avval «Sahifa»da aynan «Oʻtov» filmi nima maqsadda suratga olingani haqida zoʻr tahlil qilingan videoni koʻrdim. Shundan keyin shu va boshqa filmlarni qayta koʻrib chiqdim. Endi ularning asl mazmunini tushundim. Yaqinda Adham Sharqoviyning «Paygʻambar izidan» nomli kitobidan 3-4 hikoya oʻqigandim. Muallif kitobda Saodat asrida sodir boʻlgan, koʻpchiligimiz eshitgan voqealarni keltirib, ularning zamirida bugungi kunda biz anglashimiz kerak boʻlgan maʼnolarni ochib beradi. Xuddi «Sahifa»ning yoʻnalishiga oʻxshaydi yaʼni. Siz ilgari bu voqealarni oʻqigan, oʻzingizcha tushungan boʻlasiz. Ammo haqiqat — undan chuqurroq joyda edi. Adham Sharqoviy kitoblarida aynan oʻsha haqiqatni chiroyli uslubda ochib beradi. «Paygʻambar izidan» kitobida ham shu yondashuvni koʻrasiz. Bu kitobni ko‘pchilikka tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki uni o‘qish orqali muborak siyratda eshitgan voqealar va hadislarning asl ma’nosini chuqurroq anglaymiz. Bu esa bizni biror hodisaga shoshilinch baho bermaslikka, o‘zimizcha sharhlamaslikka va boshqalarga yetkazishda ehtiyotkor bo‘lishga undaydi. Oldin kutubxonada Oʻtkir Hoshimovning yangi kitoblarini koʻrib qolsam, nima haqida yozilganiga qarab oʻtirmasdan, darhol xarid qilaverardim. Chunki muallifning uslubi yoqardi. Shunchalik muxlis boʻldimki, deyarli barcha kitoblarini toʻplab boʻldim. Endi esa Adham Sharqoviy ham oʻsha qatorga qoʻshildi. * «Paygʻambar izidan» kitobi boshqa doʻkonlar qatori nashriyotda ham bor ekan, 75 000 soʻm. @abdullohozod

Tun hech bunchalar og'ir o'tmas edi...

Bu shaxsiy fikr Iqtiboslar, ibratli hikoyalar toʻplamini eshitmoqchi boʻlganlarga rasmdagi suhbatni tomosha qilish tavsiya qi
Bu shaxsiy fikr Iqtiboslar, ibratli hikoyalar toʻplamini eshitmoqchi boʻlganlarga rasmdagi suhbatni tomosha qilish tavsiya qilinadi. Gurungda aniq yoʻnalish, aniq maqsad yoʻq, aniq mavzu haqida gaplashilmagan. Oxirgi paytlarda 10 ta odamdan 9 tasi shaxsiy sahifa ochyapti. 9 ta odamdan 8 tasi sahifasiga kitoblardan, kinolardan, gurunglardan va boshqa joylardan olingan iqtiboslar va ibratli hikoyalarni joylab yuritmoqda (bu iqtibos va hikoyalarning asosini esa «ishq» haqidagi yoziqlar tashkil qiladi). Qaysidir maʼnoda bu yoʻnalishning siyqasi chiqib ketdi. Amaliy tajriba, hayotda koʻrilgan voqealarni yoritib berish kabi jonli maʼlumot deydimi, xabar kamayib ketdi. Bu suhbatning boshidan oxirigacha shunday: kitoblarda, kinolarda aytilgan iqtiboslar, hikoyalar, hatto ijtimoiy tarmoqga olib chiqilgan ibratli voqealar bilan toʻlgan. Ustoz sharh qilgan «Arbaʼin» suhbatlarini eshitishni tavsiya qilgan boʻlardim. U suhbatlarda iqtibos ham, hikmat ham, aniq maqsad ham, hammasidan bor. @abdullohozod

Ibrohimjon domlaning Yorqinjon domla haqlarida qilgan suhbatlari bormikan? Eshitgan, ko'rganlar bo'lsa, izohga tashlab bersangizlar. Yorqinjon domlaning xotiralariga atab kitob qilinayotgan ekan. Shu kitobga Ibrohimjon domlaning ham xotiralarini kiritilmoqchi ekan. Jonli suhbatlarini olvolishga ulgirilmabdi... Shu uchun ijtimoiy tarmoqlardagi xotiralari bo'lsa, shularni kitobga olinmoqchi ekan

Er-xotin urushib qolsa... Doim takrorlanadigan gap: oila urushsiz, kelishmovchiliksiz, xafargarchiliksiz boʻlmaydi. Haqiqatda
Er-xotin urushib qolsa... Doim takrorlanadigan gap: oila urushsiz, kelishmovchiliksiz, xafargarchiliksiz boʻlmaydi. Haqiqatdan shunday ekan, 99 foiz oilada kichik boʻlsa ham kelishmovchilik boʻlarkan. Avvalo boʻlmasin-u, mabodo urushib qolinsa, bir ishni tavsiya qilmoqchi edim. Xafachilik boʻlganda eng asosiy va birinchi qilish kerak boʻlgan ish — ikki taraf bir-birini yomon koʻrib qolmasin ekan. Ozgina sabr qilinsa, tez orada qandaydir ilohiy kuchmikan yo hissiyotmi, nimadir ikki tomonning qalbiga juftiga nisbatan iliqlik olib kelarkan. Koʻpchilik mana shu iliqlik kelmasdan turib ajrashishga, orani yana ham sovuq boʻlib ketishiga olib borib qoʻyadi menimcha. 30 kun yaxshi yashab, bir kun urushib qoladi, shu zahoti juftining yomon tomonlarini axtarishni boshlaydi. Oʻz-oʻzidan oradagi sovuqlik yana ham kuchayib ketadi. Keyin ortga qaytish qiyin boʻladi. Gap qaytargan boʻlsa, boshqa paytlar yaxshi yurgandir, gapirmasa ham juftining nima demoqchiligini tushungandir. Aytganini qilmagan boʻlsa, doim qilmay yurmagandir, bir marta esidan chiqib qolgandir, yo beeʼtibor boʻlgandir va hokazo. Xullas, ayolmi, erkakmi jufti bilan urushib qolsa, shaytonga hayf berib, orada yuqorida aytilgan iliqlik paydo boʻlguncha bir-birini yomon koʻrib qolmasin, bir-birining yomon ishlarini eslamasin. @abdullohozod

Dastxat (xotiralar) Kitobxon uchun yaxshi koʻrgan muallifidan dastxat olish oʻzgacha hissiyot beradi. Shu sabab sal-pal aql k
+9
Dastxat (xotiralar) Kitobxon uchun yaxshi koʻrgan muallifidan dastxat olish oʻzgacha hissiyot beradi. Shu sabab sal-pal aql kirib qolganidan buyon imkon tugʻildi deguncha sevimli mualliflardan dastxat olishga harakat qilaman. Kecha kutubxonadagi muallifdan dastxat olgan kitoblarni saralagandik. Ayniqsa ustozlardan dastxat olgan kun, holat hozirgidek esimda. Oʻsha kunlardan baʼzilarini xotirlamoqchi edim (bu maqtanishga kirmasa kerak)). Hasanxon ustozdan 2017-yilgi Ramazon oyida dastxat olgandim. Oʻsha yili «Xatmi Qurʼonga marhabo!» kitobi birinchi marta nashr qilingan, Ramazonga goʻzal tuhfa boʻlgandi. Ustoz «Islom ota» masjidida tarovehga oʻtgandilar. Doʻkondan kitobni xarid qilib, kechqurun namozga oʻzim bilan birga olib kelgandim. Namoz tugagandan keyin ustozning xonalarida kutib turib, dastxat qoʻydirib olgandim. Husaynxon ustozdan 2023-yilning yozida dastxat olgandim. «Hazratni xotirlab» koʻrsatuviga intervyu berish uchun nashriyotga kelgandilar. 3 soatga yaqin Hazratni xotirlagandilar. Tasvirga olish tugagandan keyin ming hijolatda kitobga dastxat qoʻydirib olgandim. «Qadrdon ukamiz…» Xayrulloh akadan 2022-yilning yoz oyida, «Kitobxonlik maktabi» loyihasiga kelganlarida dastxat olgandim. Akani faqat bolalikda koʻrardim, katta boʻlgandan keyin umuman uchratmagandim. Oʻshanda suhbatga kelganlarida oradan 15 yil oʻtib yana jonli koʻrishgandim va bolalikdagi qahramondan zoʻr hissiyotlar bilan dastxat olgandim. Ahmad Muhammad Tursun hoji akam… 2019-yil, qish edi. «Ulugʻlar shunday yashashgan» kitobi birinchi marta nashr qilingandi oʻsha kuni. Bosh doʻkonda Gʻiyosiddin akaning «Kundalik odoblar» nomli kitoblari bilan birga taqdimoti oʻtkazilgandi. Taqdimotdan keyin hoji akadan dastxat qoʻyib berishlarini hayajon bilan soʻrasam, «Bemalol-ey. Sizlarga dastxat qoʻymasak, boshqa kimga qoʻyamiz?» deb soddalarcha javob bergandilar. Hozir kim ekanliklari esimga tushmayapti, nashriyotga katta shayxlardan biri kelgandi. Bir necha ustozlar shayxni ziyorat qilishga, ijoza olishga kelishgan, ular orasida Abdulqodir Samarqandiy domla ham bor edilar. Juda oddiy, sodda kiyinib olganlari esimda, ularni koʻrgan odamga «Qalblardan soʻrang» kitobini shu odam yozgan desa, ishonmasdi. Men tanib qolib, shu zahoti xonadan kitobni olib chiqib, dastxat olvolgandim. Anvar Ahmad ustoz bilan 2022-yili «Kitobxonlik maktabi» loyihasida suhbat qilingandi. «Saodatga yetaklovchi hikmatlar» kitobining taqdimoti oʻtkazilgandi. Suhbat zoʻr oʻtgan, zalni toʻldirib oʻtirgan tinglovchilar maza qilishgandi. Tadbirdan keyin ustoz bosh doʻkonga tushib, ancha kitobxonlarga dastxat qoʻyib bergandilar. Men ham ular orasida dastxat olvolgandim. Oʻtkir Hoshimov, Tohir Malik, Said Ahmad, Chingiz Aytmatov kabi katta yozuvchilarni kech taniganman. Har safar kitoblarini zavq bilan oʻqib tugatib, nega avvalroq ularni bilmaganman-u, kitoblariga dastxat qoʻydirib olmaganman, degan oʻkinch paydo boʻladi. Shu sabab fursatni gʻanimat bilib, bugun hayot boʻlgan mualliflardan dastxat olvolishga shoshiling. Erkin Aʼzam, Ulugʻbek Hamdam, Ibrohim Gʻofurov kabi zabardast yozuvchi-yu tarjimonlar shular jumlasidan. Siz qaysi mualliflardan dastxat olgansiz? @abdullohozod

Bir yaqinimiz davomiy kitob oʻqishga yordam beradigan bot yasagan ekanlar. Ishlatib koʻringlar-chi. ✔️ @kitobchi_robot Botning kamchiliklari yoki botga qoʻshilishi kerak boʻlgan qoʻshimchalar boʻlsa, shunga yozilarkan: @aloqa_kitobchi_bot Bot haqida yangiliklar, maʼlumotlar berib borilarkan: @kitobchibot_uz

✔️ Javob: Bu yerda Qutidor qizining ismi «Kumush» bilan Oftoboyimga murojaat qilmoqda. Bu qadimiy oʻzbeklarga oid anʼana. Yaʼni oʻzbekchilikda er-xotin odamlar oldida bir birini ismi bilan chaqirish uyat sanalgan. Shuning uchun toʻngʻich farzandining ismi bilan chaqirishgan. Bu oʻzbeklarga xos odobdir. Iqtibosda keltirilgan suhbatda Qutidor Kumushga hech nima demagan. Tarixda xalqimiz qanchalar axloq-odobga rioya qilganiga eʼtibor bering-a. Bejiz «Oʻtkan kunlar» bu qadar koʻklarga koʻtarilmas ekan, har bir gapi, har bir soʻzi-yu ishorasida maʼno bor. Qanday kitob oʻqiyotganingizni his qilyapsizmi? 😄 @abdullohozod

«Dream park» xiyobonidagi savol-javobda ishtirok etganlar yoki savolning javobini bilganlar indamay tursin. Quyidagi savolga javob topib koʻring-chi? «Oʻtkan kunlar» romanidan iqtibos:
Choyni ichib boʻlgʻandan keyin qutidor fotiha oʻqub oʻrnidan turdi: — Men senga aytib qoʻyay, Kumush, — dedi turar ekan qutidor Oftob oyimgʻa, — bu kunga bir mehmon aytkan edim. Choʻringni chiqarib mehmonxonani tozlat. Anovi yangi qoplagʻan koʻrpalaringni ber, tanchaga oʻshani yopsin...
Savol: Qutidor: «Men senga aytib qoʻyay, Kumush», deb, ketidan Oftoboyimga yumushlar buyuradi. Qutidor Kumushga nima degan edi? @abdullohozod

«Mehrobdan chayon» romanini oʻqib tugatganlar bormi? Baʼzi savollar bor edi. Ikki marta oʻqib ham tusholmadim. Balki sizda javob bordir? - Nega kitobda bachavozlik haqida batafsil yozilgan? Ayniqsa Abdurahmon misolida. Qisqa tushuntirib, oʻsha paytda bu jirkanch illat urchib ketgan, degan maʼnoni berib ketsa boʻlardi-ku. Xuddi «Oʻtkan kunlar» romanida aytib ketilgandek; - Nega kitobda, dindorlarni, namoz oʻqiydiganlarni, masjid imomlari-yu noiblarini juda yomon koʻrsatib, namozga chiqmaydigan, davlat ishida ishlaydigan qatlamni zoʻr tasvirlagan? Roman orqali xuddi namoz oʻqiydigan odamdan yaxshilik chiqmaydi, degan maʼno berilgandek. - Solih mahdum 5 mahal masjidga chiqadi. Anvar esa deyarli chiqmaydi. Ishda boʻlsa-ku mayli, butun boʻshli oʻrdaning xizmatini qiladi. Ammo uyda boʻlib turib ham, otasi (Solih mahdum) masjidga chiqsa ham u chiqmaydi. Hatto bir safar Raʼno bilan yolgʻiz qolish uchun namozdan atayin qoladi. Nega Qodiriy romandagi asosiy ijobiy qahramonni bunday tasvirlagan-u, yomon qahramonlardan birini unday koʻrsatgan?

«Qancha oz mahrga rozi boʻlsa..» Bugun anchadan beri xohlab yurgan ishim nihoyat amalga oshdi: shayx hazratlarining men uchun
«Qancha oz mahrga rozi boʻlsa..» Bugun anchadan beri xohlab yurgan ishim nihoyat amalga oshdi: shayx hazratlarining men uchun eng sevimli asarlari boʻlgan «Hadis va hayot» toʻplamini toʻliq xarid qildim. Lekin gap bu haqida emas. 2015-yili birinchi marta diniy kitob oʻqigandim. Undan avval diniy kitob uyoqda tursin, boshqa istalgan turdagi kitobni ham deyarli oʻqimasdim. Ulamolarning oddiy odamlarga nafaqat tirikligida barakasi tegarkan, balki vafoti ham biz kabilar uchun foyda boʻlarkan. Hazrat dunyodan oʻtganlaridan soʻng haqiqatni tushunib yetdim: kitoblarga yuz tutdim. Qizigʻi oʻshanda eng birinchi oʻqigan kitobim aynan «Hadis va hayot» edi. 22-juz. Usmon va Ali roziyallohu anhumning hayotlari. Ayniqsa kitobdagi Usmon ibn Affon roziyallohu anhu haqlaridagi bobini oʻqib, qattiq taʼsirlangandim. Buyuk sahobiyning vafotlaridan soʻng bir necha soat tinmay yigʻlab, oʻzimni bosolmagandim. Oʻsha ajib mutolaadan keyin bu asar men uchun qadrli boʻlib qoldi. Imkonim boʻldi deguncha silsiladan donalab xarid qilib yurdim. Ammo erinchoqlikmi, pulni qizgʻonishmi, nimadir sabab boʻlib, oxrigi 3-4 yilda deyarli diniy kitob xarid qilmadim. Jumladan, hazratning kitoblarini, «Hadis va hayot» silsilasini ham. Toʻplamning maʼlum juzlarini xarid qilganim boʻyicha qolib ketgandi. Kitob narxlari yildan yilga oshib boraverdi. Ayniqsa diniy kitoblar maʼlum sabablar tufayli boshqa turdagi kitoblarga qaraganda koʻproq qimmatlashadi. Arzon paytida olmagan kitobni oʻz-oʻzidan qimmatlashganda ham olmadim. Lekin ichimdan xohlardim, ishonardimki, bir ish boʻladi, toʻplamning hamma juzini xarid qilaman. Oʻsha ishonch amalga oshadigan kun keldi: nikohda mahrga shayx hazratlarining barcha kitoblari soʻraldi… Shu kundan keyin sekin astalik bilan hazratning kitoblarini xarid qilishni boshladim. Har safar sevimli asardan bitta bo’lsa ham juzini xarid qilib yurdim. Biroz oldin oxirgi 5 ta juzni sotib oldim va to’plam to’liq holga keldi. Kitoblarni qo’limda ushlab, xursand holda kutubxonadan chiqarkanman, ustozning nikohimiz kuni aytgan gaplari xotirimda aylanardi:
«Erkak mahrni qancha koʻp bersa, erkakka shuncha baraka. Ayol qancha oz mahrga rozi boʻlsa, ayoldan shuncha baraka».
Ham mahr ado qilinyapti, ham maʼnaviy boyliklarga ega boʻlinyapti. Erkaklar, himmatni baland qilinglar-u, ammo ayol-qizlar, mahrning oziga rozi boʻlsangiz, haqiqiy barakaga guvoh boʻlarkansiz, shu barakaga siz sababchi boʻlarkansiz. Gap shunda edi. @abdullohozod

25-27-aprel kunlari avvalgi «Gʻafur Gʻulom», hozirgi «Dream park» xiyobonida anʼanaviy kitob koʻrgazmasi oʻtkazilarkan. Kitob koʻrgazmasining eng asosiy qulayligi deydimi, yaxshi tarafi — bir vaqtning oʻzida bir nechta nashriyotlarning kitoblari bilan tanishish imkonini taqdim qilishidir. Bu esa kitobxon uchun juda maroqli, foydali, imkoniyatdan foydalanib qolish uchun qulay futsatdir. Masalan, oʻzim bir necha oydan beri «Yangi asr avlodi», «PIR nashr», «Nasim kutub», «Huzur» va boshqa nashriyotlarning kitoblarini olgim kelyapti. Lekin hafta davomida ishdan ortib, dam olish kunlari boshqa yumushlar chiqib qolaverayotgani sabab borolmayapman. Endi esa, nasib qilsa, ushbu koʻrgazmaga borib, kerakli kitoblarni xarid qilishga harakat qilaman. Pullarni ishlatmay turish, tugab qolgan boʻlsa, qarz olib turish tavsiya qilinadi) Kitob koʻrgazmasiga albatta borish kerak. Bu ham kitobxonlikni targʻib qilishning bir koʻrinishidir. @abdullohozod

Xayrulloh aka va Qodiriy Xayrulloh Hamidov oxirgi intervyularida uyoqqa kirishlari haqida ham gapirgan ekanlar. Aytishlaricha
Xayrulloh aka va Qodiriy Xayrulloh Hamidov oxirgi intervyularida uyoqqa kirishlari haqida ham gapirgan ekanlar. Aytishlaricha, oʻsha paytda koʻpchilik ularga Vatandan chiqib ketishlarini, boʻlmasa olib kirishlarini aytishgan ekan. Lekin aka koʻnmagan ekanlar. «Hech bir aybim yoʻq, nima qilganim uchun qamashadi?» deb unamagan ekanlar. Qodiriy ham vaqtida xuddi shunday ish tutgandi. «Oʻtkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlaridan keyin uni olib kirishlari aniq boʻlib qolgandi. Habibulloh Qodiriyning «Diydor qiyomatga qolsa netayin?!» kitobida chetdan katta-katta odamlar Qodiriyni oʻzlarining yoniga chaqirishgani, lekin Qodiriy xuddi Xayrulloh akadek, «Nima aybim uchun?» deb Vatandan ketmaganlari keltirilgan edi. Oqibatda ikkilarini ham bir xil taqdir kutib oldi: ikkilari ham olib kirildilar. Farqlisi Qodiriy vafot etdi, Xayrulloh aka hozir yashamoqdalar... Xayrulloh aka bir necha marotaba Qodiriyga muxlis ekanlari, sevimli roman haqida toʻlib-toshib gapirishlarini guvohi boʻlganmiz. Manbalarda aytilganini oʻqigandim, kishi yaxshi koʻrgani haqida oʻylayvergani sari unga oʻxshab boraveradi. Xayrulloh aka ham seviklilariga taqdir jihatdan oʻxshagan ekanlar. Buni haqiqiy muxlis va muxlsiklik desa boʻlsa kerak menimcha. Ertaga bolalikdagi qahramon bilan suhbat boʻlarkan. Qodiriyning bugungi kundagi siymosini yana bir bor jonli ravishda tomosha qilamiz. @abdullohozod

FARZAND KASAL BOʻLMASIN Yaqinda Husayn 3 kun kasal boʻlib qoldi. Istimasi 39 boʻlib ketdi. Hech nimaga koʻnmaydi, kechasi tur
FARZAND KASAL BOʻLMASIN Yaqinda Husayn 3 kun kasal boʻlib qoldi. Istimasi 39 boʻlib ketdi. Hech nimaga koʻnmaydi, kechasi turib ketib, uxlamay gʻinshib chiqadi. Bir shifokorga koʻringan edik, tishi chiqyapti, sababi shu, dedi. Boshqasiga koʻringandik, tomogʻI yiringlagan, antibiotik berish kerak, yoʻqsa oʻpkaga oʻtib ketishi mumkin, dedi. Koʻrsatmaga amal qildik, dori berdik, istimasi tushdi, hozir ancha yaxshi. Faqat yoʻtali qoldi. Oʻzi Husayn chaqaloqligidan beri koʻp yigʻlab, qorni ogʻrib ulgʻayyapti. Endi bir ogʻriqdan qutilsa, ikkinchisi kutib turgandek boshqa kasal bilan kurashadi. Kuzning oxirlari edi. Ustoz Toshkentda edilar, bir ish boʻyicha oldilariga borgandim. Ish bitgach ozgina vaqt xos suhbatlashishga imkon boʻldi. Aytilganidek, oʻsha paytlarda Husayn tez-tez kasal boʻlayotgan edi. Shu haqida ustozdan savol soʻradim. «Ustoz, farzandimiz bizlarning gunohimiz evaziga ham qiynalishi mumkinmi? Husayn koʻp yigʻlaydi, bezovta boʻladi, kasal boʻladi. Har safar yigʻlasa, ichimga «Sening gunohing sabab qiynalyapti» degan narsa kirib, hech tinch qoʻymaydi». Ustoz hikmat bilan javob bergandilar:
«Ota-onaning gunohi sabab farzand qiynalishi bir sabab xolos, doim ham shunday boʻlavermaydi. Alloh taolo chaqaloqqa, kichkina bolalarga qiyinchilik, dardni berishda unga kamolotni istayotgan boʻladi. Chaqaloq kasal boʻlsa, azoblanyapti deb oʻylaysiz, ammo bola oʻshandan quvvat olayotgan boʻladi. Baʼzida odamlar yosh bolalarning kasal boʻlishini, ularga qattiq sinovlar kelishini tushunolmaydi: nega gunohsiz bolalar azoblanishiga Alloh qarab turadi, deydi. Birinchidan, dunyodagi hamma narsa Allohniki, xohlaganini qiladi. Ikkinchidan, Alloh taolo adolatli Zot, kasallik berdimi, ortidan, albatta, mukofotini beradi. Shu bilan birga farzandga keladigan musibat unga qarayotganlarga, xossatan ota-onaga sinov. Farzandning bemor boʻlishidagi eng daqiq nukta esa, boyagi, Alloh taolo bolaga berilgan musibat orqasidan unga yaxshilik berishidir».
Oʻshandan keyin koʻnglim ancha joyiga tushdi. Hozirgacha ham Husayn ogʻrisa, imkon qadar sinovga sabr qilishga harakat qilaman, ustozning oʻgitlarini eslayman. Hech bir bolajon kasal boʻlmasin. Mabodo farzandingiz bemor boʻlib qolsa, ustozning yuqoridagi tavsiyalarini eslashingiz uchun xabarni yozgan boʻldim. @abdullohozod