en
Feedback
"Ma'naviyat ziyosi" To'rtko'l tuman bo'linmasi

"Ma'naviyat ziyosi" To'rtko'l tuman bo'linmasi

Open in Telegram
430
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-730 days
Posts Archive
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.

Jaholatga qarshi ma’rifat – ezgulik va bag‘rikenglik sari Joriy yil 7-sentabr kuni To'rtko'l tumani O.Xudoyshukurov nomidagi madaniyat saroyida tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, mahalla yettiligi, umumta’lim maktablarining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, diniy soha vakillari, tibbiyot xodimlari, tuman targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov, boshqarmaning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi X.Ibrayimovalar tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – davlat va jamoat tashkilotlarida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning oldini olish, yoshlar va jamoatchilik o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, diniy bag‘rikenglik va ma’naviy barkamollikni keng targ‘ib etishdan iborat. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga bugungi kunda jamiyat xavfsizligi va osoyishtaligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, axborot makonidagi har qanday ma’lumotga tanqidiy va to‘g‘ri yondashish, ayniqsa, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan shubhali axborotlarga ergashmaslik zarurati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirda buyuk muhaddis, islom olamida yuksak ilmiy meros qoldirgan alloma Imom at-Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyati, uning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Allomaning boy ma’naviy merosi yosh avlodni ilm-ma’rifatga, ezgulik, bag‘rikenglik va insonparvarlikka chorlovchi muhim manba ekani ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, diniy-ma’rifiy sohada zarur tushuncha va tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Jaholatga qarshi eng yaxshi qurol ma’rifat. Zero, bilimli, ma’naviyati yuksak va teran fikrlaydigan avlod – tinch va farovon jamiyatning mustahkam poydevoridir. https://t.me/RMMMTURTKUL

Repost from Siyosiy ma'rifat
#xalqchildavlat #kunhikmati 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

#Toʻrtkoʻl_tuman #Siyosiy_maʻrifat_soati Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi 2026-yil 4-sentabr sanasida To'rtko
+7
#Toʻrtkoʻl_tuman #Siyosiy_maʻrifat_soati Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi 2026-yil 4-sentabr sanasida To'rtko'l tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tumani bo‘linmasi hamda tumanidagi korhona, tashkilot va ta'lim muassasalarda bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi. https://t.me/RMMMTURTKUL

#Муносабат Дўстлик мустаҳкам бўлса — келажак ҳам ёруғ бўлади! Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистон Республикаси През
#Муносабат   Дўстлик мустаҳкам бўлса — келажак ҳам ёруғ бўлади! Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистон Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 31-август - 1-сентябрь кунлари Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилиши ҳамда "ШҲТ плюс" форматидаги учрашувлардаги иштироки ҳар бир юртдошимиз учун қувонарли хабар. Ўзбекистон ва Қирғизистон — нафақат қўшни, балки тарих, маданият, қадрият ва самимий қардошлик ришталари билан боғланган яқин халқлар. Бугун икки давлат ўртасида ишонч, дўстлик ва яхши қўшничилик муносабатлари тобора мустаҳкамланаётгани, энг аввало, халқларимиз учун катта неъмат. Айниқса, Ўзбекистон ва Қирғизистон халқлари азалдан бир-бирига яқин.    ➡️ Батафсил: Шу ерда   Саят Гичгелдиева, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси депутати, ЎзХДП фракцияси аъзоси.

Repost from Siyosiy ma'rifat
#34_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Prezidentimiz kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borish zarurligini ta’kidladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ehtiyojmand aholini Ijtimoiy reyestrga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mahallalardagi hokim yordamchilari loyihabay ishlash tizimiga o‘tkaziladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar Xorazm viloyati misolida ko‘rsatib berildi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish ishlarining holatini tanqidiy tahlil qildi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimi
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi. Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi. Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. O‘tgan davrda Sharof Ras
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan. Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan. Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan. G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi. Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar vil
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Doʻppi oʻzida nimalarni mujassam etgan? #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

Repost from Botu Alimov
G‘OYАDAN — NATIJAGA! 📆 8 oylik faoliyat tahlili 2026-yilda Respublikа Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati ilmiy yondashuv, zamonaviy yechimlar va aniq natijalar asosida yo‘lga qo‘yildi. ⚡️Maqsad aniq: ma’rifatli jamiyat, kuchli ma’naviy immunitet va mustahkam milliy o‘zlik. Amalga oshirilgan loyihalar, yangi tashabbuslar, raqamli yechimlar va jamiyat hayotida sezilayotgan real o‘zgarishlar. Bugun ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham zamon bilan hamnafas: g‘oya, tahlil, yondashuv, yechim, harakat, natija. Rasmiy sahifalarimiz👇 📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook

Repost from Siyosiy ma'rifat
#uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
#uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram