"Ma'naviyat ziyosi" To'rtko'l tuman bo'linmasi
Open in Telegram
430
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-730 days
Posts Archive
+4
🏦 MUTAXASSISLIK BO‘YICHA KORXONA VA TASHKILOTLAR BILAN TANISHUV
✨ Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash, kelajakdagi kasbiy faoliyati haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida TDIU To‘rtko‘l fakultetida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida bank sohasi mutaxassislari fakultetga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuvda bank tizimidagi faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy bank xizmatlar, mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar hamda sohada faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
✨ Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga bank xodimlaridan batafsil javob oldilar.
✨ Bunday uchrashuvlar talabalarning tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi.
✨ Nazariya + amaliyot = malakali mutaxassis!
#TDIU #TDIUTF #Talabalar #Mutaxassislik #Bank #Amaliyot #KasbiyRivojlanish
+5
🇺🇿 "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
🏛️ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toʻrtkoʻl fakultetida o‘tkazilgan “Mustaqillik kubogi-2026” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlari aniqlandi!
✨ Aql va tafakkur sinovida yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalarimiz bilan tanishing:
✨ Shashka bo‘yicha g‘oliblar;
1-o‘rin: Sopayev Nurumboy (Bank ishi, 262-guruh)
2-o‘rin: Ismoilov Fayozbek (Buxgalteriya, 261-guruh)
3-o‘rin: Sobirov Umirbek (Buxgalteriya, 263-guruh)
✨ Shaxmat bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin: Sotimov Odamboy (Iqtisod yo‘nalishi)
2-o‘rin: Ahmedov Og‘abek (Bank ishi, 261-guruh)
3-o‘rin: Otagaldiyev Shohrux (Buxgalteriya, 262-guruh)
✨ Barcha g‘olib va sovrindorlarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi o‘qish va sport ishlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!
Joriy yilning 10-sentyabr kuni To'rtko'l tumani Tozabogyop OFY hududida joylashgan 60-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf o'quvchilari orasida «Jaholatga qarshi maʼrifat» shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
Bunda:
Xotin-qizlar orasida erta turmush qurish holatlarining oldini olish
- Diniy bagʼrikenglik hamda millatlaroro totuvlikni mustahkamlash;
- Diniy aqidaparastlik, ekstremizm bilan bogʼliq tahdidlarning oldini olish va diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatini tushintirish;
- Missionerlik va prozilitizm bilan bogʼliq salbiy holatlarga barham berish va qotin-qizlar orasida milliy urf-odat;
- Аnʼana va qadriyatlarimizga hos bo'lmagan «gʼarb», «turk», «arab» va boshqa millatlarning kiynish madaniyatga taqlidning oldini olish;
- Yoshlarning internet tarmoqlaridan aqlga mos ravshda foydalanish va jamiyatda har qanday radikallashuvning oldini olish haqida tushintirish ishlari olib borildi. Uchrashuvda 699-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni va 2025 yil 25 fevral kungi O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash tugʼrisidagi 1037 sonli qonuni bilan yaqindan tanishtirib o'tildi.
Tadbirda O'zbekston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qumitasining To'rtko'l tumani bo'yicha bosh mutaxassisi M.Matchanov,Respublika ma'naviyat markazidan To'rtko'l tumani bo'limi rahbari S.Sultanov va tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Nazarova ishtirok etib mavzu boʼyicha amaliy tushunchalar va hayotiy misollar asosida tushuntirish ishlari olib bordilar.
+3
To'rtko'l tumani Tozabog'yop MFY da joylashgan 18-son DMTT ga borib Tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Nazarova, Respublika ma'naviyat markazidan To'rtko'l tumani bo'limi rahbari S.Sultanov va Din ishlari bo'yicha mutaxassisi M.Matchanovlar o'rganishdi va tashkilot rahbari Avezova Shahnoza va xodimlarga tushuntirish targ'ibot ishlari amalga oshirildi. Yani bog'chada namozxona bo'lmasligi bolalarga dinni targ'ib qiladigan musiqa va shunga o'xshash adabiyotlar foydalanish mumkun emasligi va shu yerda faoliyat yuritayotgan xodimlar dress kodga amal qilishi kerakligi haqida tushunchalar berildi. shunday salbiy holatlar aniqlansa tegishi tartibda qonuniy jazoga tortilishi haqida ogohlantirildi. 99 122 77 85
Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi
«Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida To‘rtko‘l tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik ishlari jadal davom etmoqda.
To'rtko'l tumani MMTBga qarashli 15-sonli umumtaʼlim maktabida oʼquvchi yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi - yoshlarni buzgʼunchi, yot va salbiy gʼoyalar taʼsiridan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitet, tanqidiy qarash va sogʼlom dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek,"Jaholatga qarshi ma'rifat", mamlakatimizda diniy-maʼrifiy yoʼnalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirishdan iborat boʼldi. Tadbir davomida mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, din niqobi ostida tarqatilayotgan buzgʼunchi qarashlarning salbiy oqibatlari, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi soxta, zararli maʼlumotlarni ajrata bilish, yoshlarda axborot madaniyati va tanqidiy fikrlash koʼnikmalarini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududiy boshqarmasining To'rtko'l tumani boʼyicha bosh mutaxassisi M.Matchanov, Respublika ma'naviyat markazidan To'rtko'l tumani bo'limi rahbari S.Sultanov va tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Nazarova ishtirok etib, mavzu boʼyicha amaliy tushunchalar va hayotiy misollar asosida tushuntirish ishlari olib bordilar.
Tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Nazarova, Respublika ma'naviyat markazidan To'rtko'l tumani bo'limi rahbari S.Sultanov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining To'rtko'l tumani bosh mutaxassisi M.Matchanovlar birgalikda "Tozabog'yop'” OFY hududidagi "Namuna" oilaviy shifokorlik punktida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi, tashqi yozuvlar, reklamalar, peshlavhalar, boshqa xabarnoma matnlarining holati hamda ma’naviyat xonalarining tashkil etilishi, ularning jihozlanishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirish, shu bilan birga tilga oid qoidalarga rioya etish madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, islohotlar, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zining nafsoniy niyati bilan tinchligimizga tahdid soluvchi diniy yo‘nalishdagi targ‘ibotlar, ekstremizm va terrorizmning kelajagimizga tahdidi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Joriy yilning 8-sentyabr kuni To'rtko'l tumani Ko'na Tortko'l MFY hududida joylashgan 31-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf o'quvchilari orasida «Jaholatga qarshi maʼrifat» shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
Bunda:
Xotin-qizlar orasida erta turmush qurish holatlarining oldini olish
- Diniy bagʼrikenglik hamda millatlaroro totuvlikni mustahkamlash;
- Diniy aqidaparastlik, ekstremizm bilan bogʼliq tahdidlarning oldini olish va diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatini tushintirish;
- Missionerlik va prozilitizm bilan bogʼliq salbiy holatlarga barham berish va qotin-qizlar orasida milliy urf-odat;
- Аnʼana va qadriyatlarimizga hos bo'lmagan «gʼarb», «turk», «arab» va boshqa millatlarning kiynish madaniyatga taqlidning oldini olish;
- Yoshlarning internet tarmoqlaridan aqlga mos ravshda foydalanish va jamiyatda har qanday radikallashuvning oldini olish haqida tushintirish ishlari olib borildi. Uchrashuvda 699-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni va 2025 yil 25 fevral kungi O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash tugʼrisidagi 1037 sonli qonuni bilan yaqindan tanishtirib o'tildi.
Tadbirda O'zbekston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qumitasining To'rtko'l tumani bo'yicha bosh mutaxassisi M.Matchanov,Respublika ma'naviyat markazidan To'rtko'l tumani bo'limi rahbari S.Sultanov va tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Nazarova ishtirok etib mavzu boʼyicha amaliy tushunchalar va hayotiy misollar asosida tushuntirish ishlari olib bordilar.
📚 Kitob — tafakkur, ma’rifat va kelajak sari yo‘l!
To'rtko'l tumani MMTBga qarashli 4-son umumta'lim maktab kutubxonasiga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari S.Sultanov tomonidan yangi badiiy adabiyotlar jamlanmasi topshirildi.
Ushbu kitoblar o‘quvchilarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai. Yoshlarimiz qancha ko‘p kitob o‘qisa, kelajagimiz shunchalik yorqin bo‘ladi.
Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining To'rtko'l tumani bosh mutaxassisi M.Matchanov yoshlarimiz mamlakatimizning kelajagi, boshlagan ezgu ishlarimizning davomchilari ekanligi, bugungi shiddatli davr yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar muhitida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, yoshlarimizda ijobiy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligi, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishi, o‘zlarimizni va yaqinlarimizni yomon illatlardan asrashimiz kerakligi va talaba-yoshlarni davlatimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shish uchun o‘qib bilim olish kerakligini aytib o‘tdi.
📖 Kitob o‘qing — bilim oling, tafakkuringizni boyiting!
+2
📚 Kitob — tafakkur, ma’rifat va kelajak sari yo‘l!
Bugun maktabimiz kutubxonasiga
To‘rtko‘l tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Baqqayev Ikromboy Qurbonovich va Stamatolog shifokor Karimov Shukurullo Kamoladdinovichlar tomonidan yangi badiiy adabiyotlar jamlanmasi topshirildi.
Ushbu kitoblar o‘quvchilarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai. Yoshlarimiz qancha ko‘p kitob o‘qisa, kelajagimiz shunchalik yorqin bo‘ladi.
📖 Kitob o‘qing — bilim oling, tafakkuringizni boyiting!
#15_maktab #Kitobxonlik #Kutubxona #Maʼrifat #Yoshlar #Kitob 📚
@school_news15
+8
“Kitob karvoni” — “Paxtachi” mahallasida
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yo‘lga chiqqan “Kitob karvoni” ma’rifiy aksiyasi doirasida To‘rtko‘l tumanidagi “Paxtachi” mahallasi kutubxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 35 ta namunali mahallaga 35 ming nusxa kitob yetkazib berish ko‘zda tutilgan. “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi I.Xudaybergenov ishtirok etib, mahalla ahli va yoshlarni ushbu ezgu tashabbus bilan tashkil etilgan ma’rifat maskani bilan muborakbod etdi. Tadbirda kitob — inson tafakkuri, ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi bebaho manba ekani, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Endilikda ushbu mahalla kutubxonasi fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilib, aholining, xususan, yoshlarning sifatli badiiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayadi. Kitob bor joyda tafakkur, ma’rifat va yuksak ma’naviyat bo‘ladi. “Kitob karvoni” esa ana shu ezgu qadriyatlarni mahallalarga yanada keng olib kirishga xizmat qiladi.--- "Kitob karvoni" - "Paxtachi" máhállesinde
Ǵárezsizligimizdiń 35 jıllıǵı múnásibeti menen jolǵa qoyılǵan "Kitap kárwanı" aǵartıwshılıq akciyası sheńberinde Tórtkúl rayonındaǵı "Paxtachi" máhállesi kitapxanasınıń saltanatlı ashılıw máresimi bolıp ótti. Bul baslama sheńberinde "Jańa Ózbekstan kórinisindegi" 35 úlgili máhállege 35 mıń nusqa kitap jetkerip beriw názerde tutılǵan. "Paxtachi" awıl puqaralar jıyınında ótkerilgen ilajda rayon hákimi I.Xudaybergenov qatnasıp, máhálle xalqın hám jaslardı usı iygilikli baslama menen shólkemlestirilgen aǵartıwshılıq ornı menen qutlıqladı. Ilajda kitap - insan oy-pikirin, mánawiyatın hám dúnyaqarasın joqarılatatuǵın biybaha dárek ekeni, ásirese, jaslar arasında kitapqumarlıq mádeniyatın rawajlandırıw áhmietli ekenligi atap ótildi. Endi bul máhálle kitapxanasınıń fondı jańa ádebiyatlar menen bayıtılıp, xalıqtıń, atap aytqanda, jaslardıń sapalı kórkem, ilimiy-aǵartıwshılıq hám sociallıq ádebiyatlardan paydalanıw imkaniyatları jáne de keńeedi. Kitap bar jerde pikirlew, aǵartıwshılıq hám joqarı mánawiyat boladı. "Kitap kárwanı" bolsa mine usı iygilikli qádiriyatlardı máhállelerge jáne de keńnen alıp kiriwge xızmet etedi.
✅ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati 🎖 WS |💻 IG | 📝 FB |🎞TG
