International Islamic Academy of Uzbekistan
Open in Telegram
Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/@iiau_official Matbuot xizmati
Show more7 379
Subscribers
+4324 hours
+1477 days
+23430 days
Posts Archive
+4
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabalari Toshkent shahridagi IT Park majmuasiga tashrif buyurdi
💠 Mazkur tashrif "Mustaqillik darslari" doirasida tashkil etilib, yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar va raqamli iqtisodiyot imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
💠 Talabalar IT Park'da yaratilgan zamonaviy muhit va startashlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan xam tanishdilar. Uchrashuv davomida mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
💠 Shuningdek, talabalar IT sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratdilar.
💠 Tashrif jarayonida ishtirokchilar innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichlari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarning ta’lim, iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar sohalaridagi ahamiyati talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
💠 "Mustaqillik darslari" doirasidagi bunday amaliy tashriflar talabalarning nazariy bilimlarini hayotiy misollar bilan boyitishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tashrif yoshlarni Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash, zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni egallashga undash nuqtayi nazaridan ham ahamiyatli bo‘ldi.
💠 Akademiya talabalari IT Park'dagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish barobarida o‘z kelajak kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan yangi g‘oyalarga ega bo‘ldilar va tashrif nihoyasida katta taassurot qoldirganini ta’kidlab, IT sohasidagi imkoniyatlarni yanada chuqur o‘rganish istagini bildirdilar.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
🟦🟦🟦
#RADIO_REPORTAJ
▶️Akademiyada o‘tkazilayotgan “Mustaqillik darslari” haqida
🎙Abdufattoh Xakimov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi yoshlar yetakchisi
🎙Mumtozabegim Shukurjonova,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 1-kurs talabasi
🖥Manba: “O‘zbekiston 24” radiosi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam!
Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi?
Career Edu yechim beradi!
🤔 Career Edu platformasi:
🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi;
🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi;
🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki:
• HR suhbatlariga tayyorlanishingiz,
• rezyume yaratishingiz;
• frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin.
🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
✅✅✅✅✅
▶️O‘zbekiston – Serbiya: ko‘p qirrali hamkorlikning yangi bosqichi
🎙Farhod Karimov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dekani,
siyosiy fanlar doktori, professor
🖥Manba: “O‘zbekiston 24” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
🌟🌟🌟🌟
#Mustaqillikning_35_yilligi
O‘zbekiston diplomatiyasi: o‘zaro ishonch va hamkorlik uchun barqaror muhit
✅O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yillik tarixi mamlakat tashqi siyosatining shakllanishi, takomillashuvi va yangi mazmun bilan boyib borishi jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Bu davr mobaynida milliy suverenitetni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallash, milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida boy tajriba to‘plandi.
✅O‘zbekiston tashqi siyosati shakllanishi va rivojlanishi jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.
✅Birinchi bosqich – 1991-yildan 2000-yillarga qadar bo‘lgan davr. Bu, avvalo, milliy suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning mustaqil davlat o‘laroq xalqaro huquq subyekti sifatida tan olinishini ta’minlash va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘ldi.
✅Bu jarayon mamlakatning nafaqat siyosiy mustaqilligini, balki tashqi siyosiy qarorlar qabul qilishdagi mustaqil pozitsiyasini ham mustahkamladi. Shu tariqa milliy manfaatlarga asoslangan, tashqi ta’sirlardan xoli va tinchliksevar tashqi siyosat modeli shakllana boshladi.
🖌Farhod Karimov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dekani,
siyosiy fanlar doktori, professor
🔶Manba: “Ishonch” gazetasi
🔘Gazetani yuklab olish uchun
🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/4714
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
+6
✨✨✨✨
#Mustaqillik_darslari
Akademiyada “Mustaqillik darslari” davom etmoqda
👍“Mustaqillik darslari” doirasida “O‘zbekiston yoshlarini vatanparvar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida radikalizm va uning salbiy illatlarini oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
👍Unda Islomshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari Ramziddin Isoqjonov, Akademiya profilaktika katta inspektori Muhriddin Xikmatov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Raximdjanov hamda 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
👍Davra suhbatida bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan turli mutaassib fikrlar, ekstremizmga undovchi chaqiriqlardan ogoh bo‘lish, internetdan foydalanish madaniyati haqida so‘z bordi.
👍Ma’ruzachilar tomonidan bu kabi uchrashuvlar yoshlarning turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlashga xizmat qilib, talabalarda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
👍Profilaktika inspektori tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga doir profilaktik ma’lumotlar berildi.
👍Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
#VIDEOLAR
#Mustaqillik_darslari
▶️Yangi o‘quv yili boshlandi
🖥Manba: “O‘zbekiston 24” teleradiokanali
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
Repost from Jadid.uz
✅
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Jadid” gazetasi tahririyati bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Mazkur oliy ta’lim muassasasida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Mustaqillik darslari” doirasidagi ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri, “Jadid” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo va gazeta muharriri, shoir Shahriyor Shavkat ishtirok etdi.
Kechaning asosiy qismi “Jadid kutubxonasi” ruknida chop etilgan yangi asarlar taqdimotiga bag‘ishlandi. Shahriyor Shavkatning “Hirotga, bobomning huzuriga” kitobi, “Millat fidoyilari”, “Botmasin chiqqan quyosh”, “Tilda, fikrda, ishda birlik!” kabi nashrlar hamda gazetaning so‘nggi sonlari ustoz va talabalarga taqdim qilindi.
Iqbol Mirzo o‘z ma’ruzasida istiqlolning qadri, vaqtdan unumli foydalanish va talabalik – bilim olishning eng muhim davri ekanligiga to‘xtaldi. Kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va badiiy adabiyotning inson ruhiyatini tarbiyalashdagi ahamiyati hayotiy misollar orqali ko‘rsatib berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Tilda, fikrda, ishda birlik!Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from MuslimShosh.uz
ТАЛАБАЛИК МУБОРАК БЎЛСИН, АЗИЗ ЁШЛАР!
🎉Янги ўқув йили барча илм аҳлларига муваффақиятли ва баракали келсин! 📚✨
✔️Улашинг | @MuslimShosh
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
—
В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#VIDEOLAR
#Mustaqillik_darslari
▶️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
🖥Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
