en
Feedback
Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali

Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali

Open in Telegram
2 730
Subscribers
-424 hours
-177 days
-1430 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+28
in 5 channels
August '26
+178
in 16 channels
Get PRO
July '26
+168
in 14 channels
Get PRO
June '26
+164
in 19 channels
Get PRO
May '26
+148
in 27 channels
Get PRO
April '26
+93
in 25 channels
Get PRO
March '26
+124
in 20 channels
Get PRO
February '26
+87
in 18 channels
Get PRO
January '26
+130
in 23 channels
Get PRO
December '25
+154
in 25 channels
Get PRO
November '25
+114
in 25 channels
Get PRO
October '25
+116
in 35 channels
Get PRO
September '25
+139
in 10 channels
Get PRO
August '25
+110
in 22 channels
Get PRO
July '25
+139
in 43 channels
Get PRO
June '25
+101
in 14 channels
Get PRO
May '25
+189
in 10 channels
Get PRO
April '25
+196
in 24 channels
Get PRO
March '25
+174
in 35 channels
Get PRO
February '25
+155
in 18 channels
Get PRO
January '25
+90
in 11 channels
Get PRO
December '24
+137
in 15 channels
Get PRO
November '24
+187
in 34 channels
Get PRO
October '24
+130
in 15 channels
Get PRO
September '24
+114
in 5 channels
Get PRO
August '24
+132
in 26 channels
Get PRO
July '24
+187
in 18 channels
Get PRO
June '24
+140
in 19 channels
Get PRO
May '24
+306
in 33 channels
Get PRO
April '24
+155
in 24 channels
Get PRO
March '24
+213
in 35 channels
Get PRO
February '24
+246
in 24 channels
Get PRO
January '24
+206
in 31 channels
Get PRO
December '23
+239
in 27 channels
Get PRO
November '23
+130
in 13 channels
Get PRO
October '23
+136
in 16 channels
Get PRO
September '23
+319
in 0 channels
Get PRO
August '23
+1 009
in 0 channels
Get PRO
July '23
+103
in 0 channels
Get PRO
June '23
+98
in 0 channels
Get PRO
May '23
+95
in 0 channels
Get PRO
April '23
+99
in 0 channels
Get PRO
March '23
+107
in 0 channels
Get PRO
February '23
+88
in 0 channels
Get PRO
January '23
+329
in 0 channels
Get PRO
December '22
+186
in 0 channels
Get PRO
November '22
+83
in 0 channels
Get PRO
October '22
+237
in 0 channels
Get PRO
September '22
+159
in 0 channels
Get PRO
August '22
+137
in 0 channels
Get PRO
July '22
+115
in 0 channels
Get PRO
June '22
+121
in 0 channels
Get PRO
May '22
+184
in 0 channels
Get PRO
April '22
+125
in 0 channels
Get PRO
March '22
+87
in 0 channels
Get PRO
February '22
+126
in 0 channels
Get PRO
January '22
+166
in 0 channels
Get PRO
December '21
+174
in 0 channels
Get PRO
November '21
+336
in 0 channels
Get PRO
October '21
+65
in 0 channels
Get PRO
September '21
+90
in 0 channels
Get PRO
August '21
+108
in 0 channels
Get PRO
July '21
+73
in 0 channels
Get PRO
June '21
+103
in 0 channels
Get PRO
May '21
+67
in 0 channels
Get PRO
April '21
+66
in 0 channels
Get PRO
March '21
+65
in 0 channels
Get PRO
February '21
+45
in 0 channels
Get PRO
January '21
+62
in 0 channels
Get PRO
December '20
+379
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
07 September+4
06 September+3
05 September+3
04 September+2
03 September+1
02 September+14
01 September+1
Channel Posts
Yangiyo‘l shahar
Turizm │Qani ketdik! │ 📝Facebook📱Instagram📝Telegram🎬Youtube

2
M-34 avtomobil yo‘li va Samarqand yo‘li bo‘ylaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov, sh
M-34 avtomobil yo‘li va Samarqand yo‘li bo‘ylaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov, shahar prokurori E.Sanokulov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Shamsiyev, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Majidov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida shahar hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘li va Samarqand yo‘li bo‘ylarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi. O‘rganish davomida yo‘l bo‘ylarining sanitariya va obodonlashtirish holati, hududlarni tozalash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududlarda tozalik va obodlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
528
3
📣 HURMATLI YANGIYO‘L SHAHAR AHOLISI! 📆 8-sentyabr kuni soat 10:30 da Yangiyo‘l shahar markazida joylashgan “Alisher Navoiy
📣 HURMATLI YANGIYO‘L SHAHAR AHOLISI! 📆 8-sentyabr kuni soat 10:30 da Yangiyo‘l shahar markazida joylashgan “Alisher Navoiy gulshani” istirohat bog‘ida Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabulda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etadi. 🤝 Qabul davomida fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari bevosita tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilanadi. ✅ Shuningdek, tadbir doirasida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” ham tashkil etiladi. 💼 Yarmarkada shahardagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish izlayotgan fuqarolarga o‘z mutaxassisligi va qiziqishlariga mos ish o‘rinlarini topish uchun imkoniyat yaratiladi. 🔚 Bundan tashqari, ishtirokchilar bandlik, kasb tanlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha mutaxassislardan zarur tavsiya va amaliy maslahatlar olishlari mumkin. ⏺ Hurmatli fuqarolar! Sizni o‘zingizni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlaringiz bilan sayyor qabulda faol ishtirok etishga, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasidan unumli foydalanishga chorlaymiz! 🗺 Manzil: “Alisher Navoiy gulshani” istirohat bog‘i ⏰ Boshlanish vaqti: 10:30 📅 Sana: 8-sentyabr ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
807
4
TEMIR YO‘L BO‘YLARIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov, shahar prokurori E.San+9
TEMIR YO‘L BO‘YLARIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov, shahar prokurori E.Sanokulov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Shamsiyev, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Majidov, shuningdek, temir yo‘l bo‘ylariga biriktirilgan tashkilotlar hamda boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirokida temir yo‘l bo‘ylaridagi hududlarning bugungi holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida maxsus elektropoyezddan foydalangan holda temir yo‘l bo‘ylab harakatlanib, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, sanitariya va tozalik holati, shuningdek, bino va inshootlarning tashqi qiyofasini zamonaviy talablar asosida yaxshilash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga hududlarni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini tartibga keltirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
535
5
🛡 APK Qo‘riqchi dasturini o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma! Qurilmangiz xavfsizligini ta’minlash va dasturni to‘g‘ri sozlash uch
🛡 APK Qo‘riqchi dasturini o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma! Qurilmangiz xavfsizligini ta’minlash va dasturni to‘g‘ri sozlash uchun maxsus tayyorlangan video qo‘llanma bilan tanishib chiqing. • 🍎 Samsung foydalanuvchilari uchun: Videodagi ko‘rsatmalarga amal qilib: ✅ Dasturni "Oq ro‘yxat"ga qo‘shish; ✅ Bildirishnomalarni yoqish; ✅ Doimiy himoyani faollashtirishni o‘rganasiz. 📥 "APK Qo'riqchi"ni yuklab oling va xotirjam bo'ling! Rasmiy saytimizga a’zo bo’ling!👇👇 Telegram | Instagram
453
6
NOV MAHALLASIDA SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR E’TIBORDA O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Yangiyo‘l shahar bo‘limi rahbari S.Kari+4
NOV MAHALLASIDA SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR E’TIBORDA O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Yangiyo‘l shahar bo‘limi rahbari S.Karimov Nov mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida mahalla hayoti, hududdagi mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan mahalla faollarining taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilib, ularni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
658
7
#Obodonlashtirish Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi Toshkent–Dushanbe M-34 xalqaro avtomagistrali bo‘ylarida ken+9
#Obodonlashtirish Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi Toshkent–Dushanbe M-34 xalqaro avtomagistrali bo‘ylarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
612
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. — Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам. Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Facebook|Instagram|X
408
9
Karate-WKF bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati o‘tkazildi 2026-yil 5–6-sentabr kunlari Yangiyo‘l shahar sport maktabining+9
Karate-WKF bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati o‘tkazildi 2026-yil 5–6-sentabr kunlari Yangiyo‘l shahar sport maktabining sport zalida Karate-WKF sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yosh karatechilar uchun nafaqat o‘z mahoratini namoyish etish, balki O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanma olish uchun muhim saralash bosqichi bo‘ldi. Chempionatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin yosh sportchi g‘oliblik uchun tatamiga chiqdi. Ishtirokchilar turli vazn va yosh toifalarida kuch sinashib, texnik mahorat, chaqqonlik, tezkorlik va qat’iyatini namoyish etdilar. Ikki kun davom etgan bahslar davomida yosh karatechilar o‘rtasida murosasiz va qizg‘in bellashuvlar kuzatildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, munosib o‘rinlarni egallagan sportchilar taqdirlanib, O‘zbekiston chempionatida ishtirok etish uchun saralab olindi. Musobaqaning Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgani yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
621
10
🌿 M-34 xalqaro avtomagistrali bo‘ylarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tu+9
🌿 M-34 xalqaro avtomagistrali bo‘ylarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi Toshkent–Dushanbe M-34 xalqaro avtomagistrali bo‘ylarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ishlar doirasida yo‘l bo‘ylaridagi hududlar tartibga keltirilib, mavjud daraxt va yashil maydonlar parvarish qilinmoqda. Shuningdek, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, yo‘l bo‘ylarining sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar shahar hududining tashqi qiyofasini yanada yaxshilash, aholiga va yo‘lovchilarga qulay hamda fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
626
11
👶 1,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun zamonaviy xususiy bog‘cha! 🟢 Farzandingizning ilk ta’lim-tarbiyasi va ha
👶 1,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun zamonaviy xususiy bog‘cha! 🟢 Farzandingizning ilk ta’lim-tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay hamda mehrga boy muhit izlayapsizmi? 😂😘 Unda “Marvarid Kids” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti aynan siz uchun! 🎁 “Marvarid Kids”da chegirmalar e’lon qilinmoqda! Bog‘chamizda farzandingiz: 🌍 Ingliz tilini o‘rganadi; 🇷🇺 Rus tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi; 🤸 Gimnastika mashg‘ulotlari orqali jismoniy jihatdan sog‘lom rivojlanadi; 📚 Maktab ta’limiga puxta tayyorgarlik ko‘radi. Shuningdek, bolajonlar uchun: ✨ Mehrli va samimiy muhit; 👩‍🏫 Malakali va tajribali ustozlar; 🧠 Har tomonlama rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar; 🚗 Farzandingizni xavfsiz olib borish va yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 🏠 “Marvarid Kids” — farzandingizning bilimli, sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun ishonchli maskan! 📍 Manzil: Eski Charikova ko‘chasi, 192-uy (Artikova ko‘chasi oxirida) ☎️ Murojaat uchun telefon: +998 97 604 22 50 Farzandingizning kelajagi uchun eng yaxshi tanlovni bugundan boshlang!
1 352
12
⚡️RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi xo‘jalik mudiri Abror Gapparov tomonidan d
⚡️RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi xo‘jalik mudiri Abror Gapparov tomonidan dizel yoqilg‘isi noqonuniy ravishda o‘zlashtirilayotgani va talon-toroj qilinayotgani haqida tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi hamda asossizdir. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Tarqatilgan xabarlarda tilga olingan 40 litr, ya’ni 2 ta kanistr dizel yoqilg‘isi hech qanday shaxsiy manfaat uchun, muassasa hududidan noqonuniy ravishda olib chiqish yoki sotish maqsadida ajratilmagan. Mazkur yoqilg‘i 1-sonli oilaviy poliklinikada elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan holatlarda foydalaniladigan muqobil elektr energiyasi manbai — generatorning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda tibbiy xizmat avtomobilida yetkazib berilgan. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar hamda kanal administratorlaridan axborotni e’lon qilishdan avval uning haqqoniyligi va ishonchliligini tekshirish, xolislik tamoyillariga rioya etish hamda tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Zero, asossiz va tekshirilmagan xabarlarning tarqatilishi tibbiyot muassasasi, uning ma’muriyati va xodimlari haqida jamoatchilik orasida noto‘g‘ri tasavvur shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, eslatib o‘tamizki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on yoki tuhmat mazmunidagi ma’lumotlarni tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. ✍️ Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi ma’muriyati ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
711
13
OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylarida keng ko‘l+7
OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda. Hashar davomida hududlar chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, shuningdek, temir yo‘l bo‘ylarida sanitariya va tozalikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
747
14
YANGIHAYOT KO‘CHASIDA ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar Qovunchitepa mahallasining temir yo‘l bo
YANGIHAYOT KO‘CHASIDA ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar Qovunchitepa mahallasining temir yo‘l bo‘yida joylashgan Yangihayot ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, transport va piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish hamda hudud obodonchiligini yanada oshirishga xizmat qiladi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
788
15
⚽️ “NARKOJINOYATLARDAN HOLI MAHALLA” TAMOYILI ASOSIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI Yangiyo‘l shahar Sport maktabining mi+7
⚽️ “NARKOJINOYATLARDAN HOLI MAHALLA” TAMOYILI ASOSIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI Yangiyo‘l shahar Sport maktabining mini futbol maydonida umumta’lim maktablarining 8–9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Narkojinoyatlardan holi mahalla” tamoyili asosida mini futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada shahardagi umumta’lim maktablaridan 8 ta jamoa tarkibida 80 nafar yosh ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar qur’a tashlash asosida guruh bosqichlari hamda Olimpiya tizimi bo‘yicha qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tkazildi. Musobaqa davomida yoshlar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar Yangiyo‘l shahar Sport maktabi tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur sport tadbiri yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va turli salbiy illatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
718
16
🌿 OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylarida keng k
🌿 OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda. Hashar davomida hududlar chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, shuningdek, temir yo‘l bo‘ylarida sanitariya va tozalikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan hasharchilar hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatda mehnat qilmoqda. Ular uchun mehnat jarayonida qulay sharoit yaratish maqsadida osh ham tayyorlanmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar shahar qiyofasini yanada obodlashtirish, hududlarda tozalik va ozodalikka rioya etish hamda aholi uchun yanada fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
626
17
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
456
18
🌿 TEMIR YO‘L BO‘YLARIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘
🌿 TEMIR YO‘L BO‘YLARIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Ayni damda Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar hududlarning sanitariya va estetik holatini yaxshilash, atrof-muhitni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, shuningdek, shahar infratuzilmasining umumiy qiyofasini yanada yaxshilashga qaratilgan. Obodonlashtirish jarayonida temir yo‘l bo‘ylaridagi hududlar tartibga keltirilib, mavjud chiqindilar tozalanmoqda, atrofdagi manzarani yanada chiroyli ko‘rinishga keltirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
674
19
YO‘LLAR OBODLIGI — AHOLI QULAYLIGI UCHUN Ayni damda Yangiyo‘l shahrining Navro‘z mahallasida joylashgan Zarafshon tor ko‘chas+5
YO‘LLAR OBODLIGI — AHOLI QULAYLIGI UCHUN Ayni damda Yangiyo‘l shahrining Navro‘z mahallasida joylashgan Zarafshon tor ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan mazkur ishlar natijasida ko‘chaning yo‘l qoplamasi yangilanib, hudud aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi. Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ko‘chalarni obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yangiyo‘l shahrida aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
735
20
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yangiyo‘l shahar Ishchilar shaharchasi mahallasi Farovon ko‘chasida joylashgan gaz
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yangiyo‘l shahar Ishchilar shaharchasi mahallasi Farovon ko‘chasida joylashgan gaz quvuridan gaz sizib chiqayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaat Yangiyo‘lshahargaz gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, mutaxassislar tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchilikni bartaraf etish maqsadida gaz quvuridagi sizib chiqish joyi vaqtinchalik payvandlab qo‘yildi. Shuningdek, mavjud nosozlikni to‘liq va sifatli bartaraf etish maqsadida ertaga gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Murojaat yo‘llagan fuqarolarga bildirilgan muammo nazoratga olingani hamda uni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
532