OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati
Open in Telegram
Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar. 2021/©
Show more8 579
Subscribers
-524 hours
-327 days
-6930 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X
+5
Muammolar joyida o‘rganildiPayshanba- Yoshlar kuni munosabati bilan Oltingo‘l tumani prokurori J. Umurzakov Ko‘makay mahallasi hududida “Ijtimoiy reyestr”dagi fuqarolar hamda ishsiz va uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Muloqotda oilalarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, daromadlarini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaatlari o‘rganilib, 5 nafarining muammosi joyida hal etildi, 7 nafarining murojaati mas’ullarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. 🖌 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati 📱Rasmiy vebsayt | 📱Telegram | 📱Instagram |📱Facebook
YIL BO‘YI QILINGAN MEHNATINGIZNI QADRLANG, PAXTADAN YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHING!
Oltinko'l tumani fermerlari kengashining fermer xo‘jalik rahbarlariga MUROJAATI
✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
| Telegram | Facebook | Instagram |
Nikohga onlayn ariza topshirish tartibi haqidaAndijon MTRKning “Andijon nafasi” dasturida nikohga onlayn ariza topshirish tartibi yuzasidan suhbat tashkil etildi. Dastur davomida viloyat Oltinko‘l tumani adliya bo‘limi FHDY mudirasi Gulyoraxon Musayeva fuqarolarning nikohga onlayn ariza topshirishi bilan bog‘liq savollariga batafsil javob berdi. Shuningdek, suhbat davomida istiqlol yillarida FHDY sohasida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot berildi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
ANDIJON HUANYA SANOAT KASB-HUNAR TEXNIKUMIGA QABUL BOSHLANDI
Andijon Huanya sanoat kasb-hunar texnikumining ochilishi munosabati bilan 2026/2027-o‘quv yilida 9-sinf va 11-sinf bitiruvchilarini zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi!
🎓 Ta’lim yo‘nalishlari:
🔹 Bino va inshootlar qurilishi
🔹 Sanoat IT-texnologiyalariga xizmat ko‘rsatish
🔹 Sanoat mexatronika va robototexnika servisi
🔹 Agro-servis texnigi
🔹 Oshpaz-qandolatchi
🔹 Elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servis va diagnostika texnigi
🔹 Xitoy tili ta'limi
Bu yerda barcha kasblar zamonaviy texnologiyalar asosida xitoylik malakali mutaxassislar tomonidan xitoy tilida o‘rgatiladi va siz xitoy tili ham puxta o‘rganasiz.
Kelajak kasblarini bugundan egallang!
Andijon Huanya sanoat kasb-hunar texnikumi sizni kutadi.
✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
| Telegram | Facebook | Instagram |
+5
Ma’rifat — jaholatga qarshi kuchYoshlar kuni munosabati bilan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarni yot g‘oyalar va zararli oqimlar ta’siridan asrash, ularda sog‘lom dunyoqarash va mustaqil fikrlashni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, axborotlarga tanqidiy yondashish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
+6
✅ Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildiOltinko‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida yoshlarni mustahkam oila qurishga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat hissini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilariga oilaviy munosabatlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Tadbir yoshlarning oilaviy hayotga ongli va mas’uliyatli yondashuvini shakllantirishga xizmat qildi. Yosh nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi. #Andijon_yoshlar_day #Oltinkol_yoshlar_kuni 🖌 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati 📱Rasmiy vebsayt | 📱Telegram | 📱Instagram |📱Facebook
+9
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Oltinko‘l tumani hokimi Otavulloxon Rasulov tumandagi ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. #Andijon_yoshlar_day #Oltinkol_yoshlar_kuni 🖌 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati 📱Rasmiy vebsayt | 📱Telegram | 📱Instagram |📱Facebook
+9
PAХTA YIG‘IM-TERIMI OLDIDAN MUHIM VAZIFALAR BELGILANDIAndijon viloyati hokimi o‘rinbosari U. Rahimov, Oltinko‘l tumani hokimi O. Rasulov, massivlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta yig‘im-terimi oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish, paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
✅ Oltinko‘l tumanida paxta yig‘im-terimi oldidan ehson tadbiriOltinko‘l tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan ehson tadbiri tashkil etildi. Unda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, dehqonlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish, mehnatkashlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularga ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavsumning samarali va xayrli o‘tishi, paxtakorlar mehnatiga baraka tilab, duolar qilindi. Ehson tadbiri ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yangi mavsumni ezgu niyatlar bilan boshlashga xizmat qildi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
🚫 GIYOHVANDLIK — KELAJAKKA TAHDID!Oltinko‘l tumani 2-son texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 🎥 O‘quvchilar ishtirokida giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va kelajagiga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi videorolik tayyorlandi. Har bir tanlov — kelajak taqdiri! 🌱 Sog‘lom hayotni tanlang! 🚫 Giyohvandlikdan yiroq bo‘ling! ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
ТАДБИРКОРЛАР ВА ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛИШ ИСТАГИДАГИ ФУҚАРОЛАР ДИҚҚАТИГА!
Андижон вилоятида янги тадбиркорлик фаолиятини бошлаш истагида бўлган, ўз бизнесини кенгайтиришни режалаштираётган, шунингдек, тадбиркорлик фаолияти давомида муаммо ва тўсиқларга дуч келаётган фуқаролар учун муҳим имконият!
🗓 10 сентябрь соат 09:00 дан бошлаб ҳар куни
📍«Янги Андижон» Бобур шаҳарчасида Андижон вилояти ҳокими қабули ташкил этилади.
Қабул давомида:
🔹 тадбиркорлик фаолиятини бошлаш бўйича таклиф ва лойиҳалар;
🔹 мавжуд бизнесни кенгайтириш ва янги лойиҳаларни амалга ошириш масалалари;
🔹 кредит, ер, бино-иншоот, инфратузилма ва бошқа масалалар;
🔹 тадбиркорлик фаолиятида учраётган муаммо ва тўсиқлар;
🔹 янги иш ўринлари яратиш бўйича ташаббуслар;
🔹 инвестицион лойиҳалар ва бошқа таклифлар бевосита кўриб чиқилади.
👉 Агар сизда тадбиркорлик ғояси, бизнес лойиҳаси ёки ҳал этилишини кутаётган муаммо бўлса — мурожаат қилинг!
Мақсад — тадбиркорга кўмак бериш, муаммосини жойида ўрганиш ва амалий ечим топиш.
📌 Тадбиркорлик — тараққиёт ва янги иш ўринларининг муҳим омили!
Сизнинг ташаббусингиз — Андижоннинг янги имконияти!
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
TADBIRKORLAR VA TADBIRKORLIK QILISH ISTAGIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA!
Andijon viloyatida yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan, o‘z biznesini kengaytirishni rejalashtirayotgan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati davomida muammo va to‘siqlarga duch kelayotgan fuqarolar uchun muhim imkoniyat!
🗓 10-sentabr soat 09:00 dan boshlab har kuni
📍 «Yangi Andijon» Bobur shaharchasida Andijon viloyati hokimi qabuli tashkil etiladi.
Qabul davomida:
🔹 tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha taklif va loyihalar;
🔹 mavjud biznesni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari;
🔹 kredit, yer, bino-inshoot, infratuzilma va boshqa masalalar;
🔹 tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlar;
🔹 yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tashabbuslar;
🔹 investitsion loyihalar va boshqa takliflar bevosita ko‘rib chiqiladi.
👉 Agar sizda tadbirkorlik g‘oyasi, biznes loyihasi yoki hal etilishini kutayotgan muammo bo‘lsa murojaat qiling!
Maqsad — tadbirkorga ko‘mak berish, muammosini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish.
Tadbirkorlik — taraqqiyot va yangi ish o‘rinlarining muhim omili!
Sizning tashabbusingiz Andijonning yangi imkoniyati!
Bizning sahifalarimiz;
Web|Telegram|Instagram|Facebook
+4
✅ OLTINKO‘L TUMANIDA YOSHLAR XAVFSIZLIGIGA OID VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDIRespublika ishchi guruhi tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinko‘l tumanidagi 36-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayon davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan xavfsiz va sog‘lom muhit, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari o‘rganildi. Shuningdek, «Giyohvandlikka qarshi kurashish xabar qutilari»ning mavjudligi, anonim murojaatlarni qabul qilish hamda murojaatlar maxfiyligini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar ta’lim muassasalarida yoshlar uchun xavfsiz muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
+9
✔️ OLTINKO‘L TUMANIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI O‘TKAZILDIOltinko‘l tumani hokimligi hamda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ish izlayotgan fuqarolarga vakansiyalar, mehnat sharoitlari va ishga qabul qilish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazildi. Mazkur yarmarka aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
+8
☑️ Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazorat qilindiOltinko‘l tumani hokimi O. Rasulov Markaz mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
📢 BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASIGA MARHAMAT!Oltinko‘l tumani hokimligi hamda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkorligida tumandagi ish izlovchi fuqarolar uchun BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI o‘tkaziladi. 📅 Sana: 9-sentabr ⏰ Vaqti: soat 09:00 dan boshlab 📍 Manzil: Oltinko‘l tumani, Ittifoq MFY, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosi 🧭 Mo‘ljal: tuman jome masjidi ro‘parasida Yarmarkada tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadilar. Barcha ish izlovchi fuqarolarni mazkur yarmarkada faol ishtirok etishga taklif etamiz! O‘zingizga mos ish o‘rnini topish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati Oltinkolpress.uz |Telegram | Facebook | Instagram |
+4
✅ “Qoraqalpoq” mahallasida oilalar muammolari o‘rganildiPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva Oltinko'l tumani “Qoraqalpoq” mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 23 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. Ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, har bir oilaning imkoniyatlaridan kelib chiqib, muammolarni hal etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati Oltinkolpress.uz |Telegram | Facebook | Instagram |
✅ “Qoraqalpoq” mahallasida oilalar muammolari o‘rganildiPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva Oltinko'l tumani “Qoraqalpoq” mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 23 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. Ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, har bir oilaning imkoniyatlaridan kelib chiqib, muammolarni hal etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati Oltinkolpress.uz |Telegram | Facebook | Instagram |
🇺🇿 “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida marafon o’tkazildi.Oltinko’l tumanidagi iqtidorli sportchi o‘quvchilar hamda faol yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash maqsadida tashkil etilgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostidagi marafonda faol ishtirok etdilar. ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati Oltinkolpress.uz |Telegram | Facebook | Instagram |
