en
Feedback
Xorazm info🇺🇿

Xorazm info🇺🇿

Open in Telegram

АОКА Xorazm || Rasmiy kanalidan keyingi informatsion kanal

Show more
1 249
Subscribers
-724 hours
-477 days
-10430 days
Posts Archive
#E’lon! Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat
#E’lon! Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirga taklif qilamiz. Unda: 1. “Hayot va qonun” jurnalining mas'ul kotibi Shukurjon Jabborovaning “Shovotda otgan tonglar” kitobi taqdimoti 2. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi yangi a’zolariga guvohnomalarni topshirish marosimi 3. Jurnalistlar uyushmasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari faollarini uyushmaning viloyat bo‘limi “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlash tadbirlari o‘tkaziladi. O‘tkaziladigan manzil: Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi. Sanasi va vaqti: 28 avgust, soat 10:00. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimiz ✅ TelegramInstagramFacebook

#E’lon! Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat
#E’lon! Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, ijodkorlar va blogerlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirga taklif qilamiz. Unda: 1. “Hayot va qonun” jurnalining Xorazmdagi muxbiri Shukurjon Jabborovaning “Shovotda otgan tonglar” kitobi taqdimoti 2. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi yangi a’zolariga guvohnomalarni topshirish marosimi 3. Jurnalistlar uyushmasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari faollarini uyushmaning viloyat bo‘limi “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlash tadbirlari o‘tkaziladi. O‘tkaziladigan manzil: Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi. Sanasi va vaqti: 28 avgust, soat 10:00. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi Bizni kuzatishda davom eting! Rasmiy kanallarimiz ✅ TelegramInstagramFacebook

Suv resurslari va iqlim diplomatiyasi: Shved instituti bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshiriladi O‘zbekiston Respub
+3
Suv resurslari va iqlim diplomatiyasi: Shved instituti bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Stokgolmda o‘tayotgan World Water Week 2026 doirasida ishlab chiqilgan. Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — mamlakatimizda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, sohada institutsional samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan iborat. Hamkorlikda suv va iqlim diplomatiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. 👍 Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: ▪️davlat xizmatchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchi va talabalar uchun suv diplomatiyasi, iqlimga moslashish, xalqaro muzokaralar, nizolarning oldini olish, havza boshqaruvi hamda ilm-fan va siyosat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘quv va amaliy dasturlarni tashkil etish; ▪️milliy qonunchilik va institutsional siyosatni inobatga olgan holda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy nashrlar, yangi uslubiyat va innovatsion ishlanmalar bilan bo‘lishish. Ushbu hamkorlik suv resurslarini barqaror boshqarish va sohaga zamonaviy, xalqaro yondashuvlarni joriy etish orqali mamlakatimiz va butun mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma‘lumot uchun, Stokgolmda o‘tayotgan World Water Week 2026 doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T. Butunbayev O‘zbekistonning suv tanqisligiga qarshi kurashish bo‘yicha tajribasini taqdim etdi. Unda 2017 yilda suv tejovchi texnologiyalar sug‘oriladigan yerlarning 1 foizdan ham kam qismini qamrab olgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshgan — 2,6 million gektarga yetgani va yiliga 11 milliard kub metr suv tejalayotgani, 2030 yilga borib bu raqamni 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgani ta‘kidlandi.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

Og‘ufurush qo‘lga olindi Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan faol tadbir davomida Urganc
Og‘ufurush qo‘lga olindi Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan faol tadbir davomida Urganch shahrida yashovchi fuqaro “K.O.”ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, uning yashash uyining bog‘ qismida yordamchi xonada turgan eski gaz plita ichida oldin giyohvandlik vositasini iste’mol qilishda foydalanilgan xajmi 0,33 litr bo‘lgan yelim idish hamda yashash uyining 2-qavatida joylashgan yotoqxonada turgan tumba ichidan xajmi uch litrlik shisha bankada, sof og‘irligi 26,78 gramm bo‘lgan ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Shundan so‘ng, ushbu aniqlangan giyohvandlik moddalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, fuqaro “K.O.”ga nisbatan viloyat Bojxona boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Soliq ma’muriyatchiligida yangi model: samaradorlik, raqamlashtirish va xizmat sifati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  PF–95-son Farmoni bilan soliq tizimini tubdan yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

📱 Kiberjinoyatlarga qarshi 5 ta oltin qoida 1️⃣ 💰 Yuqori daromad va'dasiga ishonmang 2️⃣ 🔗 Noma'lum havolalarni ochmang 3️⃣ 💳 Past foizli kredit reklamasiga aldanmang 4️⃣ 📞 Shubhali qo'ng'iroqqa shaxsiy ma'lumot bermang 5️⃣ 📱 Noma'lum APK fayllarni o'rnatmang ⚠️ Xavfsizlik — har birimizning mas'uliyatimiz ——— 📱 Кибержиноятларга қарши 5 та олтин қоида 1️⃣ 💰 Юқори даромад ва'дасига ишонманг 2️⃣ 🔗 Номаълум ҳаволаларни очманг 3️⃣ 💳 Паст фоизли кредит рекламасига алданманг 4️⃣ 📞 Шубҳали қўнғироққа шахсий маълумот берманг 5️⃣ 📱 Номаълум APK файлларни ўрнатманг ⚠️ Хавфсизлик — ҳар биримизнинг масъулиятимиз Веб-сайт  /  You Tube / Facebook   / Instagram  /  Telegram / Matbuot kotibi

Artiqov Odilbek Sadullayevich– xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi
Artiqov Odilbek Sadullayevich– xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan  tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.  O. Artiqov tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz| Facebook | Telegram | Instagram|Youtube

#Tayinlov Berdiyev Sherzod Jumanazarovich – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy
#Tayinlov Berdiyev Sherzod Jumanazarovich – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Sh.Berdiyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i  lavozimida ishlab kelgan. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz| Facebook | Telegram | Instagram|Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 XORAZMDA AHOLI UCHUN YANA BIR QULAYLIK Kadastr masalalarida fuqarolarga qulaylik yaratish, ularning vaqtini tejash va murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish maqsadida “Kadastr maslahat burchagi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 🖥 Endilikda fuqarolar kadastr xizmatlari bo‘yicha kerakli ma’lumot va tavsiyalarni olish uchun bir necha idoraga murojaat qilib yurishiga hojat qolmaydi. “Kadastr maslahat burchagi: ✅ kadastr xizmatlaridan foydalanish tartibi; ✅ zarur hujjatlar; ✅ arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish jarayoni; ✅ yer va ko‘chmas mulkka oid masalalar bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berilmoqda. Asosiy maqsad — fuqaroga qulaylik yaratish, murojaatini tinglash va muammosiga yechim topishda amaliy ko‘mak berish. Fuqarolar “Kadastr maslahat burchagi” faoliyati va yaratilgan qulayliklar haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Batafsil — videomizda! #Xorazm #Kadastr #KadastrMaslahatBurchagi #AholiFikri #DavlatXizmatlari Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱Facebook I  📱Youtube

Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmali
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X

Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisq
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,
– dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahb
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyala
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!
– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X

Xorazmda Yangi O‘zbekiston qiyofasi: ulkan o‘zgarishlar, yangi quvvatlar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi loyihalar. — Облик Нового Узбекистана в Хорезме: масштабные преобразования, новые мощности и проекты во имя благополучия людей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyi bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новым Конгресс-холлом, трехзвездочной гостиницей и Домом приемов «Хива Ичан-Кала» в городе Хиве. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #bunyodkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uch yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Ichan qal’a” qabullar uyi bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новым Конгресс-холлом, трехзвездочной гостиницей и Домом приемов «Хива Ичан-Кала» в городе Хиве. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #bunyodkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

photo content
+9

Xiva shahrida turizm majmuasini tashkil etish loyihasi Prezidentimizga taqdimot qilindi. — Президенту нашей страны представлен проект по созданию туристического комплекса в городе Хиве. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida barpo etilishi rejalashtirilgan xalqaro turistik shaharcha loyihasi taqdimoti bila
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida barpo etilishi rejalashtirilgan xalqaro turistik shaharcha loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проекта международного туристического городка, который планируется создать в Хиве. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #turizm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X