999
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-4530 days
Posts Archive
#iqtibos
Yozuvchi san’atining kishilarga hissiy-ma’naviy ta’siri kuchi o‘sha yozuvchining badiiy talanti o‘lchovidir.
✍️ Chingiz Aytmatov
Bugun 4-iyul 2024-yil, payshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Bayramlardan dam olish kuni.
🌏 “Alisa Mo‘jizalar mamlakatida” kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh - Mustaqillik kuni.
🇦🇷 Argentina - Qishloq shifokorlari kuni.
🇧🇸 Bagam orollari - Qirolicha kuni.
🇵🇭 Filippin - Filippin-amerika do‘stligi kuni.
🇮🇹 Italiya - Garibaldi kuni.
🇸🇭 Kayman orollari - Konstitutsiya kuni.
🇱🇻 Latviya - yahudiylarning genotsid qurbonlari xotirasi kuni.
🇱🇸 Lesoto - Oila kuni.
🇳🇴 Norvegiya - Qirolicha Soni Xaraldsenning tug'ilgan kuni.
🇷🇼 Ruanda, 🇧🇿 Shimoliy Marianna orollari - Ozodlik kuni.
🇻🇨 Sen-Vinsent va Grenadin - Karnaval seshanbasi.
🇹🇴 Tonga - Qirol kuni.
🇺🇦 Ukraina - Sud ekspertlari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ukraina Milliy politsiyasi kuni.
🇻🇪 Venesuela - Me‘morlar kuni.
🇿🇲 Zambiya - Birdamlik kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1054 - Toros yulduz turkumidagi o'ta yangi yulduz portlashi, uning natijasi esa Qisqichbaqa tumanligi.
- 1631 - Parijda birinchi ish bilan ta'minlash agentligi - manzillar byurosi ochildi.
- 1776 - Venada Albertina galereyasiga asos solindi.
- 1776 - AQShning Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolandi.
- 1784 - Muqaddas Rim Imperatori Iosif II Vengriya konstitutsiyasini bekor qildi va Venger tojini Vena shahriga ko'chirishni buyurdi.
- 1832 - Sankt-Peterburg shahrida Zoologiya muzeyi tashkil etildi.
- 1894 - monarxistlarning qarshilik ko'rsatishiga qaramay Gavayi orollarida respublika e'lon qilindi.
- 1906 - Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya Efiopiya mustaqilligining kafolati sifatida chiqishdi.
- 1946 - Königsberg nomi Kaliningrad deb o'zgartirildi.
- 1946 - Filippinn mustaqilligi tan olindi.
- 1950 - “Ozod Yevropa” radiostansiyasi efirga chiqdi.
- 1975 - Kabo-Verde orollari Portugaliyadan mustaqillikka erishdilar.
- 2004 - Gretsiya birinchi marta futbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo'ldi.
- 2012 - Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazida yangi zarracha - Xiggs bozonining topilganligi e'lon qilindi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1546 - Murod III (1595) - Usmonli imperiyasining 12-sultoni (1574-1595).
- 1753 - Jan-Per Fransua Blanshar (1809) - fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan.
- 1799 - Oskar I (1859) - Shvetsiya va Norvegiya qiroli (1844-1859).
- 1807 - Juzeppe Garibaldi (1882) - qo'mondon, siyosatchi va inqilobchi, general, Italiyaning milliy qahramoni.
- 1859 - Sharl Dil (1844) - fransuz tarixchisi, Vizantiya tarixi bo'yicha ko'plab asarlar muallifi.
- 1884 - Lui Meyer (1957) - «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi.
- 1921 - Jerar Debre (2004) - fransuz millatiga mansub amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1983).
- 1924 - Eva Mari Seynt - amerikalik kinoaktrisa.
- 1926 - Alfredo di Stefano (2014) - futbol tarixidagi eng yaxshi charm to‘p ustalarida biri.
- 1927 - Jina Lollobridjida - italiyalik aktrisa.
- 1928 - Orgen Mozer (1999) - germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik.
- 1930 - Frunzik Mkrtchyan - «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan arman aktyori.
- 1937 - Mansur Ravshanov - aktyor, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
- 1947 - Usmonov Mirabror (2019) - Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017).
- 1966 - Anton Nosik (2017) - rossiyalik va isroillik startap menejeri, jurnalist, jamoat arbobi, "Runetning otalari" dan biri.
- 1976 - Yevgeniya Medvedeva-Arbuzova - rossiyalik chang'ichi, Olimpiya o'yinlari chempioni va bronza medali sovrindori (2006).
- 1981 - Yuliya Zimina - rossiyalik teleboshlovchi va aktrisa.
- 1994 - Era Istrefi - kosovar qo'shiqchi va qo'shiqlar muallifi.
- 1997 - Daniel Duyshebayev - ispaniyalik gandbolchi, ikki karra Yevropa chempioni.
Bugun 3-iyul 2024-yil, chorshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni.
🌏 Pinhona do‘stlik kuni.
🌏 Xalqaro tosh otish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh, Virjiniya orollari - Qullik bekor qilingan kun (1848).
🇦🇷 Argentina - Diktorlar kuni.
🇦🇷 Argentina - Bioimuhandislar kuni.
🇧🇾 Belarussiya - Mustaqillik kuni (1944).
🇬🇾 Gayana - Karib hamjamiyati kuni.
🇮🇳 Hindiston - Guru Purnima kuni.
🇸🇸 Janubiy Sudan - Onalar kuni.
🇰🇾 Kayman orollari - Konstitutsiya kuni.
🇨🇺 Kuba - Olovlar festivali.
🇲🇲 Myanma - Xotin-qizlar kuni.
🇷🇺 Rossiya, Oltoy Respublikasi, Xakasiya Respublikasi - Respublika tashkil topgan kun (1991).
🇷🇺 Rossiya - GAI xodimlari kuni (Yo‘l harakati politsiyasi kuni).
🇻🇨 Sen-Vinsent va Grenadin - Karnaval dushanbasi.
🇹🇭 Tailand - Dharma kuni, Asalha Puja.
🇺🇦 Ukraina - Zenit-raketa qo‘shinlari kuni.
🇿🇲 Zambiya - Qahramonlar kuni.
👉 VOQEALAR:
- 324 - Adrianopol yaqinida Rim imperatorlari Konstantin va Litsiniyning qo'shinlari o'rtasidagi jang.
- 987 - Noyon soborida Xugo Kapet Fransiya qiroli tojini kiydi. Karolinglar sulolasi davri tugadi.
- 1017 - Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib oldi.
- 1200 - Xorazmshoh Takash Xurosonning Shahriston degan joyida vafot etdi.
- 1608 - Shamplen Kvebek shahriga asos soldi.
- 1773 - Kainardja qishlog'i yaqinida rus-turk urushidagi janglardan biri bo'lib o'tdi.
- 1849 - Fransiya qo'shinlari Rimni egallashib, Rim respublikasini tugatdilar.
- 1866 - Sadovadagi jang.
- 1880 - Yevropaning etakchi mamlakatlari va AQSh Marokash mustaqilligini tan oluvchi Marokko konvensiyasini imzoladilar.
- 1890 - Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi.
- 1897 - Moskva badiiy teatri tashkil topdi.
- 1915 - Turkiyada birinchi qog'oz pul muomalaga chiqarildi.
- 1918 - Toshkentning “eski” shahar qismida terapevtik yo‘nalishdagi umumiy kasalxona ochildi.
- 1927 - Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani tashkil etilgan.
- 1928 - Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi.
- 1936 - Rossiya davlat avtomobil inspeksiyasi tashkil topdi.
- 1941 - Sovet xalqiga Stalinning radiomurojaati.
- 1960 - AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo'ydi.
- 1962 - Fransiya Jazoir mustaqilligini e'lon qildi.
- 1964 - AQSHda irqiy ayirmachilikni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.
- 1988 - Eron-Iroq urushi: Fors koʻrfazida Vinsennes kemasi Eron yoʻlovchi samolyotini urib tushirdi.
- 1992 - Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
- 1996 - Boris Yeltsin Rossiyada boʻlgan prezident saylovlarining 2-turida g'alaba qozondi.
- 2006 - 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi.
- 2018 - Daniya olimlari ilk bor sun'iy odam tuxumdonini yaratdilar
👉 TAVALLUDLAR:
- 1423 - Lyudovik XI (1483) - Fransiya qiroli (1461-1483), Valualar sulolasidan.
- 1875 - Ferdinand Zauyerbrux (1951) - nemis jarrohi, ko'krak jarrohligining asoschilaridan biri.
- 1881 - Natalya Goncharova (1962) - rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi.
- 1883 - Frans Kafka 1924) - chex faylasufi, nemis tilida yozuvchi adib.
- 1897 - Jessi Duglas (1965) - amerikalik matematik.
- 1931 - Toymas Yoʻldoshboyev - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).
- 1945 - Saharon Shelah - isroillik matematik.
- 1946 - Bolo Yen - xitoylik kino aktyor, kulturist, jang san’ati ustasi.
- 1962 - Tom Kruz - amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, "Oltin globus" mukofotining uch karra sohibi.
- 1964 - Peyton Tucker Reed - amerikalik rejissyor.
- 1978 - Lola Islomovna Karimova-Tillayeva - Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.
- 1980 - Liza Oliviya Mann - amerikalik aktrisa va sobiq teleboshlovchi.
- 1982 - Lola Astanova - kelib chiqishi oʻzbek bo‘lgan amerikalik pianinochi.
- 1987 - Sebastyan Vettel - nemis poygasi, Formula-1 toifasida to'rt karra jahon chempioni.
- 1992 - Nataliya Ramos - ispan va amerika aktrisasi.
BIZ BILAN QOLING!
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda soʻl tomonida bugʻdoy boshoqlari, Oʻng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlugʻ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli boʻlgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yoʻlidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “Oʻzbekiston” deb yozib qoʻyilgan.
Bugun 2-iyul 2024-yil, seshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro sport jurnalistlari kuni.
🇺🇳 Xalqaro Dnepr kuni.
🌏 Xalqaro kooperativlar kuni.
🌏 Xalqaro NUJ kuni, yoki Ufologlar kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇿 O'zbekiston - O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun.
🇦🇿 Ozarbayjon - Politsiya xodimlari kuni.
🇧🇷 Braziliya, Baiya shtati - Shtat kuni.
🇮🇹 Italiya - Sienalik Palio bayrami.
🇰🇿 Qozog'iston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇨🇼 Kyurasao - Bayroq kuni.
🇮🇸 Norvegiya - Qirol kuni.
🇺🇦 Ukraina - Soliq xizmati xodimlari kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1266 - Pert sharrnomasi tuzildi.
- 1494 - katolik qirollari kelishuv tuzdilar.
- 1499 - Amerigo Vespuchchi Amazonka deltasini kashf qildi.
- 1555 - Usmonlilar imperiyasi admirali Kalabriyani vayron qildi.
- 1600 - Sakson yillik urush paytida Nyivport jangi bo'lib o'tdi.
- 1644 - Marston Mur jangi.
- 1776 - Filadelfiyadagi ikkinchi Qit‘a kongressi Amerikaning Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishiga qaror qildi.
- 1798 - Napoleon Bonapartning Misr ekspeditsiyasi qo'shinlari Iskandariya portiga qo'ndi.
- 1800 - Buyuk Britaniya va Irlandiyaning birlashishi to'g'risidagi akt qabul qilindi.
- 1839 - AQShda qora tanlilar «Amistad» kemasini egalladilar.
- 1853 - Rossiya armiyasi Moldova Knyazligiga bostirib kirdi - Qrim urushi boshlandi.
- 1860 - Zolotoy Rog sohilida Aleksey Shefner Vladivostok shahriga asos soldi.
- 1900 - Parijda 2-Olimpiya o'yinlari ochildi.
- 1918 - Getman Skoropadskiy Ukraina fuqaroligini joriy qildi.
- 1924 - Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
- 1937 - Amelia Earhart Tinch okeanida gʻoyib boʻldi.
- 1950 - Buddaviylik ruhoniysi Kiotodagi ibodatxonani yoqib yubordi.
- 1947 - Rozuellda «NUJ halokati».
- 1965 - Fransiya YIHning biznes masalalari hal qilinadigan yig'ilishlaridan tashqari barcha yig'ilishlariga boykot e'lon qildi,.
- 1976 - Shimoliy va Janubiy Vyetnamning birlashishi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi. Poytaxt nomi Saygondan Xo Shi Minga o‘zgartirildi.
- 1992 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi.
- 1997 - Osiyo moliyaviy inqirozining boshlanishi.
- 2011 - Hindiston gomoseksuallarni jinoiy ta’qib qilishni bekor qildi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1486 - Yakopo Sansovino (1570) - Florensiyalik haykaltarosh, me'mor (Venetsiyadagi San-Marko kutubxonasi).
- 1489 - Tomas Krenmer (1556) - ingliz Reformatsiyasi arbobi, 1533-yildan Kenterberidagi birinchi protestant arxiyepiskopi.
- 1714 - Kristof Villibald Glyuk (1787) - nemis bastakori.
- 1862 - Uilyam Genri Bragg (1942) - ingliz fizigi, rentgen tahlilining asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1915).
- 1877 - Hermann Hesse (1962) - nemis yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1946).
- 1888 - Zelman Vaksman (1973) - Amerikalik mikrobiolog, Nobel mukofoti sohibi (1952).
- 1903 - Olav V (1991) - Norvegiya qiroli (1957-1991).
- 1904 - Rene Lakoste (1996) - fransuz tennischisi, "Katta dubulg'a" ning ko'p karra g'olibi, "Lacoste" moda yo'nalishining asoschisi.
- 1906 - Xans Albrext Bete (2005) -amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1967).
- 1923 - Vislav Shimborska (2012) - Polsha shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1996).
- 1925 - Patris Lumumba (1961) - mustaqil Kongo Respublikasining birinchi bosh vaziri (1960), milliy qahramon.
- 1928 - Tatyana Piletskaya - teatr va kino aktrisasi, Rossiya xalq artisti.
- 1946 - Gulchehra Jamilova - , aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
- 1961 - Sami Naseri - mashhur fransuz aktyori , «Taksi» filmi seriallarida bosh rol ijrochisi.
- 1978 - Diana Gurtskaya - estrada qo'shiqchi,.Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1990 - Margot Elis Robbi - avstraliyalik aktrisa va film prodyuseri.
- 1991 - Kattaxonova Dilnozaxon - Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari (2020-yildan).
- 1992 - Madison Chok - amerikalik figurali uchish ustasi, to'rt qit'a chempioni (2019, 2020).
- 1997 - Malala Yusufzoy - pokistonlik inson huquqlari faoli, butun dunyo boʻylab ayollar uchun taʼlim olish imkoniyatini himoya qiladi, Nobel mukofoti sohibasi (2014).
BIZ BILAN QOLING!
#Iqtibos
🖇 Kitoblar orzu-istak tug‘diradi, uni hayotga chorlaydi, kishini fikrlashga majbur etadi, muhokamalarda mustaqil bo‘lish qobiliyatini tarbiyalaydi.
✍️ S. T. Strumilin
Bugun 1-iyul 2024-yil, dushanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Qashshoqlikka qarshi Butunjahon oq lenta kuni.
🌏 Quyoshdan himoya ko'zoynaklarini ixtiro qilish kuni
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇨🇦 Kanada, Nyufaundlend - Xotira kuni.
🇨🇳 Xitoy - Kommunistik partiyaning tashkil topgan kuni.
🇱🇸 Lesoto - Oila kuni.
🇲🇩 Moldova - Soliq xizmati kuni.
🇷🇼 Ruanda - Mustaqillik kuni.
🇸🇴 Somali - Birlik kuni.
🇸🇷 Surinam - Erkinlik kuni.
🇬🇧 Virgin orollari - Hudud kuni
🇨🇦 Kanada - Kanada kuni
🇦🇲 Armaniston - Prokuratura xodimlari kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Julaya bayrami (Yoshlar bayrami)
🇺🇦 Ukraina - Arxitektorlar kuni.
🇹🇷 Turkiya - Dengiz harbiy kuchlari kuni.
🇧🇮 Burundi - Mustaqillik kuni
🇬🇭 Gana - Respublika kuni
🇰🇬 Qirgʻiziston - Soliq xodimlari kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1097 - Kilij-Arslon yonidagi Dorileya jangida salibchilarning Saljuqiylar qo'shini ustidan g‘alabasi.
- 1569 - Lyublin unyasi tomonidan Rech-Pospolita (Polsha va Litvani birlashtirish) tuzildi.
- 1661 - Rossiya va Shvetsiya o'rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi, 1656-1658 yillardagi rus-shved urushi yakunlandi.
- 1783 - Sankt-Peterburgda Katta teatr ochildi.
- 1866 - Toshkentda o'gil va qiz bolalar o'qiydigan birinchi rus maktabi ochildi.
- 1867 - Kanada Buyuk Britaniyaning o'z-o'zini boshqaruvchi dominoniga aylandi.
- 1877 - Uimbledon tennis turniri ilk bor oʻtkazildi.
- 1886 - Turkiston Aksiz boshqarmasi tashkil etildi.
- 1890 - Angliya va Germaniya Afrikadagi ta'sir zonalarini bo'lib olishdi.
- 1916 - Birinchi jahon urushi: Somme jangi boshlandi.
- 1917 - Rossiyada birinchi marta yozgi vaqtga o'tish amalga oshirildi.
- 1921 - Shanxayda 13 delegat Xitoy Kommunistik partiyasini tuzdi.
- 1942 - Sevastopol nemislar tomonidan egallandi, yuz minglab odamlar asir olindi.
- 1960 - Somalining mustaqillik kuni.
-1962 - Ruanda mustaqilligini e'lon qildi.
- 1962 - Burundi mustaqilligini e'lon qildi.
- 1966 - Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi.
- 1991 - Pragada Varshava Shartnomasi Tashkilotining rasmiy tugatilishi to'g'risida protokol imzolandi.
- 1994 - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan.
- 1997 - Xitoyning maxsus hududi sifatida Gonkong Xitoy davlati tarkibiga qayta qoʻshildi.
- 1999 - 300 yil ichida birinchi marta Shotlandiya parlamentining yig'ilishi ochildi.
- 2013 - Xorvatiya Yevropa Ittifoqiga qo'shildi.
-2020 - Rossiyada konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun referindum o‘tkazildi.
- 2020 - O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarildi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1481 - Xristian II (1523) - Daniya va Norvegiya qiroli (1513-1523), Shvetsiya qiroli (1520-1521), Oldenburglar sulolasidan.
- 1646 - Gotfrid Vilgelm Leybnits (1716) - nemis idealist faylasufi, matematik, fizik va ixtirochi.
- 1742 - Georg Kristof Lixtenberg (1799) - Nemis olimi va publitsisti.
- 1804 - Jorj Sand (1876) - Fransuz adibasi.
- 1916 - Olivia de Havilland (2020) - amerikalik ingliz kinoaktrisasi.
- 1918 - Ahmad Husayn Didot (2005) - Janubiy Afrika Respublikasilik yozuvchi va hind millatiga mansub ommaviy notiq.
- 1925 - Muhtarama Nosirova - aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1964).
- 1926 - Robert Vogel - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1993).
- 1929 - Gerald Edelman - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1972).
1955 - Li Keqiang - Xitoy Bosh vaziri
- 1961 - Diana Frances Spencer (1997) - Uels malikasi.
- 1961 - Karl Lyuis - amerikalik sportchi, 9 karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni.
- 1967 - Pamela Anderson - amerika-kanadalik aktrisa va model.
- 1973 - Tohir Sodiqov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1976 - Rud van Nistelroy - gollandiyalik futbolchi, hujumchi.
- 1986 - Agnes Monika Mulyoto - indoneziyalik pop-qoʻshiqchi.
- 1996 - Adelina Sotnikova - figurali uchish, ayollarning yagona konkida uchish bo'yicha birinchi Rossiya Olimpiya chempioni (2014).
- 1999 - Charos Qayumova - oʻzbek taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. Osiyo chempioni (2021), Jahon Harbiy oʻyinlarida chempion (2019).
BIZ BILAN QOLING!
Saodat asri qissalari
1 - qism
Saodat asri qissalari
2 - qism
Saodat asri qissalari
3 - qism
Saodat asri qissalari
4 - qism
Stendal
Qizil va qora
Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati
Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur.
Men Kim sohibqiron Jahongir Temur
Sharafiddin Ali Yazdiniy
Zafarnoma
Jim Collins - Good to great
(Rus tilida)
Imom G'azzoliy
Ey farzand
Iogann Volfgang Gyote - Yosh Verterning iztiroblari
Alber Kamyu - Vabo
Sharl Loran - Napaleonning ayg'oqchisi
Sharl Loran - Napaleonzoda
Rashod Nuri Guntekin - Yashil kecha (roman)
Jon Khexo - G'ayriixtiyoriy ong mo'jizalari
