34-maktab matbuot xizmati
Open in Telegram
Ushbu kanalda maktabning ta‘lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib borishingiz mumkin.
Show more736
Subscribers
+124 hours
+47 days
+330 days
Posts Archive
Vaqt o‘tadi…
Ammo chin do‘stlik, samimiy xotiralar va maktabdagi eng baxtli onlar hech qachon eskirmaydi.
Hurmatli Rizayev Hokimjon Baxromjonovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan 34-maktab jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Mas’uliyatli mehnatingiz, jonkuyarligingiz va ustozlarga xos fidoyiligingiz bilan jamoamiz orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorsiz.
Doimo sog‘-salomat bo‘ling, oilangiz baxtiga, farzandlaringiz kamoliga, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlarga erishib yuring. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz quvonch va sharafli faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
34-maktab jamoasi
“Bitiruvchi” — bu shunchaki maktabni tugatayotgan o‘quvchi emas.
U — ortda qolayotgan bolalikning eng go‘zal xotirasi,
Хаммангиз шу ютуб каналга аъзо бўлинг. Бу мактабимизнинг инглиз тилида олиб бориладиган ютубдаги илк канали
34-maktabda – bilim va iste’dod uyg‘unligi! ✨🎭
34-maktabimizda xorijlik mutaxassis Mr Ihab Rashwan Mohamed Hassan Rashwan tomonidan qiziqarli va mazmunli to‘garak mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda, balki sahna madaniyati va ijodkorlik borasida ham o‘z iste’dodlarini namoyon etishmoqda.
Xorijlik mutaxassis Mr Ihab Rashwan Mohamed Hassan Rashwan ijrosidagi ajoyib komik rollar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, o‘quvchilarda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Kulgu, taassurot va unutilmas lahzalarga boy ushbu uchrashuv maktab hayotida yorqin voqea bo‘ldi.
“Bir sahna — ming taassurot, bir uchrashuv — cheksiz ilhom!” 🌍🎬✨
#Shayxontohurtumani
#34Maktab
#XalqaroHamkorlik
#IjodiyMuhit
#YoshIste’dodlar
#UnutilmasLahzalar
🇺🇿 “Ajdodlar jasorati — avlodlar faxri” 🇺🇿
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 1-“G” sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tadbirdan lavhalar.
Yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi.
Kichik qalblarda Vatanga muhabbat, ajdodlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish — bizning eng ulug‘ vazifamizdir. 🌹
1-“G” sinf o‘quvchilari barcha faxriylar va yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
👩🏫 Sinf rahbari: Mamajanova Gulnoza Hakimovna.
🇺🇿 *9-may — Xotira va qadrlash kuni* munosabati bilan maktabimizda faxriy sharaf lentalari maktab sardorlari tomonidan ustozlar va o‘quvchilarga taqildi.
Bu ramziy ehtirom orqali yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning xotirasi hurmat bilan yod etildi. Yoshlar qalbida vatanparvarlik, ajdodlarga hurmat va qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
✨ Xotira — muqaddas, qadrlash esa insoniy burchdir.
#XotiraVaQadrlashKuni #9May #MaktabSardorlari #SharafLentasi #Vatanparvarlik
HURMATLI XABIROVA DILDORA QUDRATILLAYEVNA!
Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizni maktab jamoasi nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
Sizning oqilona rahbarligingiz, yuksak mas’uliyatingiz, jamoaga bo‘lgan mehr va e’tiboringiz tufayli maktabimizda ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Sizning fidokorona mehnatingiz, samimiyligingiz va har bir ustoz hamda o‘quvchiga bo‘lgan g‘amxo‘rligingiz barchamiz uchun ibratdir.
Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, qalbingizga xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo xalqimiz, jamoangiz va shogirdlaringiz ardog‘ida bo‘lib yuring.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Maktab jamoasi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.T. Madrahimova
+9
MAKTABIMIZ FAHRI — XALQARO MAYDONDA! 🌍🏆
Maktabimizning iqtidorli o‘quvchisi, 8-“G” sinf o‘quvchisi Muhammadjonova Odina, Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan Dunyo bolalari festivalida faol ishtirok etib, maktabimiz sha’nini munosib himoya qildi.
Odinaning xalqaro miqyosdagi ushbu nufuzli festivaldagi ishtiroki — uning bilimga chanqoqligi, iste’dodi, faolligi va yuksak salohiyatining yorqin namunasi bo‘ldi.
Biz Odina bilan faxrlanamiz! Kelgusida ham uning ulkan yutuqlarga erishishiga ishonamiz va unga yangi marralar, zafarlar tilaymiz!
Sen — maktabimiz faxri, kelajagimiz iftixorisan! 🌟👏
Hurmatli hamkasbimiz Aziza Muhammadiyeva!
Sizni maktab jamoamiz nomidan tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌸
Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va ish faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Ta’lim sohasidagi fidokorona mehnatingiz, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Hayotingiz har doim quvonchli lahzalarga, yorqin muvaffaqiyatlarga va ezgu orzularga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan, maktab jamoasi. 🎉💐
+2
🏆 G‘ALABA MUBORAK! 🏆
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovinining tuman bosqichida 34-maktab faxrli 1-O‘RINNI olib shaharga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi🎉
Bu yutuq — ustozlarimizning fidokorona mehnati, o‘quvchilarimizning intilishi va jamoamizning bir yoqadan bosh chiqarib qilgan harakatlarining yorqin natijasidir. 🌟
34-maktab jamoasi yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etib, tumanda yetakchi ekanligini isbotladi!
👏 Ustozlarimizga tashakkur!
👏 O‘quvchilarimizga ofarin!
👏 Maktabimizga sharaf!
Kelajakda bundan-da ulkan zafarlar bizni kutmoqda! 🚀
✅Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi.
➡️ Shayxontohur tumani 34-,84-maktab CHQBT rahbarlari tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan oʻquvchilar uchun tabiat qoʻynida Amir Temur hayotiga bagʻishlangan kitobxonlik kuni tashkil qilindi.
+1
🏆 Faxrimiz – yosh chempionlar! 🏆
Shayxontohur tumanidagi 34-maktab o‘quvchilari yana bir bor yuksak natijalarni qo‘lga kiritib, barchamizni quvontirdi! 🎉
🥇 5-“V” sinf o‘quvchisi Dilshodov Muhammadayubxon musobaqalarida faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda g‘oliblik medaliga sazovor bo‘ldi.
🥇 Shuningdek, 8-b sinf o‘quvchisi Qodirjonov Yusufjon yuqori natija ko‘rsatib, chempionlikni qo‘lga kiritib, Kamar sohibiga aylandi.
💪 Bu yutuqlar yoshlarimizning kuchi, irodasi va mehnatsevarligining yorqin namunasidir.
👏 Yosh sportchilarimizni ushbu katta muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Ularga kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
🌟 34-maktab – g‘alabalar maskani! 🌟
📚✨ Shayxontohur tumani 34-maktabda “Kitobxonlar chellenji” start oldi!
Maktabimizda kitobxonlikni rivojlantirish, bilimni ulashish va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 yo‘nalishda qiziqarli chellenjlar e’lon qilindi:
👔 “Kitobxon Rahbar” chellenji
Rahbar o‘zi o‘qigan kitobdan ilhomlanib, jamoasi uchun 3 daqiqalik motivatsion nutq tayyorlaydi va undagi eng muhim g‘oyani hayotiy misol bilan bog‘lab beradi.
👩🏫 “Kitobxon O‘qituvchi” chellenji
O‘qituvchi tanlagan kitobi asosida noodatiy (kamida 10 daqiqalik) dars o‘tkazadi. Unda o‘quvchilar faol ishtirok etishi shart: rol o‘ynash, sahnalashtirish yoki bahs orqali.
👨🎓 “Kitobxon O‘quvchi” chellenji
Ishtirokchilar:
✅ Eng mazali “kibob” tayyorlaydi
✅ O‘ziga xos retsept bilan ajralib turadi
✅ Tezlik va kreativlikda bellashadi
🔥 Barchani ushbu qiziqarli chellenjlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📖 Kitob o‘qing, ilhom oling va boshqalarga ulashing!
#Kitobxonlik
#34Maktab
#Challenge
