cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TIBBIYOT

BIZ BUYUKLAR OVLODIMIZ VA BUYUKLIKA INTILAMIZ HAYOTNING 6️⃣ ETIKASI 1️⃣Divo qilishdan oldin ishon 2️⃣Gapirishdan oldin tengla 3️⃣Sarflashdan oldin ishlab top 4️⃣Yozishdan oldin uyla 5️⃣Tark etishdan oldin xarakat qil 6️⃣Oʻlishdan oldin yasha X. Malik

Show more
Uzbekistan83 847The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
144
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Gidrosefaliya: bolalarda va kattalarda — alomatlari, sabablari, davolash, asoratlari 👩‍⚕ @tibbiyot_haqida https://telegra.ph/Gidrosefaliya-12-09-2
Show all...
Gidrosefaliya

Gidrosefaliya: bolalarda va kattalarda — alomatlari, sabablari, davolash, asoratlari Gidrosefaliya (qad.yun. ὕδωρ — «suv» + κεφαλή «bosh» so’zidan olingan), bosh miyada suv to’planishi — bosh miyaning qorinchali tizimida ortiqcha orqa miya suyuqligining to’planishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bu orqa miya suyuqligining sekretsiya joyidan (bosh miya qorinchalari) qon tizimiga absorbtsiyasi (subaraxnoidal bo’shliq) joyigacha yetib borishining qiyinlashuvi — okklyuzion gidrosefaliya, yoki absorbtsiya buzilishi…

Show all...
AbdulMalik Xoldorov kanalida kuzatib boring obuna bulishni unutmang👍👍👍

INSON ORGANEZIMI KARANAVERUS INFEKSIYASIGA QANDAY KURASHADI ?TOMOSHO QILING😷😷😷😷

Show all...
ABDULMALIK XOLDOROV KANALIDA KUZATIB BORING OBUNA BULISHNI UNUTMANG

Ovqat hazm qilish sistemasi haqida vidiyo roligimizni kurishingiz mumkin

Show all...
AbdulMalik Xoldorov kanalida kuzatib boring obuna bulishni unutmang

Tana uzini qanday tiklaydi? organizmdagi 7 ta hayranarli jaroyni tomosha qiling

Nevralgiya Nevralgiya – kuchli xurujsimon og'riq bilan davom etuvchi nervlar zararlanishi. Turlari: - Uchlamchi nerv nevralgiyasi - Qovurg'alararo nevralgiya - Til yutqun nevralgiyasi - Ensa nervi nevralgiyasi - Quymich nervi nevralgiyasi (ishias) - Son tashqi teri nervi nevralgiyasi - qanot-tanglay tuguni nevralgiyasi SABABLARI: - Nervlarni jaroxatlaydigan travmalar - Yallig'lanish yoki infeksion zararlanish - Nerv qisilishi - Sovuqda qolish - Nerv sistema kasalliklari - Yurak-qon tomir sistema kasalliklari - Qandli diabet. Belgilar: - Yuz pastki soxasida og'riq, yuz qismlarini jimirlashi - Ko'krak qafasida aylanib o'tuvchi o'griq (qovurg'alararo nevralgiya) - Oyoq harakatida, son soxasida kuchli og'riq (quymich nervi nevralgiyasi) - Ensada pulsatsiyalovchi og'riq, ko'zga uzatiladi (ensa teshigi nervi nevralgiyasi) DIAGNOSTIKA: - UTT - Rentgenografiya - Kompyuter tomografiya - MRT DAVOLASH: - Fizioterapiya (UVCh, elektroforez) - Igna bilan davolash - Tutqanoqqa qarshi va og'riqsizlantiruvchilar - Novokainli inyeksiyalar - B guruh vitaminlari - Tutqanoqqa qarshi vositalar - Elektromanual terapiya ASORATLAR: - Nevrit - Parez - Nervlarda kislorod tanqisligi - Nafas yetishmovchiligi - Falaj HAVF GURUHI: - Moddalar almashinuvi buzilishi - Qandli diabet - Gipertoniya - Skleroz bilan kasallangan PROFILAKTIKA: - Sovuqda qolmaslik, jismoniy zo'riqishdan saqlanish - Suyak mushak sistemasi kasalliklarini DAVOLASH: Barcha Kasalliklar ABDULMALIK XOLDOROV KANALIDA KUZATIB BORING t.me/Uyshuntezyordambulimi
Show all...
TIBBIYOT

BIZ BUYUKLAR OVLODIMIZ VA BUYUKLIKA INTILAMIZ HAYOTNING 6️⃣ ETIKASI 1️⃣Divo qilishdan oldin ishon 2️⃣Gapirishdan oldin tengla 3️⃣Sarflashdan oldin ishlab top 4️⃣Yozishdan oldin uyla 5️⃣Tark etishdan oldin xarakat qil 6️⃣Oʻlishdan oldin yasha X. Malik

Kuyish Kuyish – teri, suyak, mushak to'qimasini olov, ximikatlar, quyosh nurlari yoki elektrik tok ta'sirida shikastlanishi. Ta'sirlovchi faktrlar ta'siri qanchalik uzoq bo'lsa, kuyish darajasi shunchalik chuqur bo'ladi. 3 xil darajasi bor: - 1 daraja: terini yuza shikastlanishi, teri qizaradi, shishadi va quruqlashadi. Teriga quyosh nuri, yoki issiq suv yoki bug' ta'siridan kelib chiqadi. - 2 daraja: teri yuza qavatlari zararlanadi. Teri qizil, pufaklar hosil bo'ladi, og'riq kuchli, pulsatsiyalovchi. 6 sm kvadratdan katta bo'lgan kuyishlar. - 3 daraja: to'qima, mushak, yog' qavati, nervlarning zararlanishi; teri oqish, qizil, sarg'imtir va qora bo'ladi. Xavfli kuyish va juda og'riqli, chandiqlar hosil bo'ladi. SABABLARI: - Olov - Kimyoviy moddalar - Elektrik tok - Issiq predmetlar - Bug' - Qaynab turgan suyuqlik 2 va 3 darajadagi va 5 sm kvadratdan katta bo'lgan kuyishlar xavfli, tez tibbiy yordamni talab etadi. BELGILARI: - Shok - Oqarish - Nafas olish tezlashishi - Yurak tez urishi - Xushdan ketish - Kuchli og'riq - Teri qizarishi - Pufaklar - Sovuq jihozlarga tekkanda kuygundagi kabi og'riqlarning bo'lishi. DIAGNOSTIKA: jarrox ko'rigi, og'ir kuyishlarda quyidagilar bajariladi: - Shikastlangan joy rentgeni - Yumshoq to'qimalar kompyuter tomografiyasi - Qon umumiy tahlili DAVOLASH: - Kuygan sohaga ishlov berish - Og'riqsizlantiruvchi va muzlatuvchi dorilar - Nekrotik to'qimalarni ajralishini kuchaytiruvchi vositalar - Aseptik bog'lam - Giperosmolyar suyuqliklar quyish - Antibotiklar - Infuzion terapiya - Teri qatlami transplantatsiyasi - Qon aylanishni yaxshilash maqsadida oziqlanitiruvchi moddaar, glyukoza quyish. ASORATLARI: 2-3 darajadagi kuygan bemorga yordam bermaslik o'lim holatlariga olib keladi. PROFILAKTIKA: - Maishiy ximiya vositalarining instruksiyasini e'tibor bilan o'qish - Himoyalovchi ko'zoynak, qo'lqoplar taqish - Maishiy himoya vositalarini oziq-ovqatlar bilan saqlamaslik - Quyosh nuridan saqlovchi vositalardan foydalanish - Olov va ximik vositalarga bolalarni yaqinlashtirmaslik. Barcha Kasalliklar ABDULMALIK XOLDOROV KANALIDA KUZATIB BORING t.me/Uyshuntezyordambulimi
Show all...
TIBBIYOT

BIZ BUYUKLAR OVLODIMIZ VA BUYUKLIKA INTILAMIZ HAYOTNING 6️⃣ ETIKASI 1️⃣Divo qilishdan oldin ishon 2️⃣Gapirishdan oldin tengla 3️⃣Sarflashdan oldin ishlab top 4️⃣Yozishdan oldin uyla 5️⃣Tark etishdan oldin xarakat qil 6️⃣Oʻlishdan oldin yasha X. Malik

Kolit Kolit – yo'g'on ichak shilliq qavatini yallig'lanishi. Oshqozon-ichak traktining eng ko'p tarqalgan kasalligi, oshqozon va ingichka ichak zararlanishi bilan kechishi mumkin. SABABLARI: - O'tkir kolit – bakterial flora, viruslar, amyobalar, noto'g'ri ovqatlanish, gastrit va enterit sababli kelib chiqadi. - Surunkali kolit – ichak disbakteriozi, moddalar almashinuvi buzilishi, stress, autoimmun kasalliklar, avitaminoz, gelmintoz. - Granulematoz – Kron kasalligi, nasliy, ichakda granulemalar hosil bo'ladi. - Nurlanish – ionizirlovchi radiatsiya tomonidan yuzaga keladi. - Dorili – dori-darmonlarni ko'p iste'mol qilganda - Ishemik – yo'gon ichak qon aylanishi buzilganda - Nospetsifik yarali kolit – shilliq qavatda yara hosil bo'lishi. BELGILARI: - Qorinda “migratsiyalovchi” og'riq - Qorin shishi - Tenezma, diareya, qon va shilliq aralash suyuq ich kelishi - Holsizlik, ko'ngil aynish. Kolit belgilari ovqat qabulidan so'ng kuchayadi. DIAGNOSTIKA: Differentsial diagnostika: oshqozon-ichak trakti kasalliklari, diskineziya, rivojlanish anomaliyalari. Anamnez yig'iladi, najas bakterial flora, parazitlarga tekshiriladi. Qo'shimcha rektoromanoskopiya, koprogramma, kolonoskopiya, gastroskopiya, irrigoskopiya, UTT qilinadi. DAVOLASH: - Bakterial va infeksion turda antibiotiklar va metronidazol - Yarali kolitda kasallik remissiyaga o'tkaziladi. - Enterosorbentlar, probiotiklar, og'ir hollarda glyukokortikosteroidlar buyuriladi. PARHEZ: 4-stol tavsiya etiladi, yog'li, sho'r, gazlangan ichimliklar, ho'l mevalar mumkin emas. Baliq, yog'siz mahsulotlar tabsiya etiladi. ASORATLARI: Ichak teshilishi, peritonit, anemiya, paraproktit, to'g'ri ichak yoriqlari. HAVF GURUHI: Ratsional ovqatanmaslik, shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik. PROFILAKTIKA: Shaxsiy gigiyena va to'g'ri ovqatlanish. Barcha Kasalliklar ABDULMALIK XOLDOROV KANALIDA KUZATIB BORING t.me/Uyshuntezyordambulimi
Show all...
TIBBIYOT

BIZ BUYUKLAR OVLODIMIZ VA BUYUKLIKA INTILAMIZ HAYOTNING 6️⃣ ETIKASI 1️⃣Divo qilishdan oldin ishon 2️⃣Gapirishdan oldin tengla 3️⃣Sarflashdan oldin ishlab top 4️⃣Yozishdan oldin uyla 5️⃣Tark etishdan oldin xarakat qil 6️⃣Oʻlishdan oldin yasha X. Malik

Parhez taomlar Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib, 15 ta parhez stoliga bolinadi. Parhez № 1 Qaytalanuvchi meda va on ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o'tkir gastritning 1-2-kunida qo'llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog', qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy bo'tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go'sht va baliq. Parhez № 2 Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Yog'siz go'sht, kotlet, baliq, tiftil, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog', tuxum, qatiq, limon. Parhez № 3 Surunkali ich qotganda qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog', o'simlik yog'i, meva va sabzavot, yog'li va go'shtli ovqatlar, grechkali bo'tqa, kefir. Parhez № 4 Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi. Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar, limon choy. Parhez № 5 Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgan go'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye. Parhez № 6 Podagra kasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq. Parhez № 7 Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o'tkir va surunkali, hamda sog'ayish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgan go'sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum, sog'ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo'shib beriladi. Parhez № 8 Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog'siz go'sht, sabzavot va mevalar. Parhez № 9 Qandli diabetkasalligida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar. Parhez № 10 Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar. Parhez №11 Sil, kamqonlik va boshqa qonkasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi. Parhez № 12 Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi, kofe berilmaydi. Parhez № 13 O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i. Parhez №14 Siydik-tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi: a) siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xatmahsulotlari beriladi. b) siydikda oksalat cho'kmalari bo'lganda, bemorga loviya, no'xat mahsulotlari berilmaydi chunki, bular tarkibida shavel kislotasi mavjud.Shuning uchun bemorga olma, nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo'lgan mahsulotlar beriladi. Parhez №15 Sog'lom va kasallikdan sog'aygan bemorlar uchun tavsya etiladi. Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar. 👩‍⚕ @tibbiyot_haqida
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 18 май куни соғлиқни сақлаш соҳасидаги масалалар бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда соҳадаги вазифалар 5 та йўналишда кўрсатиб ўтилган. Биринчиси – бирламчи тиббиёт бўғинини касалликни эрта аниқлайдиган ва даволайдиган тизимга айлантириш. Иккинчиси – ихтисослашган марказлар томонидан жойларда тор доирадаги тиббий хизматлар ҳажмини ошириш ва сифатини тубдан яхшилаш. Учинчиси – рақамлаштириш орқали соҳада қоғозбозлик, бюрократия ва коррупцияни кескин қисқартириш. Тўртинчиси – тиббиётнинг барча йўналишларида рақобатни ривожлантириш ва хусусий сектор иштирокини кенгайтириш. Бешинчиси – тиббиёт ходимлари билимини ошириш, таълим ва илм-фанни ривожлантириш. Сурункали касалликларни бирламчи бўғинда даволаш, айниқса, юрак-қон томир ва ошқозон-ичак хасталиклари профилактикасини кучайтириш муҳимлигини таъкидланиб, бирламчи бўғинда даволаш зарур бўлган касалликлар бўйича бепул тиббий хизматлар пакети жорий этилиши белгиланди.  "Қишлоқ шифокори” дастури доирасида олис ҳудудларга мутахассисларни жалб қилиш кераклиги қайд этилди. Оилавий шифокор пункти ва поликлиникаларда штатлар нормативи, шифокорлар ва ўрта тиббиёт ходимларининг малака талаблари, жиҳозлаш стандартларини такомиллаштириш вазифаси қўйилди. Хусусий тиббиёт ташкилотларига лицензия бериш тартибини соддалаштириб, жараёнларни тўлиқ рақамлаштириш топшириғи берилди. Барча тиббиёт муассасаларида электрон тизим билан ишлайдиган 2 мингта оператор-ҳамшира вазифаси жорий этилади. Шу йил 1 августга қадар электрон ордер тизимини ишга тушириб, барча ҳудудлар ва ихтисослашган марказларни улаш, 1 ноябрга қадар Тошкент шаҳридаги барча поликлиникаларни тўлиқ рақамлаштириш бўйича топшириқлар берилди. Manba: deputat_kusherbayev Yana ham ko'proq ma'lumotlar 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 👩‍⚕ @tibbiyot_haqida kanalida
Show all...
Соғлиқни сақлаш соҳасидаги муҳим йўналишлар белгиланди

Show all...
Abdulmalik Xoldorov kanalida kuzatib boring

Kimgadir yaxshilik qilish uchun aslida kup narsa kerak emas 👍👍👍👍

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.