cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ADU maktabgacha ta'lim fakulteti matbuot xizmati

Maktabgacha ta'lim fakultetining rasmiy kanali. Murojaat uchun👇👇👇 @mtfdekan_bot

Show more
Uzbekistan89 800The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
132
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​“Перевод”да нима ўзгаришлар бўлади? Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов ёшлар билан учрашувда ўқишни кўчириш масаласида бўладиган ўзгаришлар ҳақида айрим маълумотларни айтиб ўтди. Жумладан, соҳадаги коррупциянинг олдини олиш мақсадида: Биринчидан, хориждан ўқишни кўчириш учун ўтказиладиган имтиҳонда Давлат тест маркази томонидан тест олинадиган бўлди. Илгари Олий таълим вазирлигининг баъзаси орқали тест қилинарди ва бу ишончсизликка сабаб бўларди. Бундан мақсад - янада шаффофликни таъминлаш. Иккинчидан, ўқиши кўчирилаётган йўналишдаги ўтиш бали қўйилади, оддий контракт учун 4 баллик шкала ҳам бўлади, супер-контрактлар ҳам уларга амал қилади. Илгари хориждан кўчиришда деярли барча йўналишларда 56 балл талаби қўйиларди. Саноқли йўналишлардагина 100 ёки бошқа баллар белгиланарди. Бу эса кўпчиликнинг эътирозига сабаб бўларди. Кимлардир қийналиб, 140-150 балл билан ўқишга кирардию, кимлардир қўшни давлатга ёки бориб, ёки бормай, 56 балл билан иккинчи курсдан талаба бўларди. Яъни мақсад хорижда илм ва таълим олиш эмас, шунчаки кейинги йили ўқишни кўчириш эди. Кўплаб фирмаларнинг ваъдаларига ишониб, алданиб қолганлар ҳам жуда кўп. Хориждан ўқишни кўчиришга оид кўп бора гапирган инсон сифатида иккала ўзгаришни ҳам тўлиқ қўллаб-қувватлайман! 👉 @xushnudbek 👈
Show all...

Hurmatli xonimlar va janoblar! 🔊Biz Farg’ona vodiysi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modelida (FVBMTM) ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlanganini e'lon qilamiz. ☑️ FVBMTM "Farg'ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg'unligi" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. 🔸Konferensiyaning asosiy maqsadi - yosh avlodni diplomatik munozaralarga jalb qilish orqali global muammolarga yechim topish. 📆 O'tkazilish vaqti: 12-13-iyun, 2021-yil 📍 Joyi: Andijon shahar Yoshlar markazi 📌 Delegatlar (ishtirokchilar) soni: 150 nafar 📝 Qo’mitalar soni: 6 ta ❗️Arizalar qabul qilish muddati: 21-May (23:59 GMT +5) 🤩 Haqiqiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli (BMTM) konferensiyasida o'zingizni sinab ko'rishga tayyormisiz? ⁉️ Unda shoshiling va BMTM jamoasi a’zosiga aylanish imkoniyatini yo'qotmang! 📎 Ro’yxatdan o’tish havolasi 👉🏻 FVBMTM 🔜 Sizni BMTM da ishtirok etish va o’ziga xos tajribaga ega bo’lish imkoniyati kutmoqda. O’z ovozingizga ega ekanligingizni namoyon eting. 🔎Instagram | Telegram
Show all...
Navbatdagi yangi qo'l mehnati Maktabgacha ta'lim maxsus sirtqi 311-guruh talabasi Yaqubova Muhabbatxonning pape mashe usulida tayyorlagan buyumlari.
Show all...
2020-2021 oʻquv yilini qanday yakunlashni xohlaysiz?Anonymous voting
  • Masofaviy taʼlim shaklda (online)
  • Auditoriyaga kelib oʻqish
0 votes
Maktabgacha ta'lim maxsus sirtqi 311-guruh talabasi Yaqubova Muhabbatxonning pape mashe usulida tayyorlagan yangi qo'l mehnatlaridan na'munalar.
Show all...
#fakultet_yangiliklari #Qisqa_satrlarda ✅Joriy yilning 27-aprel kuni, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari F.Kiyikboyev, N.Xayitboyev, Ya.Umarova, D.Komilova, Z.Madumarova o‘zlariga biriktirilgan amaliyotchi talabalarining ta’lim jarayonini kuzatish, ularga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Izboskan tumanining 9-50-34-davlat hamda "A’lo bolajon" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurishdi. ✅Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi O.Olimjonov boshchiligidagi fakultet yetakchilaridan iborat targʻibot guruhi Yoshlar Ittifoqi imtiyozlari va qulayliklari bilan tanishtirish maqsadida Maktabgacha ta'lim fakultetiga tashrif buyurishdi. Maktabgacha ta’lim fakultet dekan o’rinbosarlari SH.Hasanov, B.Abdukadirov, fakultet yetakchisi Z.Akbarova hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi. “Yoshlar darsi” qizg’in savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Maktabgacha ta'lim maxsus sirtqi 311-guruh talabasi Yaqubova Muhabbatxonning pape mashe usulida tayyorlagan buyumlari. Juda ham chiroyli yasalgan qo'l mehnat ishlarini ko'rib turibsiz. Kanalimiz a'zolariga ma'qul keldi deb o'ylaymiz. Agarda siz ham Muhabbatxon kabi, bunday bejirim, betakror, nafis ishlarni sohibasi bo'lsangiz bizning botga murojaat qiling➡️ @mtfdekan_bot
Show all...
#fakultet_yangiliklari MUZEYGA TASHRIF Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ozining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida: “Tarixiy xotirasi bor inson–irodali inson, tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”,- deb taʼkidlaganlar. Demak, tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma'naviyatga erishish mumkin emas. Shu oliy maqsadni ko‘zlagan Andijon davlat universiteti ham talabalarni tarix bilan tanishtirishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. 2021-yil 22-aprel kuni Andijon davlat universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti 105-106-guruh talabalari guruh murabbiylari B.Mamarasulov va J.Matkarimov boshchiligida Andijon viloyat tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey gidi talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi. Bu tashrif talabalarda katta taassurot qoldirdi. Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
#fakultet_yangiliklari #Qisqa_satrlarda ✅2021yil 22-aprel kuni Andijon davlat universiteti Maktabgacha ta'lim fakultetida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlab "Muhammad Yusuf el ardog‘idagi shoir" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar shoir qalamiga mansub vatanni, onani, yorni madh etuvchi she'rlar aytish bilan birgalikda shoir qalamiga mansub qo‘shiqlarga raqsga tushishdi. ✅Joriy yilning 21-aprel kuni Andijon davlat universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti professor-o‘qituvchilari G.Do‘sbekova, T.Hudoyberdiyava, M.Rahimova, D.Mahmudova va 107-guruh talabalari ishtrokida, Andijon viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayata tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, "Bolalarni sahnalashtirish va ularni ijodiy faoliyatga o‘rgatish" fani doirasida tashkillashtirilgan hamkorlik o‘quv mashg‘ulotlari bo’lib o’tdi. Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
❗️❗️❗️RASMIY XABAR❗️❗️❗️ Respublikamiz hududida, COVID-19 bilan kasallanish holati ortayotganligi, universitetimiz talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli: ❗️Universitetimizda 2021-yilning 22-aprel sanasidan boshlab, universitetning Universitet ko‘chasi 129-uyda joylashgan o‘quv binolaridagi fakultetlarda o‘quv jarayonlari 14 kunga masofaviy ta'lim (online) shakliga o‘tkazildi. Epidemiologik vaziyat barqarorlashsa, an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish haqida universitet rasmiy sahifalarida qo‘shimcha xabar beriladi. 😷 Karantin talablariga rioya qiling, salomatligingizni asrang! ⚠️🚫Eslatib o‘tamiz, karantin vaqtida universitet hududiga kirish taqiqlanadi. #uydaqoling #stayhome #covid19 #karantin Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...