en
Feedback
"HUDUDGAZ NAVOIY" gaz ta'minoti filiali

"HUDUDGAZ NAVOIY" gaz ta'minoti filiali

Open in Telegram

Xalqqa fidoyi xizmat - oliy saodat kaliti!

Show more
1 350
Subscribers
+424 hours
-17 days
+4930 days
Posts Archive
Repost from Ziroat Mirziyoyeva
O‘zbekiston va Serbiya Birinchi xonimlarining Belgraddagi uchrashuvi do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. 2026-yil 8-sentabr. — Встреча Первых леди Узбекистана и Сербии в Белграде прошла в теплой и дружественной атмосфере. 8 сентября 2026 года. Facebook | Instagram

KARMANA TUMANINING BA’ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI “Obod mahalla” dasturi asosida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun “Sardoba” MFY hududidagi D-159 mm li yuqori bosimli va D-102 mm li o‘rta bosimli yer usti gaz quvurlarini  tartibga keltirib, demontaj-montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yil 10- sentyabr kuni soat 08-00 dan    soat 17-30 gacha Karmana tumanining “Sardoba”, “Do‘stlik” va “Kumushkon” MFY lar hududlaridagi 3767 ta aholi va 15 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatilishini  maʼlum qilamiz. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta‘minoti filiali iste‘molchilardan uzr so‘raydi. ✍️ "Hududgaz Navoiy" gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Karmana tumanida gaz xo‘jaligini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida qator ishlar bajarildi. Bu haqida viloyat telekanali “Yangiliklar” dasturida so‘z yuritildi. ✍️ “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati hududgaz.uz  / Telegram /  You tube / facebookInstagram

NAVOIY SHAHRINING BA’ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI “Kimyogar” MFY hududida joylashgan №1 sonli yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasini texnik taftishdan o‘tkazish,  ushbu GTQ ga keluvchi d-325 mmli yer osti yuqori bosimli gaz quvurida o‘rnatilgan jo‘mraglarni texnik taftishdan o‘tkazish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida  joriy yil    10- sentyabr kuni soat 00-00 dan 11 sentyabr kuni  soat 18-00 gacha “Navoiy-1” GTS “Shahar-1” aholi tarmog‘i orqali Navoiy shahar “Kimyogar”, “Ishonch”, “Vatan”, “Chinor”, “Mustaqillik”, “Turon”, “Gulzor”, “Meʼmorlar”, “Xoncharbog‘”, “Farovon”, “Maʼrifat”, “Ziyokor”, "Yangi hayot", “G‘alaba”, “O‘zbekiston”, “Zarafshon”, “Bunyodkor”, “Binokor”, "Oltin vodiy", “Do‘stlik”, “Xumo”, “Matonat”, “Orzu”, “Lochin”, “Umid”, “Bahor”, “Muruvvat”, “Yoshlik”, "Yangi ariq", "Hosil BUSH" va “Janubiy” MFY lardagi jami 39465 ta aholi xonadonlari hamda 630 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatilishini maʼlum qilamiz. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta‘minoti filiali iste‘molchilardan uzr so‘raydi. ✍️ "Hududgaz Navoiy" gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

#Axborot24 “Hududgazta’minot” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida so‘z bordi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

✅ NAVOIY SHAHRIDA GAZ QUVURLARI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA Navoiy shahrida 59 mingga yaqin tabiiy gaz isteʼmolchisi mavjud. 20
+9
NAVOIY SHAHRIDA GAZ QUVURLARI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA  Navoiy shahrida 59 mingga yaqin tabiiy gaz isteʼmolchisi mavjud. 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholiga tabiiy gazni xavfsiz va bir maromda yetkazib berish maqsadida hududda “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugunga qadar jami 1, 7 kilometr gaz quvurlari rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 23 kilometr gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirildi. Gaz taqsimlash qurilmalarini joriy taʼmirlash, gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash va boshqa ko‘zda tutilgan ishlar belgilangan reja asosida bajarib kelinmoqda... 👉 BATAFSIL ✍️ “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati hududgaz.uz  / Telegram /  You tube / facebookInstagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi. — Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from StartupFest
Siz buni kutmagandingiz. Biz qildik! 👀 Hududgazta’minot bilan nimadir tayyorlayotganimizni ataylab hozircha sir saqladik. St
Siz buni kutmagandingiz. Biz qildik! 👀 Hududgazta’minot bilan nimadir tayyorlayotganimizni ataylab hozircha sir saqladik. StartupFest Catalyst doirasida individual yondashuvni davom ettirmoqda. Ammo bu safar - odatdagidan biroz boshqacha.😉 ❓ 4,5 million iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi Hududgazta’minot bilan qanday formatni tayyorlaganimizni taxmin qila olasizmi? ⚡️ Bu oddiy tadbir emas. Bu oddiy pitch ham emas. Kutilmagan format. Kutilmagan hamkorlik. Kutilmagan imkoniyat. 💬 Qanaqa format bo‘lishini taxmin qilyapsiz? Kommentda yozib qoldiring. 🚀 Tez orada barcha tafsilotlarni e’lon qilamiz. 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Linkedin

❗️Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. “Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filia
❗️Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. “Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin: ☎️ Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali) 📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz 📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz 📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. — В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✅ O‘QUV- AMALIY MASHQ MAYDONI: PUXTA BILIM BILAN YORQIN KELAJAK SARI Bugungi kunda qaysi soha bo‘lmasin, unda muvaffaqiyat qo
+9
O‘QUV- AMALIY MASHQ MAYDONI: PUXTA BILIM BILAN YORQIN KELAJAK SARI  Bugungi kunda qaysi soha bo‘lmasin, unda muvaffaqiyat qozonish o‘z ustida tinimsiz ishlash, nazariya va amaliyot uyg‘unligida bilish olishni taqoz etadi. Aytish kerakki, gaz taʼminoti tizimida ham munosib kadrlarni yetishtirish va ularni sohaning yetuk mutaxassislari qilib tarbiyalash ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Shunga ko‘ra, “Hududgaztaʼminot” AJ tashabbusi bilan “Navbahortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi binosida gaz sohasi xodimlari uchun jonli o‘quv mashq maydonchasi hamda nazariy bilim va malakalarini baholash markazi ish boshlagandi... 👉 BATAFSIL ✍️ “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati hududgaz.uz  / Telegram /  You tube / facebookInstagram

#matbuot_anjumani “Hududgaztaʼminot“ AJ tomonidan 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi Unda jamiyat Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari D.Maksudov, boshqarma boshliqlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

🔴 Matbuot anjumani boshlandi MTRK Media markazida “Hududgaztaʼminot“ AJ tomonidan 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boshlandi. 🎥 Jonli efirni “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

📢 “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani oʻtkaziladi Bugun, 8-sentyabr kuni soat 11:20 da MTRK Media
📢 “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani oʻtkaziladi Bugun, 8-sentyabr kuni soat 11:20 da MTRK Media markazi binosida “Hududgaztaʼminot“ AJ tomonidan 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Unda jamiyat Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, boshqarma boshliqlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. 🎥 Matbuot anjumani “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi. — Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholini
Suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda suyultirilgan gaz resurslari va taqsimoti balansi, amaldagi yetkazib berish tizimi, narx shakllanishi, subsidiyalar hamda ularning aholiga taʼsiri tahlil qilindi.
Taqdimotda qayd etilgan asosiy masalalar va takliflar: 📌 respublikada 3,8 millionga yaqin aholi hamda qariyb 2 mingta ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi; 📌 joriy yilda aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyoji uchun 604,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish koʻzda tutilgan; 📌 “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” MCHJni tashkil etish taklif qilinmoqda. Ushbu tuzilma suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda aholiga yetkazib berish bilan shugʻullanadi; 📌 suyultirilgan gazning chakana narxini belgilashda iqtisodiy asoslangan mexanizmlarning samarali ishlashi taʼminlanadi; 📌 ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga xarid qilingan suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uchun kompensatsiya toʻlanishi belgilanadi; 📌 davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni umumiy subsidiya oʻrniga aniq isteʼmolchiga yoʻnaltirish koʻzda tutilmoqda; 📌 ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gazni birja narxlarida yetkazib berish, aholiga belgilangan narxda sotish natijasida yuzaga keladigan salbiy tafovutni respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash taklif etilmoqda; 📌 Andijon viloyatida suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga xususiy operatorlarni jalb etish boʻyicha pilot loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan; 📌 isteʼmolchilar uchun mobil ilova va onlayn xizmatlarni yoʻlga qoʻyish hamda xizmatlarni kamida ikkita operator tomonidan amalga oshirish belgilangan; 📌 ushbu tajribani keyinchalik boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy etish imkoniyati koʻrib chiqiladi.
Davlatimiz rahbari suyultirilgan gaz aholiga oʻz vaqtida yetkazilishi, taʼminotda uzilishlarga yoʻl qoʻyilmasligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qoʻllab-quvvatlanishi zarurligini taʼkidladi. Mutasaddilarga yetkazib berish grafigini qatʼiy yoʻlga qoʻyish, hisob-kitoblarni raqamlashtirish, taqsimotda shaffoflikni taʼminlash, sunʼiy taqchillik va asossiz narx oshishining oldini olish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, kompensatsiyalarni oʻz vaqtida toʻlash, gaz toʻldirish inshootlari va tashish jarayonida xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etish hamda xususiy operatorlar faoliyati ustidan samarali nazorat oʻrnatish vazifalari belgilandi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz