Xolida Musulmon 📸
Open in Telegram
For Donat: https://tirikchilik.uz/@xolida_musulmon 📚 Creative Diary of Uzbek Photojournalist (Photographer and Writer) KHolida Musulmon 🌐 My Telegram channel is conducted in Uzbek 📍I was born in Jizzahk and now I live in Tashkent
Show more410
Subscribers
+224 hours
+77 days
+430 days
Posts Archive
Assalomu alaykum!
O‘zbek fotojurnalisti Xolida Musulmonman.
Siz, qaqajonlarga yangilik bilan keldim: sahifamda faollikni tiklayman. 🥰😍
@Xolida_Musulmon
Adelinde 925 probali kumush va tabiiy marvaridli sirg'alar
https://uzum.uz/product/2926121?skuid=10728042&utm_source=sharing&utm_medium=product_page_ios&utm_campaign=native
+9
Bundan bir necha yil oldin “Birinchi qo‘ngʻiroq” bayramini jonajon qishlogʻim Chuvulloqda suratga olgandim
@Xolida_Musulmon
+5
Kecha borgan maktabimda birinchi sinflar yo‘q ekan, ma’zur tutunglar!
@Xolida_Musulmon
Repost from OYINA.UZ
Qoliplarsiz chizadigan rassom – Elnur Egamov bilan soha muammolari va sanʼat falsafasi haqida suhbat
Ustaxona – bugungi oʻzbek rassomi duch kelayotgan muammolarning faqat bittasi, xolos. Bizdagi Rassomlar uyushmasi va Badiiy akademiya tashqaridan qaraganda ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigandek koʻrinadi. Lekin islohotlarning taʼsiri faqat “tepada aylanmay” oddiy ijodkorgacha yetib borishi kerak.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4951
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
Repost from Ismoiliyliklar
Ona men Xolida Musulmonni Uchar kamerasida chiqdim siuuuu
Xay video joylandi borib aktiv koʻrsatib kelaylik endi. Xalq bilsin erkaklar ham haqattan kitob oʻqishini😁
https://www.instagram.com/reel/Db-96Gtq7CU/?igsh=MTk4N244OW91dG1iNQ==
Malaksan yo bashar, yo hur-u g’ilmonsan, bilib bo’lmas,
Bu lutf-u bu nazokat birla sendin ayrilib bo‘lmas.
Ajab berah dilbarsan, ajab sho‘xi sitamgarsan,
Charog‘i husni ro’yingdin ko‘ngulni ham uzub bo‘lmas.
Yuzungni oftobini ko’rub hayron bo‘lub qoldim,
Falakka qul uzotib, shamsi anvarni olib bo‘lmas.
Yuzung misli qizil guldur, ko‘ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo’lmas.
Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo‘libsan, bo’lmag’il g’ofil,
Bu g’aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg’onib bo’lmas.
Mashrab
Repost from N/a
Uchar kameramizda yosh muallim: https://www.instagram.com/reel/DbD86zJoCTo/?igsh=YTE2bGxqZmUyd2lj
@Xolida_Musulmon
Repost from Sat_buxorova
Noodatiy qiziqarli maqolalari va rasmlari bilan mashhur ekan bu opa.
Kanaliga kirib maza qilib chiqasiz😅
Meni ayyytti deysiz, ishonuring
Repost from Sat_buxorova
Yakshanba kuni kelgan mehmon
Uchar kamera. Rostan ham uchib kelibdi uyimizni topib😅
Dam olish kunlari bandligimdan sizlarga aytishga ham ulgurmagandin🫢Siz bu qizni taniysizmi?
Dadamni, ayamni sog'indim, qishloqqa borib kelishim kerak, Muhammadyusufniyam sog'indim
Agar jurnalistika universitetiga o‘qishga kirib, shu sohani kasb qilmaganimda bir umr gapirmasdan, odamlar bilan gaplashmasdan o‘tib ketardim, menimcha. Odamlar bilan muloqot, kirishimlilikni o‘zlashtirganman(Bunday qobiliyat menda borligini bilmasdim ham) Oqko‘ngillilik va xushchaqchaqligim doimo mavjud edi, lekin botinib biror kimsa bilan yaqin bo‘la olmasdim.
Faqat bir kishi tomonidan aytilgan hikoyalarning haqqoniy ekanligiga ishonmayman.
Shukur Qurbonning bolalikda ulkan mehr bilan yod olgan she’rlarim tufayli tanirdim.
Shoir bobomizning samimiyligi, shu ulugʻ yoshida shiddat ila yashashi, harakatchanligi-yu boy tajribasi tahsinga loyiq. Ammo men uchun bu hikoyalar shubhali. Yoqimtoy odamlarning gapiga hamma ishongisi keladi-yaa, intervyuda shuni ko‘rdim faqat.
Lekin rostan “Shaytanat” uchun yozilgan she’r ham, uning qo‘shigʻi ham ajoyib.
https://youtu.be/jpY2lZ-g8Dw?si=U-pGrf5FaCg7TJje
+9
📽️ Yakshanbadan yakshanbagacha…
Bu hafta sayohatlardan tinib Toshkent shahrida muqim yashadim.
(O‘zbekiston bo‘ylab qilgan sayohatim bo‘yicha bafurja post joylayman). Yakshanbadan yakshanbagacha kunlar ko‘z ochib yumguncha o‘tibdi. Galareyamdagi suratlarni tomosha qilar ekanman, ko‘z oldimda qizgʻin haftadan qolgan xotiralar namoyon bo‘ldi. Albatta, biroz horgʻinlik ham bor, ammo yuguryotgan millar ichra yaratilgan umr uchun rozi bo‘lasan kishi.
Sayohatdan so‘ng sogʻinganim — oilam bilan ko‘rishibman, kasb bayramimdagi sovgʻalar ham bor, “30-iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va yoshlar uchrashuvida qatnashibmam, sportga qaytish, “So‘z” loyihasida qatnashib ijodkorlar bilan shirin suhbatlar quribman, “Yosh kuch” jurnali chop etilibdi va unda suratlarim ham bor ❤️
Menimcha, go‘zal hafta…
@Xolida_Musulmon
