𝘾𝙀𝙁𝙍_𝙏𝙀𝘼𝙈
Open in Telegram
Reliable, effective materials and sources for: -MULTILEVEL -IELTS -Aptis Reklama, taklif va murojaatlar uchun: @murojaat_uchunrobot Natijalarimiz: @CEFR_Team_Results
Show more999
Subscribers
-124 hours
-57 days
-3430 days
Posts Archive
999
❗️ Ertaga OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Ertaga (20-iyul kuni) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: t.me/BaholashUz/5835
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!
📆 Ertaga, 17-iyul kuni barcha hududlarda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
✅ Abituriyentlar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoniga o‘ziga belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.
✅ Qo‘shimcha ma’lumotlar:
👉 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13
👉 Imtihonlarni o‘tkazish tartibi: https://t.me/BaholashUz/5938
👉 Imtihon formati: https://uzbmb.uz/page/format_kasbiy
👉 Test namunalari: https://uzbmb.uz/page/test_namunalari_kasbiy
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.
✅ Imtihon 2 bosqichda tashkil etilib:
1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;
2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.
📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13
❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
📚PET - Preliminary English Test kitobining barcha qismlari👇
PET - Preliminary English Test 1
PET - Preliminary English Test 2
PET - Preliminary English Test 3
PET - Preliminary English Test 4
PET - Preliminary English Test 5
PET - Preliminary English Test 6
PET - Preliminary English Test 7
PET - Preliminary English Test 8
✅Rasmiy kanalimiz:
@CEFR_Team
999
#Qabul2023 #Abituriyent2023
❗️ Bugun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
📆 Bugun, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.
▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar roʻyxati: t.me/BaholashUz/5932
🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi: youtu.be/YdpDonXQdQc
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
#Qabul2023 #Abituriyent2023
❗️ Bugun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
📆 Bugun, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.
▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar roʻyxati: t.me/BaholashUz/5932
🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi: youtu.be/YdpDonXQdQc
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
Multi-level sertifikatini yuklab olish yo'riqnomasi🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
@Multi_level_with_Alisher
@Coach_Ali_Sher
999
XUSHXABAR!
IYUN oyida õtkizilgan MULTILEVEL natijalari e'lon qilinishni boshladi. Shaxsiy kabinetga kirib, natijangizni kõrishib olishingiz mumkin.
✅Rasmiy kanalimiz:
@CEFR_Team
@CEFR_Team
999
⚡️Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari
📌 Joriy yilda 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tili birinchi mutaxassislik fani bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.
▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, B1 darajasi formati asosida bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tishda chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyent shu toifadagi 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.
✅ Chet tilidan ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.
🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi bilan quyidagi videoda batafsil tanishish mumkin: youtu.be/YdpDonXQdQc
❗️ Diqqat! Ushbu yo‘nalishlarga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 10-iyul kuni yakunlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
❗️Linguaskill bo’yicha qo’shimcha izoh
#abituriyent
Linguskill sertifikati haqidagi ushbu qoida (ya’ni onlayn olingani o’tmaydi, imtihon markaziga borib olingani o’tadi) faqat BAKALAVR uchun taalluqli, magistraturaga aloqasi yo’q.
Magistraturada Linguaskill bilan bog’liq holat quyidagicha:
✅ 2023-yil 23-martgacha olingan va tegishli darajadagi Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar (onlaynmi, offlaynmi farqi yo’q) — O’TADI;
❌ 2023-yil 23-martdan keyin olingan Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar — O’TMAYDI.
Magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20051
👉 @xushnudbek 👈
999
⚡️ Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:
▶️ 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining bakalavriga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.
✅ Demak, imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan Linguaskill sertifikatlar inobatga olinmaydi, faqat imtihon markazida offlayn olingan B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchungina maksimal ball beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
999
⚡️ 2024-2025-oʻquv yilidan test natijasidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi
🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–200-son qarori qabul qilindi.
✅ Mazkur qarorga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
1️⃣ OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.
2️⃣ Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.
📌 Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2023-yil 10-11- va 17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
⏳ Test sinovining gapirish ko‘nikmasini baholash qismi 2023-yil 12-iyun kuni boshlanib, barcha hududlarda tashkil etildi va 1-iyul kuni yakunlandi.
👨🏻💻 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlarida 37 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
999
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
999
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2023-yil 10-11-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yozma qismining birinchi yarmi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
❗️ Ming afsuski, ayrim talabgorlar test sinoviga o‘z bilimiga ishongan holda emas, balki turli qing‘ir yo‘llarni o‘ylagan holda kelmoqdalar.
❌ Jumladan, 10-11-iyun kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida 42 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Ma’lumot uchun: yozma imtihonning ikkinchi yarmi 17-18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa bugundan boshlandi va 1-iyulga qadar davom etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
