en
Feedback
Baliqchi JST/RASMIY KANALI

Baliqchi JST/RASMIY KANALI

Open in Telegram
877
Subscribers
+4224 hours
+727 days
+9430 days
Posts Archive
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yos
+3
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, o‘quvchilarning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida “Giyohvandlik burchagi” tashkil etilmoqda. Mazkur burchakda giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati, oilasi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar, ogohlantiruvchi targ‘ibot materiallari, profilaktik tavsiyalar, mavzuga oid ko‘rgazmali vositalar hamda sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiluvchi materiallar joylashtirilishi rejalashtirilgan. Hozircha ishlarimizning boshlanishi. Burchakni mazmunan boyitish, yanada ko‘rkam va ta’sirchan ko‘rinishga keltirish uchun hali oldinda katta ishlar turibdi. Targ‘ibot va tashviqot materiallari bosqichma-bosqich joylashtirib boriladi.

MA’NAVIYAT SOATI MAVZU:GIYOHVANDLIK UMR ZAVOLI Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog va xod
+7
MA’NAVIYAT SOATI MAVZU:GIYOHVANDLIK UMR ZAVOLI Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog va xodimlari ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Navbatdagi Ma’naviyat soati “Giyohvandlik umr zavoli” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni mazmun-mohiyatini pedagog va xodimlarga keng tushuntirishga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ma’ruzachi Sh. Raxmonov tomonidan mazkur Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, yoshlar salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda narkojinoyatlarning oldini olish borasidagi muhim chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarn
+9
DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan dual ta’lim jarayonlari izchil davom etmoqda. 📚 Dual ta’limning asosiy afzalligi — o‘quvchilar nazariy bilimlarni auditoriyada egallash bilan birga, ularni bevosita amaliyot jarayonida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa kelajakdagi tibbiyot xodimlarini kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🩺 Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z mutaxassisliklariga oid bilimlarini mustahkamlab, ish jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Nazariyada o‘rganilgan mavzularning amaliyot bilan uyg‘unlashuvi ularda mas’uliyat, intizom, kasbiy kompetensiya va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirmoqda. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT VA TAFAKKUR MANBAI 📖 Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Seshanba —
+6
KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT VA TAFAKKUR MANBAI 📖 Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Seshanba — Kitobxonlik kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Kitob — insonning eng yaqin do‘sti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🌱 Tadbir davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, uning dunyoqarashni kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. 📚 Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan asarlar, sevimli adiblari va kitob qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, muntazam kitob o‘qish va mutolaa madaniyatini shakllantirishga undovchi tavsiyalar berildi. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

🏃‍♀️ ERTALABKI BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘qu
+6
🏃‍♀️ ERTALABKI BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishini ta’minlash, jismoniy faolligini oshirish hamda kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida navbatdagi ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etib, turli xil umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlarni bajarishdi. Badantarbiya jarayonida tanani chiniqtirish, harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va jismoniy bardamlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarga alohida e’tibor berildi. Ertalabki jismoniy mashqlar o‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarish, diqqatini jamlash va o‘quv mashg‘ulotlariga yanada faol kirishishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida sport va jismoniy faollikni keng targ‘ib etish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

#yangiruhiyat ✅ TANLOV OʻZIMIZNIKI ✅ KELAJAK BIZNIKI! Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Baliqchi tumani bo'linmasi Telegram | 📱

KUN SAVOLI....🧠 Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhiga kim raislik qiladi? A. Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori B. Sog‘liqni saqlash vaziri C. Bosh prokuror D. Ichki ishlar vaziri

#DFCA 🔊Qadrli yoshlar! Oson pul va’dasiga aldanmang — narkojinoyat tuzog‘iga tushmang! —————- 🔊Дорогие молодые люди! Не поддавайтесь на обещания лёгких денег — не попадайте в ловушку наркопреступности! ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring 📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 Facebook

🚫 GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALAR — KELAJAKKA TAHDID! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida y
+6
🚫 GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALAR — KELAJAKKA TAHDID! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarning zararli illatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatini shakllantirish maqsadida profilaktik davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda texnikum psixologlari G. Asranova va O‘. Jabborova ishtirok etib, o‘quvchilarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson hayoti, salomatligi, ta’lim olishi va kelajakdagi rejalariga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berildi. 🎥 Shuningdek, mavzuga doir videolavha namoyish etilib, unda zararli odatlarning inson hayoti va jamiyatga ta’siri haqida ta’sirchan ma’lumotlar berildi. Videolavha o‘quvchilarda mavzu yuzasidan yanada chuqurroq taassurot uyg‘otib, sog‘lom va mazmunli hayot tarzini tanlash muhimligini anglashlariga xizmat qildi. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarn
+9
DUAL TA’LIM — NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI! Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan dual ta’lim jarayonlari izchil davom etmoqda. 📚 Dual ta’limning asosiy afzalligi — o‘quvchilar nazariy bilimlarni auditoriyada egallash bilan birga, ularni bevosita amaliyot jarayonida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa kelajakdagi tibbiyot xodimlarini kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🩺 Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z mutaxassisliklariga oid bilimlarini mustahkamlab, ish jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Nazariyada o‘rganilgan mavzularning amaliyot bilan uyg‘unlashuvi ularda mas’uliyat, intizom, kasbiy kompetensiya va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirmoqda. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

Giyohvandlik – kelajak zavoli Hayot – bu buyuk ne'mat, uning har bir soniyasi quvonchga egadir Hayotingni zaharlama! Toza hayot — yorqin kelajak sari eng to‘g‘ri yo‘l! ✅Bizning kanalga  obuna bo‘ling va  kuzatishda davom eting. 👇 Telegram | Instagram | Facebook| Youtube |

Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida har dushanba kuni ta’lim oluvchilarning ma’naviy dunyoqaras
+5
Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida har dushanba kuni ta’lim oluvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, jamiyatdagi muhim jarayonlarga daxldorlik hissini oshirish maqsadida “Kelajak soati” mashg‘ulotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. 📅 Bugun, dushanba kuni ham texnikumning barcha guruhlarida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi. 🇺🇿 Mashg‘ulotlar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusi ostida guruh rahbarlari tomonidan mazmunli va qiziqarli tarzda olib borildi. 💡 Darslar davomida o‘quvchilar bilan Vatanga muhabbat, xalqimizning birdamligi, tinchlik va osoyishtalikning qadri, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda kelajak oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanish, puxta bilim olish, kasbiy mahoratni egallash va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏃‍♀️ ERTALABKI BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘qu
+6
🏃‍♀️ ERTALABKI BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishini ta’minlash, jismoniy faolligini oshirish hamda kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida navbatdagi ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etib, turli xil umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlarni bajarishdi. Badantarbiya jarayonida tanani chiniqtirish, harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va jismoniy bardamlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarga alohida e’tibor berildi. Ertalabki jismoniy mashqlar o‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarish, diqqatini jamlash va o‘quv mashg‘ulotlariga yanada faol kirishishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida sport va jismoniy faollikni keng targ‘ib etish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook

Baliqchi tibbiyot texnikumida “Salomatlik sari – 5000 qadam” shiori ostida yurish aksiyasi o'tkazildi. Mazkur tadbirda texnik
+7
Baliqchi tibbiyot texnikumida “Salomatlik sari – 5000 qadam” shiori ostida yurish aksiyasi o'tkazildi. Mazkur tadbirda texnikumning pedagog-xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va yoshlar o‘rtasida salomatlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Yurish aksiyasi davomida ishtirokchilar sog‘lom hayot tamoyillariga amal qilish, muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish va faol hayot tarzini olib borishning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda jamoada hamjihatlik va faollik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ✅Bizni kuzating! 📱Telegram | |📱Instagram | |📱Facebook