Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
Open in Telegram
Jizzax shahridagi Prezident maktab ishonch telefoni raqami: +998722215919 @Jizzakh_PM_murojaatbot https://t.me/JizzaxPrezidentMaktabi https://www.facebook.com/jizzaxpm/ https://instagram.com/jizzax_pm?utm_medium=copy_link https://www.youtube.com/channel/U
Show more1 675
Subscribers
+1524 hours
-17 days
-2730 days
Posts Archive
#ishga_taklif
⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi
❗️O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosar;
❗️Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimlariga tanlov e’lon qiladi!
Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹 Boshqaruv sohasida 2 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.
Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 20-sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
❗️Ro'yxatdan o'tish❗️
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
⚽️ JPS SUPERKUBOGI: FUTBOL TURNIRI 🏆
Maktabimizda "Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga ko’ra Hujjat: Prezidentning PF-6099-son Farmoni (30.10.2020) ijrosi ta'minlash maqsasida Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda maktab rahbariyati bilan kelishilgan holda rasman tashkil etilayotgan navbatdagi ichki futbol Superkubogi start oladi! ⚡️
Turnirda o‘quvchilar ikki toifaga bo‘lingan holda ishtirok etadilar:
🔵 SENIORLAR: 8-, 9-, 10- va 11-sinf
🟢 JUNIORLAR: 5-, 6- va 7-sinf
🏆 Turnir Superkubok formatida o‘tkaziladi — jamoalar finalgacha bo‘lgan bosqichlarda o‘zaro bellashib borishadi.
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
8-sentyabr, seshanba — 19:00
⏳Qatnashmoqchi bo'lgan o'quvchilardan mana shu "forms"ni to'lidirish so'raladi 👇:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfygdrc-JZJ9kdVXsCzpgePP-W4VgH1c-m8sXloPdJjnxkfDQ/viewform?usp=publish-editor
JPS league uchun rasmiy kanal👇
https://t.me/jpsleague2026_27
🇺🇿 Qasamyod — bilim va mas’uliyat sari berilgan va’da
Jizzax shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yili oldidan o‘quvchilar ishtirokida tantanali qasamyod marosimi o‘tkazildi.
Qasamyod — o‘quvchining maktab, ustozlar va o‘z oldidagi mas’uliyatini anglash, bilim olishga bo‘lgan intilishini mustahkamlash hamda yuksak maqsadlar sari qat’iy qadam tashlashini ifodalovchi ramziy ahddir.
📚 Zero, Prezident maktabi o‘quvchisi uchun muvaffaqiyatning asosi — chuqur bilim, mustahkam intizom, mehnatsevarlik va yuksak maqsad.
Bugun berilgan va’da ertangi katta natijalarga qo‘yilgan ilk qadamdir.
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
+6
🇺🇿 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar sari!
Jizzax shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yili oldidan o‘quvchilar tomonidan tantanali qasamyod qabul qilindi.
Qasamyod davomida o‘quvchilar yangi o‘quv yilida:
📚 bilimlarni puxta egallash va a’lo baholarga o‘qish;
⚡️ o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari sari qat’iyat bilan intilish;
🤝 maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
✅ o‘qish jarayonida intizomli, mas’uliyatli va faol bo‘lishga va’da berdilar.
Bu qasamyod — shunchaki va’da emas, balki bilim, intizom, mas’uliyat va yuksak marralar sari berilgan qat’iy ahddir.
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
+5
🇺🇿 Mustaqillik — buyuk imkoniyatlar va porloq kelajak poydevori!
Jizzax shahridagi Prezident maktabiga yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilari uchun Mustaqillik darslari tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni hamda istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Dars davomida mustaqillik bizga bergan imkoniyatlar — zamonaviy va sifatli ta’lim olish, erkin fikrlash, o‘z qobiliyat va iste’dodini namoyon etish, Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shish imkoniyatlari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Mashg‘ulotlar faqat nazariy ma’lumotlar bilan cheklanib qolmay, interaktiv metodlar asosida tashkil etildi. Savol-javoblar, guruhlar bilan ishlash, fikr almashish va turli interaktiv topshiriqlar orqali o‘quvchilarning darsdagi faolligi ta’minlandi.
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
+8
🇺🇿 KELAJAK SOATLARI — YUKSAK MAQSADLAR SARI ILK QADAM !
Jizzax shahridagi Prezident maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori asosida “Kelajak soatlari” tashkil etildi.
📚 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Vatanimiz tarixi, istiqlolning qadr-qimmati, milliy qadriyatlarimiz hamda yurtimizning buguni va kelajagi haqida muhim ma’lumotlar berildi.
💡 Suhbat va mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, daxldorlik tuyg‘usi va kelajak uchun mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR!
🇺🇿 Jizzax shahridagi Prezident maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida bayramona tadbir tashkil etildi.
🎓 Tadbirni Jizzax shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori ochib, o‘quvchilar va pedagoglarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi hamda ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
🏅 Shuningdek, tadbir davomida Ishmuradova Maya Xusanovnaga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi esdalik ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
📚 Tadbirdan so‘ng “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori asosida “Kelajak soatlari” tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Vatan, istiqlol, milliy qadriyatlarimiz hamda yurtimizning buguni va kelajagi haqida muhim ma’lumotlar berildi.
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti —
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YagonaVatan35 #Mustaqillik35
🇺🇿 Yagona Vatan — yagona g‘urur!
Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Toxirov Chingiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalqimizni uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muborakbod etdi.
🌐 Turli tillarda yangragan ezgu tilaklar bir maqsadga — ona Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.
💙 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Mustaqillik35 #YagonaVatan35
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayot yo‘lidagi eng buyuk qadriyati, milliy g‘ururimiz va kelajakka bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.
Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz hayoti tinch va farovon, Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin! Yosh avlodning ezgu orzulari ro‘yobga chiqib, O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq bo‘lishiga tilakdoshmiz.
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — yangi marralar sari!
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIMI: YANGI IMKONIYATLAR, YUKSAK NATIJALAR
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida ta’lim tizimida erishilgan natijalarga nazar tashlar ekanmiz, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy samarasini aniq raqamlarda ko‘rish mumkin.
🎓 2019–2026-yillarda Agentlik tizimidagi maktablar soni 8 tadan 249 taga, o‘quvchilar qamrovi 3 360 nafardan 94 080 nafarga yetdi. Xalqaro olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan medallar soni esa 2020-yildagi 6 tadan 2026-yilda 144 taga oshdi.
Bugun Agentlik tizimi nafaqat qamrov, balki ta’lim sifati, xalqaro natijalar va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
☀️ Yozgi ta’til — faqat hordiq emas, yangi bilim va foydali mashg‘ulotlar uchun ham ajoyib imkoniyat!
🎬 Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Xudayberdiyev Masrurbek yozgi ta’til kunlarini mazmunli va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan o‘tkazmoqda.
⚡️ Masrurbekning ta’til kunlari qanday o‘tayotganini ushbu videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin!
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.
O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.
– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+7
#PsixologikTrening
⚡️ "Bizning do'stona jamoamiz!" -Yangi marralar sari birgalikda!
Yangi o'quv yili eshik qoqib turgan ushbu qutlug' damlarda maktabimiz jamoasining ahilligi va birdamligini yana bir bor mustahkamlash maqsadida ko'tarinki ruhda psixologik trening tashkil etdildi.
Trening davomida hamkasblarimiz o'rtasida o'zaro ishonch muhitini kuchaytirish, jamoaviy hamjihatlikni oshirish va yangi o'quv yiliga yuqori energiya bilan kirishish uchun qiziqarli mashqlar bajarildi. Har bir o'qituvchi o'zining ichki imkoniyatlarini kashf etib, umumiy maqsadlar sari yakdil ekanligimizni yana bir bor his qildi.
Ishonchimiz komilki, bunday iliq muhit va do'stona muhit kelgusi o'quv yilida yanada ulkan muvaffaqiyatlarga, yorqin g'alabalarga va samarali ijodiy faoliyatga zamin yaratadi.
Pedagoglar jamoamizga yangi o'quv yilida kuch-g'ayrat, ijodiy parvozlar va ulkan zafarlar tilaymiz !
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
+3
📚 Kitobxonlik — tafakkur va taraqqiyot poydevori
Jizzax shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda kitob bilan ishlashning zamonaviy usullarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida kitobxonlik yo‘nalishida yillik ish rejasini ishlab chiqish, uni yil davomida samarali amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda o‘quvchilarni mutolaaga keng jalb etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
💡 Shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qilishda raqamli platformalar, interaktiv usullar va yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🎯 Asosiy maqsad — kitob o‘qishni o‘quvchilarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantirish, ularning dunyoqarashi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿 The Spirit of Independence at the Presidential School in Jizzakh!
Thorough preparations for the new academic year, a refreshed environment, and a festive atmosphere—all reflect a unique spirit of Independence at our school.
On the eve of the 35th anniversary of our nation's independence, we deeply cherish the peace, prosperity, and well-being of our homeland.
May the new academic year begin with new milestones, great goals, and outstanding achievements!
🇺🇿 Happy 35th Independence Day to our beloved Uzbekistan!
👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
