"NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ
Open in Telegram
“OʻZSUVTAʼMINOT” aksiyadorlik jamiyatining "NAVOIY SUV TA`MINOTI" AJ rasmiy telegram kanali 🤖Murojaat uchun: @uzsuv_chat 📍Facebook: fb.com/uzsuvnavoiy 📍Instagram: instagram.com/uzsuvnavoiy 📍Twitter: twitter.com/uzsuvnavoiy 📍 WebSait: www.uzsuv.uz
Show more1 387
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1130 days
Posts Archive
Hurmatli iste’molchilar!
Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiring.
Bunda qulay va tezkor bo‘lgan quyidagi vositalardan foydalanishingiz mumkin:
• cabinet.uzsuv.uz shaxsiy kabineti orqali; • @uzsuvbot Telegram boti orqali; • Elektron to‘lov tizimlari — Click, Paynet, Alif Mobi, Payme, Oson, shuningdek, tijorat banklari kassalari hamda shoxobchalari orqali.❗️Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 dekabr sanasidan boshlab nazoratchilar hamda suv ta’minoti xodimlari tomonidan iste’molchilardan naqd pul shaklida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti to‘xtatilgan.
Mazkur tartib sohada shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida joriy etilgan.
|📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸 |📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲 |📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲 |📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁 |📱𝗕𝗼𝘁 |📱𝗖𝗵𝗮𝘁 |📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸 |📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿
🚰 Hurmatli iste’molchilar!
Ichimlik suvi uchun to‘lovlarni har oyning 10-sanasigacha oldindan amalga oshirishingizni so‘raymiz.
O‘z vaqtida amalga oshirilgan to‘lovlar — uzluksiz va sifatli ichimlik suvi ta’minotining muhim kafolatidir.
💧“Navoiy suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati
|📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸 |📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲 |📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲 |📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁 |📱𝗕𝗼𝘁 |📱𝗖𝗵𝗮𝘁 |📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸 |📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X
Repost from O‘zsuvta'minot
“O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest dasturi (31-avgust – 6-sentabr)
00:40-Tizim samaradorligi: qurilishdan tortib iqtisodiy barqarorlikkacha.
01:19-Suv va ekologiya sohasining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi muhokama qilindi.
02:13-Fransiyaning “SUEZ” kompaniyasi hamda “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJ hamkorligida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahri ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimlarini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
02:50-OIIB bilan hamkorlik: suv infratuzilmasini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari.
03:26-Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yangi suv inshooti foydalanishga topshirildi.
04:36-Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan “Jiydakapa” suv inshooti to‘liq rekonstruksiya qilindi.
05:47-Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida oqova suv tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
06:33-Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Mang‘it” suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi.
07:16-“Salar” oqova suv inshootida noxush hidni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.
08:11-“O‘zsuvtaʼminot” AJda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurishga qaratilgan loyihalar doirasidagi ishlar tahlil qilindi.
08:40-Denov tumanida aholi uchun qulay va sanitariya talablariga mos muhit yaratish yo‘lida yana bir muhim loyiha amalga oshirildi.
09:19-Toshkent viloyati Chinoz shahar oqova suv tozalash inshooti foydalanishga topshirilish arafasida.
10:36-Reyd tadbirlari davom etmoqda.
12:00-Kanalizatsiya tizimi axlat qutisi emas!
12:37-Xalqni rozi qilish – eng ulug‘vor maqsadlardan biri.
|🌐Website | 🗝Cabinet |🤖Bot |😄Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |📹YouTube |🕊 X |💬Chat |✅ TikTok
#DIQQAT
❗️NAVOIY SHAHRINING AYRIM HUDUDLARIDA SUV TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI.
Navoiy shahar "Taraqqiyot" mahallasi hududidan o‘tuvchi diametri-160 mmli ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish uchun bugun 10-sentyabr soat 09:00 dan, 18:00 ga qadar quyidagi manzillarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʼxtatiladi:
📱"Lev Tolstoy" ko‘chasi 20а, 20b, 20v - uylar;
📱"Vatanparvar" ko'chasi 36, 38, 40, 40a, 40b, 42, 42а, 44, 46, 48, 48а, 50 - uylar;
📱Viloyat prokuraturasi binosi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilarimizdan uzr soʼraymiz.
📞 Murojaat uchun telefonlar:
779991255
792101004
792101005
770011255
💧"Navoiy suv ta'minoti" АJ Axborot xizmati
|📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸 |📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲 |📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲 |📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁 |📱𝗕𝗼𝘁 |📱𝗖𝗵𝗮𝘁 |📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸 |📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿
Repost from O‘zsuvta'minot
Markaziy Osiyoga suv emas, suv tanqisligiga tayyorgarlik yetishmayapti
Markaziy Osiyoda har besh kishidan qariyb to‘rt nafari bir nechta davlat hududidan oqib o‘tadigan transchegaraviy daryolar suviga tayanadi. Shu bois bir mamlakatdagi suv bilan bog‘liq o‘zgarish butun mintaqaga ta’sir qilishi mumkin.
🌡 Iqlim o‘zgarishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Mintaqaning ayrim hududlarida kuchli qurg‘oqchilik har 5–6 yilda takrorlanmoqda. Suv kamaygani sari qishloq xo‘jaligi, aholini suv bilan ta’minlash va energetika oldidagi muammolar ham ortib boradi.
Suv sohasiga esa 2,6 milliard dollargacha investitsiya yetishmaydi. Shunday ekan, masala endi faqat mintaqada qancha suv qolishida emas — suv kamaygan sharoitda mavjud infratuzilma qay darajada ishlay olishida.
Markaziy Osiyo suv sohasidagi zaif nuqtalarini allaqachon biladi
Markaziy Osiyoda suv masalasi bo‘yicha muhokamalar yangi bosqichga kirmoqda. Mintaqada iqlim bosimi kuchayib borayotganini ko‘rsatadigan dalillar yetarli. Endigi asosiy savol — institutlar, infratuzilma va investitsiyalar suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va energetikada yuzaga kelayotgan xavflarga qanchalik tez moslasha oladi?
Ostonada bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammit (RES-2026) va Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi konferensiyasi (CACCC-2026) doirasida muhokama qilingan ma’lumotlar mintaqadagi vaziyatning naqadar jiddiy ekanini ko‘rsatdi. Mintaqa aholisining qariyb 81 foizi Tyanshan va Pomir-Olay tog‘laridan boshlanadigan transchegaraviy suv tizimlariga tayanadi.
Biroq davlatlarning boshqa mamlakatlardan keladigan suvga qaramlik darajasi bir xil emas. Shu sababli suv xavfsizligini faqat bitta davlat doirasida hal qilishning o‘zi yetarli emas. Ayniqsa, daryolarning quyi oqimida joylashgan mamlakatlarning tashqi suv manbalariga bog‘liqligi yuqori. Konferensiyalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonning tashqi suvga bog‘liqligi 97 foizga, O‘zbekistonniki esa qariyb 80 foizga yetadi. Qozog‘iston ham transchegaraviy suv oqimlariga sezilarli darajada bog‘liq.
Manba: https://www.uzdaily.uz/ru/tsentralnoi-azii-ne-khvataet-ne-vody-a-gotovnosti-k-defitsitu/
|🌐Website | 🗝Cabinet |🤖Bot |😄Telegram |💬Facebook |🌐Instagram |📹YouTube |🕊 X |💬Chat |✅ TikTok
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi.
—
Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from SUVCHI
📞 Savollaringiz bormi? Yechimi — bir qo‘ng‘iroqda! 💧
🤔Suv hisoblagichingiz bilan bog‘liq muammoga duch keldingizmi?
🤔Uni o‘rnatish, yechish yoki davlat qiyoslov tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha savollaringiz bormi?
📣Endi kerakli ma’lumotni izlab vaqt yo‘qotishingiz shart emas. “Suvo‘lchagichxizmati” AJ Call-markaziga murojaat qiling!
👨💼 Mutaxassislarimiz murojaatingizni diqqat bilan tinglab, sizni qiziqtirgan savollarga kerakli ma’lumot va tushuntirishlar beradi.
⏱️ Vaqtingizni tejang — savollaringizni bizga yo‘llang!
📞 Call-markaz
☎️ +998 50 088 00 29
💧 “Suvo‘lchagichxizmati” AJ
Murojaatingiz uchun bir qo‘ng‘iroq kifoya!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#DIQQAT
‼️ NAVOIY SHAHRINING AYRIM HUDUDLARIDA SUV TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI.
Navoiy shahar "Тinchlik" mahallasi hududida joylashgan K-79p suv qudug‘ida diametri-300 mmli zulfinini ta‘mirlash maqsadida ertaga 9-sentyabr soat 10:00 dan, 18:00 ga qadar quyida nomlari keltirilgan manzillarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʼxtatiladi:
📱"Tinchlik" MFY(to‘liq);
📱Tinchlik Lokomativ DEPOsi;
📱"Navoiy suv ta'minoti" AJ 3-ko‘tarma texnik suv nasos stansiyasi;
📱NMZ Quymachilik sexi;
📱9-sonli umumta’lim maktabi;
📱17-sonli DMTT;
📱Harbiy xizmatga chaqiruv bo‘limi;
📱"Temir yo'l infratuzilma"(VTKU);
📱"Temir yo'l infratuzilma"(BEKAT);
📱"Temir yo'l infra tuzilma" (masofa va ishora);
📱"Uchquduq temir yo'l masofa" (garaj);
📱"Uchquduq temir yo'l masofa"(PCH-9);
📱"Imronbek-Islombek" MCHJ;
📱"Baxt klaster Karmana" MCHJ;
📱"Maxmud Miran Temur" MCHJ;
📱"Oqtosh Nukus" MCHJ;
📱"Mereniyoz Beryozka" MChJ;
📱"Ozodbek-Samirbek orzusi" XK;
📱"Quziyev G'ayrat Mevali bog'" MCHJ.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilarimizdan uzr soʼraymiz.
📞 Murojaat uchun telefonlar:
779991255
792101004
792101005
770011255
💧"Navoiy suv ta'minoti" АJ Axborot xizmati
|📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸 |📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲 |📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲 |📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁 |📱𝗕𝗼𝘁 |📱𝗖𝗵𝗮𝘁 |📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸 |📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿
#DIQQAT
‼️ NAVOIY SHAHRINING AYRIM HUDUDLARIDA SUV TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI.
Navoiy shahar "Тinchlik" mahallasi hududida joylashgan K-79p suv qudug‘ida diametri-300 mmli zulfinini ta‘mirlash maqsadida ertaga 9-sentyabr soat 10:00 dan, 18:00 ga qadar quyida nomlari keltirilgan manzillarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʼxtatiladi:
📱"Tinchlik" MFY(to‘liq);
📱Tinchlik Lokomativ DEPOsi;
📱"Navoiy suv ta'minoti" AJ 3-ko‘tarma texnik suv nasos stansiyasi;
📱NMZ Quymachilik sexi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilarimizdan uzr soʼraymiz.
📞 Murojaat uchun telefonlar:
779991255
792101004
792101005
770011255
💧"Navoiy suv ta'minoti" АJ Axborot xizmati
|📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸 |📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺 |📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲 |📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲 |📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁 |📱𝗕𝗼𝘁 |📱𝗖𝗵𝗮𝘁 |📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸 |📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿
