en
Feedback
Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)

Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)

Open in Telegram

Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати

Show more
892
Subscribers
No data24 hours
+117 days
+530 days
Posts Archive
Муборак Рамазон меҳр-оқибат, хайр эҳсон ойи. 5 ташаббус доираси МАКТАБ-ИНТЕРНАТНИНГ ўқитувчилари ўқувчилар учун ўз ҳимматларини аямадилар. Устозлардан тўрт нафари 29 номдаги китоблар билан бирга овоз кучайтирувчи мосламалар ҳадя этишди...

Китоб ўқишнинг 10 фойдаси 1️⃣ Асабийликка барҳам беради. Тадқиқотларга қараганда, 10 дақиқали мутолаа асабийликни икки баравар камайтиради. 2️⃣ Уйқусизлик қийнамайди. Тунги чироқ остида китоб ўқиш мияни дам олишга тайёрлайди. 3️⃣ Кўнглингиз юмшайди. Мутолаа туфайли инсонларни яхшироқ тушуна бошлайсиз. 4️⃣ Мияни чархлайди. Китоб ўқигач, инсон миясида нерв толалари сони кўпаяди. 5️⃣ Курашишга ўргатади. Китоб ўқиш тушкунликдан чиқишга ёрдам беради. 6️⃣ Чиройингизни очади. Юқори ақлий салоҳият атрофдагиларнинг эътиборини тортади, сизни мафтункор кўрсатади. 7️⃣ Хатосиз ёза бошлайсиз. Кўп китоб ўқиганлар бехато ёзадилар. 8️⃣ Чет тилларни ўрганишга ёрдам беради. Янги материалларни осон тушунасиз ва яхши эслаб қоласиз. 9️⃣ Ижодий салоҳиятингиз ўсади. Китоб ўқимай тузукроқ қўшиқ куйлаган, мусиқа ёзган, роль ижро этган, режиссёрлик қилган одам борми? 🔟 Нутқингиз ривожланади. Фикрингизни тиниқ баён этишга ўрганасиз. Сўз бойлигингиз ошади.

Китоб – хазина “Агар сиз фарзандингизга данғиллама уй қуриб берсангиз-вақти соати келиб, у эскириши мумкин. Агар энг зўр маши
Китоб – хазина “Агар сиз фарзандингизга данғиллама уй қуриб берсангиз-вақти соати келиб, у эскириши мумкин. Агар энг зўр машина олиб берсангиз - уям тез орада эскириши мумкин. Агар унга моддий бойлик, пул қолдирсангиз - уям бир кун сарф бўлиб тугаши мумкин. Аммо дунёда ҳеч қачон эскирмайдиган, йўқолмайдиган бебаҳо бир бойлик борки, у ҳам бўлса, фарзандингизга берган билим ва ҳунардир. Лекин билим ва маърифатни қаердан, нимадан олиш мумкин? Аввало, китоб деган хазинадан”. Ш.М. Мирзиёев

AnimatedSticker.tgs0.02 KB

XUSHXABAR 1-DIMI o'quvchilari doimgidek ustozlari bergan bilimni oqlab kelishmoqda.... Al- Xorazmiy olimpiadasida Kitob tumani 1- DIMI ning 8-"A" sinf o‘quvchisi Abdullayev Ozodbek matematika fanidan (43,3 ball bilan) faxrli 1- o‘rinni egalladi,ustozi Halimov Burxon. Kimyo fanidan 8-"G" sinf o‘quvchisi Vaxobov Shaxbozxon(34 ball bilan) 2- o‘rinni egalladi, ustozi Tursunov Ulug‘bek. Biologiya fanidan 8-"A" sinf o‘quvchisi Abdiyev Javohir (41ball bilan)3- o‘rinni egalladi, ustozi Jalilov Eldor. Sizlar bilan faxrlanamiz, barakalla,faqat olg'a qadam bosing,g'alaba siz tomonda!👏👏👏

XUSHXABAR 1-DIMI o'quvchilari doimgidek ustozlari bergan bilimni oqlab kelishmoqda.... Al- Xorazmiy olimpiadasida Kitob tumani 1- DIMI ning 8-"A" sinf o‘quvchisi Abdullayev Ozodbek matematika fanidan (43,3 ball bilan) faxrli 1- o‘rinni egalladi,ustozi Halimov Burxon. Kimyo fanidan 8-"G" sinf o‘quvchisi Vaxobov Shaxbozxon(34 ball bilan) 2- o‘rinni egalladi, ustozi Tursunov Ulug‘bek. Biologiya fanidan 8-"A" sinf o‘quvchisi Abdiyev Javohir (41ball bilan)3- o‘rinni egalladi, ustozi Jalilov Eldor. Sizlar bilan faxrlanamiz, barakalla,faqat olg'a qadam bosing,g'alaba siz tomonda!👏👏👏

7-8-sinf o‘quvchilari o'rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy (viloyat)
+1
7-8-sinf o‘quvchilari o'rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy (viloyat) bosqichi bo'lib o'tmoqda. Olimpiadaning viloyat bosqichi hududlarda bir kun davom etadi, jarayonlar bir vaqtda soat 10:00 da boshlandi. Olimpiadaning viloyat bosqichida har bir fan bo‘yicha 2021-yil dekabr oyida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpidasining tuman bosqichida 1 – 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ta’lim muassasalarining 3 nafardan 7 – 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda. Mazkur bosqichda har bir fan kesimida g'olib bo'lgan 3 nafardan o'quvchilar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etadi. Mazkur olimpiada g'oliblari kelgusida o'tkaziladigan xalqaro matematika musobaqasi (IMC), xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) da ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyat hokimi sovrini uchun o'tkazilgan olimpiadaning tuman bosqichida 11-sinf o‘quvchilari Samadov Sevinchbek matematika fanidan,Muqumjonov Abdurahmon tarix fanidan va Rizaqulov Azizbek ingliz tili fanidan faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.Kuni kecha o‘tkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichida matematika fanidan Samadov Sevinchbek faxrli 1-o‘rinni qo'lga kiritdi... O'quvchilarni va ularning o'qituvchilarini tabriklaymiz

#tonggi_xushxabar Madina Suyunova navbatdagi Xalqaro olimpiada sovrindori! Kitob tumanidagi 1-IDUMI 9-sinf o‘quvchisi Madina Suyunova Muhiddin qizining matematika fanidan nufuzli tanlovlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali doimiy yoritilib kelinmoqda. Ustozi "Xalq o‘qituvchi" unvoni sohibi Baxtiyor Abdiyev rahbarligi ostida navbatdagi Xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqdaligi yuzasidan xabar bergan edik. Joriy yilning 11-16 mart kunlari Adigeya Respublikasi Maykop shahrida 7-Xalqaro matematika olimpiadasi (SMO-2022) bo‘lib o‘tdi. Unda 8 xorijiy mamlakatdan 70 nafar va 19 ta qo‘shni respublikalardan 90 nafar ishtirokchi masofaviy tarzda qatnatshdi. 2 turda bo‘lib o‘tgan tanlovda jami 8 ta masala berilib, 7 balldan baholandi va yechish uchun 4 soat vaqt ajratildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston yoshlari (Junior) termasi jami 7 ta medal: 1 ta oltin🥇, 5 ta kumush🥈 hamda 1 ta bronza🥉 medallarini qo‘lga kiritishdi. Mazkur tanlovda ham Madina munosib tarzda ishtirok etdi va 3-o‘rinni egallab, milliy termada o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi👏👏👏.

#XUSHXABAR Suyunova Madina matematika fanidan o‘tkazilgan Kavkaz olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi!
#XUSHXABAR Suyunova Madina matematika fanidan o‘tkazilgan Kavkaz olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi!

Нуруллаева Мадинабону пианино буйича Украинада булган онлайн танловдан 3-урин,Республика ёш ижрочилар онлайн танловида 2-урин
+1
Нуруллаева Мадинабону пианино буйича Украинада булган онлайн танловдан 3-урин,Республика ёш ижрочилар онлайн танловида 2-уринни ку́лга киритди.

#olimpiada Qashqadaryo viloyat hokimi sovrini uchun o'tkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichida biologiya fanidan Kitob tuma
#olimpiada Qashqadaryo viloyat hokimi sovrini uchun o'tkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichida biologiya fanidan Kitob tumani 1-IDUMIning 9-sinf o'quvchisi Norbutayev Alibek faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. O'quvchimizni tabriklaymiz! O'qituvchisi: Eshimov Isomiddin Ibragimovich. @kitobtxtb_axborot

Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari bilan tanishing. ✅Ro'ziboyev Jasurbek Jo'rabekovich, Buxoro viloyati Qorako'l xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o'quvchisi; ✅Rajabboyev Lazizbek Zafarjonovich, Buxoro viloyati Qorako'l xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o'quvchisi; ✅Rakhmatov Anvarbek Zufarjonovich, Buxoro viloyati Qorako'l xalqaro matematika maktabi, 10-sinf o'quvchisi; ✅Suyunova Madina Muhiddin qizi, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM 9-sinf o'quvchisi; Ishtirokchilarga jami 4 ta masala beriladi. Ushbu masalalarni yechish uchun 4 soat vaqt ajratilgan bo'lim jarayon onlayn tarzda tashkilotchilar tomonidan kuzatib boriladi. Hozirda ushbu olimpiadada turli davlatlardan jami 140 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda. Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz. 🤲 Batafsil:👉 https://cmo.adygmath.ru/ 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz 📲 👉@olimpdep

VII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasiga start berildi. Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘
VII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasiga start berildi. Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin. 👉 https://www.youtube.com/watch?v=wFejR7aOJMA 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz 📲 👉@olimpdep