en
Feedback
Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)

Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)

Open in Telegram

Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати

Show more
892
Subscribers
+424 hours
+117 days
+830 days
Posts Archive
Байрам муносабати билан 8-"А" синф ўқувчилари бугун ўтказилган ота-оналар мажлисида ўзларининг дил изҳорлари билан онажонлари
+8
Байрам муносабати билан 8-"А" синф ўқувчилари бугун ўтказилган ота-оналар мажлисида ўзларининг дил изҳорлари билан онажонларини табриклашди...

+6
7-V sinf rahbari, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Lola Boymirzayeva tomonidan o‘tkazilgan "Onajonim quyoshim, yodga tushsa onam allasi" mavzusida o‘tkazilgan ochiq tarbiyaviy soatdan lavhalar.

1-DIMI ning sobiq óquvchisi, Ózbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurtining 5-kurs kursanti Azizov Saidmurod Tó
+7
1-DIMI ning sobiq óquvchisi, Ózbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurtining 5-kurs kursanti Azizov Saidmurod Tólqin óģli maktab -internatning 10-11-sinf óquvchilari bilan OHABYu dagi óqish jarayoni va sharoitlari tóģrisida uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

1-ДИМИ жисмоний тарбия фани ўқитувчиси Умматов Роберт Албертовичнинг очиқ дарсидан лавҳалар
1-ДИМИ жисмоний тарбия фани ўқитувчиси Умматов Роберт Албертовичнинг очиқ дарсидан лавҳалар

📹 Zulfiyaxonim hayoti va ijodi

E‘zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur, Asli Siz - oftobim, men ziyosiman. Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur, Baxtim shul - o`z
E‘zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur, Asli Siz - oftobim, men ziyosiman. Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur, Baxtim shul - o`zbekning Zulfiyasiman! Zulfiyaxonim 108 yoshda... @KORGAZMALAR_DUNYOSI

Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1 mart 1915 yilda tug'ilg
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1 mart 1915 yilda tug'ilgan. Atoqli shoira sadoqat va vafo kuychisi sifatida bir umrga yodimizda qolajak Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim. Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, Yangi qo‘shiq talab unda har saboq. Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima — bildim. Shu-da bir yashash!.. @KORGAZMALAR_DUNYOSI

Yuqoridagi havola orqali "Mitti akademiya" xususiy maktabining facebook sahifasini kuzatib boring.

Bugun tunda kelarmish, Bahor... Derazangdan mo‘ralab asta, Gul yuzingdan bo‘lib shikasta, Uzun qishga siltab qo‘lini, Ham qalbingdan boshlab yo‘lini, To‘qqiz oyki, elarmish bahor, Bugun tunda kelarmish bahor... Qoru muzni suvga g‘arq qilib, Izg‘irinni butkul tark qilib, Eshitgandek mening nolamni, Guldastaga o‘rab olamni - Tushda boshing silarmish bahor, Bugun tunda kelarmish bahor... Go‘zallikni eltib jahonga, Sano aytib har o‘tgan onga, Jamolingga bo‘lib mahliyo, Istarangdan olgancha ziyo, Bizga iqbol tilarmish Bahor, Bugun tunda kelarmish Bahor.. Unutilar hazonrez kuzak, Tabassuming yuzingga bezak. Mehrlaring menga og‘dirib, Yomg‘irlarni yerga yog‘dirib, Suvlarini elarmish Bahor, Bugun tunda kelarmish Bahor.. Hissiyotga to‘ldirib dilni, Kengaytirib kichik ko‘ngilni, Duolarga ijobat etib, Tabiatni chamanzor etib, Baxtimizdek kularmish Bahor, Bugun tunda kelarmish Bahor! Zulfiya Isroilova

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-DIMIning matab kutubxonasida Zulfiyaxonim tavalludining 108 yiligi munosabati bilan faol
+2
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-DIMIning matab kutubxonasida Zulfiyaxonim tavalludining 108 yiligi munosabati bilan faol kitobxon òquvchilar bilan hamkorlikda mushoira kechasi tashlik etildi. Tadbirda òquvchilar Zulfiyaxonim she'rlaridan namunalar aytishdi.

Хаётингиздан Шукроналик билан Яшанг.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-DIMIda buyuk bobakalonlarimiz g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 582 yilligi
+4
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-DIMIda buyuk bobakalonlarimiz g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 582 yilligi hamda shoh va shoir Z.M.Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda õquvchilar tomonidan Shoir ğazallaridan ijro etdilar, sahna kõrinishlar namoyish etildi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 1-DIMIda o'zbek adabiyotining yirik vakili Z.M.Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida shoh va shoir Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlar hamda shoir ijodidan ruboiylar, ğazallar yod aytildi.

🇺🇿HAR KIMKI VAFO QILSA, VAFO TOPQUSIDIR 📌📌Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-DIMIning 6-"A" sinf o'quvchilari bilan
+2
🇺🇿HAR KIMKI VAFO QILSA, VAFO TOPQUSIDIR 📌📌Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-DIMIning 6-"A" sinf o'quvchilari bilan Shox va shoir Z.M.Bobur  hayoti va ijodiga bag'ishlangan  "Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir"  mavzusida davra suhbati  o'tkazildi.  📙O'quvchilar Z.M.Bobur ijodiga mansub g'azal va ruboiylari bilan  o'tirganlarni xushnud etdilar. 🇺🇿#Qashqadaryo_viloyati_bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati Telegram | Facebook

19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI 🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 21 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qirg'iziston, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya, Qozog'iston, Germaniya, Peru, Misr, Ukraina) 1238 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 515 nafar, fizika fanidan - 341 nafar, informatika fanidan - 382 nafar) ishtirok etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Ular bilan tanishing: 🧲 FIZIKA FANI BO‘YICHA: Sultonov Javohir Xurshidovich — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali; 🖥 INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA: Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li — Andijon viloyati, Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali; Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali; Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li — Namangan viloyati, Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali; Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali; Jurabekov Otabek Jurabek o‘g‘li — Toshkent shahar, Profi School NTM ning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali; 📐MATEMATIKA FANI BO‘YICHA: Raxmatov Anvar Zufarjonovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali; Axtamov Ozodbek To‘lqinovich — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali; Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li — Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali; Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali; Ortiqov Yusufjon Shamshodovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi🥉bronza medali; Erkinboyev Kamronbek Temurmalik o‘g‘li — Namangan viloyati Namangan Davlat Universiteti akademik litseyining II bosqich o‘quvchisi, 🥉bronza medali; Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 🥉bronza medali; 📌Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son Qaroriga muvofiq mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun o'tkaziladigan saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi hamda o'rnatilgan tartibda g'olib o'quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Yuqoridagi xalqaro Jautikov olimpiadasi ham mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 📲👉@olimpdep