cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Surxondaryo Davaktiv

📌Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, M.Qoshg'ariy ko'chasi, 36-а uy, 📩[email protected] 📅 Qabul kunlari: Dushanba - Juma 09:00-18:00 ☎️Telefon (76) 223-39-21

Show more
Advertising posts
201
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. "Siyosiy-ma’rifat soati"ni Surxondaryo viloyat Davlat aktivlari va Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish hududiy boshqarmalari xodimlari onlayn kuzatib borishdi. O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi: ◽️Davlat ramzlari g’urur va iftixorimiz ◽️Davlat xizmatchilarining sog’lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash ▫️"Mutolaa vaqti” ▫️Qonunchilikdagi yangiliklar ▫️O‘zbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar Ushbu o‘quv soatini boshqarma xodimlari Agentlikning youtube platformasidagi rasmiy sahifasii orqali kuzatib borishdi.
Show all...
🗓 3 май — Жаҳон матбуоти эркинлиги куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясида 1993 йилнинг 3 май санасини "Халқаро матбуот эркинлиги куни" деб эълон қилиш ва шу кунда Халқаро матбуот эркинлиги куни нишонланиши ҳақида махсус резолюция қабул қилинган. Ўшандан буён ҳар йили 3 май куни дунё бўйлаб Халқаро матбуот эркинлиги куни нишонланади. Юртимиздаги барча матбуот ходимлари, журналистларга 3 май –Жаҳон Матбуоти эркинлиги куни муборак бўлсин. https://t.me/+IZG-2o7ESO9lOGYy
Show all...
Мамлакатимизда тадбиркорлик ва бизнесни қўллаб-қувватлаш мақсадида қатор аниқ чоралар ишлаб чиқилган. Эндиликда хорижий сармоядорлар акциялардан олинаётган дивидендлар бўйича солиқлардан уч йил муддатга озод этилади. Яқинда хусусийлаштириш тўғрисидаги қонун қабул қилинди. 250 та йирик корхонанинг давлат улушини ва салкам 1000 та кўчмас мулк объектларини сотиш, 12 та корхона акцияларини фонд бозорларида бирламчи оммавий жойлаштириш (IPO) учун янги дастур ҳам ишга туширилди. Тадбиркорлар барқарорлиги рейтинги жорий этилди. Юқори рейтингга эга тадбиркорлик субъектлари учун солиқ текширувлари ўтказилмайди. Facebook|Instagram|X
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг ялпи мажлисида нутқ сўзламоқда. Давлатимиз раҳбари форум иштирокчиларини самимий қутлаб, йилдан-йилга яхши анъанага айланиб бораётган ушбу формат доирасида юртимизда дунёнинг барча қитъаларидан янгидан-янги ишончли ҳамкорлар жам бўлаётганини таъкидлади. Ўтган уч йил давомида мазкур форум икки ва кўп томонлама ҳамкорликни кенгайтириш, энг долзарб муаммоларни муҳокама қилиш, илғор ғоя ва ёндашувларни ишлаб чиқиш учун самарали мулоқот майдонига айланди. Бугунги тадбирда 93 та давлатдан икки ярим мингдан ортиқ хорижий меҳмонлар келгани ҳам форумнинг аҳамияти тобора ортиб бораётганини яққол тасдиқлайди. Бу ўз навбатида, мамлакатимизда ортга қайтмас тус олган ислоҳотларга, ўзаро манфаатли ҳамкорликни йўлга қўйишга бўлган улкан қизиқишдан далолат беради. Facebook|Instagram|X
Show all...
Бизнинг асосий мақсадимиз – Ўзбекистонни хорижий инвесторлар учун ишончли ва узоқ муддатли ҳамкорга айлантиришдир”,
- деди Президент Шавкат Мирзиёев. Давлатимиз бозор муносабатларини ривожлантиришни, инвесторлар ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишини, қулай инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини янада такомиллаштиришни, ҳалол рақобат учун янада кенг шарт-шароитлар яратишни, хусусий мулк дахлсизлиги ва суд тизимининг мустақиллиги таъминланишини ўз зиммасига олмоқда. Бу тамойиллар ўтган йили умумхалқ референдумида қабул қилинган янги Конституциямизда қатъий муҳрлаб қўйилди. Facebook|Instagram|X
Show all...
4-kun, 4-may: 🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi); 🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 09:00 dan 18:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida); 🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Milliy kurash musoboqalari (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (“Xo‘jaqo‘chqor ota” ziyoratgohi, “Zovboshi” eko hududida); 🕔 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Tumandagi turizm obyektlarida infotur (Belgilangan hududlarda, alohida reja asosida); 🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, arqon tortish va boshqa milliy xalq o‘yinlari (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 18:00 dan 22:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan viloyatlardan kelgan folklor jamoalar ijrosidagi gala konsert (Amfiteatr markaziy sahnasida). 5-kun, 5-may: 🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi); 🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Milliy kurash musoboqalari (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 16:00 dan 17:00 gacha – Sport va madaniy tadbirlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida); 🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Viloyat musiqali drama teatri jamoasining konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida). 6-kun, 6-may: 🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi); 🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Uloq-ko‘pkari musoboqalari (Boysun tumani Inkabod mahallasi hududida); 🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (Inkabod mahallasi “Qizil kanyon” hududida); 🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan folklor jamoalar ijrosidagi konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida). 7-kun, 7-may: 🕗 soat 09:00 dan 12:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 11:00 dan 14:00 gacha – Festivalning tantanali yopilish va taqdirlash marosimi (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕗 soat 14:00 dan boshlab – Festival ishtirokchilari va mehmonlarini kuzatish (Termiz xalqaro aeroporti va Boysun tumani temir yo‘l vokzalida). Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining yetti kunlik dasturi bilan tanishing! Joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan turizm kompleksida har ikki yilda bir marotaba bo‘ladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi. Festival dasturidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan. 1-kun, 1-may: 🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Xalqaro folklor festivali mehmonlarini kutib olish (Termiz xalqaro aeroporti va Boysun tumani temir yo‘l vokzalida); 🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ilmiy-amaliy konferensiyasi (Termiz davlat universitetida). 2-kun, 2-may: 🕗 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Velo marafon musobaqalari (“Xo‘jamayxona” ziyoratgohi yo‘llarida); 🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalar chiqishlari (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida); 🕗 soat 11:00 dan 13:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida); 🕔 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Uzun va Sariosiyo tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumani “Alpomish” o‘yingohida); 🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Festivalning tantanali ochilishi tadbiri (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕗 soat 21:00 dan 21:30 gacha – “Dron” shou tomoshalari (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕔 soat 21:30 dan 22:00 gacha – Mushakbozlik (Amfiteatr markaziy sahnasi). 3-kun, 3-may: 🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida); 🕗 soat 10:00 dan 12:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalarni taqdirlash marosimi (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕗 soat 12:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ishtirokidagi ko‘rik-tanlov (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (“Omonxona” oromgohi, “Xo‘ja Sulton valiy” va “Kamari aziz” ziyoratgohlarida); 🕔 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Boysun tumanidagi turizm obyektlariga infotur (Belgilangan hududlarda, alohida reja asosida); 🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Varrak uchirish, qo‘chqor urishtirish va boshqa etno sport turlari bo‘yicha musobaqalar (Turizm kompleksi hududida); 🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan viloyatlardan kelgan folklor jamoalar ijrosidagi gala konsert (Amfiteatr markaziy sahnasida); 🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Sherobod va Termiz tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumanidagi “Yoshlar” bog‘ida).
Show all...
⚡️“Бойсун баҳори” халқаро фольклор фестивалининг 1-куни тадбирлари билан танишинг: 🗓 1 май, 2024 йил: 🕗 соат 07:00 дан 10:00 гача – Термиз халқаро аэропорти ва Бойсун темир йўл вокзалида фестивал меҳмонларини тантанали кутиб олиш; 🕗 соат 14:00 дан 16:00 гача – Термиз давлат университетида “Сурхон воҳасининг инсоният цивилизациясидаги ўрни: моддий ва номоддий маданият асослари” мавзусида халқаро илмий-амалий конференция. Сурхондарёдаги тезкор янгиликлар каналига обуна бўлинг ❗️❗️❗️ https://t.me/joinchat/AAAAAFPwXpssSNOiNyR2Sg
Show all...
🗣"Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashish uchun arizalar qabul qilinadi ➡️Batafsil: O’zb / Ўзб / Рус / Eng ⬅️ ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
Show all...
Repost from N/a
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 593 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling. 🔷 Oltinsoy tumanidan 160 ta (ko'rish) 🔷 Angor tumanidan 214 ta (ko'rish) 🔷 Bandixon tumanidan 307 ta (ko'rish) 🔷 Boysun tumanidan 358 ta (ko'rish) 🔷 Muzrabot tumanidan 393 ta (ko'rish) 🔷 Denov tumanidan 446 ta (ko'rish) 🔷 Jarqo‘rg‘on tumanidan 389 ta (ko'rish) 🔷 Qumqo‘rg‘on tumanidan 581 ta (ko'rish) 🔷 Qiziriq tumanidan 506 ta (ko'rish) 🔷 Sariosiyo tumanidan 151 ta (ko'rish) 🔷 Termiz tumanidan 1005 ta (ko'rish) 🔷 Uzun tumanidan 397 ta (ko'rish) 🔷 Sherobod tumanidan 436 ta (ko'rish) 🔷Sho‘rchi tumanidan 171 ta (ko'rish) 🔷Termiz shahridan 79 ta (ko'rish) ☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili 👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram |
Show all...
👍 1