🏛 QULAY TARIX | Majburiy blok
Open in Telegram
👉Tarixni tushungan va endi boshlaganlar uchun MAXSUS KANAL ✅ @REKLAMA_CHEGIRMA Aloqa bot: 👉 @Tarixchi_sobir_bot Murojaat uchun: @sobir_matkarimov ☜
Show more3 922
Subscribers
-1524 hours
-897 days
-65430 days
Posts Archive
11_O'ZBEKISTON_TARIXI_2025_14_15_MAVZULAR_OSON_O'ZLASHTIRISH.pdf2.74 KB
🇮🇹 ITALIYA QIROLLARI
👑 Viktor Emmanuel II (1861–1878)
- Italiya Qirolligining birinchi qiroli.
- Italiyani birlashtirish harakatining asosiy arboblaridan biri.
- 1861-yilda Italiya qirolligi e’lon qilingach, birinchi qirol bo‘ldi.
- 1870-yilda Rimning qo‘shilishi bilan Italiya birlashuvi deyarli yakunlandi.
👑 Umberto I (1878–1900)
- Viktor Emmanuel II ning o‘g‘li.
- Uning davrida Italiya sanoatlashuv va mustamlakachilik siyosatini kuchaytirdi.
- 1900-yilda anarxist Gaetano Bresci tomonidan suiqasd natijasida o‘ldirilgan.
👑 Viktor Emmanuel III (1900–1946)
- Italiya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan qirol.
- Birinchi jahon urushi davrida qirol bo‘lgan.
- 1922-yilda Benito Mussolinini hukumat boshlig‘i etib tayinlagan.
- Mussolini va fashistlar hokimiyatni kuchaytirgan davrda qirol davlat boshlig‘i bo‘lib qolgan.
- Ikkinchi jahon urushining oxirida Mussolini hokimiyatdan chetlatildi.
- 1946-yilda taxtdan voz kechdi.
👑 Umberto II (1946)
- Viktor Emmanuel III ning o‘g‘li.
- Italiya tarixidagi so‘nggi qirol.
- 1946-yil may oyida taxtga chiqdi.
- 1946-yil 2–3-iyun kunlari o‘tkazilgan referendumda italiyaliklar monarxiyani bekor qilishni tanladilar.
- Shundan so‘ng Italiya respublikaga aylandi va Umberto II surgunga ketdi.
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
+1
✅ 6-sinf Tarix
✅ 1-5 mavzu
✅ o'zingizni sinab ko'ring
☝️ Ixtirolarni adashtirib yuradiganlarga tashlab qo'ying. Bu materiallar aynan ular uchun.
💥Tayyorladi: @sobir_matkarimov
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
+2
✅ 8-sinf Jahon tarixi - 2024
✅ 1-9 mavzu xronologiya
✅ o'zingizni sinab ko'ring
💥Tayyorladi: @sobir_matkarimov
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
+2
✅ 8-sinf Jahon tarixi - 2024
✅ 1-9 mavzu xronologiya
✅ o'zingizni sinab ko'ring
👉 Javobi keyinroq e'lon qilinadi
💥Tayyorladi: @sobir_matkarimov
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
#SAVOL
U 1157-yil 8-sentabrda Oksfordda tavallud topgan.
U buyuk qirol Genrix II va Akvitaniyalik Eleonoraning oʻgʻli edi. Ular Yevropadagi eng badavlat va qudratli oilalardan biri boʻlgan.
Yoshligida onasi va akalari bilan birgalikda otasi Genrix II ga qarshi bir necha bor isyon koʻtirgan. 1189-yilda otasi vafot etgach, u Angliya taxtiga oʻtirdi.
Uning tarixda qolishiga eng katta sabab — Uchinchi Salib yurishidagi (1189–1192) ishtiroki boʻldi. U Quddusni musulmonlar sarkardasi Salohuddin Ayyubiy qoʻshinlaridan ozod qilish uchun Yevropadan katta qoʻshin boshlab bordi.
Yoʻl-yoʻlakay Kiprni zabt etdi va Arsuf jangida Salohuddin ustidan yirik gʻalabaga erishdi. Biroq qoʻshinning ozligi, kasalliklar va ichki ziddiyatlar tufayli Quddusni toʻla egallay olmadi. Shunga qaramay, u musulmonlar va nasroniylar oʻrtasida ziyoratchilar uchun Quddusga erkin kirish huquqini beruvchi sulh tuzishga erishdi.
1192-yilda Yevropaga qaytayotganda, oʻzining siyosiy dushmani boʻlgan Avstriya gersogi Leopold V tomonidan qoʻlga olinib, Muqaddas Rim imperatori Genrix VI ga topshirildi. U Germaniyada qamoqda saqlandi.
Angliya xalqi oʻz qirolini ozod qilish uchun ulkan miqdorda tovon puli yigʻib berdi va nihoyat 1194-yilda u ozod qilindi.
Ozodlikka chiqqach, u oʻz yerlarini qaytarib olish uchun Fransiyaga qarshi urush qildi. 1199-yilda Fransiyadagi Shalu qal'asini qamal qilish chogʻida arbaletdan otilgan oʻqdan yaralandi. Koʻp oʻtmay, jarohat infeksiyasi tufayli 1199-yil 6-aprelda 41 yoshida vafot etdi.
Qizigʻi shundaki, u ingliz tilini deyarli bilmagan va oʻz saltanatidan koʻra Fransiyadagi mulklarini (Akvitaniya va Normandiya) afzal koʻrgan.
Shunga qaramay, inglizlar uni jasurlik va ritsarlik ramzi sifatida qadrlashgan.
Uning nomi ingliz xalq ogʻzaki ijodidagi mashhur qahramon — Robin Gud afsonalari bilan chambarchas bogʻliq (rivoyatlarga koʻra, Robin Gud aynan shu qirol davrida adolat uchun kurashgan).
❓Gap kim haqida bormoqda?
🟢 Tun testi
Ketma-ketlikda joylashtiring.
1. Ertugrul
2. Mehmet I
3. Mehmet II
4. Murod I
5. Murod II
6. O'rxon
7. Sulton Salim I
8. Usmon I
9. Yildirim Boyazid
A) 1,8,6,4,5,2,3,9,7
B) 1,8,6,2,3,4,5,7,9
C) 1,8,6,4,9,2,5,3,7
D) 1,8,6,2,3,7,4,5,9
💥Tayyorladi: @sobir_matkarimov
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
👉 @qulay_tarix 👈
