en
Feedback
NARPAY TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

NARPAY TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

Open in Telegram
491
Subscribers
-124 hours
-37 days
-1830 days
Posts Archive
MA’RIFIY UCHRASHUV — YUKSAK RUH VA ILHOM MASKANI 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” s
+8
MA’RIFIY UCHRASHUV — YUKSAK RUH VA ILHOM MASKANI 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Narpay tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida Narpay tumani ixtisoslashtirilgan maktabi faollar zalida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. ✨ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, estrada xonandasi Alisher Ro‘zmetov, viloyat musiqali drama teatri aktyori, qiziqchi Fazliddin Boliqulov, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Narpay farzandi Zulfiya Muminova ishtirok etdi. 🎭 Tadbir davomida san’at va adabiyot namoyandalari tomonidan Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, ona yurtga sadoqat, tinchlik va bugungi farovon hayotning qadr-qimmati haqida samimiy fikrlar bildirildi. Ijodkorlarning badiiy chiqishlari esa uchrashuvga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🌈SEMINAR - FORUM Joriy yilning 20-avgust kuni Narpay tumanidagi 17-maktabda "Beshinchi Ustozlar milliy forumi" bo'lib o'tdi.
+8
🌈SEMINAR - FORUM Joriy yilning 20-avgust kuni Narpay tumanidagi 17-maktabda "Beshinchi Ustozlar milliy forumi" bo'lib o'tdi. Forumda yangi o'quv yili uchun kerakli ma'lumotlar berildi va yangiliklar bilan tanishtirildi.

#2_kun ✅Samarqand viloyatida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazila
+4
#2_kun ✅Samarqand viloyatida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlari davom etmoqda.

🇺🇿 SAMARQANDDA V “USTOZLAR MILLIY FORUMI”GA START BERILDI 🌐 Bugun Samarqand shahrida“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston ta
+8
🇺🇿 SAMARQANDDA V “USTOZLAR MILLIY FORUMI”GA START BERILDI 🌐 Bugun Samarqand shahrida“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi o‘z ishini boshladi. 📍 Forumning ochilish marosimi Samarqand shahridagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda forum ishtirokchilari 9 ta sho‘ba bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. 🎯 Mazkur nufuzli ta’lim anjumani yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ustozlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan. 💡 Forum doirasida ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilmoqda. 📚 “Ustoz — millat kelajagini tarbiyalaydi!”

Ishga marhamat! Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi quyidagi vakant o‘rinlarga tanlov e’lon qiladi: 6-,10-,70-,24-,67-,50-,
Ishga marhamat! Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi quyidagi vakant o‘rinlarga tanlov e’lon qiladi: 6-,10-,70-,24-,67-,50-,32-,40-,66-umumta’lim maktablari uchun maxsus pedagog (1 shtat) lavozimiga nomzodlar qabul qilinadi. Talablar quyidagicha: Ma’lumot: Kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha maxsus pedagogika, defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatgan bo‘lishi. (Magistratura yoki ilmiy darajaga egalik afzallik beradi.) Mutaxassislik: Maxsus pedagogika, Defektologiya (surdopedagog) yo‘nalishi. Mehnat staji: Talab etilmaydi. Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalari va internetdan mustaqil foydalana olish. Qo‘shimcha talablar: Maktabgacha va maktab ta’limiga oid qonunchilik hamda ichki me’yoriy hujjatlardan xabardorlik; Davlat tilini mukammal bilish; rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi. 📞Murojaat uchun telefon: +998 (95) 358-09-92

OGOHLIK DAVR TALABI 💥💥💥 2026 yil 18-iyul kuni Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tumandagi umumta'lim m
+5
OGOHLIK DAVR TALABI 💥💥💥 2026 yil 18-iyul kuni Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tumandagi umumta'lim maktablari psixologlariga "Giyohvandlik va uni oldini olish" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda MvaMTB boshlig'i Z. Daminova giyohvandlik, uning turlari va uning oldini olishda psixologlarning vazifalari hamda yangi o'quv yilida barcha psixologlarning chora-tadbirlari haqida gapirdi. Yig'ilish so'nggida tuman psixolog-metodisti G.Barnoxo‘jayeva kelgusidagi vazifalar haqida topshiriqlar berdi.

Samarqand viloyati Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7-,56,62-maktablarda 17-iyun kuni 11-sinf o
+8
Samarqand viloyati Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 7-,56,62-maktablarda 17-iyun kuni 11-sinf oʻquvchilariga kasbiy taʼlim yoʻnalishlarida "Kompyuter operatorlik", " Qandolatchilik" va "Tikuvchilik" boʻyicha yakuniy imtihonlar boʻlib oʻtdi.

OCHIQ MULOQOT Joriy yilning 17-iyun kuni Narpay tumanidagi 1-son texnikumida 9-sinf bitiruvchilari uchun "Ochiq muloqot" tadb
+4
OCHIQ MULOQOT Joriy yilning 17-iyun kuni Narpay tumanidagi 1-son texnikumida 9-sinf bitiruvchilari uchun "Ochiq muloqot" tadbiri tashkil etildi. Tadbirga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli barcha maktab direktorlari, 9-sinf oʻquvchilari, ota-onalar, sinf rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbirda 1-son, 2-son va 3-son texnikumi xodimlari taqdimot qilib, ishtirokchilarining savollariga to'liq javob berdilar. Yoshlarning kelajagiga ma'suliyatli bo'lish hammamizni vazifamiz ekanini unutmaylik.

OCHIQ MULOQOT Joriy yilning 17-iyun kuni Narpay tumanidagi 1-son texnikumida 9-sinf bitiruvchilari uchun "Ochiq muloqot" tadb
+4
OCHIQ MULOQOT Joriy yilning 17-iyun kuni Narpay tumanidagi 1-son texnikumida 9-sinf bitiruvchilari uchun "Ochiq muloqot" tadbiri tashkil etildi. Tadbirga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli barcha maktab direktorlari, 9-sinf oʻquvchilari, ota-onalar, sinf rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbirda 1-son, 2-son va 3-son texnikumi xodimlari taqdimot qilib, ishtirokchilarining savollariga to'liq javob berdilar. Yoshlarning kelajagiga ma'suliyatli bo'lish hammamizni vazifamiz ekanini unutmaylik.

+6
Narpay tumanidagi 18-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasining 9-kuni doirasida fan to‘garaklari tashkil etildi. To‘garaklarda o‘quvchilar turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, qiziqishlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning ta’lim, sport va ijodiy faoliyatga keng jalb etilishiga xizmat qilmoqda. Ingliz tili fan o'qituvchisi : A. O'sarboyev Rus tili fan o'qituvchisi :N. Yakubova Bizdan aslo uzoqlashmang https://t.me/MAKTAB888888888888888888

TARG'IBOT Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga insitutda mavjud yo
+8
TARG'IBOT Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga insitutda mavjud yo‘nalishlar hamda o‘qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida institut mas’ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi. Ushbu yig'ilishga tumandagi barcha maktab O'IBDO' lari va psixologlar ishtirok etishdi. Targ'ibot ishlari savol-javoblar bilan qiziqarli yakunlandi.

TARG'IBOT Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga insitutda mavjud yo
+8
TARG'IBOT Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga insitutda mavjud yo‘nalishlar hamda o‘qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida institut mas’ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi. Ushbu yig'ilishga tumandagi barcha maktab O'IBDO' lari va psixologlar ishtirok etishdi. Targ'ibot ishlari savol-javoblar bilan qiziqarli yakunlandi.

TARG'IBOT Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga insitutda mavjud yo
+8
TARG'IBOT Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga insitutda mavjud yo‘nalishlar hamda o‘qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida institut mas’ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi. Ushbu yig'ilishga tumandagi barcha maktab O'IBDO' lari va psixologlar ishtirok etishdi. Targ'ibot ishlari savol-javoblar bilan qiziqarli yakunlandi.

TAQDIRLASH👏👏👏 🌈Joriy yilning 10-iyun kuni Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli barcha maktab ps
+8
TAQDIRLASH👏👏👏 🌈Joriy yilning 10-iyun kuni Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli barcha maktab psixologlariga "Yil yakuni" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. 🌈Yig'ilishda yil yakuni hisobotlari haqida tuman psixolog-metodisti G. Barnoxo'jayeva so'zga chiqib, qilingan ishlar va kelgusidagi topshiriqlar haqida gapirdi. 🌈Yig'ilish yakunida yil davomida faol ishlagan maktab psixologlari "Faxriy yorliq" va "Tashakkur nima" lar hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Yoshlar uchun mazmunli dam olish imkoniyati Narpay tumanidagi 55 nafar o‘quvchi-yoshlar yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘
+4
Yoshlar uchun mazmunli dam olish imkoniyati Narpay tumanidagi 55 nafar o‘quvchi-yoshlar yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida Urgut tumanida joylashgan “Bahora” bolalar dam olish oromgohiga jo‘natildi. Oromgohda yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, qiziqarli tanlovlar va turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunday sayohat va dam olish tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning do‘stlik va jamoaviylik ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda yorqin taassurotlarga boy ta’til o‘tkazishlariga xizmat qiladi. Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling! |Telegram| |Facebook| 🌐|Instagram| |Telegram| 🌐|Veb sayt|

‼️‼️‼️ #Jonli_efir 📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar! ✅ 2026-yil 5-iyun kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼl
‼️‼️‼️ #Jonli_efir 📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar! 2026-yil 5-iyun kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy Facebook sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi. Muloqot davomida qabul jarayoniga oid yangiliklar hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar, xususan: ➖ 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari; ➖ elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari; ➖ jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida vazirlik mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi. 👉 O‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

KO'RIK-TANLOV 🌈🌈🌈 Joriy yilning 23-may kuni Narpay tumani 13-musiqa maktabida, yakka tartibda ta'lim olayotgan o'quvchilar
+8
KO'RIK-TANLOV 🌈🌈🌈 Joriy yilning 23-may kuni Narpay tumani 13-musiqa maktabida, yakka tartibda ta'lim olayotgan o'quvchilar o'rtasida "Maftunkor ranglar jilosi" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlov "Bahor fasli" mavzusida tashkil etildi. Tanlovda 1-o'rinni 23-maktabning 7-sinf o'quvchisi Xolmurodov O'lmasjon Alijon o'g'li egallab, viloyat bosqichini qo'lga kiritdi. 2-o'rinni 38-maktabning 5-sinf o'quvchisi Ashirova Kamola Muhiddin qizi, 3-o'rinni 10-maktab 4-sinf o'quvchisi Ravshanovа Ozoda

#Jarayon ⚡️Bugun 2026-yilning 23-may kuni Narpay tuman 17-umumta'lim maktabida 10-11-sinflar o‘rtasida 13ta fan yo‘nalishi bo
+5
#Jarayon ⚡️Bugun 2026-yilning 23-may kuni Narpay tuman 17-umumta'lim maktabida 10-11-sinflar o‘rtasida 13ta fan yo‘nalishi bo‘yicha "Viloyat hokim olimpiadasi"ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tumanimizning bilimga chanqoq, shijoatli yoshlaridan yuqori natijalarni kutib qolamiz. 📍Ma'lumot uchun: Ushbu olimpiadaning viloyat bosqichi 2026-yil iyun oyida o‘tkazilishi belgilangan. 📌Narpay tuman MMTB axborot xizmati! Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling! |Telegram| |Facebook| 🌐|Instagram| |Telegram| 🌐|Veb sayt|