en
Feedback
Raqamli marketing

Raqamli marketing

Open in Telegram

Digital marketing sir-asrorlari, qiziqarli marketing uslublari va marketing olamidagi yangiliklarni yetkazib boramanšŸ˜‰ šŸ“„ Reklama uchun: @Muloqot_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
2 063
Subscribers
+124 hours
-147 days
-4930 days
Posts Archive
​Instagram yoki TikTok qay biri reklama uchun ma'qulroq? āœ… Buning uchun aniq javob yo'q, bu sizning biznesingiz va auditoriyangizga bog'liq. Lekin shunday bo'lsada, mazkur ikki tarmoqning o'ziga xos ustunlik va kamchiliklari bor. Ulardan bir nechtasini quyida keltirib o'tamiz: šŸ›  Instagram deyarli o'zgarishsiz faoliyat olib bormoqda. Undagi reklama kampaniyalari allaqachon ishlab chiqilgan va ijtimoiy tarmoq hech narsani o'zgartirmadi. Ya'ni kutilmagan yangiliklarga qo'l urmaydi. šŸŽÆ Agar sizga maqsadli auditoriya kerak bo'lsa, unda Instagramni tanlaganingiz ma'qul, sababi buning uchun Instagram qulay hamda uni sozlash oson. TikTok'dagi reklama esa har doim kreativlikni talab etadi. šŸ™ TikTok yoshlar va ijodkorlar uchun mo'ljallangan. Agar sizning mahsulotingiz o'smirlar va yoshlar uchun bo'lsa, unda siz albatta TikTok'ni tanlashingiz kerak. šŸ† TikTok'da raqobat juda oz. To'g'ri, tarmoqda reklama qanday o'rnatishni aniqlash qiyinroq kechishi mumkin, ammo hozircha ushbu ijtimoiy tarmoqqa brendlar endigina kirishni boshlamoqda. P.S.: Siz nima deb o'ylaysiz? Qaysi tarmoq reklama uchun qulayroq? šŸ“² @raqamlimarketing

Marketing sir-asrorlarini o'rganishda davom etamiz šŸ˜Ž 4P - iste'molchilar ehtiyojlarini qanday qondirishni aniqlash uchun foydalaniladi. Xo'sh o'zi 4 ta P ning ma'nosi nima? šŸ”¹ Mahsulot (Product); šŸ”¹ Narx (Price); šŸ”¹ Savdo kanali (Place); šŸ”¹ Reklama (Promotion). šŸ“Œ Bu majmua ā€œ4Pā€œ yoki ā€œMarketing Miksā€ deb ataladi va marketologlar isteʼmolchilarni qoniqtirish yoŹ»lidagi bosh qotirishi zarur boŹ»lgan asosiy ā€œtashvishā€œlar hisoblanadi. šŸ· Product - bu kompaniya iste’molchiga taklif etayotgan barcha narsadir. Masalan: Brend elementlari, xususiyatlari, iste’molchilar uchun sifat ahamiyati, koā€˜rinishi, assortiment xilma xilligi, qoā€˜llab quvvatlash hamda xizmat. šŸŽ« Price - sotuvchi va xarid qiluvchilarning foydalari koŹ»zlangan holda narx belgilash, turli vaziyat va guruhlar uchun alohida chegirmalar oŹ»rnatish. šŸ¢ Place (savdo kanali) – savdo joylarini (doŹ»kon, internet, ijtimoiy tarmoq) va distribyutorlarni tanlash. Mahsulotning kerakli joyda va kerakli vaqtda taqdim etilishi, zaruriy savdoni ta’minlaydi. šŸ“¢ Promotion (reklama) - reklamaning turli koŹ»rinishlari, savdoni rivojlantirish uchun maxsus tadbirlar, aksiyalar tashkil etish, jamoatchilik va alohida shaxslar bilan aloqalar oŹ»rnatish. šŸ“² @raqamlimarketing

​Insonlarga emas, bizneslarga sotamiz šŸ¤” Oddiy iste'molchilarga emas, balki boshqa bizneslarga yo'naltirilgan savdolarga ishlatiladigan B2B (business to business) atamasi haqida bilasizmi? šŸŽÆ B2B bozori butunlay boshqa maqsadli auditoriyaga ega bo'lib, odatda boshqa korxonalar ishlashi, foyda olishlari uchun zarur bo'lgan xom ashyo, tayyor qismlar va xizmatlarni taklif qilinadi. šŸ˜‰ Keling yaxshisi avtosanoat misolida tushunib beraman šŸ˜Ž Barchamizga mashhur Ford brendi ishlab chiqaradigan avtomobillar boshqa ko'plab B2B kompaniyalarning mahsulotlaridan tarkib topgan. Masalan, transport vositasining ishlashi uchun kerakli shinalar, batareyalar va boshqa ehtiyot qismlar. āœ… Xulosa qiladigan bo'lsak, ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni turli xil B2B bizneslaridan sotib oladi va ularni yakuniy mahsulotga qo'shib, tayyor mahsulot holatiga keltirib sotadi. P.S: Nima deb o'ylaysiz o'zimizni GM ham B2B bizneslar bilan hamkorlik qilarmikan yoki barchasini o'z zavodlarida ishlab chiqararmikan šŸ˜‰ šŸ“² @raqamlimarketing

​Tabriklaymiz, siz Boston marafonidan omon qoldingiz! šŸŒŽ Marketing dunyosida barcha reklamalar ham muvaffaqiyatli bo'lavermasligini shu vaqtga qadar bilib bormoqdamiz. Bunday xatolarga esa hatto gigant kompaniyalar ham yo'l qo'yishgan. šŸ“© 2017-yilda Boston marafoni ishtirokchilari sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi mashhur Adidas brendidan juda "xunuk" xabarni qabul qilib olishdi. 🌚 Xabar mavzusida shunchaki "Tabriklaymiz, siz Boston marafonidan omon qoldingiz!" deb yozilgan edi. šŸ’”To'g'ri, har qanday sport tadbirlarida bu kabi xabarlar odatiydek ko'rinishi mumkin. Darhaqiqat, odamlar voqeani yakunlash haqida gap ketganda bunday iboralarni ko'p ishlatishadi. šŸ¤• Ammo 2013 yilgi marafondagi portlash 3 kishining o'limi va 250 dan ortiq odamlarning jarohatlanishiga sabab bo'lgan. Tabiiyki, odamlarning xabarni ushbu voqeaga ishora deb o'ylashi brend obro'sining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi. šŸ˜” Ular darhol kechirim so'rashdi, ammo allaqachon kech bo'lgan edi. P.S: Mijozlar ko'ngli shunchalik nozikki, oddiygina xatoyingiz juda katta muammolarga sabab bo'lishi mumkinšŸ™ƒ šŸ“² @raqamlimarketing

​Ambassadorlar haqida eshitganmisiz? šŸ“Œ Ambassador - brendlar uchun xaridorlarga ta'sir o'tkazishning strategik usulidan foydalanib, mijozlarning sodiq qolishini ta'minlashga xizmat qiladigan shaxs. āš”ļø Bugungi kunda savdoni kuchaytirish va brend mashhurligini oshirish uchun mahsulot haqida ijobiy fikr bildiruvchi shaxslar har bir brend uchun juda muhim va shu sababdan, bu kabi shaxslar hozirda marketing maydonida muhim rol o'ynamoqda. šŸ˜Ž Ambassadorlar sifatida odatda mashhur va taniqli insonlar tanlanib, shu orqali ularning muxlislariga ta'sir o'tkaziladi. Aksariyat, yuqori darajadagi marketing byudjetiga ega kompaniyalar sportchilarni ambassador sifatida tanlab olishadi. šŸ‡ŗšŸ‡æ Ambassadorlar o'zimizda ham topiladi. Faqatgina bizda asosan sportchilar emas, balki aktyor, aktrisa va hattoki TikTokerlar ham tanlab olinadišŸ™ƒ P.S: Sizlar ham shunday o'zbek ambassadorlarni taniysizmi? šŸ“² @raqamlimarketing

​Endi bozorga borishga hojat yo'q Barchamiz uchun qadrdon messenjerdan kutilmagan yangilikni kutib oling! 🤩 Avvalgi yangilanishda kanal va guruhlarda ovozli chat funksiyasini qo'shib, ko'plab foydalanuvchilar maqtoviga sazovor bo'lgan Telegram bu galgi yangi imkoniyat bilan ham lol qoldirishda davom etmoqda. šŸ’ø Gap shundaki, endilikda messenjerda onlayn do'kon ochish imkoniyati qo'shiladi va unda xaridlar uchun to'lovni plastik kartangiz orqali to'lash mumkin bo'ladi. šŸ’šŸ»ā€ā™‚ļø So'zlarimga ishona olmayotgan bo'lsangiz, ularning qanday bo’lishini Android va macOS tizimi uchun chiqarilgan beta versiya yordamida @TestStore — test do’konida ko’rish imkoniga egasiz. šŸ“ Telegram quyidagi tizimlar orqali to’lovni qabul qilar ekan: • Payme; • Click; • Sberbank; • UMoney; • Stripe; • Tranzzo; • LiqPay; • ECOMMPAY. P/S: Sizga bu qulaylik ma'qul bo'ldimi? Izohlarda javoblaringizni kutaman😊 šŸ“² @raqamlimarketing

Bo'lajak SMM menejerlar uchun xushxabar! šŸ‘Øā€šŸ’» Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar bilan birgalikda zamonaviy kasblar ham rivojlanib boryapti. Ayniqsa, grafik dizayn, SMM, dasturlash va hokazo kasblarni o'rganuvchi va o'rganishni istovchi yoshlar soni ko'paymoqda. šŸ˜” Bunday kasblarda eng birinchi muallim, shubhasiz YouTube desam adashmagan bo'laman. Ammo bir kichik muammo: videodarslar ko'p, lekin ular orasida sifatli, ishonchli hamda eng muhimi tartibli joylashtirilgan videodarslarni topish mushkul. 🤩 Bugun sizlarni ana shunday muammodan xalos etish va zamonaviy kasblardan biri bo'lgan SMM'ni o'rganishga qadam qo'yishingiz uchun YouTube'dagi ishonchli kanalni tavsiya etmoqchiman. šŸŽž 30 dan ortiq videodarslarni ko'rib chiqib, siz bemalol SMM sohasi aynan siz uchun yoki siz uchun emasligi borasida xulosa qilishingiz mumkin. šŸ‘‰šŸ» Quyidagi havola orqali kanalga o'tishingiz mumkin: youtube.com/watch?v=-CVv3gpDBrA&list=PLt6FsEJVwHDInFKm-Nlc8-kaKZA4YSzVo P.S.: Siz ham shunday ishonchli kanallarni bilasizmi? Izohlarda javoblaringizni kutaman šŸ“² @raqamlimarketing

​Facebook'dan Ramazon tuhfasi āœ… Mana bugun Ramazon oyi ham kirib keldi. Buni inobatga olgan holda, Facebook kompaniyasi foydalanuvchilari uchun yana bir qulaylik, Ramazon tabriklari funksiyasini ham ishga tushirdi. šŸ˜ Bu kabi qulayliklar Ramazon oyi davomida yaqinlarini, do'stlarini qutlamoqchi bo'lgan insonlar uchun qo'l keladi. šŸŽÆ Covid-19 infeksiyasi tarqalishi va karantin cheklovlari sababli, ko'pchilik insonlar yaqinlari bilan yuzma-yuz ko'rishish imkoniga ega emaslar. 🄳 O'tgan yil davomida 20 mlnga yaqin Ramazon tabrik postlari Facebook orqali ulashildi. Kompaniya esa foydalanuvchilarini o'ylagan holda 2021-yildan maxsus Ramazon tabriklari postlarini yo'lga qo'ymoqda. šŸš€Bu yangilik barcha davlatlarda amal qiladi. 30 ga yaqin turli xildagi kreativ Ramazon tabrik postlaridan #MonthofGood heshtegi orqali barcha insonlar foydalanish imkoniga ega bo'ldilar. P.S: Shu qatorda men ham sizlarni kirib kelgan qutlug' oy Ramazon oyi bilan tabriklayman. Sizlarga ushbu oyda sihat-salomatlik va Ramazon ro'zalarini benuqson tutishingizda sabr tilab qolaman😊

Qudratimizga shubha qilsang, biz yozgan matnlarga boq āœļø Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sari ko'plab yangi kasb egalariga ham talab oshmoqda. Xuddi shunday kasblardan biri bu copywriter'likdir. Bu kasb egalariga qisqacha ta'rif beradigan bo'lsam, mazkur kasb egalari siz asosan internet olamida ko'rishingiz mumkin bo'lgan barcha reklama matnlarini yozuvchi insonlardir. šŸ¤“ Shu sohani o'rganishni istovchi do'stlarimizga asosiy maslahatlardan birini taqdim etmoqchiman: āŽ Hech qachon imlo xato qilmang. Ushbu soha egalari uchun eng asosiy talablardan biri bu imlo qoidalariga amal qilgan holda matn yozishdir. Sababi, har qancha ma'noli maqola yozsangizda kichik imlo xatolar maqolaga katta ta'sir ko'rsatadi. Ish bor joyda xato bor deyilganidek, agar xato qilsangiz darhol uni to'g'irlashga harakat qiling. Unutmang, oddiygina imlo xatolar ham kompaniya uchun katta zarar keltirishi mumkin. P/S: Wunday ekan, hozirda men qilayotgan hatolarni takrorlamang, va wunday yozishni bas qiling. 4unki bu matn yozganda ham sizni chalgitadi 😁 šŸ“² @raqamlimarketing

​Taktika faqat futbol uchun emas! āœ… Biznes faoliyatini yuritish davomida marketingdan foydalanish har bir kompaniya uchun ustuvor vazifadir. Bugun sizlar bilan marketingda strategiya va taktika, ular orasidagi farq haqida gaplashamiz. Avvalo, strategiya va taktika nima ekanligini aniqlab olsak: šŸ¤“ Strategiya bu - to'g'ri ishlarni bajarish. āš½ļø Taktika esa ishlarni to'g'ri bajarishdir. šŸ’”Strategiya tuzish va uni amalga oshirish uchun, avvalo, bizga SWOT tahlilini amalga oshirish zarur. SWOT tahlili orqali biz kompaniyaning: kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyat va xatarlarini o'rganib chiqamiz. šŸš€ Shuningdek, raqobatchilarimiz va maqsadli auditoriyamiz haqidagi ma'lumotlarni aniqlab olish ham to'g'ri marketing strategiyasini tuzish va samarali taktika orqali biznesni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. P.S: Nima deb o'ylaysiz strategiya va taktika marketingda qanchalik muhim? šŸ“² @raqamlimarketing

Yap-yangi tarmoqdan kutilmagan qulaylik šŸ”Š Yaqindagina internetda shovqin ko'targan tarmoq Clubhouse rivojlanishdan ortda qol
Yap-yangi tarmoqdan kutilmagan qulaylik šŸ”Š Yaqindagina internetda shovqin ko'targan tarmoq Clubhouse rivojlanishdan ortda qolmaslik va o'z o'rnini boshqa tarmoq aniqroq aytganda Telegramga topshirmaslik uchun bir-biridan qulay funksiyalarni qo'shishga kirishibdi. šŸ’° Gapni indallosiga o'tadigan bo'lsam, endilikda mazkur tarmoqda sahifa yurituvchi sahifa egalariga chin ko'ngildan mablag' jo'natishingiz mumkin. O'tkazgan pulingizdan esa Clubhouse o'zi uchun bir so'm ham olmas ekan. āœ… Ushbu funksiya hozirda kichik guruhlarda test rejimida ishlashni boshlabdi. Agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa tez orada omma uchun ham yangi funksiyadan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin. P/S: Ijtimoiy tarmoqlar olami shunday beshavqatki, raqiblaringizdan ozgina ortda qolsangiz, kelajakda ularga umuman yetolmasligingiz mumkin. Biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamizšŸ¤“ šŸ“² @raqamlimarketing

Yangi g'oyalarga yo'l ko'rsatuvchi minora šŸ˜Ž Kreativlik bu cheksiz ummon, unga sho'ng'isangiz undan chiqolmay qolasiz. Eynsht
Yangi g'oyalarga yo'l ko'rsatuvchi minora šŸ˜Ž Kreativlik bu cheksiz ummon, unga sho'ng'isangiz undan chiqolmay qolasiz. Eynshteyn ham bejizga "Tasavvur bilimdan ustundir" deb aytmagan edi. šŸ’” 2013- yilda tashkil topgan bu kompaniya tez sur'atlarda rivojlanishda davom etmoqda va ko'plab mashhur kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelayotgan Pencil Wings kompaniyasi ham yuqoridagi so'zlarimni isbotlab qo'yibdi. āœ… Reklamada shunday deyilgan: "Sizni muvaffaqiyatga yo'naltiradigan g'oyalar biz uchun juda muhimdir". šŸ“Œ Ya'ni posterda qalam shaklida mayoq tasvirlangan bo'lib, sizning g'oyalaringizga yo'l ko'rsatishdan biz xursandmiz degan ma'noni tushunishimiz mumkin. P.S.: Bugunga qadar kreativ reklamalarga guvoh bo'libmiz. Endi sizlarga savol: Kreativlik siz uchun nima? šŸ“² @raqamlimarketing

Maqsadli reklamani ham o'ziga yarasha sir-sinoatlari borda šŸ’» Zamonaviy kasblardan biri boŹ»lgan targeting sohasiga talab shunchalik kuchayib boryaptiki, agar ushbu sohada tajribangiz boŹ»lsa har qanday joyda ham ish topishingiz muammo boŹ»lmaydi. Ammo bunday kasb egalarining malakali yoki yetarli malakaga ega emasligini qanday bilish mumkin? Javob quyidagicha: 1ļøāƒ£ Tajribali targetolog har qanday ish qilishdan oldin, kam xarajatli sinovlarni oŹ»tkazadi va natijaga qarab harakat qiladi, tajribasiz targetolog esa bir martada bor mablagŹ»ni sarflaydi natijaga kelganda: men to'g'ri bajargan edim, ammo mahsulotda kamchiligi bor ekan deydi.šŸ¤·šŸ»ā€ā™‚ļø 2ļøāƒ£ Tajribasiz targetolog barcha kompaniyalarning natijalariga qaraydi va yuqori natija koŹ»rsatgan auditoriyaga reklama beradi lekin oŹ»z mahsulotini auditoriyasini yaxshi bilmaydi. Malakali mutaxassis esa doimiy ravishda oŹ»ziga: yanada samarali boŹ»lishi uchun nimalarni sinab koŹ»rishim mumkin? degan savolni beradi. 3ļøāƒ£ Malakasiz mutaxassis maʼno jihatidan bir xil, lekin tashqi qiyofasi bilan ajralib turadigan ijodkorlarni sinab koŹ»radi, ammo tajribali targetolog reklamalarida sinashga arziydigan kamida 7 ta xabar borligini biladi. 4ļøāƒ£ Yaxshi hamda yomon mutaxassislarning asosiy farqi shundaki, yaxshi har doim oŹ»rganadi, izlanadi va faol rivojlanadi, yomoni esa faqat oŹ»rganganiga amal qiladi rivojlanishga va yangi bilimlar olishga hech qachon eʼtibor qaratmaydi. P/S: Siz ham ularni bir-biridan ajratishni bilasizmi? Izohlarda javobingizni kutamanšŸ¤“ šŸ“² @raqamlimarketing

Tizimlashtir va hukmronlik qil šŸ‡¬šŸ‡§ Ingliz tilidagi Customer Relationship Management so’zlarining bosh harflaridan tashkil topgan bu qisqa atama o’zbek tilida "Mijozlar bilan munosabat boshqaruvi", degan ma’noni anglatadi. šŸ’” O’z nomidan ma'lumki, mijozlar bilan munosabatni boshqaruvchi tizim - sotuvchi va xaridor, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi, xizmat ko’rsatuvchi va undan foydalanuvchi o’rtasidagi har qanday aloqaga oid ma’lumotlarni boshqaradi. šŸ“ Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimi yordamida sotuvchi, ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi tomon quyidagi qulayliklarga ega: šŸ”¹ Qaysi mahsulotga talab ko’pligini aniqlash; šŸ”¹Iste’molchi xizmat yoki mahsulotga qanday munosabatdaligini o’rganish; šŸ”¹Avvalgi savdolar natijasi bilan tanishish; šŸ”¹ Kelajakdagi foydani taxmin qilish; šŸ”¹ O’tgan va kelasi xarajatlar/foydalarni solishtirish; šŸ”¹ Strategiyani osonlik bilan o’zgartirish; šŸ”¹ Xodimlar samaradorligini nazorat qilish; šŸ”¹ Iste’molchilar uchun har doim yaqin bo’lish. āœ… Ro’yxat CRM tizimining tijorat uchun, har qanday tashkilot faoliyati uchun qay darajada muhimligini ko’rsatib bera oldi degan umiddaman😊 P/S: Bu gal noodatiy fikrlaymizda, siz menga CRM'ni afzalligini emas, uni kamchiliklarini ayta olasizmi? šŸ“² @raqamlimarketing

Tizimlashtir va hukmronlik qil šŸ‡¬šŸ‡§ Ingliz tilidagi Customer Relationship Management so’zlarining bosh harflaridan tashkil topgan bu qisqa atama o’zbek tilida "Mijozlar bilan munosabat boshqaruvi", degan ma’noni anglatadi. šŸ’” O’z nomidan ma'lumki, mijozlar bilan munosabatni boshqaruvchi tizim - sotuvchi va xaridor, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi, xizmat ko’rsatuvchi va undan foydalanuvchi o’rtasidagi har qanday aloqaga oid ma’lumotlarni boshqaradi. šŸ“ Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimi yordamida sotuvchi, ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi tomon quyidagi qulayliklarga ega: šŸ”¹ Qaysi mahsulotga talab ko’pligini aniqlash; šŸ”¹Iste’molchi xizmat yoki mahsulotga qanday munosabatdaligini o’rganish; šŸ”¹Avvalgi savdolar natijasi bilan tanishish; šŸ”¹ Kelajakdagi foydani taxmin qilish; šŸ”¹ O’tgan va kelasi xarajatlar/foydalarni solishtirish; šŸ”¹ Strategiyani osonlik bilan o’zgartirish; šŸ”¹ Xodimlar samaradorligini nazorat qilish; šŸ”¹ Iste’molchilar uchun har doim yaqin bo’lish. āœ… Ro’yxat CRM tizimining tijorat uchun, har qanday tashkilot faoliyati uchun qay darajada muhimligini ko’rsatib bera oldi degan umiddaman😊 P/S: Bu gal noodatiy fikrlaymizda, siz menga CRM'ni afzalligini emas, uni kamchiliklarini ayta olasizmi? šŸ“² @raqamlimarketing

​​Mobil reklamalar kelajagi šŸ“ˆ Facebook kompaniyasining bu yilgi hisobotlariga turli mobil reklamalar kompaniyalar uchun sezilarli darajada foydali bo'lgan va oshgan. šŸŽÆ 2020 yilda mobil reklamalarga katta miqdorda mablag' ajratgan mintaqalar bu 61% bilan Amerika va 39% bilan Yevropa hisoblanmoqda. āœ… Ushbu uslub Osiyo Tinch-Okeani mintaqasida ham yaxshi daromad keltirgani uchun xarajatlar ham 6% ga oshgan. šŸ“Œ eMarketer 2021-yilda AQShning mobil reklama xarajatlari 22% ga o'sib, 117 milliard dollardan oshishini taxmin qilmoqda. Ilova ichidagi reklama daromadlari o'sishi nafaqat kompaniyada balki butun dunyo bo'yicha kutilmoqda. Omdia esa bu o'sishni 2025-yilga kelib 68% tashkil etishini kutmoqda. šŸ’­ Xo'sh, shu kabi natijalarni Osiyo mintaqasi ham qayd eta oladimi, nima deysiz? šŸ“² @raqamlimarketing

​Clubhouse'ning xatosi nimada? 🌐 Internetda tobora ovozli format urfga kirayotgani barchamizga ma'lum. Kecha Telegram ham yangilanib o'zidagi ovozli chat funksiyasini kuchaytirdi va foydalanuvchilarga ancha qulaylik yaratdi. šŸ¤” Endi, Clubhouse'ga kelsak, qanchalik mashhur tarmoq bo'la oladi? Fikrimcha, endi ushbu tarmoq ommalashishi biroz qiyin, chunki uning xatosi o'z ilovasini Android smartfonlari uchun ishlab chiqmaganida bo'ldi. Clubhouse o'zi yaratilgan vaqtda faqat iOS'da emas, Androidda ham ishlay olganida xuddi TikTok kabi ancha mashhur tarmoqqa aylanib ulgurgan bo'lar edi. šŸ˜Ž Ya'ni TikTok birinchi qisqa videoli platforma bo'lgani va iOS, Android tizimida ishlagani uchun katta mashhurlikka erisha oldi. Qolgan platformalar ham, jumladan, Instagram Reels, Youtube short videos ham TikTok kabi yangilik qilishga urindi, ammo afsuski TikTok'dek mashhur bo'la olmadi. šŸ¤“ Clubhouse funksiyasini esa tezlik bilan Telegram o'z interfeysiga qo'shdi va foydalanuvchilariga ko'proq imkoniyatlarni taqdim etdi. Endi, tayyor obunachilariga ega blogerlar bundan foydalanishmoqda. šŸŽ™ Men ham kelgusi hafta shu kanalimda ovozli chat uyushtirmoqchiman, qaysi mavzu haqida suhbatlashsak sizlarga ma'qul bo'ladi? šŸ“² @raqamlimarketing

​Motivatsiyani qayerdan olish mumkin? šŸ˜” Hayotda shunday vaqtlar keladiki, siz yuksaklarga ko'tarilib maqtov eshitasiz va yana shunday damlar bo'ladiki siz ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga uchraysiz. Ammo, bularning barchasi sizni yo'ldan ozdirish uchun. 🧐 Savol tug'iladi, shu kabi vaziyatlarda qanday yo'l tutishimiz va o'zimizga qanday taskin berishimiz kerak degan savolga men "Zukkolar va landavurlar" kitobini o'qib xulosa chiqarishni maslahat bergan bo'lar edim. šŸ˜Ž Chunki, ushbu kitob muallifi Malkolm Gladuell har doim mutlaqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlar zamiridagi asl qonuniyatni ochib bera olgan inson hisoblanadi. šŸ’šŸ»ā€ā™‚ļø Shu bilan birga mazkur kitob Bill Geyts, Ā«BitlzĀ» va Motsart kabi shaxslarni nima bogā€˜lab turishini hamda ular nega oā€˜z tengdoshlaridan oā€˜zib ketganligini koā€˜rsatadi. šŸ¤“ Barcha bo'lajak marketologlarga ushbu kitobni tavsiya qilaman. Sababi, marketolog uchun eng muhim xislatlardan biri bu mantiqiy fikrlashdir. Unga ega bo'lishda esa bizga kitob mutolaasi yordam beradi. 🤩 Ha aytgancha, kitobni "Asaxiy Books" internet do'konidan xarid qilishingiz mumkin. Narxi: 29.000 Buyurtma berish

Telegramda yana qanday yangiliklar? 🌟 Telegram butun dunyo bo'ylab o'z foydalanuvchilariga yangi 7.6 versiyani taqdim qildi. šŸ’” Yangi versiyadagi asosiy yangiliklardan: • Yanada kuchaytirilgan ovozli chatlar va chat paytida gapirish uchun qo'l ko'tarish imkoniyati; • Guruhlardan tashqari endi kanallarda ham uyushtirish mumkin bo'lgan ovozli chat imkoniyati; • Kanal nomidan qatnashish. Ovozli chatga nafaqat oŹ»z nomingizdan, balki kanalingiz nomidan qoŹ»shilishingiz mumkin – shu usul bilan siz chat paytida jamoat arboblari va taniqli shaxslarning diqqatini tortishdan cheklangan bo'lasiz šŸ˜‰ šŸ“Š Hozircha Durov akamizdan shu yangiliklar. Keyingi telegram yangilanishi uchun foydalanuvchilardan so'rovnoma uyushtirilar ekan. šŸ—‚ So'rovnoma tashkillashtirilsa siz telegramdan nima xohlagan bo'lar edingiz? šŸ“² @raqamlimarketing

Telegram dunyoni zabt etishda davom etmoqda šŸ“Œ Biz ishlatishimiz uchun qulay va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz bo'lgan messenj
Telegram dunyoni zabt etishda davom etmoqda šŸ“Œ Biz ishlatishimiz uchun qulay va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz bo'lgan messenjer bu Telegram albatta. Messenjerning foydalanuvchilari kundan kunga bir maromda oshib boraytganini yuqoridagi postlarimizda ham keltirib o'tgandik. šŸ“© Telegram ham dunyo bo'ylab qancha foydaluvchisi borligining taqsimotini taqdim etdi: Ma'lumotlar quyidagicha: - Osiyo - 38%; - Yevropa - 26%; - Yaqin sharq - 17%; - Shimoliy va Janubiy Amerika - 12%; - Afrika - 7%; Ā©ļø Pavel Durov foydalanuvchilarning 7% Rossiyaga to'g'ri kelishi aytib o'tdi. Esingizda bo'lsa 2018 - yilda Rossiya Telegramni bloklagan. Shu vaqtda ham foydalanuvchilar soni 7% edi. Demak, blokga qaramasdan odamlar o'z sevimli messenjerlariga sodiq qolishgan. P.S: Men ham Telegramda akkaunt ochganimga 5 yildan oshibdi. šŸ¤” Siz messenjerdan foydalanayotganingizga qancha bo'ldi? šŸ‘‰ @raqamlimarketing