cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Buyuklar falsafalari

«Hayot falsafasi» - Hayot o'rgatadi, lekin biz bilan tezroq..! Baxtni boshqa joydan qidirma, chunki, u doim sening o‘zingdadir. Jaloliddin Rumiy 🍃Kanalimiz ochilgan sana:2021.02.19

Show more
Uzbekistan100 900The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
57
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning `Shamoili nabaviya`, Muhammad Busiriyning `Qasidai burda`, Abu Jaʼfar Barzanjiyning `Mavlidin-Nabiy`, Muhammad ibn Solihning `Muhammadiya`, Mavlono Muʼinning `Siyari sharif`, Akbarobodiyning `Nodirul-meʼroj`, Sayyid Mahmud Taroziyning `Shirin kalom`, `Nurul kalom`, `Nurulbasar` va boshqa koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning `Shamoili Muhammadiyya` kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida `Muhammadun rasululloh` deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql qilinadi: `Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar`.
Show all...
Madinada birinchi masjid qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba qibla qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida Badr jangi, 625 yilda Uhud togʻi etagida Uhud janglari boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi (q. Xudaybiya bitimi). Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan. Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi.
Show all...
Paygʻambar (fors. — xabar keltiruvchi) — iudaizm, xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso (as) va Muhammad (sav) kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (sav) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar. Qur'onda nomi zikr etilgan payg`ambarlar: 1 Odam آدم 2 Idris (Enoch) ادريس 3 Nuh (Noah) نوح 4 Hud (Heber) هود 5 Solih (Shelah) صالح 6 Ibrohim (Abraham) ابراهيم 7 Lut (Lot) لوط 8 Ismoil (Ishmael) اسماعيل 9 Is'hoq (Isaac) اسحاق 10 Yaʼqub (Jacob) يعقوب 11 Yusuf (Joseph) يوسف 12 Ayyub (Job) أيوب 13 Shuayb (Jethro) شعيب 14 Muso (Moses) موسى 15 Horun (Aaron) هارون 16 Zulkifl (possibly Ezekiel) ذو الكفل 17 Dovud (David) داود 18 Sulaymon (Solomon) سليمان 19 Ilyos (Elijah) إلياس 20 Alyasa (Elisha) اليسع 21 Yunus (Jonah) يونس 22 Zakariyo (Zacharias) زكريا 23 Yahyo (John the Baptist) يحيى 24 Iso (Jesus) عيسى 25 Muhammad محمد
Show all...
Oʻqib ham tugata olmayapmiz🥺😔
Show all...
Фаросат… Муслимиларга ҳаётда қоқилмаслиги учун энг кўп ас қотадиган неъмат отасидан қолган давлат ёки сеп-сидирға эмас,қулоғига ўрнашиб қолган панд-насиҳат,етук фаросат ва мустаҳкам ҳулқдир. Уйланишдан аввал назар солинг ҳулқига. Эътибор беринг илмига эмас,ҳулқига қаранг дейилмоқда. Эркак киши жуфтини илмини шакллантириб олса бўлади. Аммо ҳулқини,тутумини,фаросатини,покизалигини шакллантириб ололмайди. Чунки улар ота уйида,она бағрида ўрганиладиган кўникмалардир. Эркакнинг сакийнати,ҳузури,саодати,ҳаётдаги ўрни,яшаш тарзининг сифатининг 80% омили жуфтидир. Муслималар мозийга қаранг! Росулуллоҳ соллоллоҳу алайҳи ва салламга илк ваҳий нозил бўлганида Ҳадижа онамиз нима қилдилар. Қўрқувдан титраган,воҳимадан тиллари ҳаракатга келмаётган,истимага бурканган жуфтларини сўроққа тутмадилар. Бир оғиз ҳам савол сўрамасдан уларга ҳузур бағишлаш учун ётгизиб,ўраб қўйдилар. Ана сизга фаросатнинг етук намунаси. Ана сизга илм. Ана сизга гаплашиб олиш учун тўғри вақтни кутишга дарс. Ана сизга эрга итоат,назокат,босиқлик. Эрингиз жахл отига минганида,аҳволи доимгидан бошқача уйга келганида,кайфияти тушганида,саросимага берилганида уни сўроққа тутманг. Аҳвол бошқача тус олиши мумкин. Бир пиёла ширин чойни ёнига қўйингда ўзингизни ишга чалғигандек кўрсатинг. Қўйиб беринг ўзига келиб,гаплашишга куч тўплаб олсин. Суҳбатлашиш вақтини билиш учун ҳам фаросат керак. Ақлингизни фақат маккораликка эмас,ечимларга ва ҳикматга қаратсангиз гуллаб-яшнаган сизнинг оилангиз бўлади,қўшниники эмас… Роббим сизни саодатга(фаросатга)буркасин! 🦋
Show all...
Namoz shartlari quyidagilar: 1. Tana pok bo‘lishi (Tahoratsiz bo‘lsa, tahorat olish, junub bo‘lsa, g‘usl qilish). 2. Kiyim pok, avratni berkitadigan bo‘lishi. 3. Namoz o‘qiladigan joy pok bo‘lishi. 4. Namoz vaqti kirishi (Vaqti kirmay turib o‘qilgan namoz farz o‘rniga o‘tmaydi). 5. Namozni qiblaga yuzlanib o‘qish. 6. Namoz o‘qishga niyat qilish. Namoz ruknlari quyidagilar: 1. Takbiri tahrima (“Allohu akbar” deb namozga kirish). 2. Qiyom (namozda tik turish. Sog‘lom kishi tik turishi farz. Agar bemor bo‘lsa, o‘tirib, bunga ham qodir bo‘lmasa, yonboshlab o‘qish mumkin). 3. Qiroat (namozda Qur’on suralari yoki oyatlarini o‘qish). 4. Ruku’ qilish (ikki qo‘l tirsaklarini bukmasdan tizzalarini ushlagan holda boshni egish. Bunda bel to‘g‘ri qilinishi, bosh bilan bel bir tekisda bo‘lishi kerak). 5. Sajda qilish (peshonani yerga qo‘yish. Bunda ham bel to‘g‘ri bo‘lishi shart). 6. Qa’dai oxir (oxirgi qa’dada tashahhud miqdoricha o‘tirish). Agar bu amallardan birontasi tark etilsa yoki noto‘g‘ri bajarilsa, namoz buziladi, uni qaytadan o‘qish lozim bo‘ladi.
Show all...
Турмушга чиқадиган синглим учун маслаҳатлар🌷 Уйида жаннат боғчасини барпо қилишга ҳаракат қиладиган солиҳа аёлнинг ҳислатлари: Итоаткор ва тақводор, беғубор ва соф; Унинг жуфти бахтиёр, у билан ўтказилинган кун- байрам, уйи тоза, фарзандлари муҳаббатга тўла ва тарбияли; Ундан ҳамиша хушбой ифор таралиб туради, ширин сўзли, сир сақлай оладиган, мехмонларга иззат кўрсата оладиган, овозини пастлатадиган, ҳурматни жойига қўядиган, хазил ва шўхликни меъёрини биладиган, итоатга кўниккан, камига қаноат қиладиган, кўзни қувонтирадиган, жуфтини шарманда қилмайдиган, совғалар учун миннадор бўладиган, камчиликларни беркитадиган; Лабидан бол томади, қучоғи эса- хордиқ чиқариш учун энг яхши жой, мақталган ишларда эрига кўмаклашади, хайр йўқ ишлардан эса чалғитади; Жуфти билан ҳар қандай мавзуда суҳбатлаша олади. Ўзининг иззат-нафсини,жуфтининг иззат-нафсидан паст кўради. Ўз қадрини,жуфтининг қадридан пастроқ эканини унутмайди; Жуфтининг айбларини,камчиликларини ошкор қилмайди; Ёмонлигини яшириб,яхшилигини ошириб Нафақат ўзига балки атрофга,дунёга ҳам жуфтини севдира олади; Жуфтига дунёдаги энг бахтли аёлга эри сабаб етишганини ҳис қилдиради; Жуфтига кераклигини боз-боз уқтириб туради; Унга боқиш қувонч олиб келади, у билан бирга ўтириш қалбни шод қилади, у жуфти йўқлигида уни эслайди ва молини муҳофаза қилади, таомлари мазали, идишлари эса ювилган; Унинг уйига давлатлар сарфланмаган бўлса ҳам,сакийнатни энг гўзалини,ҳотиржамликни ва қулайликни ўз уйида барпо қила олади; Завжини қучоқ очиб, ҳурмат ила кутиб олади, бўса ва илиқ ниятлар билан кузатиб қўяди, жуфтини жаҳли чиққан пайтда кўзидан узоқ туради, хато қилса уни тузатишга кўмаклашади; Завжининг ота-онасига яхши муносабатда бўлади, опа ва сингилларини ҳурмат қилади, қўшнилари эса меҳрибон ва қўли очиқлигини алоҳида эътироф этиб, мақтайдилар. Шундай аёл бўлишингга Аллоҳ ўзи ёрдам берсин муслимам.🦋
Show all...