cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oliy talim yangiliklari

Show more
Uzbekistan39 115The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
322
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga (№646, 12.10.2020) binoan, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Qarorga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi. Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi: 👉 2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha; 👉 2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha; 👉 2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha. 🔹 Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. 🔹 Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi. 🔹 Talabgor test sinovida qatnashish uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi va shaxsiy kabineti orqali kerakli hujjatlarni yuklaydi. 🔹 Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin. 🔹 Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin. Bizning kanal⤵️ @BUKERAK
Show all...
Super-kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta? ✅ Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda hamma qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi. — Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi? ✅ O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak. — Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi? ✅ Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin. — Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi? ✅ Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi. ❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi ✅ Prezident qarori bilan (PQ–4857, 08.10.2020) “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi (Universitet)ning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi. Qarorga koʻra, Filial: 👉 barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi; 👉taʼlim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi; 👉kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi taʼlim shaklida olib boradi; 👉bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi. ❗️Respublikadagi jami oliy taʼlim muassasalari soni 126 taga, jumladan, xorijiy OTMlar filiallari 24 taga yetdi. ❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish yakunlandi Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya shikoyatlari 27-sentabrdan 6-oktabrga qadar (shu kunlari ham) abituriyentlarning shaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz) orqali qabul qilindi. 10 kun davomida 11 772 nafar abituriyent tomonidan apellatsiya shikoyatlari kelib tushdi. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2020-yil 28-sentabrdan boshlangan bo‘lib, belgilangan muddatda apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davom etmoqda. Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
⚡️ Коллеж ва техникумларга ҳужжатларни қабул қилиш муддати узайтирилди ❗️Кўп сонли ота-оналар, ёшлар, хусусан жорий йилда ОТМларга ўқишга кириш учун етарли балл тўплай олмаган абитуриентларнинг коллеж ва техникумларда таълим олиш имкониятини яратиш мақсадида абитуриентлар ҳужжатларини онлайн қабул қилиш муддати 2020 йил 20 октябрга (20 октябрь куни ҳам) қадар узайтирилди. 👉 Электрон платформалар (www.kollej.edu.uz, www.texnikum.edu.uz) да ҳужжатларни онлайн рўйхатдан ўтказиш 7 октябрь куни соат 16:00дан бошланади. Изоҳ: Юридик техникумлар бундан мустасно. —————————————— Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
⚡️⚡️⚡️ Магистратура абитуриентлари диққатига: ❗️Абитуриентларга қулайлик яратиш мақсадида 2020/2021 ўқув йилида республика олий таълим муассасалари магистратурасига кириш имтиҳонлари натижалари Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги веб-сайтида ҳам эълон қилинмоқда (натижалар ОТМлар сайтларида эълон қилинган). ➡️ https://edu.uz/uz/news/view/2283 Айни вақтда маълумотларни тўлдириш давом этмоқда.. —————————————— Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
​​Oktabr oyi uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda! 2020-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida 2020-yil 5-oktabr kuni boshlandi. Hujjatlarni qabul qilish barcha bo’limlarda 9-oktabr kuniga qadar (9-oktabr kuni ham) davom etadi. ✅ Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati: 👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi; 👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi; 👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya); 👉 1 ta fayl (sellofan). Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...

Yuridik texnikumlarga qabul test sinovlari 📆 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari 2020-yil 5-6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. ✅ Test sinovlari yuridik texnikumlar joylashgan hududlarda o‘tkaziladi. ⏰ Test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 09:00 dan 12:00 ga qadar, 2-smena soat 14:00 dan 17:00 ga qadar) tashkil etiladi. 🔖 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani shaxsiy kabinetlari (texnikum.dtm.uz) dan olishlari mumkin. ❕ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmasdan pasporti va ruxsatnomasi bilan kelishlari so‘raladi. ©️ Davlat test markazi ‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 2020/2021 o‘quv yilida o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari qaydnomasi KUNDUZGI TAʼLIM SHAKLI: Tarix: Eron tarixi Tarix: Koreya tarixi Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili Filologiya va tillarni o‘qitish: vyetnam tili Filologiya va tillarni o‘qitish: sharq mumtoz tillari Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili Tarjima nazariyasi va amaliyoti: dariy tili Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors tili Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: xitoy tili Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: indonez tili Jurnalistika: xalqaro jurnalistika Siyosatshunoslik Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) SIRTQI TA’LIM SHAKLI: Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Hindiston Siyosatshunoslik Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) KECHKI TA’LIM SHAKLI: Tarix: arab mamlakatlari tarixi Tarix: Xitoy tarixi Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: yapon tili Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: malay tili Jurnalistika: xalqaro jurnalistika Siyosatshunoslik Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) ❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...
Tarix: Eron tarixi

TIBBIYOT OLIY O‘QUV YURTLARIDA ANʼANAVIY TAʼLIMGA O‘TISHGA RUXSAT BERILDI Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman anʼanaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi. Shunga ko‘ra, oktyabr oyidan: 🏫Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari, 🏫 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 🏫Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, 🏫Toshkent farmatsevtika instituti, 🏫Toshkent davlat stomatologiya instituti, 🏫Andijon davlat tibbiyot instituti, 🏫Buxoro davlat tibbiyot instituti, 🏫Samarqand tibbiyot institutining bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun anʼanaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda. ©️ Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. Bizning kanal⤵️ @qabul_2020_dtm_uz
Show all...