en
Feedback
Muhammad Amin Naziraliyev

Muhammad Amin Naziraliyev

Open in Telegram

Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, Android Developer, Mentor Muhammad Amin Naziraliyevning blogi Fikr va takliflar: @IUTMNSH

Show more
Uzbekistan88 984The category is not specified
457
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+930 days
Posts Archive
Assalomu alaykum. Kecha do'stimiz Abdulloh Shamsutdin uylandilar. Shu sababli Merit o'quv markazi rahbari Aziz aka Rahimov Ma
Assalomu alaykum. Kecha do'stimiz Abdulloh Shamsutdin uylandilar. Shu sababli Merit o'quv markazi rahbari Aziz aka Rahimov Marg'ilonga keldilar. 3 soatga yaqin suhbat qilib juda ko'p narsalar o'rgandim. Axloqlari go'zal inson ekanlar. Buni oldilarida ozgina yurgan odam e'tirof qiladi. Abdulloh do'stim turmushingizni Alloh taolo hayrli qilsin va solih-solihalardan nasib qilsin! Omin. @mnshuz

IT Park rezidenti ham bo'lib oldik. Endi deyarli hamma soliqlardan ozodmiz. @mnshuz
IT Park rezidenti ham bo'lib oldik. Endi deyarli hamma soliqlardan ozodmiz. @mnshuz

​​"Qabristondagi eng boy odam bo‘lish men uchun muhim emas. Nimadir ajoyib ish qilganligimizni ta’kidlab uyquga yotish men uchun ahamiyatli". Stiv Jobs 🍏Apple. Bu kompaniyani eshitmagan odam bo'lmasa kerak. Stiv Jobs va uning do'sti Voznyak asos solgan bu kompaniya texnologiya davrining revolutsiyasi sifatida tan olinadi. Jobsning asosiy maqsadi, insonlarga uzoq muddat manfaat keltiradigan kompaniya barpo qilish bo'lgan. Bu kompaniyaning smartfonlari iPhone nomi bilan ko'pchilikning mehrini qozongan. 📈 Smartfonlar bozorida iPhonening ulushi 15 foizni tashkil qiladi. Eng hayratlanarlisi shuki, dunyodagi barcha smartfonlar bozoridan tushadigan foydaning 80 foizi aynan Apple ga tegishli. Hozirda bu kompaniyaning yillik daromadi 274.5 milliard dollarni tashkil qiladi. iPhone smartfonlarining operatsion sistemasi haqida gapiradigan bo'lsak, alohida iOS degan nomga ega. iOS dasturchilariga talab, magazinda sifatli narsa sotib olish uchun navbat kutayotgan haridorlar kabidir. Chunki iOS dasturchilar judaham kam, oylik daromadlari esa shunchaki $2000 atrofida. 💡Maslahatimiz, siz ham iOS dasturchisi bo'lishga harakat qilib ko'ring. Maqsadingiz insonlarga foyda keltirish bo'lsin. Telegram | Facebook | Instagram | TikTok

Ahmoqlar orasida bitta aqlli odam chiqsa "Ahmoq" deb atashadi. Shuning uchun maqsadingdan qolma. Gazini bos! @mnshuz

Assalomu alaykum. Codial akademiyasida "English for programming" ya'ni "Dasturlash uchun ingliz tili" kursini tashkil qilyapm
Assalomu alaykum. Codial akademiyasida "English for programming" ya'ni "Dasturlash uchun ingliz tili" kursini tashkil qilyapmiz. Shuning uchun IELTS dan kamida 7 daraja olgan yigit va qizlarni dars o'tish uchun akademiyamizga taklif qilamiz. Qolgan masalalar ofisda gaplashib olinadi. Asosiysi qadriyat va bilim salohiyati bizga to'g'ri kelsa bo'ldi. O'quvchilar ham tayyor. Murojaat uchun: 👤 @IUTMNSH 📞 Tel: (91) 657-44-32 📍 Manzil: Farg'ona shahar, Sayilgoh ko'chasi 🏛 Mo‘ljal: “Emirates” restorani ro'parasida https://goo.gl/maps/6yQ5BYPcxVgn4y3i7 Telegram | Facebook | Instagram | TikTok

Assalomu alaykum. Mana shu videoni ko'rishni IT ga qiziqqan shogirtlarim, do'stlarim va ustozlarimizga maslahat beraman. Sababi Codial akademiyasida kelajakda qilmoqchi bo'lgan rejalarimni ko'pini o'zgartirib yubordi. Osmondagi bolalar ko'rsatuvini tashkil qilayotgan mutasaddilardan Alloh rozi bo'lsin! Ularni yaxshilik ila siylasin! @mnshuz

Assalomu alaykum. Bir necha kun oldin do'stlarimiz Ilxomjon Asraqulov va Mehrozbek Yuldashev suhbatga kelishdi. Ajoyib insonl
Assalomu alaykum. Bir necha kun oldin do'stlarimiz Ilxomjon Asraqulov va Mehrozbek Yuldashev suhbatga kelishdi. Ajoyib insonlar. Suhbat ham qaynoq bo'ldi. Eng yoqqan tarafi Farg'ona IT bozorini gullatishmoqchi va o'quv ga ham ahamiyat berishmoqchi. Juda ham hursand bo'ldim. Sababi Farg'ona bozori uchun bitta-ikki IT Akademiya bir hovuch suvni olib sahroga sochib yuborishdek gap. Hali bozorni tayyorlagani ham juda qiynalyapmiz. Shuning uchun ularga ko'ngildan chiqqan hamma dardlarimni to'kib soldim. Xudo xohlasa katta ishlar qilamiz akalar sizlar bilan inshaalloh. Ishlarga rivoj janoblar. Charchamanglar! 😌😌 @mnshuz

Assalomu alaykum. Kecha KIUF universitetida "Biznes Marafon" bo'lib o'tdi. Biz ham o'zimizni ko'rsatgan kichik biznesimizni o
+2
Assalomu alaykum. Kecha KIUF universitetida "Biznes Marafon" bo'lib o'tdi. Biz ham o'zimizni ko'rsatgan kichik biznesimizni o'quvchilarga gapirib berdik. @mnshuz

Assalomu alaykum. Bizga ham nasib qildi. Shukr. @mnshuz
Assalomu alaykum. Bizga ham nasib qildi. Shukr. @mnshuz

Assalomu alaykum. Ba'zan dam olib ham turish kerak. Ko'p narsani yozmayman. Nefrid(nefrit) degan joygacha yetib bordik. Dam olish dam olishdek o'tdi. Do'stlarimni birma-bir tanishtiray: 1. Dadaxon Hozirda Milliy universitet bitiruvchisi. Kuchli Matematik. Matematikadan turli olimpiadalarda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan. Chorsudagi katta bir o'quv markazda matematikadan dars beradi. 2. Izzatulloh Hozirda magistraturada o'qiydi. Temir yo'l universitetini bitirgan o'tgan yili. 3. Abdulloh Azon Tv da marketolog bo'lib ishlagan. Undan keyin Khan akademiyasida ishladi. Hozirda Merit o'quv markaz, maktab va bog'chasida TOP Manager bo'lib ishlab kelmoqda. 4. Man Hozirda Codial akademiyasi rahbari. Xullas sayohat mazmunli bo'ldi. Do'stlarimdan ancha tajribalar oldim. Rahmat sizga do'stlarim. ps: Nefrid ko'liga borishni umuman tavsiya qilmayman((. Sababini shu maslahatga amal qilmay borganda bilib olasiz. @mnshuz

photo content
+2

photo content
+9

Assalomu alaykum. Toshkentga safarimiz ancha foydali bo'ldi. Sherzod domla ta'lim bergan Android developerlar bilan MeetUp bo
+2
Assalomu alaykum. Toshkentga safarimiz ancha foydali bo'ldi. Sherzod domla ta'lim bergan Android developerlar bilan MeetUp bo'ldi. Ajoyib ko'nikma va tajribalarni o'rgandim. Kamina ham ozgina so'zga chiqib Farg'onadagi Codial Akademiyamiz haqida gapirib berdim. Yaxshi qabul qilib taklif va mulohalarini bildirishdi. Ps: Juda hursand bo'lganim ustozimiz Sherzod domla 2-3 yillik mehnatlarini samarasini ko'rmoqdalar. O'shalardan biri menman. Men eng kichik shogirtlari hisoblansam, qolgan shogirtlarini qo'yavering. Ustoz umringiz uzoq va saodatli bo'lsin! Biz sizni Alloh uchun yaxshi ko'ramiz. Charchamang! @mnshuz

Assalomu alaykum. Shu kunlarda Toshkentdamiz. Birinchi uchrashuv do'stimiz Holidjon bilan bo'ldi. Holidjon Inha universiteti
Assalomu alaykum. Shu kunlarda Toshkentdamiz. Birinchi uchrashuv do'stimiz Holidjon bilan bo'ldi. Holidjon Inha universiteti bitiruvchisi va Qo'qonlik ajoyib yigit. Qo'qon da ta'lim yo'nalishida katta ishlar qilmoqchi. Suhbat ayni shu haqida bo'ldi. Holidjon ishlaringizga omad. Charchamang! @mnshuz

​​Assalomu alaykum. Codial akademiyasiga manager kerak O'tgan gal video montaj qidirib e'lon bergan edik. Chiroyli holatda hal bo'ldi. Endi Codial akademiyasiga manager qidirilmoqda. Ishga kirish afzalliklari: • Komputer bilan ta'minlanadi • Oʻquv kurslarida 500 000 soʻmdan 1 000 000 soʻmgacha oʻqitilayotgan dasturlarni, bepul oʻrganishi. • Qishda issiq, yozda muzdak ofis •Fikrlashning oʻta darajada kengayishi. • Internet tarmogʻidan toʻlaqonlik foydalana olishi. • Ofisga kelib ishlaydiganlar uchun, ofis resurslaridan bepul foydalanishi Talablar: • Jamoa bilan ofisda birga ishlashi; • Butun ish kuni ofisda bo'lishi • 18 yoshdan yuqori va 23 yoshdan kichik bo'lishi • Hech qayerda ishlamaydigan va o'qimaydigan yigitlar qabul qilinadi. 👤 @IUTMNSH 📞 Tel: (91) 657-44-32 📍 Manzil: Farg'ona shahar, Sayilgoh ko'chasi 🏛 Mo‘ljal: “Emirates” restoranı to’grisida Telegram | Facebook | Instagram | TikTok

💻Kompyuter sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak? 🤵Koʻpchilikning muammosi "qanday telefon yoki kompyuter sotib olsam ekan?" degan savol boʻlsa kerak. Bu postimizni unchalik ham uzun qilmoqchi emas edik, lekin shunday qilishga toʻgʻri keldi. Kompyuter sotib olishda birinchi navbatda: "Bu kompyuterni nima maqsadda ishlataman? "degan savolni inson oʻziga berishi kerak. Faqat shundagina ham mablagʻdan, ham imkoniyatdan yutasiz. 👨🏻‍💻Agar siz dasturchi boʻlsangiz, albatta birinchi navbatda ishlatadigan dasturlar ogʻir, shuning uchun: 1) Operativ xotira (OZU) - 8GB(16 tavsuyu) dan kam boʻlmasligi kerak. 2) Hotira (HDD yoki SSD) - HDD olishni oʻrniga SSD olsangiz qulayroq tezroq ishlaysiz. SSD tezroq ishlaydi. 3) Protsessor - Core i 5 ning 7( masalan: Core i 5 7889) pokoleniyasidan boshlab olishingiz tavsiya etiladi. Chastotasi esa 2.7 Hz dan boshlansa oʻzingizga qulay va tez boʻladi. 4) Monitor - Monitoringiz Full HD va Matoviy boʻlishini tavsiya qilamiz. Shunday boʻlsa koʻzingiz kamroq zararlanadi va toliqmaydi. 5) Video karta boʻlsa oʻyin oʻynash va boshqa imkoniyatlarni ochib, tezlashtirib beradi. 💬Shundan kelib chiqadiki: Operativ xotira - 8gb(16gb tavsuyu) Hotira - SSD Protsessor - Core i 5 7889 Dan yuqorisidan boshlab. Monitor - Full HD, matoviy. Video karta - 8gb(16 gb tavsuyu). ⚡️Dizayner yoki arxitektor boʻlsangiz hamma detallarini eng yaxshilarini olishingiz tavsiya qilinadi. Chunki bu sohalarda ishlatadigan dasturlaringiz kuchli dasturlar hisoblanadi. Oddiy uyda ishlatish uchun boʻlsa arzonrogʻini olsangiz ham boʻladi.😉 🎯Tavsiya etiladigan brandlar: Macbook, Dell, ASUS, Acer #tavsiya 🌐Biz bilan qoʻshimcha bilimlarga ega boʻling: @mnshuz

Assalomu alaykum, azizlar! Endilikda Tiktokda ham blogni davom ettirishga qaror qildim. Tiktokda har kuni foydali content qoy
Assalomu alaykum, azizlar! Endilikda Tiktokda ham blogni davom ettirishga qaror qildim. Tiktokda har kuni foydali content qoyib borishga harakat qilaman. Tik tokda sahifa ochishimning bir nechta sabablari bor. Ulardan 3 tasini keltirib o'tmoqchiman: 1️⃣ Tik Tok auditoriyasini tabiiy ravishda kundan- kun o'sib borayotganligi! 2️⃣ Asosiy qismini yoshlar va o'smirlar tashkil qilishi! 3️⃣ IT va biznesga doir bilim va tajribalarimni beminnat ulashib bormoqchiligim! 📲 Tiktok sahifamga ulanish uchun link 🔻 ➡️http://tiktok.com/@muhammadaminnaziraliyev

​​Assalomu alaykum. Maktab va litseyda o'qitgan ustozlarimizdan bir gapni eshitib, juda xafa bo'ldim. Ul muhtaram va muhtaramalar aytishdiki: "O'quvchilarimizga ilm olgin odam bo'lasan, noning butun bo'ladi, hayotda qiynalmay yashaysan, topadigan puling ham ko'p bo'ladi deb aytsak, bizga ular: ustoz sizmi bitta o'qigan, 1-2millionga bizni o'qitib yuribsiz. Biz undan ko'ra o'qimay ham bu pulni topa olamiz deyishadi. Juda hafa bo'lamiz" deyishdi. To'g'risi juda achindim, ko'z yosh ham qildim. Birinchidan haqiqatda ustozi mo'tabarlarimizning oyliklari berayotgan beqiyos ilmlaridan kamligi va bu muammo tezlik bilan hal etilishi kerakligi. Ikkinchidan yoshlarimizning beodobliklari. Bunga sabab ota-onalarning farzandlariga ilm ulashayotgan ustozlarning hurmat va ehtiromini joyiga qo'yishni o'rgatmayotganlaridur. O'quvchilar bu gaplarni hech-hech ustozlarga aytmasinlar. Ularga odob ila muomilada bo'lsinlar. Ustozlarni haqlariga doimo duoda bo'lsinlar. Ota-onalar ham ustozlarni hurmatlashni farzandlariga o'rgatsinlar. Axir ular chiroq kabi yonish orqali, bizlarga yorug'lik ulashadilarku?! Shu yerda yana bir gapni aytib o'tishni o'zimga lozim deb topdim. Agar bevosita yoki bilvosita o'quvchilarim orasida kamina xodimingizni ham shunday o'ylaydigan bo'lsangiz bizni darsimiz siz uchun yopiq. Baribir ilmimiz sizga yuqmaydi. Biz ham shahrimiz ehtiyojidan kelib chiqib yarim kunlik vaqtimizni sizlarning bilimlaringizga tikkanmiz. Bizni unday deb o'ylamang! Alloh taolo ustozi-murabbiylarimizdan rozi bo'lsin! Ularni yaxshilik ila siylasin va ikki dunyo saodatiga yetkazsin! Omin Ya Robbal a'lamiyn. Muhammad Amin Telegram | Facebook | Instagram | TikTok

Assalomu alaykum. Bir necha kun oldin bir joyga chaqirib qolishdi. Bilsam Farg'ona shahar mahallalar raislarining o'rinbosarl
+1
Assalomu alaykum. Bir necha kun oldin bir joyga chaqirib qolishdi. Bilsam Farg'ona shahar mahallalar raislarining o'rinbosarlari ekan. Imkon qadar IT ni sodda uslubda tushuntirishga harakat qildim. Aslida ham bu insonlar bilan ko'proq suhbat qilish kerak deb o'ylayman. Chunki ota-onalar bilan suhbat qilib IT sohasiga bolalarni o'qitish kerakligini yetkazuvchi mana shu mutasaddilar hisoblanadi. Telegram | Facebook | Instagram | TikTok

+2
⚡️Kuni kecha Codial Akademiyasida Xurshidbek Maroziqov bilan bo'lib o'tgan seminardan lavhalar. Murojaat uchun: 👤 @codial_admin 📞 Tel: (99) 820-44-32 Manzilimiz, o’sha-o'sha Farg'ona shahar, “Emirates” restorani ro'parasida https://goo.gl/maps/6yQ5BYPcxVgn4y3i7 Codial — Zamonaviy Kasblar Akademiyasi