cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi rasmiy sahifasi

Advertising posts
182
Subscribers
-424 hours
-57 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#grantlar Erasmus Mundus EPS – Yevropaning bir nechta davlatlarida magistraturani oʻqish to’liq grant, oylik 1000 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ! Bu dastur doirasida har yili 20 nafar talabaga grant ajratiladi. Talabalar Chexiya, Polsha, Gollandiya va Ispaniya davlatlarida joylashgan universitetlarda oʻqishi mumkin. Grant imkoniyatlari: – Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi – Oylik 1000 yevro stipendiya – Safar xarajatlari uchun yiliga 4000-6000 yevro – Joylashib olish uchun 1000 yevro – Sugʻurta xarajati qoplanadi Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi. Batafsil👈 © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Show all...
#Manaviyat_Marafoni ✅" Biz bir bo'lsak-yagona xalqimiz birlashsak-yagona Vatanmiz!" Barcha joylarda bo'lgani kabi Yangiqo'rg'on tumanida ham ilk bora yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan hamyurtlarimiz uchun "Manaviyat marafoni" tadbiri bo'lib o'tdi. Maktabimizning "Yumshoq o'yinchoqlar", "To'qish", "Bichish-tikish", "Tasviriy san'at", "Kashtachilik", "Robototexnika va konstruktorlik" to'garak a'zolari va rahbarlari o'z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. "Ma'naviyat marafoni" da ayniqsa to'garak a'zolarining ijodiy ishlari, turli o'yinchoqlar, rasmlar, kulolchilik na'munalari va ularda aks etgan milliylik katta qiziqish uyg'otdi. Marafondan ko'zlangan maqsad yoshlar o'rtasida milliy g'urur vatanparvarlik tuyg'ularini yuksaltirish, asrlar davomida saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarni keng targ'ib qilish, ijtimoiy-manaviy muxitni yanada sog'lomlashtirishdir. © Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#grantlar CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening! Trening nomzodning tanloviga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi. Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi. Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari: – Oyiga 650 yevro stipendiya – Borish va kelish uchun aviachipta – Bepul turar joy – Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi – Bepul tibbiy sugʻurta – Viza xarajatlari uchun kompensatsiya Arizalar 2023-yil 18-dekabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👈 © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️❗️❗️ “Zakovat” intelektual oʻyinining hududiy bosqichiga start berilmoqda ⁉️Yurtimizda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish va ularning ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida “Zakovat” intellektual klublari tashkil etilmoqda. ▪️Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablari o‘rtasidagi “Zakovat” intelektual oʻyiniga start beradi! 📌“Zakovatintelektual oʻyini bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing👇 https://telegra.ph/Zakovat-intellektual-oyinini-tashkil-etish-va-otkazish-yuzasidan-TARTIB-11-10 Bizni kuzatishda davom eting! © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBEs
Show all...
👍 1
Namangan viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariyati hududlarda.... ▪️ Namangan viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining O'IB direktor o'rinbosari N.Ishmuhamedova va Uslubiy bo'lim mutaxasislari Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishish va kamchiliklar yuzasidan amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida tashrif buyurdi. ☝️Tashrif davomida toʻgaraklar faoliyati koʻzdan kechirilib, bo'limlar mutxasislari va to'garak rahbarlari bilan samimiy suhbatlashildi va kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarliklar o'rganildi. 🔹 Mashg'ulot jurnallari yuritilishi, to'garaklarga o'quvchilar qamrovini oshirilishi yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatildi. ✅Bundan maqsad, toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, hamda maktabdan tashqari ta'lim sifatini yuksaltirishdan iborat. Hududlarga amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi. ✍ Namangan viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati.
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangiqoʻrgʻonbabm #online_mashgʻulot 📢 Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash boʻlimi o'quvchi yoshlarni kuzgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish va maktab to'garaklarini ommaga tanitish hamda oʻquvchi-yoshlarni toʻgaraklarga jalb qilish maqsadida sizlarga "Online mashg'ulot" loyihasining kuzgi mavsum sonini taqdim etadi. 📽 Loyihamizning 23-soni "Ingliz tili" to'garagi rahbari N.Abdujabborova boshchiligida "Possessives" mavzusida bo'lib o'tadi. ⏰ Oʻtkazilish vaqti: 8-noyabr 2023-yil soat 14:00 da 📝Mashg'ulotda ishtirok etish uchun rasmiy telegram sahifamizga a'zo boʻling: @yangiqorgonbabmrasmiy 🔍Bizni kuzatishda davom eting! © Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🔗 Web sayt | telegramFacebook | Youtube | Instagram
Show all...
👍 7🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
5️⃣5️⃣5️⃣ “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda! ▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 7-noyabrdan 7-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” eʼlon qilinganligi munosabati bilan “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda! Ko‘rik-tanlov 7-noyabrdan 27-noyabr kuniga qadar tasviriy san’at yo‘nalishda o‘tkaziladi. 📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havolada tanishing! 🎗Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadi. ➡️Ko‘rik-tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin. 🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling! Barchangizga omad yor bo'lsin! Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing! © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Show all...
👍 4
💁🏻‍♂Yangi imkoniyatlar oyligi davom etmoqda... 🗓 Xabaringiz bor, "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi tomonidan "Yangi imkoniyatlari oyligi" doirasida turli tanlov, musobaqa, davra suxbatlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. 🎯Shu munosabat bilan taʼtil mobaynida oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Noyabr oyi "Active sport" oyligi deb nomlanib shaxmat va shashka hamda stol tennisi musobaqalari oʻtkazilmoqda. Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabidaham 4.11.2023-yil kuni Shaxmat va shashka musobaqasi boʻlib oʻtdi. 👥Musobaqada 60 nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar ishtirok etib tengdoshlari bilan bellashdilar. ✨Musobaqa yakunida har ikki yoʻnalish boʻyicha oʻquvchilar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. © Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati Web sayt | telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Art shop
Show all...
👍 7 1🥰 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yurist_maslahati MENI BOSIM BILAN, MAJBURLAB BOSHQA JOYGA O‘TKAZISHMOQCHI... ⁉️SAVOL Assalomu alaykum! Bizdan yuqori tashkilot bizni majburlab birorta yuqori tashkilotdagi bo‘limga oddiy mutaxassis bo‘lib o‘tasan deb roziligimissiz bosim bilan o‘tkazishga haqqi bormi? U yerda oylik ham past, undan tashqari bosh mutaxassis borib mutaxassis bo‘lib ishlamaydi-ku? Sharoit ham yaxshi emas. Shu holatda u yerga ishga o‘tmaslik uchun haq huquqlarimizni qanday himoya qilsak bo‘ladi? ✅JAVOB 🔰Yangi Konstitusiyamizning 42-moddasida: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega” deyilgan. Ya’ni, bu qoidada fuqarolarning “kasb va faoliyat turini erkin tanlash” huquqi alohida e’tirof etilgan. Sizga boshqa bir tashkilotga o‘tib ishlash borasida bosim o‘tkazilishi, Konstitusiyadagi ana shu qoidalarning buzilayotganini anglatadi. Haq-huquqlaringiz himoyasida mehnat sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar, jumladan, prokuratura, davlat mehnat inspeksiyasi yoki o‘zingiz a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasiga shikoyat qilishingiz mumkin. ✅ Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
"Barkamol avlod" bolalar maktablarida oʻquvchilar qamrovi boʻyicha REYTING tuzildi 📈 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida 7 yo'nalish 79 nomda tashkil etilgan to'garaklarga qamrab olingan oʻquvchi-yoshlar koʻrsatkichi boʻyicha joriy oʻquv yilining oktabr oyi holatiga koʻra REYTING belgilandi. ✅ Bundan ko'zlangan asosiy maqsad: ☝️maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, ☝️toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, ☝️hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini jonlantirish. Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:👇 Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Show all...
👍 5