cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Gurlan tuman hokimligi II Rasmiy kanali II

GURLAN TUMAN HOKIMLIGINING RASMIY SAHIFALARI 🌐 Web-sayt: http://gurlan.uz 💠 Instagram: https://www.instagram.com/gurlan_tumani_hokimligi/ 💠 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100076329035840 Murojaat uchun: @GurlanhokimligigaMurojaatBot

Show more
Advertising posts
2 374Subscribers
-324 hours
-117 days
+2030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#kitobsevarmillat Республика бўйлаб IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» китоб кўргазма-ярмаркалари, "Заковат" беллашувлари, учрашувлар, давра суҳбатлари ва турли маданий тадбирлар билан давом этмоқда. Эслатиб ўтамиз, 27-28 апрель кунлари ҳафталик доирасида Тошкент шаҳридаги “Dream park” истироҳат боғида китоб савдо ярмаркаси бўлиб ўтади. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Show all...
Gurlan tumani hokimligining majlislar zalida barcha mas’ul xodimlar ishtirokida "Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash" bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat prokurorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi U.Abdullayev, sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Xorazm viloyati kengashi raisi R. Shenyazov va tuman hokimining birinchi o’rinbosari U.Davlatov, tegishli idora-tashkilot vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi. Yig‘ilishda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ravishda ishlar tashkil qilinayotganligi, mahalla yettiligi tomonidan xonadonma-xonadon yurib, xatlov o‘tkazilishi hamda anketa so‘rovnomani to‘ldirish tartibi, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan me’yorlarga amal qilish to‘g‘risida tushuntirish berildi. Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Show all...
👍 1
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Zuxra Ibragimova va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsud Qurbonboyevlar Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi kotibiyatida deputatlar bilan uchrashdi. 🔹Shundan so’ng, tuman hokimligi majlislar zalida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar jarayonida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar, xususan, yer uchastkalariga bo‘lgan mulk va ijara huquqini e’tirof etishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, mehmonlar tuman madaniyat bo’limida va 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchi hamda aholi bilan qonunchilikdagi yangiliklar hamda fuqarolar muammolari yuzasidan uchrashuv olib bordilar. Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Show all...
👍 1
#Videoinfografika Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi ✔️Milliy strategiya qabul qilindi ✔️Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berildi ✔️Jazoni ijro etish muassasalarida qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan Milliy preventiv mexanizm joriy etildi YUKSALISH HARAKATI
Show all...
#Faxriy_ayol_davrasida
"O‘zbekiston Qahramoni" bilan uchrashuv Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratova Gurlan tumanida bo‘lib, O‘zbеkiston Qahramoni, Gurlan tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi dirеktori Anora Mahmudova bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida faxriy ustozning hayotiy tajribalari, erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari, boy pеdagogik mahorati, bugungi kunda yosh avlodga zamonaviy uslublar asosida ta'lim-tarbiya berishning o‘ziga xosli, ayniqsa, o‘quvchi-qizlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida samimiy suhbat-muloqot tashkil etildi.
— Biz ayollari e'zoz topgan aziz yurtda yashayapmiz. Uzoq tajribaga ega ustoz-pedagog, shu yurtning ehtiromiga munosib ko‘rilgan, qahramoniga aylana olgan ayol sifatida aytishim mumkinki, mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga yuksalib bormoqda,
- deydi Anora opa Mahmudova o‘z so‘zida.
Kanalga ulanish
@Xorazm_xotin_qizlari
Show all...
MUHIM ISLOHOTLAR IJROSI
Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratova Gurlan tumanidagi Boldoqli mahallasida bo‘lib, ushbu mahallada xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish orqali yuqori daromad olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdеk, hokim o‘rinbosari mazkur mahallada faoliyat olib borayotgan mas'ullarning bu boradagi faoliyati bilan tanishib, mahallada xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikga yo‘naltirish kabi qator masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi. 👉BATAFSIL TANISHING
Kanalga ulanish
@Xorazm_xotin_qizlari
Show all...
Tadbirkorlarni kim himoya qiladi? 📊 Gʻoyalar amalga oshib, ishtiyoq harakatlantiruvchi kuchga aylangan dinamik dunyoda tadbirkorlar alohida oʻrin tutadi. Ular taraqqiyot, ish oʻrinlari yaratuvchi, iqtisodiyotni olgʻa siljituvchi va odamlar turmushini yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi meʼmorlardir. ☄️Lekin har qanday ijodkor singari ishbilarmon ham oʻz maqsadiga erishish yoʻlida qiyinchiliklarga duch kelishi muqarrar. Kutilmagan toʻsiqlar, byurokratik aralashuvlar, insofsiz raqobatchilar – bularning hammasi chinakam tadbirkorning yoʻliga gʻov boʻlib, rivojlanishini sekinlashtirishi tabiiy. ❓ Xoʻsh, tadbirkorlar qanday huquqlarga ega? Ularning bu huquqlari buzilganda qayerga murojaat qilish kerak? Ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlashning qanday mexanizmlari mavjud? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida tadbirkorlar orasida soʻrovnoma oʻtkazildi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
Тадбиркорларни ким ҳимоя қилади?

Ғоялар амалга ошиб, иштиёқ ҳаракатлантирувчи кучга айланган динамик дунёда тадбиркорлар алоҳида ўрин тутади. Улар тараққиёт, иш ўринлари яратувчи, иқтисодиётни олға силжитувчи ва одамлар турмушини яхши томонга ўзгартирувчи меъморлардир. Лекин ҳар қандай ижодкор сингари ишбилармон ҳам ўз мақсадига эришиш йўлида қийинчиликларга дуч келиши муқаррар. Кутилмаган тўсиқлар, бюрократик аралашувлар, инсофсиз рақобатчилар – буларнинг ҳаммаси чинакам тадбиркорнинг йўлига ғов бўлиб, ривожланишини секинлаштириши табиий. Хўш, тадбиркорлар қандай ҳуқуқларга эга? Уларнинг бу ҳуқуқлари бузилганда қаерга мурожаат қилиш керак? Ишбилармонларни қўллаб-қувватлашнинг қандай механизмлари мавжуд? Шу ва бошқа саволларга жавоб олиш мақсадида тадбиркорлар орасида сўровнома ўтказилди. #shortsvideo #shortvideo #video #youtube #youtubeshorts #biznes #comedyvideo #reels #videoshort #shortsviral #shortvideos #shortsviral #shortsvideos

👍 1
Gurlanda ipak qurtini parvarishlash mavsumi boshlandi Ma’lumki, pilla va undan tayyorlanadigan ipak matolar va tayyor ipakchilik buyumlari o‘zbek xalqining boy va milliy merosi hisoblanadi. Shunday ekan, gurlanlik pillakorlar ham 2024-yil pilla rejasini ortig‘i bilan bajarishni maqsad qilib, ipak qurtini parvarishlashni boshlashdi. Joriy mavsumda tuman pillakorlari 240 tonna “kumush tola” yetishtirishni maqsad qilgan. Shu maqsadda tuman hududidagi fermer xo‘jaliklari va kasanachilarga 4137 quti ipak qurti tarqatiladi. Ma'lumot uchun: Kasanachilar jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning mavsum davrida bajargan ishlari ularga pensiya ta’minlashda bir yillik ish staji deb hisoblanadi. Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Show all...
👍 1
#Islohotlar_raqamlarda ✔️Oʻzbekistonda har 100 kishiga 79 ta abonent to'g'ri kelmoqda (1-yanvar holatiga) ✔️Abonentlar telefon raqamini oʻzgartirmasdan operatorini almashtirishi mumkin bo'ldi ✔️Telefonlarni UZIMEI tizimida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Face-ID'dan foydalanish imkoni yaratildi
Rasm — sun'iy intellekt
YUKSALISH HARAKATI
Show all...
⚠️Ehtiyot boʻling, firibgarlikning yangi turi!
📶Qoʻngʻiroqlar orqali baxtsiz hodisaga uchragani, zudlik bilan pul zarurligi yoxud yaqin insoningizdan qarz soʻrab murojaatlar, farzandlaringizning biror ehtiyoj uchun pul koʻchirish toʻgʻrisidagi ovozli xabarlar yuborilishi holatlariga duch keldingizmi?
❓Firibgarlar ovozlarni soxtalashtirish uchun qanday usul qoʻllashadi? ❓Firibgarlarning tuzogʻiga tushmaslik uchun nima qilish kerak? ❓Uyali aloqa qurilmalari, umuman ijtimoiy tarmoqlarda himoya vositalarini bilasizmi? 〰️〰️〰️〰️〰️ 💻Videorolikni diqqat bilan tomosha qiling. Firibgarlarning yangi nayrangidan ogoh boʻling! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...