cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TKTI SHAHRISABZ FILIALI YOSHLAR ITTIFOQI

Yoshlar ittifoqi Murojat uchun: @Yoshlarmurojatklub_bot

Show more
Uzbekistan30 180The language is not specifiedEducation68 195
Advertising posts
305Subscribers
No data24 hours
-17 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🟥🟥🟥🟩🟩🟩 ✅️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi. 🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. ➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boyicha g‘oliblar aniqlanadi: 🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi; 🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi; 🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi; 🟢Yilning eng faol sportchi talabasi; 🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha); 🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi; 🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun). 💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 🟥Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi 🧊 Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling. Yuqorida “Yil talabasi – 2022” gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
Repost from Manaviyat.edu.uz
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida tashkil etilgan Mushoira klubi 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan onlayn tanlov e’lon qiladi. 🗣Tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi: 🔵Eng yaxshi videorolik * biror she‘r yoki hikoyani o‘qib video formatda tayyorlash kerak, montaj effektlari va musiqalardan foydalanish mumkin; 🔵Eng yaxshi audio * biror she‘r yoki hikoyani o‘qib audio formatda tayyorlash kerak, musiqalardan foydalanish mumkin; 🔵Eng yaxshi she’r * o‘z ijod namunasi bo‘lishi kerak; 🔵Eng yaxshi hikoya * o‘z ijod namunasi bo‘lishi kerak; Ishtirokchilardan erkin mavzuda kreativ yondashuv va yangi g‘oya asosidagi ijod namunalarini kutib qolamiz 🟧Tanlov uchun yuboriladigan materiallar 15-noyabr soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi. 🟧G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat va kitoblar bilan taqdirlanadi. 🟧G‘oliblar 17-noyabr kuni @mushoira_klubi rasmiy kanalida e’lon qilinadi. 👉 Tanlov ishtirokchilari ism-familiyasi va o’qish joyi haqidagi ma‘lumot va ijodiy ishlarini @vymlady profiliga yuborishingiz kerak.
Show all...
👉 Mushoira klubi sahifasi 👈
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz! 🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi. 🔴3ta – zamonaviy smartfon; 🔴3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i; 🔴20ta – Smart watch; 🔴20ta – Quloqchin; 🔴20ta – Airpods; 🔴20ta – Powerbank; 🔴ko‘plab badiiy kitoblar; 🔴va pul yutuqlari yutib oling. ✅Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz! 📺TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH⬅️ Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!
Show all...
Tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi Oyina.uz portali “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” ruknining 45-sonida Xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov quyidagi kitoblarni tavsiya qilibdi: 🔵 1.“Alpomish” dostoni 🔵 2. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari 🔵 3. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani 🔵 4. Abdulla Qodiriy, “Muhrobdan chayon” romani 🔵 5. Oʻtkir Xoshimov, “Ikki eshik orasi” romani 🔵 6. Togʻay Murod, “Otamdan kolgan dalalar” romani 🔵 7. Abdulla Qahhor asarlari 🔵 8. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani 🔵 9. Chingiz Aytmatov, “Boʻtakoʻz” qissasi 🔵10.Tohir Malik, “Voy, onajonim” kitobi. 🗣Abdusattorov 2021-yil Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida amaldagi jahon chempionlari — Yan Nepomnyashchiy va Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratib, rapid boʻyicha jahon chempioni boʻlgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. 2022-yilda oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilib jamoasi bilan birgalikda Oʻzbekistonga dastlabki Olimpiada chempionligini olib keldi. Kuchli shaxmatchi boʻlaman desangiz, ushbu kitoblarni oʻqib chiqishga harakat qiling! ✈️KitobxonYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Show all...
DIQQAT E'LON! Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalari diqqatiga Milliy kurash bo‘yicha Filial talabalari o‘rtasida "VAZIR KUBOGI" turniri bo‘lib o‘tadi. Turnir 1-noyabr soat 10:00 da Madaniyat saroyi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 31-oktabr soat 14:00ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish👇 @akobir_turaboyev +998911361999 Kurashga qiziqadigan barcha talabalarni chorlab qolamiz. Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
Birozdan so’ng, aniqrog’i soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Otabek Hamzayev jamoasi ishtirokidagi 2023-yilning kuzgi mavsumi beshinchi o‘yini namoyish etilmoqda. Bugungi o’yinda kuzgi mavsum finalchilari nomi ma’lum bo’ladi. Yoki Otabek Hamzayev jamoasi, yoki terma jamoa finalda o’ynaydi. Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham bo’lib o’tadi. ⚡️Tomoshabinlar uchun super yangilik! Endi “Zakovat”ga savol yo‘llab katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin. Sizni oddiy o‘yinlarda 1 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha, mavsum finalida 50 mln so‘mgacha mukofot kutmoqda. ‼️ Agar savolingiz yil finalida eng zo‘r savol deb topilsa, unda 1️⃣0️⃣0️⃣ mln so‘m (!!!) pul mukofoti beriladi🤩💰 📨Savol yuborish shartlari bu yerda. Eslatma: “Agrobank” teletomoshabinlar homiysi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ esa bilimdonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 👍 Ko‘proq kitob o‘qing, qiziqarli savollar tuzing va millionerga aylaning! “Zakovat”ni ko‘rishni esa kanda qilmang! 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 1
Диққат танлов! “ЗУЛФИЯ” НОМИДАГИ ДАВЛАТ МУКОФОТИНИНГ ШАҲАР БОСҚИЧИ ЎТКАЗИЛИШИ КУТИЛМОҚДА Ҳурматли хотин-қизлар! Яқинда шаҳримизда “ЗУЛФИЯ” номидаги Давлат мукофотининг шаҳар босқичи танловини ўтказилиши кутилмоқда. Ушбу  давлат мукофоти 14 ёшдан 30 ёшгача бўлган энг иқтидорли ва зукко, ташаббускор қизларга қўйидаги йўналишларда эришган ютуқлари учун берилади: -  Адабиёт йўналиши; -  Санъат йўналиши; -  Санъат (тасвирий, амалий, безак, дизайн) йўналишлари; -  Маданият йўналиши; -  Таълим йўналиши; -  Фан йўналиши; -  Спорт йўналиши; -  Жамоатчилик йўналиши. Танловда иштирок этмоқчи бўлган номзодлар Хотин-қизлар ишлари бўйича Шаҳрисабз шаҳар бўлимига ҳамда мактабгача ва мактаб таълими шаҳар бўлимининг қўйидаги телефон рақамларига 91 320-43-71 99 549-84-71 қўнғироқ қилишлари сўралади.
Show all...
Тантанали кузатилди Бугун Шаҳрисабз шаҳар ҳокими Акром Сулаймонов Деҳқонобод тумани ҳокими лавозимига тайинланганлиги муносабати билан тантанали кузатиш маросими бўлиб ўтди. Йиғилишда сўз олган Шаҳрисабз шаҳар нуронийлар кенгаши раиси Нўъмон Узоқов, Зингирон, Аммоғон фуқаролар йиғини раислари депутат Насиба Аҳатова, Бозор Эшдавлатов, матбуот котиби Гулнора Узоқова, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Мухайё Алмирзаева ва бошқалар фидойи ва жонкуяр раҳбар А.Сулаймоновни шаҳарни ижтимоий-иқтисодий, маънавий ривожига қўшган ҳиссаси, аҳоли мурожаатлари билан ишлашда ягона тизимни шакллантирганлигини, хотин-қизларга бўлган эътибори хусусида тўлқинланиб гапириб, бундан кейинги фаолиятларига омад ва зафарлар тилашди. Анъанага кўра собиқ шаҳар ҳокими А.Сулаймоновга тўн кийдирилиб, эсдалик совғалари топширилди. Тадбир сўнгида шаҳар ҳокими Президентимиз ва вилоятимиз ҳокими билдирган ишончни оқлашга, шаҳар фаоллари томонидан кўрсатилган эътибор ва эътироф учун йиғилганларга ўз миннадорчилигини билдирди.
Show all...
Шаҳрисабз шаҳрига янги ҳоким тайинланди Шаҳар ҳокимининг биринчи ўринбосари Акамурод Узоқовга ҳокимлик вазифаси юклатилди. 👉 https://kun.uz/82243698 Kun.uz расмий канали
Show all...
👏 1