en
Feedback
Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Open in Telegram

366 kunlik marafon boshlaganman. Pinnedda o‘qib ma'lumot oling. Foydali odatlarni qanday rivojlantirish haqida gaplashamiz. Kitobxo‘rlar uyushmasi Aloqa uchun @ismoil_psixolog

Show more
809
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Och inson vatanparvarlik haqida bir daqiqa ham o‘ylamaydi. O‘ylashga haqqim bor degan fikr kelmaydi hattoki uning miyasiga. Oshqozon bo‘m-bo‘sh (muttasil tarzda), kallada minglagan o‘ylar, oila-a'zolariga hech qanday yordam bera olmaslik bosimi jamiyatdan sekin asta nafratlantira boshlaydi. Har qanday taklif o‘ylab ko‘rishga vaqti, fursati va imkoniyati och odamda bo‘lmaydi. Ozroq sabr qilsang yaxshi bo‘lardi degan fikr och odamni qulog‘iga kirmaydi. Vatanparvarlik, vatan uchun, jamiyat uchun fidokorlik, jonini fido qilish eng oxiriga tushib ro‘yxatidan o‘chishni boshlaydi. CHunki u jamiyat a'zolari uni bu holini ko‘ra solib, bilib, anglagan holda to‘qlar, muvaffaqiyatga erishgan insonlar tomon gurros solib chopqillab, yugurgilab ketayotganini ko‘rgan och odam jamiyatga qo‘l siltashni, hafsalasi pir bo‘lishni boshlaydi. Endi unda ham asosiy maqsad vaziyatdan foydalanib qolish har qanaqangi fursatdan foydalanib bir nimali bo‘b qolish, harna nimagadir erishish bo‘ladi. Och paytingda seni qo‘llamagan jamiyatga qornim to‘yganda men eshitamanmi, yo‘q deydi. Jamiyatni rivojlantirish, insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan ezgu g‘oyalar jon saqlab qolish maqsadida ishlab qolishga yo‘naltiriladi. Bunday o‘ylab qaraganda to‘g‘ri qiladimi shunda? Bir och insonni, qo‘llab to‘g‘ri yo‘lda olib qola olmagan jamiyat a'zolari, keyinchalik bu kishim o‘zgarib qolganini iddao qilib avvalgidek bo‘lishini avval ta'kidlaydi, keyin talab qila boshlaydi. Keyin ayblay boshlaydi. Shu to‘g‘ri qarormi shunda? Bu holatda kim javobgar bo‘lyapti shunda, och insonni eshitmagan va qo‘llamagan to‘qlarmi yoki to‘qlardan najot kutgan och insonmi? @kitobxorr

Haqiqatan, inson shoshqaloq holda yaralgandir. "Anbiyo 37-oyat."

Hazrat Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Alloh taolo rizq beradi, deb, kasb qilishdan qo‘llaringizni tortmanglar, Alloh taolo tilla tangalarni osmondan yog‘dirmaydi". Nafs illatlari kitobidan @kitobxorr

O‘tgan haftada shu ikki kitobni yakunladim. Ruhiy tarbiyani 2-jildi ozgina qiyinlik qildi, to‘liq anglamaganim (to‘liq anglas
+1
O‘tgan haftada shu ikki kitobni yakunladim. Ruhiy tarbiyani 2-jildi ozgina qiyinlik qildi, to‘liq anglamaganim (to‘liq anglash degan tushunchani o‘zi ham xato bo‘lsa kerak) sababli ya'ni xato ma'lumot yozib qo‘ymaslik uchun ma'lum bir muddatdan so‘ng qayta mutolaa qilib keyin hulosamni yozmoqchiman. Lekin o‘qilishi kerak bo‘lgan kitob. Boshidan oxirigacha qiyin demadim. O‘rtalarida kelgan mavzularni tushunish ozroq mushkullik qildi. Brayn Treysini kitobi esa yengil o‘qiladi, agar kitobni ichidagi ma'lumotlarga amal qilinsa yaxshi metodlar berilgan. Kunni rejalashtirishga 10 daqiqa vaqt ketmaydi, lekin shuni ham ko‘pchilik qilmaydi. Keyin muallif eng yoqimsiz bo‘lgan, lekin odatga aylantira olsang keyinchalik senga foyda keltiradigan odat/vazifalarni ertalab bajarib, tugatishni tavsiya qilgan. P. S) ertalabki sayrni videolarini bu kanalga joylamay turaman. Matnli holatga qaytamiz. Instagramga story qo‘yib boraman https://www.instagram.com/ibragimovichismoil_?igsh=cHR3eGdhdzVpem4= ok. @kitobxorr

To‘g‘rimi😂
To‘g‘rimi😂

#bugundushanba 65/366 Bugun marafonning 65-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊 Yurish: 3200 qadam Kitob: ertalab 20 bet o‘qildi. Sana: 11.03.24 Ob-havo: 8° @kitobxorr

Ramazon muborak bo‘lsin.

#bugundushanba 64/366 Bugun marafonning 64-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊 Yurish: 1600 qadam Kitob: ertalab 56 bet o‘qildi. Sana: 10.03.24 Ob-havo: 10° @kitobxorr

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Banu Fazoralik bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vassallamning huzurlariga kelib: -Xotinim qora bola tug‘di?!-dedi. -Sening tuyalaring bormi?-dedilar u zot. -Ha dedi. -Ularning rangi qanday? dedilar. -Qizil, dedi. -Ichida oqishlari bormi? dedilar. -Albatta, ularning ichida oqishlari bor, dedi. -O‘sha narsa ularga qayerdan kelgan? dedilar. -Balki, irqi tortgandir, dedi. -Buni ham balki, irqi tortgandir dedilar. (😁😁😁) Ruhiy tarbiya 2 @kitobxorr

Bugun tushlik paytidan so‘ng qizalog‘im bilan sayrga chiqdik. Maroqli sayr va suhbat bo‘ldi. Keyin juda chiroyli maskanga tashrif buyurib, u yerni ham ziyorat qilib qayttik. Juda mazza qildim😊 @kitobxorr

#bugundushanba 63/366 Bugun marafonning 63-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊 Yurish: 1600 qadam Kitob: ertalab 30 bet o‘qildi. Sana: 09.03.24 Ob-havo: 10° @kitobxorr

#bugundushanba 62/366 Bugun marafonning 62-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊 Yurish: 2600 qadam Kitob: ertalab o‘qilmadi. Sana: 08.03.24 Ob-havo: 6°
Har kuni ertalabki sayrga chiqqanimda "Muborak ramazon" loyihasini bittadan darsini eshitib sayr qilaman. Juda foydali ma'lumotlar berilmoqda.
Inson o‘zidagi ko‘plab yaxshi fazilatlarini tagida aslida nima yotgani, o‘zini yeb bitirish oqibatlari va kelib chiqish sabablari, norozilik kayfiyatlari qayerdan va nima sababdan kelib chiqishi haqida ma'lumotlarni olib korreksiya qilib borishi mumkin. Foydali deb bilganim uchun tavsiya qilyapman. Agar loyihada ishtirok etish istagi bo‘lsa +998970001166/ +998971320066 raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib Ismoil Mamadjanov nomidan keldim deb xabar bering, sizni yopiq guruh va kanalga qo‘shishadi. Ishoning juda foydali bo‘ladi. @kitobxorr

Facebook'dan olindi😂 @kitobxorr
Facebook'dan olindi😂 @kitobxorr

Biz har doim ustozni qadrlash haqida postlar, gazetada maqolalar, kitoblar yozamiz lekin ko‘pincha bizni odam qilgan insonlar
Biz har doim ustozni qadrlash haqida postlar, gazetada maqolalar, kitoblar yozamiz lekin ko‘pincha bizni odam qilgan insonlarni bir marta bo‘lsa-da holidan xabar olib, suhbatida bo‘lmaymiz. Bu inson Kuliyeva Gulbahor opa, hozirda Sirdaryo tumanidagi 36-maktabda boshlang‘ich ta'limdan dars beradilar, meni birinchi ustozim. Bugun ham odatdagi kun edi, rejada umuman ustozimni ziyorat qilish yo‘q, ishga ketish oldidan bir yonlariga o‘tib bayram bilan tabriklab kelay umuman bormaganman deb ziyorat qilib bayram bilan tabriklab qaytdim. To‘g‘risi kutmagandim dedilar, men o‘zim ham kutmagandim bunaqa holatni dedim😁 Ustozlarni real hayotda qadrlaylik. P. S) rasmga tushish taklifi ustozimdan chiqdi🤗 @kitobxorr

#bugundushanba 61/366 Bugun marafonning 61-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊 Yurish: 2000 qadam Kitob: ertalab o‘qilmadi. Sana: 07.03.24 Ob-havo: 6° @kitobxorr

Ichimda bitta odamcha bor. Mirshakar aytganidek doim gapirib turadi, doim vasvasa qilib, g‘ulg‘ula qilib turadi. Tinimsiz gapiradi. O‘ylovim ko‘payib nima qilarimni bilmay qolaman, hamma zo‘r natijaga erishyapti, sen shuncha yil o‘qib hozirgi holatingni, yurishingni qara deydi, men esa mayli hamma birdaniga zo‘r bo‘b ketmaydi ozroq sabr qilay deyman, qachongacha sabr qilasan, bo‘ldi yig‘ishtir kelayotgan takliflarni qabul qil bo‘ldi o‘zingdan zo‘rro yasab olmasdan, baribir bu jamiyat o‘nglanmaydi, tezroq oyoqqa turishing kerak, bo‘yninggacha kredit, qarzga botib yotibsan yana o‘zingcha qaysarlik qilasan deydi, men esa to‘g‘ri aytasan qachon o‘nglanaman, qachon yaxshi bo‘ladi, hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘zimni o‘zim aldab boshlaganimga ham yaqinda 6 yil bo‘ldi, qachongacha shu yurishda yuraman deb uni gapiga kirishni boshlayman, yo‘rig‘iga yurib uyoqdan buyoqqa chopaman, yo‘l qidiraman, eshik taqillataman, eshik yopiq. Ha bejizgamasdir deb yana ozroq sabr qilib, harakat qilib turay o‘zgarish bo‘lib qolar deb yana ortga qaytaman. P. S) shu postni uyga qaytishda taksida yozgandim. Taksidan tushib uygacha 1,5 km dars eshitib ketaman deb audiodarsni eshitib ketyapman ortimdan 4-5 qadam orqada bir aka kelyapti, 100-200 qadam yurganimizdan keyin yangi uylarda turasizmi aka deb chaqirdi, yo‘q uchastkada deganimda ozroq suhbat qurdik. 3 bolam bor kvartirada turamiz 25 kundan beri ish qidirib yuribman, kvartira to‘lovi yaqinlashib kelyapti yurak orqaga tortib ketyapti nima bo‘larkan deb gapirib qoldi. Menga huddiki seni vaziyating menikidan ancha yaxshi nolima degandek. Keyin ichki ovoz ham o‘chdi. Har kelganni Xizr bil. @kitobxorr

"Mushtum" jurnali o‘z faoliyatini to‘xtatibdi. Iqtisodiy qiyinchiliklar sabab qilib keltirilgan xabarda. @kitobxorr
"Mushtum" jurnali o‘z faoliyatini to‘xtatibdi. Iqtisodiy qiyinchiliklar sabab qilib keltirilgan xabarda. @kitobxorr

#bugundushanba 60/366 Bugun marafonning 60-kuni. Ikkinchi oyni ham yakuniga yetkazdik, davomli qilsin😊 Yurish: 1300 qadam Kitob: ertalab o‘qilmadi. Sana: 06.03.24 Ob-havo: 3° @kitobxorr