cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sokinlik

Hayollaringni jilovlab ol, Chunki u hamma narsaning boshlanishi Instagram: instagram.com/KSokinlik You tube: youtube.com/@KSokinlik

Show more
Advertising posts
512
Subscribers
+224 hours
-27 days
-1930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Aybsiz do’st istagan do’stsiz, aybsiz juft istagan juftsiz qoladi” @KSokinlik
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Tashna Bugun koʻrishaylik, Yomgʻirni qara! Suvga boʻkkan mushukday shahar. Osmon yaylovlari bulutga qaram, Koʻngil – tashrifinga, Yoʻq dema faqat. Bugun koʻrishaylik, xiyobonni qoʻy, Soyabon koʻtarib yurish ham mahol. Yoʻqsul peshonamda gʻaribgina uy, Unga ikki olam sigʻar bemalol. Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan, Xoʻmray taʼqiqlarga, Yelib kel, gulim. Sen qahva ichasan oyna yonida, Men unsiz chekaman, senga termulib. Bugun koʻrishaylik, ikkilanma hech, Urunma boshqa kun fursat topishga. Piyoda yoʻlga tush – avtolar sotqin. Nozik badaningga chippa yopishgan jiqqa hoʻl libosda koʻzimga botgin. Dovdirab eshikka suyanib qolay, Yomgʻirda ivigan qaro sochlaring uchidan chakillab tomgancha sharbat dildirab uyga kir, Dood, iforingdan, Shilq etib yiqilay, sarxushu sarmast. Kel, hozir koʻksimning ichi toʻla ganj, Yor, uni, yor! Uni, Yorugʻ nurdanam. Kechiksang befoyda, yomgʻir toʻxtagach, Aylanib qolaman sovuq murdaga. Bugun koʻrishaylik, Yoʻq dema faqat...
Show all...
Menga turmushga chiqasizmi❔ Ha, ha, adashmadiz, rost aytyapman. Menga turmushga chiqasizmi? Men bilan hayotingizni eng esda qolarli damlarini, yoshligingizni, ilmingizni, halolingiz uchun hammadan yashirgan go‘zalligingizni, butun dunyo ayollari bir bo‘lsalar ham sizningdek bo‘lolmaydigan iffatingizni menga ravo ko‘ra olasizmi? Deyarli har kuni bir xil jim-jitlikda o‘tayotgan kunlarimni o‘z beg‘uborligingiz bilan quvonchlarga to‘ldira olasizmi, menga go‘zalliklarni ko‘rsata olasizmi? Qiyinchilik va sinovlar to‘la bu dunyoda qo‘limdan tutishingizni va bu dunyoning o‘tkinchiligini eslatib turishingizni xohlardim. Ayting, menga turmushga chiqasizmi? Allohning jamolini ko‘rishlik uchun bir-birimizni jannat tomon yetaklashga rozimisiz? Keling, ularga asl baxtni islom shariatiga muvofiq yashashda ekanligini ko‘rsatib beramiz! Faqat bir narsaga kelishib olaylik, o‘g‘illarimizning ismini siz qo‘yasiz, qizlarimizga esa men qo‘yaman. Ularning Qur’onda ustozlari siz bo‘lasiz, din ahkomlarida esa men. Kelishdikmi? Sizda onamni ko‘rishni istayman, garchi bu qiyin bo‘lsa ham ularga oz bo‘lsada o‘xshashligingizni xohlardim. Chunki bu dunyodagi mendan kamchilik qidirmaydigan, so‘zlarimdan xafa bo‘lmaydigan, har qanday holatda ham meni yaxshi ko‘radigan yagona inson onamdir! Doim kitoblar olgani siz bilan birga borsam, men sizga birma-bir kitoblarni ko‘rsatsamu siz har safar u kitobni o‘qiganingizni aytaversangiz. Men Oiz Qarniyning kitoblarini olamiz desam, siz esa: “Shayx Muhammad Sodiqning kitoblarini olamiz”, deb «talashsangiz». Bir-birini Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rganlar Qiyomat kuni, Mahshar maydonida, buyuk Arshning soyasida yonma-yon turadigan insonlarimdan biri bo‘lishingni Allohdan so‘rayman. Ayting! Allohning taqdiri ila bir kun eshigingizni qoqsam, Allohning amri, Rasulullohning sunnati ila qo‘lingizni so‘rasam, rozi bo‘larmidingiz?!
Show all...
Bir insonga «Sen uchun qaygʻuraman» deyish—bu shunchaki havotir, qoʻrquv yoki vahima emas. Bu yaqinlik. Qalblar orasidagi yaqinlik. U bilan sodir boʻlgan yoki boʻlayotganlarni baham koʻrish istagi. Qaygʻuraman — bu sen bilan bitta yoʻldan ketaman, garchi u toshlarga va tikonlarga toʻlgan boʻlsa ham, degani. Bu–yoʻqotishlaringni oʻrnini toʻldirishda dalda boʻlaman, ruhiy kuchsizlikka chalinganingda, qoʻllaringdan tutaman degani. Qaygʻurish–qalban boʻladi. Inson tushkunlikka tushganida, yonida uni qoʻlidan tutadigan, bagʻriga bosib tasalli beradigan birini istaydi. Inson oʻzligini yoʻqotib, nimani qanday qilishni bilmay qolganida, unga maslahat berib, shunchaki uni qoʻllab quvvatlaydigan birini xohlaydi. Inson qoʻrqqanida, chora topolmaganida, «qoʻrqma, yoningdaman» deydigan biriga muhtoj boʻladi. Kimdir shunchaki yonida boʻlishi kerak, Insonga–inson kerak! 💌
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Juda nochorlikda yashaydigan keksa yoshli chol va kampir bor edi. Kunlarning birida kampir uzun sochlarini tarash uchun cholidan taroq olib berishini so'rabdi. Chol kampiriga ma'yus boqib, olib berolmasligini, qo'l soatining tasmasiga ham puli yo'qligini aytibdi. Kampir choliga tabassum bilan boqib, xijolatga o'rin yo'qligini aytibdi. Ertasi kuni chol ishini tugatib, cho'ntagidagi tasmasiz soatini arzimas bahoga sotib, kampiri so'ragan taroqni sotib olibdi. Uyiga kelib eshik qoqibdi. Eshik ochilgach, chol ne ko'z bilan ko'rsinki, sochini qisqartirib kesgan kampiri qo'lida cholining soati uchun charm tasma tutib turardi. Ularning har ikkisi ham bir-birining qo'liga qarab, ko'zyosh to'kibdi. Ko'zyoshlari qilgan ishlari bekor ketganidan emas, o'zaro muhabbatlaridan, har ikkisi ham bir-birini xursand qilish uchun nimadir qila olganidan edi... Muhabbat ko'p sarflash bilan emas, borini bera olish bilan isbotlanadi! #muhabbat
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Hammasidan charchab, sabrim bo’g’zimga tiqilganda, huddi Yamachga nafas olishini eslatib turadigan insondek menga ham nafas olishimni eslatib turadigan insonga ehtiyoj sezaman…🔖
Show all...
Ba’zi narsalar ko’paygani sari o’z qadrini yo’qotadi, shu qatorda UZR ham…
Show all...
00:35
Video unavailableShow in Telegram
Qadrlagan odamingizni doim yaxshi ko’raverasizmi?! #Abduloh domla
Show all...
00:21
Video unavailableShow in Telegram
"Balki tamom bo'lgandirman. Ba'zi narsalar uchun harakat qiladigan g'ayratni o'zimda topaolmayotgandirman. Meni ham, harakat qilmasamda go'zal bo'ladigan narsalarga ehtiyojim bordir. Har doim men charchashni istamayotgandirman. Yangidan ishonishga ehtiyojim bordir. Meni menga qaytarishni hohlayotgandirman... " #Khaled Hosseini
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ayol har qancha goʻzal va xushsurat boʻlmasin, oila qurganidan keyin, vaqt oʻtib eriga oddiy bir ayol boʻlib koʻrinadi. Lekin ayolning sofdilligi, xulqi, xushmuomalaligi va dindorligi goʻzalligicha qolaveradi. Zero tashqi goʻzallik oʻtkinchi, diyonat goʻzalligi esa boqiy va ziyodalashib boraveradi. Turmush hayotida muhim boʻlgani shu goʻzallikdir. Afsuslar boʻlsinki, baʼzilar bor eʼtiborlarini avvalgi chiroyga qaratib, ikkinchisiga koʻp ham ahamiyat qilmaydilar. @KSokinlik
Show all...