cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

@NavDPI_edu_uz matbuot portfolio

Advertising posts
569
Subscribers
+724 hours
+17 days
-1930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#9_may #Xotira_ulug’_qadr_muqaddas
OTA-BOBOLARIMIZ QAHRAMONLIKLARINI HECH QACHON UNUTMAYMIZ
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Yoshlar mahallalardagi mehnat faxriylari bilan uchrashib, ularning hayot yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida talabalar o‘tganlar xotirasini yodga olib “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Bizni kuzatib boring
™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 1
#Muzeyga_sayohat #NavDPI_AL Аkademik litsey o‘quvchilari muzey bo‘ylab sayohat qildi 🕌Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Akademik litsey o‘quvchilari institut tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi. Litsey oʻqituvchilari L.Mirzayev, U.Xolboyeva, N.Sodiqova, litsey yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Madatjonov hamda ijtimoiy-gumanitar va xorijiy-filologiya yoʻnalishining 35 nafar oʻquvchilariga institutda yaratilgan shart-sharoitlar, tarix va huquq oʻqitish metodikasi va kompyuter xonalari tanishtirildi. Muzey xodimlari tomonidan tarixiy, oʻlmas asarlar, qatagʻon qurbonlari hayoti va ayanchli taqdiri haqida soʻzlab berildi. @NavDPI_Rasmiy
Show all...
📹#OAV_nigohida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi
🎞Tafsilotlar:“Diyor 24” axborot dasturida
Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy
Show all...
Hurmatli talabalar, ishchi-xodimlar !!! 🔹Navoiy davlat pedagogika institutida yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarni topshirish, o‘quv va boshqa jarayonlarda korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @Navdpi_anticor_bot telegram boti yoki +998934607755, +998919889821 telefon raqamlari orqali anonim xabar qoldirishingiz mumkin. Xabar bergan murojaatchining shaxsi qat’iy sir tutiladi!
👀Bizni kuzatishda davom eting: @NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Show all...
9 nafar maktab bitiruvchisi institutga o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi
Joriy yilning 25-aprel-3-may kunlari Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamkorligida fizika, kimyo, biologiya fanlaridan oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tarmoqli olimpiadasi o‘tkazildi. biologiya fanidan 🥇Navoiy shahar 16-maktab o‘quvchisi Botirova Aziza I-o‘rin, 🥈Navbahor tumani 19-maktab o‘quvchisi Shodiyev Doston II-o‘rin, 🥉Navbahor tumani 1-maktab o‘quvchisi Boypo‘latova Mohlaroyim III-o‘rinni egalladi. kimyo fanidan 🥇Konimex tumani kasb-hunar maktab o‘quvchisi Davletova Guzal I-o‘rin, 🥈Nurota tumani 6-maktab o‘quvchisi Baxronova Durnigor II-o‘rin, 🥉Navbahor tumani 19-maktab o‘quvchisi Amonova Zuhra III-o‘rinni qo‘lga kiritdi. fizika fanidan 🥇Nurota tumani 34-maktab o‘quvchisi Sayfullayev Dilmurod I-o‘rin, 🥈Qiziltepa tumani 28-maktab o‘quvchisi Yo‘ldosheva Zarina II-o‘rin, 🥉Zarafshon shahri 13-maktab o‘quvchisi Tohirova Hamida III-o‘rinni egalladi. ™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 2
#Xushxabar #bizning_shunday_faxrli_o‘quvchilarimiz_bor AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHISI 380 MING DOLLARLIK GRANT SOHIBI BO‘LDI Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyining xorijiy-filologiya yo‘nalishi o‘quvchisi Marjona Usmonova IELTS dan 7 ball olib muddatidan oldin talaba bo‘ldi. Quvonarlisi shundaki, u 10 ta nufuzli xorijiy universitetlardan oʻqishga taklif oldi. Jumladan, Pennsylvania State University, Colorado State University, Arizona State University, University of Cincinnati, University of Arizona, University of Missouri, Drake University, Clemson University, Alfred University va University at Albany — umumiy hisobda 380 ming AQSH dollarlik grantni yutib oldi.
Qo‘lga kiritgan ushbu muvaffaqiyat bilan Marjona Usmonovani va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarini samimiy tabriklaymiz!
👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Show all...
👍 2
#xotira NOMINGIZ DILLARDA MANGU YASHAYDI
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, ayniqsa ulug' vatan urushi qatnashchilariga bo'lgan e’tibor diqqat markazimizda bo'lib kelmoqda.
Joriy yilning 4-may kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida “9-may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda ikkinchi jahon urushi qatnashchisi: Stalingrad, Ukraina, Belarus, Polsha, Germaniyadagi janglarda ishtirok etgan Pirnazar bobo Turdiyev ishtirok etdi. Pirnazar bobo talabalarga o‘z xotiralarini ulashdi, bugungi tinchlikni qadriga yetish, uni asrab avaylash lozimligini uqtirdi.
Hozirda Pirnazar bobo 104 yoshda. — “Sog‘lom bo‘lishning “dorisi” – mehnat. Odam mehnat qilsa, chidamli bo‘ladi", – deydi Pirnazar bobo.
Bizni kuzating ™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya ishlarini yuritish maydan yangi UZASBO-2 dasturga oʻtdi. Lekin dastur toʻliq ishlab ketmaganligi sababli, uzilishlar boʻlmoqda va Oʻzbekiston boʻylab byudjet tashkilotlarida oyliklar kechikish ehtimoli mavjud. Stipendiyalarni toʻlashda ham shunday muammo kutilmoqda. Shunga ko‘ra, Navoiy davlat pedagogika insituti Hisobxona bo‘limining ma’lum qilishicha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarining oylik maoshi shu hafta tushirib berilishi ma’lum qilindi! 👉@NavDPI_edu_uz
Show all...
🤔 2👍 1
RAHBAR VA LIDER QIZLAR UCHRASHUVI Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan lider qizlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.    Tadbirda lider qizlar klubi sardorini va aʼzolarini shakillantirish, klubning maqsad va vazifalari haqida maʼlumot berildi.                              Shuningdek, iqtidorli talabalarning yangi loyihalari taqdimoti va ijodkor qizlarning chiqishlari namoyish etildi.  Uchrashuv davomida lider qizlar klubining sardorini saylash  uchun nomzodlar saralab olindi. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor D.Narzikulova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunovalar ishtirok etdi. @NavDPI_Rasmiy
Show all...
JADIDLAR YODI BARHAYOT! ⚡️⚡️NavDPI tuzilmasidagi Qataģon qurbonlari xotirasi muzeyida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri professor N.Safarova va kafedra katta õqituvchisi Sh.Atoyevalar tomonidan Tarix fakulteti ijodkor talabalari ishtirokida “Jadidlar yodi sõnmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ôtkazildi. Tadbirni kirish sôzi bilan Xotin-qizlar masalalari bôyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ochib berdi. Tadbirda prof. N.Safarova “Jadidlar millat yuragida mangu yashaydi” mavzusida ma’ruza qildi.   Talabalar ijrosida Jadid bobolarimiz ijodidan she’rlar, sahna kõrinishlari namoyish etildi. Jumladan, “Chõlpon hayoti”, “Padarkush” dramasi hamda “Õtkan kunlar” romanidan sahnaviy kôrinishlar ijro etildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy
Show all...