cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

DIZAYN FAKULTETI 24 news

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakulteti rasmiy kanali Murojaat uchun: @djurayev2144

Show more
Advertising posts
393
Subscribers
-224 hours
-17 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

TOSHKENTDA “PRESIDENT TECH AWARD” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakulteti "Dizayn interyer" yo'nalishi 4-bosqich talabalari Turayev Bobur hamda Li Andrey “President Tech Award” tanlovining "Kompyuter va mobil o'yin dasturlari" yo‘nalishida "Turan" nomli o'yin loyihasi bilan ishtirok etib, 3-o‘rinni qo'lga kiritishdi va 30 000 AQSH dollariga sazovor bo‘lishdi. Raqamli texnologiyalar vazirligining majlislar zalida g‘oliblarini taqdirlash marosimini bo‘lib o’tdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar 100 000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin olgan jamoalar 50 000 AQSh dollari va uchinchi o‘rinni olgan jamoalar esa 30 000 AQSh dollariga sazovor bo‘ldilar 🎮 Ma'lumot uchun: "The Golden Horde" jamoasining "Turan" o'yini — Markaziy Osiyoning reallik va tarixiy voqealariga asoslangan o'rta asrlardagi 1-shaxs nomidan boshqariladigan “Action-RPG” shaklidagi o‘yin. 📨 Institut matbuot xizmati Facebook | Telegram | Web-sayt
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌷TAVALLUD AYYOM MUBORAK!🌷 Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Chizmatasvir” kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi azosi Xo‘janiyozov Rashid Kushnazarovich tavallud topgan kun. 2014-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "Dasgohli rangtasvir" mutaxassisligini tamomlagan. 2014-yilda institutning "Haykaltaroshlik" kafedrasida о‘qituvchisi sifatida о‘z faoliyatini boshlagan. 2015-yildan buyon "Chizmatasvir" kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqdalar. Hurmatli Rashid Kushnazarovich! Mamlakatimiz san’ati va madaniyati rivoji, milliy tasviriy san’atimiz istiqboliga qo‘shayotgan hissangizda ulkan zafarlar tilagan holda bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bо‘lishini tilaymiz! Institut jamoasi 📨 Institut matbuot xizmati Facebook | Telegram | Web-sayt
Show all...
Assalomu alaykum Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Qadrli talaba-yoshlar! O‘zgacha shukuh, yuksak parvozlar, ilmiy-ijodiy yutuqlar va muvaffaqiyatlar bilan 2023-yil ham yakuniga yetib bormoqda. Ushbu yilda institut jamoasining birdamligi, hamjihatligi tufayli bir qator yutuqlarga erishdik. Institutimizda uzoq yillar pedagogik faoliyatini olib borgan 5 nafar professor-o‘qituvchimiz O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari etib saylanishdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga binoan 3 nafar professor-o‘qituvchimiz “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Davlatimiz rahbarining tegishli qarorlariga muvofiq, talabamiz Nargiza Yo‘ldosheva “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan, talabamiz Furqatjon Rayimov “Mard o‘g‘lon” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zgacha faxr va iftixor bilan ayta olamizki, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli buyrug‘iga binoan, 4 nafar talabamiz “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi” sovrindori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga binoan 1 nafar talabamiz Prezident stipendiyasi, 2 nafar talabamiz nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lishdi. Institut talaba-qizlari uchun joriy yilda ilk marotaba ta’sis etilgan “Shamsiro‘y Hasanova” stipendiyasiga eng bilimdon, ijodkor va iste’dodli 4 nafar talabamiz loyiq ko‘rildi. Mazkur yilda institutimizning ijodkor ustozlari va talabalarining 20 dan ortiq shaxsiy ko‘rgazmalari tashkil etildi. 50 nafarga yaqin talabalarimiz xalqaro miqyosdagi tanlov va festivallarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Kirib kelayotgan yangi — 2024-yil ham omadli g‘oyalarga, ijodiy muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishini tilagan holda, barchangizni bayram bilan muborakbod etaman. Yangi yilda xonadoningizdan shodligu quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin. Koʻngillarga orzu va umid ulashguvchi Yangi yil bayrami barchamizga muborak boʻlsin! Ehtirom bilan, Abbosjon MIRZORAXIMOV, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Facebook | Telegram | Web-sayt
Show all...
00:39
Video unavailableShow in Telegram
12.74 MB
00:15
Video unavailableShow in Telegram
3.41 MB
Joriy yilning 27-dekabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakultet tyutorlari Yozuvchilar uyushmasida tashkil qilingan "Birinchi kitobim" loyihasida chop etilgan 25 nafar yosh ijodkorlarning 25 nomidagi kitoblar taqdimotiga tashrif buyurishdi.
Show all...
1
Yakkasaroyda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” tadbiri bo‘lib o‘tdi
⚡️ Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Navro‘z” koshonasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💬 Unda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman sektor rahbarlari, O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, falsafa fanlari doktori, shoira Sayyora To‘ychiyeva, Aniq ijtimoiy fanlar universiteti professori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Muzaffar Ortiqov, taniqliy sanatkorlar, Yakkasaroy tumani Bosh imom xatibi, tuman madaniyat markazi xodimlari, mahalla beshligi, mahalla aholisi va yoshlar ishtirok etdilar. 👍 Tadbir doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan suratlar va kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 🗣 Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so‘z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashi aytib o‘tildi. 🟡 San’atkorlar tomonidan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida tayyorlangan kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilari qalbida zavq-shavq uyg‘otdi. ✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Show all...
#Yakkasaroyda #Yangi_hayot_uchun #Yangi_Õzbekiston_uchun_tadbir_bõlib_õtdi
Show all...
#Yakkasaroyda #Yangi_hayot_uchun #Yangi_Õzbekiston_uchun_tadbir_bõlib_õtdi
Show all...
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.