SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI
Open in Telegram
Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi ☎️ +998 (55) 705-97-25 samgasn.uz https://www.facebook.com/samgasn.uz https://Instagram.com/sam_gasn Murojaat uchun: @Xondamir4006 Telegram bot: @SamGASN_murojaatbot
Show more1 919
Subscribers
-424 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
❤️🔥Mustaqillik — xalqimiz uchun erkinlik, taraqqiyot va bunyodkorlik demakdir.
Bugun yurtimizda har bir barpo etilayotgan inshoot — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yorqin ifodasidir.
Biz esa ana shu bunyodkorlik jarayonida sifat, xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida mas’uliyat bilan mehnat qilmoqdamiz.
Mustaqilligimiz — kechagi yutuqlarimiz, bugunimiz va ertangi ulkan maqsadlarimiz uchun mustahkam poydevordir.
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+5
❤️🔥Joylarda ichimlik suvining sifati nazoratda
💧 Toza va sifatli ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligining muhim omillaridan biri. Shu bois Samarqand viloyatida aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati va xavfsizligi ustidan nazorat ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Navbatdagi o‘rganishlar Jomboy tumanida amalga oshirildi.
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari Sanepidqo‘mita Jomboy tuman bo‘limi bilan hamkorlikda Quduqli mahallasida bo‘lib, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida ichimlik suvi inshooti hamda ushbu manbadan suv oluvchi aholi xonadonlaridan 10 ta kimyoviy va 10 ta biologik ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirish uchun namunalar olinib, tahlilga yo‘naltirildi. Namunalar milliy standart talablariga muvofiqligi yuzasidan baholanadi hamda olingan xulosalarga ko’ra tegishli choralar belgilanadi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uy-joylarda texnik qoidalarga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
🖥 Navbatdagi o‘rganish davomida Samarqand shahri Beruniy ko‘chasidagi 51-uy, 41-xonadon mulkdori tomonidan ko‘p kvartirali uyning orqa tutash hududida o‘zboshimchalik bilan naves qurilmasi barpo etilgani aniqlandi.
❗️ Aniqlangan holat yuzasidan mulkdorga noqonuniy qurilmani o‘z ixtiyori bilan bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy ko‘rsatma berildi.
✅ Natijada, majburiy ko‘rsatma talablari belgilangan muddatda bajarilib, noqonuniy qurilma mulkdorning o‘z ixtiyori bilan buzib tashlandi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Ko‘rsatma bajarilmadi: qoidabuzarlarga jarima qo‘llanildi, hujjatlar sudga yuborildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uy-joylarda texnik qoidalarga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
🖥 Navbatdagi o‘rganish davomida Samarqand shahri Bog‘ishifo mahallasi Jarariq ko‘chasidagi 17-sonli ko‘p kvartirali uyning 2 va 3-xonadonlari mulkdorlari tomonidan uyga tutash hududda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlandi.
⛓ Aniqlangan holat yuzasidan mulkdorlarga noqonuniy qurilmalarni o‘z ixtiyori bilan bartaraf etish uchun 15 kunlik muddat belgilangan holda bajarilishi majburiy ko‘rsatma berilgan edi.
❗️Biroq belgilangan muddatda ko‘rsatma talablari bajarilmagan. Shu sababli har ikki qoidabuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasi 3-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
✅ Noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etish maqsadida to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda sudga yuborildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
❤️🔥Mustaqillik tengdoshi — Vatan bilan ulg‘aygan avlod
1991 yilda dunyoga kelgan avlod uchun Mustaqillik — shunchaki tarixiy sana emas, balki umr yo‘li bilan uyg‘un tushuncha.
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xodimi Ahmatqulov Shahriddin ishtirokida tayyorlangan ushbu rolikda mustaqillik tengdoshlarining bugungi faoliyati, yurt taraqqiyoti va Vatan ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissasi aks ettirilgan.
Zero, mustaqillik bilan tengdosh avlodning yutug‘i — Vatan yutug‘i, uning ertangi kuniga qo‘shayotgan hissasi esa kelajakka qo‘yilayotgan mustahkam qadamdir.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
❤️🔥Mustaqillikning 35 yilligi: bunyodkorlik sohasi vakillari munosib taqdirlandi
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi. Shuningdek, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlari e’tirof etilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda viloyatdagi qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalar vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.
Quvonarlisi, tadbirda Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi rahbar va mas’ul xodimlarining mehnati ham munosib baholandi. Ularga mustaqilligimiz yubiley sanasi munosabati bilan esdalik nishonlari topshirildi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Oqova suv inshootidagi kamchiliklar nazoratga olindi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ Pastdarg‘om tuman filiali tasarrufidagi Eski Juma mahallasida joylashgan oqova suvlarni qayta haydash inshootida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🖥 Ma’lumot uchun: mazkur inshoot 2021-yilda foydalanishga qabul qilingan bo‘lib, amaldagi quvvati esa 0,6 ming m³/sutkani tashkil etadi. Oqova suv tarmog‘ining uzunligi 7,1 km bo‘lib, inshoot orqali jami 207 ta iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmoqda.
❗️ O‘rganish jarayonida oqova suvlarni ko‘tarib berish inshootida havoni almashtirish uchun shamollatish uskunasi o‘rnatilmagani aniqlandi. Shuningdek, oqova suvlarni qabul qilish kamerasi qopqog‘i hamda uning ichidagi quvurlarning tashqi qismida zanglash holatlari yuzaga kelib, ular yaroqsiz holga kelgani ma’lum bo‘ldi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni artaraf etish yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ Pastdarg‘om tuman filialiga bajarilishi majburiy ko‘rsatma kiritildi va uning ijrosi nazoratga olindi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Kattaqo‘rg‘onda turar joy binolariing seysmik barqarorligi o‘rganilmoqda
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali turar joylarning seysmik barqarorlik holatini o‘rganish va monitoring qilish ishlari izchil davom etmoqda.
🖥 Navbatdagi monitoring Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur mahallasida joylashgan ko‘p kvartirali turar joy binolarida o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida binolarning konstruktiv holati, mustahkamligi va seysmik barqarorligi vizual ko‘rikdan o‘tkazildi.
⚙️ Shuningdek, o‘rganilgan ko‘p kvartirali uylar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilib, “Pasportbino.uz” elektron tizimiga kiritildi.
✅ Monitoring yakunlari bo‘yicha mas’ullarga aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
❗️ Ko‘p kvartirali uylarning seysmik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan monitoring ishlari izchil davom etmoqda.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+9
❤️🔥Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazoratda
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🖥 O‘rganishlar davomida Samarqand shahridagi Olting asr, Mevazor va Rudakiy mahallalarida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
⚙️ Jumladan, uylarning tom qismini ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish hamda umumiy foydalanishdagi joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining borishi o‘rganildi.
⛓ Bunda bajarilayotgan ishlarning belgilangan dastur va me’yoriy talablarga muvofiqligi, sifati hamda o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishga qaratilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari inspeksiya nazoratida izchil davom etmoqda.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Ishtixon tumanidagi suv inshooti o‘rganildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan «Samarqand suv ta’minoti» AJ Ishtixon tumani filiali tasarrufidagi «O‘zbekqo‘rg‘on» mahallasi Qo‘rli qishlog‘ida joylashgan ichimlik suvi inshootidagi yer osti suv qudug‘ining holati o‘rganildi.
🖥 Ma’lumot uchun, mazkur inshoot 2024-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan. Uning loyihaviy quvvati soatiga 240 kub metrni tashkil etadi. Inshootda 1 ta yer osti suv qudug‘i hamda sig‘imi 50 kub metr bo‘lgan 1 ta suv minorasi mavjud.
✅ O‘rganish jarayonida yer osti suv qudug‘idan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi aniqlandi. Shuningdek, quduq va ichimlik suvi quvurlarining tashqi qismlarida zanglash holatlari yuzaga kelgani, inshoot hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmagani, hudud o‘t-o‘lan va chiqindilardan tozalanmagani ma’lum bo‘ldi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+3
❤️🔥Qurilish qorishmalari sifati sinovdan o‘tkazildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi qoshidagi Qurilish-sinov laboratoriyasi tomonidan Urgut tumani Quyi Kamangaron mahallasida joylashgan, «AD Express Invest Stroy» MChJga tegishli ko‘p qavatli turar joy binosida qurilish qorishmalarining sifati sinovdan o‘tkazildi.
🖥 Sinov ishlari GOST 5802-24— «Qurilish qorishmalari» standarti talablari asosida amalga oshirildi. Olingan natijalar 2 ish kuni ichida rasmiylashtirilib, xulosalar buyurtmachiga taqdim etiladi.
✅ Ta'kidlash kerakki, bunday sinovlar qurilishda qo‘llanilayotgan qorishmalarning belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash, bajarilayotgan ishlar sifati hamda barpo etilayotgan binolarning mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
+6
❤️🔥 “Oqtepa” kanali foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Bulung‘ur tumanidagi “Oqtepa” kanalida amalga oshirilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari yakunlanib, obyekt tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R. Qarshiyev, viloyat suv xo‘jaligi tizimi xodimlari, tuman mas'ullari, faxriylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Samarqandsuvqurilishinvest” davlat muassasasi buyurtmachiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–660 va PQ–393-sonli qarorlari ijrosi doirasida “Oqtepa” kanalining 23,5 kilometr qismi betonlashtirildi.
Mazkur kanal to‘liq betonlashtirilib, foydalanishga topshirilishi natijasida Bulung‘ur hamda Jomboy tumanlaridagi 7,5 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu esa suv isrofining oldini olish, sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish va fermer xo‘jaliklarining hosildorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi qiyofa kasb etgan “Oqtepa” kanali hududdagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir amaliy natijasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱YouTube • 📱 Telegram
⚡️KORRUPSIYANING NARXI QANCHA?
👮♀️ Agar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi faoliyatida korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang.
⚠️ Ushbu holatda Siz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 qisqa raqamiga yoki Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 71-244-07-27 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
❔ Shuningdek, quyidagi Telegram-bot — @inspcomplains_bot orqali yoki devonxona@infoccnis.uz elektron pochta manziliga murojaatingizni yuborishingiz mumkin.
😎Bundan tashqari, Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi Ichki nazorat xizmati bilan 55-705-87-25 raqami orqali bog‘lanish imkoniyati mavjud.
❗️Unutmang, bugungi faolligingiz — ertangi muammolarning oldini oladi.
Ulaning va ulashing
📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
+5
Samarqandda ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari muhokama qilindi
Samarqand viloyati hokimligida Respublika maxsus komissiyasining viloyatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lishining oldini olish hamda sanitariya xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
***
В Самарканде обсудили вопросы улучшения экологической ситуации
В хокимияте Самаркандской области состоялось заседание специальной республиканской комиссии, посвящённое улучшению экологической ситуации, благоустройству территорий и совершенствованию системы обращения с отходами. В ходе заседания обсуждены меры по своевременному вывозу отходов, предотвращению образования незаконных свалок и повышению качества санитарных услуг.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+5
❤️🔥Boshqaruv servis kompaniyasiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🖥 O‘rganish davomida Samarqand shahrining Mashal mahallasidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “MA’SHAL SUGDIYONA” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati tahlil qilindi. ⚙️ Xususan, yerto‘lalardan foydalanish va ularni saqlash tartibi, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini saqlash hamda ta’mirlash ishlari holati amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. ❗️O‘rganish davomida yerto‘lalardan foydalanish qoidalariga rioya etilmagani va umumiy foydalanishdagi joylarda qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.✅ Aniqlangan holatlar yuzasidan boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasi 2-qismi asosida ma’muriy chora qo‘llanildi. Shuningdek, kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱 Facebook • 📱 YouTube • 📱 Telegram
