en
Feedback
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG

Open in Telegram

Admin: @dr_akbarshoxadmin Lazzatli hayot! 13+ yildan ortiq tajriba 100.000 + ortiq mamnun bemorlar 5000+ dan ortiq operatsiya ☎️ Admin: https://drakbarshoh.taplink.was +998909551700

Show more
3 777
Subscribers
+324 hours
+597 days
+34130 days
Posts Archive
Qiziq?????

Ayollar xam porno video koradimi.

Juda qiziqarli dars bolardi agar

Qiziq menga ham

Ha albata qiziq

Xayrli kun! Bu audiodagi tavsiyalarim erkak va ayollarga birdek taalluqli. Tinglang va amal qiling! 😎

Pornoga o'rganib qolish va masturbatsiyadan qanday qutilish mumkin? 🔥 Audioda bir nechta samarali va natija beradigan tavsiyalarni berib o'tdim: • 2 hafta pornodan cheklanish (miyada dofamin tizimini sozlash uchun) • ayolingiz bilan yaqinlikdan oldin hissiy aloqani tiklash; • ko'proq harakat, jismoniy mashqlar; • telefondan kamroq foydalanish (ayniqsa kechki vaqtda).
💬 Xuddi shu muammo farzandimda borligini bilib qoldim. Porno ko'rar ekan yoki masturbatsiyaga o'xshash harakatlar qilayapti
– degan savollarga keyingi audioda javob beraman. ✅ Pornoni kamaytirish, cheklash bo'yicha 14 kunlik chellenj uchun "100% erkak" klubiga qo'shilishingiz mumkin. Agar o'zingizni nazorat qila olmasangiz, to'xtatish qiyin bo'lsa mutaxassisga uchrashdan tortinmang. ✅ @dr_akbarshoh

​​📥 @AudioSavedBot orqali yuklab olindi
​​📥 @AudioSavedBot orqali yuklab olindi

#savol_javob Savolingiz bo‘lsa yozing! Video foydali bo‘lsa 🔥 qoldiring.

1. Erkaklarda uchraydigan EREKTIL DISFUNKSIYA muolajasida har kuni 4-5 boʻlak tarvuz yeyish tavsiya qilinadi. Tarvuzdagi sitrullin moddasi “a’zo” tomirlarini kengaytirib, qon oqimini oshiradi. @taomlanish_ilmi

​🤓 Mavzuni davom etamiz. Yana bir bor ta’kidlayman. Izohda juda to‘g‘ri va o‘rinli fikr aytilgan. ​Darhaqiqat, hech qachon spirtli ichimlik ichmaydigan yoki chekmaydigan erkaklarda ham bugungi kunda jinsiy zaiflik (erektil disfunksiya) holatlari uchrab turibdi. ​Bu shuni ko‘rsatadiki, chekish yoki alkogol – bu muammoning yolg‘iz yoki yagona sababi emas. ​Nima uchun zararli odatlardan yiroq insonlarda ham bu holat kuzatilyapti? ​Buning bir nechta asosiy ilmiy va hayotiy sabablari bor: ​Surunkali stress va doimiy asabiylashish. Zamonaviy hayot sur’ati, ishdagi muammolar, moliyaviy tashvishlar organizmda doimiy ravishda stress gormonlari (kortizol va adrenalin) ko‘p ajralib chiqishiga olib keladi. Bu esa qon tomirlarning spazmiga va jinsiy a’zolarga qon borishining kamayishiga sabab bo‘ladi. ​Gipodinamiya (kamharakat turmush tarzi). Ko‘pchilik erkaklar kun bo‘yi o‘risda yoki mashinada o‘tirib ishlaydi. Natijada kichik chanoq a’zolarida qon aylanishi sekinlashadi, bu esa tomirlar faoliyatini izdan chiqaradi. ​Noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha vazn. Fast-fud, yog‘li, uglevodlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish va semirish gormonal fonning buzilishiga (xususan, testosteronning kamayishiga) olib keladi. ​Uyqusizlik va surunkali charchoq. To‘liq dam olmaslik va kechki payt uxlamaslik gormonal tizimni zaiflashtiradi. ​Yashirin kasalliklar. Qandli diabet, qon bosimining oshishi (gipertoniya), yurak-qon tizimi muammolari yoki qonda xolesterin miqdorining yuqoriligi ba’zan zararli odatlari umuman bo‘lmagan insonlarda ham erta boshqariladi va ereksiyaga ta’sir qiladi. ​Xulosa qilib aytsam, chekish va alkogol – bu erektil disfunksiyaga olib boruvchi eng ko‘p uchraydigan sabablardan biri xolos. Ammo bundan tashqari, yuqoridagi boshqa omillar ham sog‘lom turmush tarziga amal qiladigan insonlarda shunday muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Ha, judayam haqli eʼtiroz! Jinsiy zaiflik mavzusi sizga qiziq bo‘lyapti. Ming afsuski hamma erkaklar ham bu mavzuda ochiq gapira olmaydi. Doktorga borishni esa baʼzilar or deb bilishadi. Ammo bunday emas. Jinsiy salomatlik ham bizning tanamiz bilan, ruhiyatimiz bilan bog‘liq. Tanamiz esa bizga omonat. Nima dedingiz? 😊

Хозирги вактда умуман алкоголь махсулати тамики махсулотларидан истимол килмайдиган инсонларда хам жинсий сайифлик кузатиляпти

Chekish va jinsiy zaiflik bog‘liqmi? ​Chekish qon tomirlar holatiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa jinsiy salomatlikka bevosita
Chekish va jinsiy zaiflik bog‘liqmi? ​Chekish qon tomirlar holatiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa jinsiy salomatlikka bevosita taʼsir qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, chekuvchilarda erektil disfunksiya ehtimoli chekmaydiganlarga nisbatan yuqoriroq. ​Chekishni tashlash – nafaqat umumiy sog‘liq, balki jinsiy salomatlik uchun ham sezilarli ijobiy natija beradi, ba’zida bir necha oy ichida ereksiya yaxshilanish kuzatiladi.

Siz chekasizmi? anonymous poll Ha ▫️ 0% Tashladim, yaqinda ▫️ 0% Umuman chekmaganman. ▫️ 0% 👥 Nobody voted so far.

📌 Ikkinchisi esa ruhiy (psixogen) sabablar: 🔋​ Doimiy stress, surunkali charchoq va ishdagi muammolar. ⚠️​ Depressiya, xavotir va tushkunlik. ​O‘ziga ishonchsizlik yoki sherik bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar. ​👉 Unutmang: Jinsiy zaiflik bu davolab bo‘lmaydigan kasallik emad. Aksariyat hollarda bu boshqa bir yashirin kasallikning birinchi belgisi bo‘lishi mumkin. Muammoni o‘z vaqtida aniqlash va shifokorga murojaat qilish uni to‘liq bartaraf etish imkonini beradi. Sizda muammo bormi marhamat, murojaat qiling!

📌 Jinsiy zaiflikka olib keluvchi asosiy sabablar asosan ikki guruhga bo‘linadi: ​1. Jismoniy (somatik) sabablar: ✅ ​Qon aylanishining buzilishi: Yurak-qon tomir kasalliklari, ateroskleroz va yuqori qon bosimi olatga qon kelishini qiyinlashtiradi. ✅​ Gormonal o‘zgarishlar: Testosteron gormoni miqdorining yosh bilan yoki boshqa kasalliklar tufayli kamayib ketishi. ✅ ​Qandli diabet: Qon tarkibidagi qand miqdorining yuqoriligi asab tolalari va qon tomirlarini zararlaydi. ✅ ​Notog‘ri turmush tarzi: Kamharakatlilik, ortiqcha vazn, chekish va spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilish. ✅ ​Dori vositalari: Ba'zi qon bosimi tushiruvchi, depressiyaga qarshi va boshqa dorilarning nojo‘ya ta'siri.

📢 Jinsiy zaiflik va uning sabablari 📢 ​Jinsiy zaiflik (erektil disfunksiya) bu erkaklarda jinsiy aloqa uchun yetarli darajada ereksiyaga erishish yoki uni oxirigacha saqlab qolishning qiyinlashishi yoki imkonsizligidir. Bu holat nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

🔺 Ereksiya haqida toʻliq maʼlumot ❗️Ushbu audioda ereksiya qanday roʻy beradi, unga nimalar taʼsir qiladi, qanday holatda ereksiya umuman boʻlmay qoladi degan savollarga toʻliq javob berdim. Mavzu yuzasidan savollar boʻlsa, izohlarda yozib qoldiring.@dr_akbarshoh