Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG
Open in Telegram
Admin: @dr_akbarshoxadmin Lazzatli hayot! 13+ yildan ortiq tajriba 100.000 + ortiq mamnun bemorlar 5000+ dan ortiq operatsiya ☎️ Admin: https://drakbarshoh.taplink.was +998909551700
Show more3 762
Subscribers
+724 hours
+857 days
+33030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum! Keling bugun mavzuni bugun siz tanlab bering! Izohlarda yozingchi, sizga bugun nima haqida mutaxassis maslahati kerak? 🔥
#savol_javob
🌡 Savol:
"Tez-tez tor yopishib turadigan shortilarda yuguraman — bu jinsiy quvvatga (potensiyaga) zarar qilmaydimi?"
👨⚕️ Javob:
Agar ichki kiyim a’zolarni qisib qo‘ysa — ha, bu zararli. Bu quyidagi holatlarga olib kelishi mumkin:
🔹 A’zolarning haddan tashqari qizib ketishi;
🔹 Qon aylanishining buzilishi;
🔹 Varikosele (urug‘ tizimchasi vena tomirlarining kengayishi) xavfi.
Tavsiya: Sport kiyimi havo o‘tkazadigan (nafas oladigan) va harakatlanish uchun qulay, erkin bo‘lishi shart.
✅ @dr_akbarshoh
Nima uchun vazn yo‘qotish testosteronni oshirishi mumkinligini bilasizmi?
Bu mavzuga oldin ham to‘xtalib o‘tganman, ammo yana bir bor taʼkidlamoqchiman.
Yog‘ to‘qimasi gormonlar almashinuvida faol qatnashadi. Unda testosteronning bir qismini estradiolga aylantiruvchi aromataza fermenti ishlaydi.
Ortiqcha vazn (semizlik) paytida jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin – SHBG ham ko‘pincha kamayadi. Bu testosteronni qonda tashiydigan oqsildir. Shuning uchun SHBG past bo‘lganda, tahlillardagi umumiy testosteron ham past chiqishi mumkin.
Erkak kishi ozganda, vaziyat ko‘pincha o‘zgaradi: SHBG ko‘tariladi, yog‘ to‘qimasining gormonal almashinuviga ta’siri kamayadi va testosteron asta-sekin o‘sishi mumkin.
Shuning uchun ortiqcha vazn va o‘rtacha darajada pasaygan testosteron bo‘lganda, darhol gormonal terapiya haqida o‘ylash kerak emas.
Birinchi qadam sifatida vaznni kamaytirish, uyquni to‘g‘rilash va shundan keyin tahlillarni qayta topshirish lozim.
Siz vazn yo‘qotish uchun nimalar qilib ko‘rgansiz, izohlarda yozing!
⚡ Assalomu alaykum, qadrdonlar yaxshimisizlar?!
Oʻylab qarasam, oxirgi yillarda kamharakatlik oqibatida yuzaga keladigan muammoli beʼmorlar soni ancha oshibdi.Asosiy sabab – kun davomida bir joyda, qimirlamasdan ishlash. Buni zararli jihatlari va unga qanday yechim borligi haqida maslahatlar bersam nima deysiz?! – 🔥 ✅ @dr_akbarshoh
«Korzinka» pozasi
🔞 Erkak yerga yoki katta kresloga o‘tiradi.
🔞 Ayol uning quchog‘iga yuzma-yuz o‘tirib, oyoqlarini erkakning yelkasiga qo‘yadi.
🔞 Qo‘llari bilan uning bo‘ynidan quchib, tanasini unga yaqinlashtiradi.
🔞 Erkak esa uning beli yoki sonlaridan ushlab, sekin harakat qiladi.
Afzalliklari:
Jismoniy yaqinlikni kuchaytiradi va bir-biriga yuzma-yuz qarash imkonini beradi.
O‘pish va mehr ko‘rsatish uchun qulay.
Yaqinlik hissini kuchaytirishi mumkin.
E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat:
Erkakning bel va qo‘l mushaklari yetarlicha baquvvat bo‘lsa, bu holatni uzoqroq vaqt qulay saqlash osonroq bo‘ladi.
Kecha suhbatimiz pozalar haqida edi. Mutaxassis sifatida bir necha pozalarni tavsiya qilaymi?
Kanalimiz erkaklari uchun maslahat
Jinsiy aloqa boshlanishidan oldin, ya’ni tayyorlash vaqtidagi erkalashlar paytida (masalan, bo‘yin yoki yelkani o‘payotganda), ayolingizga iliq va samimiy bir kompliment ayting. Bu uning o‘zini erkinroq his qilishiga va ortiqcha fikr-mulohazalardan xalos bo‘lishiga yordam beradi.
Buni uning qulog‘iga shivirlab aytishingiz mumkin. Shu yo‘l bilan u ko‘proq xotirjam bo‘lib, diqqatini jarayonga qaratadi, natijada jinsiy aloqadan zavqlanish ehtimoli ancha oshadi.
Sinab ko'raman! — 🔥
Jinsiy aloqa vaqtida pozalar muhimligini bilarmidingiz?
Ko'pchilik bunga oddiy bir holat sifatida qaraydi, ammo yaqinlik vaqtida to'g'ri pozani tanlash nafaqat hissiyotlarni yangi bosqichga olib chiqadi, balki juftlikning o'zaro uyg'unligini ham belgilaydi. Bir xil va zerikarli jinsiy aloqa vaqt o'tib munosabatlarda sovuqlik paydo qilishi hech gap emas.
Psixologlar va oilaviy munosabatlar mutaxassislarining ta'kidlashicha, jinsiy hayotdan qoniqmaslik oilaviy ajrimlarning eng asosiy yashirin sabablaridan biridir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, jahon amaliyotida oilalarning qariyb 20 foizdan 60 foizigacha qismi jinsiy nomuvofiqlik va yaqinlikdagi muammolar tufayli barbod bo'ladi. Ayniqsa, juftliklarning o'zaro yaqinlikdan birdek zavq ololmasligi va bu mavzu ochiq gapirilmasligi oxir-oqibat katta mojarolarga va oilaning buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun yaqinlik vaqtida yangilik kiritish, birgalikda tajriba qilish va har ikki tomonning rohatini o'ylash juda muhim. Sog'lom va mustahkam oila ortida ana shunday nozik jihatlar ham turadi.
Siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun olov bir mavzuni ochib bermoqchi edim. Ammo reaksiya kamligidan kerak emasmi deb o‘ylab qoldim. 😎
Erkak kuchli bo‘lishi kerakmi?
Bizning jamiyatda erkak kishi dardini ichiga yutib yurishga o‘rgangan: beli og‘risa indamaydi, siydigida achishish bo‘lsa "o‘tib ketadi" deb yuraveradi, moyak sohasida tortishish sezsa ham hech kimga bildirmaydi. Chunki jamiyatda unga doim kuchli ko‘rinish kerakligi uqtirilgan.
Lekin kasallik sabrni tan olmaydi va kutib turmaydi. Bugun oddiygina bo‘lib ko‘ringan alomat ertaga jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, buyrakdagi kichik tosh ham, varikotsele ham yoki bepushtlikka sabab bo‘ladigan yashirin muammolar ham boshida bilinmaydi.
Shuning uchun dardni yashirib yurish yaraga tuz sepish bilan barobar. Agar sog‘ligingizda muammo bo‘lsa, uyalmang va vaqtni cho‘zmang. Tanangiz og‘riq orqali yordam so‘rayotgan ekan, demak harakat qilish vaqti keldi.
Chunki haqiqiy erkaklik kuchi og‘riqqa jim chidashda emas, balki muammoni o‘z vaqtida hal qilishidadir. Siz oxirgi marta doktorga shunchaki ko‘rik uchun qachon bordingiz?
Rasmlarni chapga surib slaydlarni o‘qing! Barchangizga manfaatli bo‘lsin! 👍
