en
Feedback
Alisher Narbayev | Rasmiy kanal

Alisher Narbayev | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Muhandis, Yurist Alisher Narbayevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! ✅ Murojaat uchun: @alishernarbayev

Show more
270
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni! Barcha yoshlarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklayman! Yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayot
🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni! Barcha yoshlarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklayman! Yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan, orzu va maqsadlari sari intilayotgan barcha yoshlarga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilayman! Bayramingiz muborak bo‘lsin, O‘zbekiston yoshlari!

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari! 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni mubo
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari! 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, xolis va tezkor axborot yetkazishdagi mas’uliyatingiz hamda samarali hamkorligingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, ijodiy yutuqlar va yangi zafarlar tilayman!

☄️ 2026-yil 1-iyuldan pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshadi Prezidentimizning 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoniga asosan: 🗓 1-iyuldan boshlab (pensiya va nafaqalar — 7%): 📝Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 so‘m 📝Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 so‘m 📝Bolalar nafaqasi (3 yoshgacha, birinchi farzand) — 386 000 so‘m 📝Bolalar nafaqasi (3-18 yosh, birinchi farzand) — 295 000 so‘m 📝Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha — 177 000 so‘m 📝Uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha — 118 000 so‘m 📝Ijtimoiy reestrdagi oilalar uchun moddiy yordam — 450 000 so‘m 📝Pensiyani hisoblash bazaviy miqdori — 504 000 so‘m 🗓 1-sentyabrdan boshlab (ish haqi va stipendiyalar — 7%): Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalari oshadi ✅Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m ✅Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m 🎤 Boshqa pensiya va nafaqalar (1-iyuldan, ilovaga muvofiq): 🗾Urushda nogiron bo‘lganlar va qatnashchilari uchun — 4 775 000 so‘m 🗾Bevosita parvarish/o‘zgalar yordamiga muhtojlar nafaqasi — 878 000 so‘m 🗾Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi (1-a’zo) — 878 000 so‘m, har keyingi a’zo uchun +290 000 so‘m 🗾Keksa yoshdagi, ish staji bo‘lmaganlar nafaqasi — 878 000 so’m.

🇺🇿 23-iyun — Davlat xizmati kuni munosabati bilan tayyorlangan “Mening tanlovim” nomli videorolik e’tiboringizga havola etiladi. Unda davlat xizmatining bugungi zamonaviy qiyofasi, meritokratiya tamoyillariga asoslangan ishga qabul qilish tizimi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat xizmatchilarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. “Mening tanlovim” — bu davlat xizmatini tanlagan insonlarning mas’uliyati, Vatan ravnaqiga daxldorlik hissini aks ettiruvchi hayotiy hikoyadir. 📹 Videorolikni tomosha qiling

8 + 8 + 8 = 24 1 суткада 24 соат бўлса: 8 соат уйқуга сарфласак, 8 соат ишга сарфласак, унда қолган 8 соат қаерга кетяпти? P/
8 + 8 + 8 = 24 1 суткада 24 соат бўлса: 8 соат уйқуга сарфласак, 8 соат ишга сарфласак, унда қолган 8 соат қаерга кетяпти? P/S: Қизиғи шундаки, инсон ҳаётини айнан қолган 8 соат белгилайди. Сиз у вақтни нимага сарфлаяпсиз?

Айтишларича, бир давлат ташкилотида соат 18-00 дан кейин электр ва интернет автомат узиб қўйилмоқда экан. Агар ходимлар соат 20–00 дан кейин қолиб ишласа ёки компьютер ёқишга уринса KPI минус қилинар экан. Тажриба 3 кундан бери амалда эмиш. Отасига раҳмат шу раҳбарни. @u_generalissimus

Jahonning eng keksa o‘qituvchisi qayerlik va necha yoshda?
Anonymous voting

Hajj 2026 took place from May 25 to May 30 corresponding to the 8th to 13th of Dhul Hijjah 1447 AH with over 1.7 million pilgrims converging in Mecca to perform the fifth pillar of Islam. The pinnacle was the Day of Arafah on May 26 where millions stood in heartfelt prayer seeking forgiveness under the open sky followed by stays in Mina Muzdalifah stoning of the Jamarat Tawaf around the Kaaba and Sa'i between Safa and Marwah. Saudi authorities managed the crowds effectively with modern safety measures and logistics despite the warm weather allowing smooth completion of all rites. This gathering beautifully symbolized equality unity and devotion as Muslims from every background stood together in simple Ihram fostering global Ummah bonds. Many pilgrims returned home spiritually renewed with peace purpose and strengthened faith after Eid al-Adha celebrations on May 27.

2026-yilning 1-iyun kuni Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining Viloyat ishchi guruhi hamda PSUYA ITI ning mutaxassisl
+8
2026-yilning 1-iyun kuni Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining Viloyat ishchi guruhi hamda PSUYA ITI ning mutaxassislari bilan Narpay tumani G’alaba hududining Narpay Husan dalasi, Tosh Qalandarov, Azimjon Tojiyev, G’alaba Qahramon ota, Ro’zimurod dehqon f/xliklarida paxta dala maydonlarida parvarishlanayotgan g‘o‘za maydonlarida o‘simliklar holati, ularni parvarishlashda qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlar hamda hosildorlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar o‘rganilib, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish, kultivatsiya, oziqlantirish, chuqur yumshatish, begona o'tlardan tozalash, sugʻorish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, zararkunandalarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. G’o’za maydonlarida ortiqcha namlikni kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, shuningdek g’o’zaning o’sishi hamda rivojlanishini boshqaruvchi biostimulyatorlar bilan ilm bilan yondashuv bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

Дам олиш кунида кайфият вайн Юристлар нега чойхонага боришдан қўрқади? 👉bahodir akadan

❗️Илмий даражалар беришда чет тилидан малакавий имтиҳон топшириш ва диссертация ҳимояси ҳақида эълон бериш каби талаблар бекор қилинмоқда Президент фармони билан, 2027 йил 1 январдан бошлаб илмий даражалар беришда қуйидаги тартиблар бекор қилинади: 🔹 чет тили фанидан малакавий имтиҳон топшириш (мустақил изланувчилар бундан мустасно); 🔹 Олий аттестация комиссияси (ОАК) томонидан диссертация мавзуларини рўйхатдан ўтказиш ва диссертация ҳимояси тўғрисида эълон бериш; 🔹 диссертацияни етакчи ташкилотда муҳокамадан ўтказиш; 🔹 ижтимоий-гуманитар фанлар соҳалари бўйича фан доктори (DSc) илмий даражаси учун тайёрланган диссертация натижалари юзасидан монография эълон қилиш; 🔹 диссертация авторефератини чоп этиш; 🔹 диссертация илмий натижаси амалиётга жорий этилганлиги тўғрисида хулоса олиш; 🔹 ОАКнинг фан тармоқлари бўйича эксперт кенгаши томонидан диссертацияни илмий экспертизадан ўтказиш; 🔹 ҳимоя қилинган диссертация бўйича илмий кенгаш қарорини ОАК томонидан тасдиқлаш; 🔹 таълим ва илмий-тадқиқот фаолияти учун жалб қилинган чет эллик фуқаронинг хорижда олган илмий даражаси тўғрисидаги ҳужжатларини нострификация қилиш. Бунда илмий даража тўғрисидаги ҳужжат унинг Ўзбекистондаги фаолияти давомида тўғридан-тўғри тан олинади. 2027 йил 1 январга қадар ОАК томонидан диссертация ҳимояси тўғрисида эълон берилган ва диссертация ҳимоясини ўтказган изланувчиларга илмий даражалар мазкур фармон кучга киргунга қадар амалда бўлган тартибга мувофиқ берилади.

“Янги авлод илмий кадрларини тайёрлаш ва уларни аттестация қилиш тизимини такомиллаштириш тўғрисида”ги Президент фармони қабул қилинди.

Rahbarlar eshitsin, imkon qadar yuqoriroq rutbali rahbarlar! Haddan tashqari ortiqcha ishlash xodimlarning charchashiga va kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ish vaqti rejimi sogʻlom ish-hayot muvozanatini taʼminlab, ishchilarning sogʻligʻini asrashga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, insonning diqqat-eʼtibori va ish samaradorligi taxminan 8 soat mobaynida yuqori darajada saqlanadi. Undan ortiq vaqt ishlashda diqqat sustlashishi va xatolar sodir etilishi mumkin. ©yuristkadr

Rahbarlar eshitsin, imkon qadar yuqoriroq rutbali rahbarlar! Haddan tashqari ortiqcha ishlash xodimlarning charchashiga va kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ish vaqti rejimi sogʻlom ish-hayot muvozanatini taʼminlab, ishchilarning sogʻligʻini asrashga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, insonning diqqat-eʼtibori va ish samaradorligi taxminan 8 soat mobaynida yuqori darajada saqlanadi. Undan ortiq vaqt ishlashda diqqat sustlashishi va xatolar sodir etilishi mumkin. ©yuristkadr

Арафа – тақдирлар ўзгарадиган муборак кун!   Арафа шунчаки тақвимдаги оддий кун эмас. У – Аллоҳнинг чексиз раҳмати ва мағфирати ёғиладиган, бандалар дўзахдан озод қилинадиган, йилда бир бор келувчи улуғ фурсатдир. Бундай улуғ кунни оддий кунлардек ғафлатда, бепарво ўтказиб юбориш ўзимизга бўлган энг катта зулмдир.   Бу муборак кунни қуйидаги муҳим амаллар билан ўтказайлик: ⚪️Энг хайрли дуолар фурсати Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Дуоларнинг энг яхшиси Арафа кунининг дуосидир», деганлар. Бу кун – йиллар давомидаги орзулар ушаладиган, ғамлар арийдиган ва қалблар дам оладиган пайтдир. Аллоҳ бу кунда бандасидан чин дилдан, ихлос билан қилинган дуони кутади.   ⚪️Чин қалбдан тавба қилиш ва кечиримли бўлиш Арафа – намозларни қолдирмай бошлаш, тош қотган дилларни юмшатиш ва гина-адоватларни унутиб, инсонларни Аллоҳ учун кечириш пайтидир. Чин дилдан, пушаймонлик билан тўкилган бир томчи кўз ёши бутун ҳаётимизни гўзалликка буриб юбориши мумкин.   ⚪️Телефон ва чалғитувчи воситалардан узоқ бўлиш Бу кунда телефон, ижтимоий тармоқлар ва телевизорни бир четга суриб, вақтни ғанимат билайлик. Уйимизда зикр, дуо ва Қуръон тиловати янграб турсин.   ⚪️Оилада гўзал муҳит яратиш Фарзандларимиз қалбида Арафа кунининг файзи ва таровати муҳрланиб қолсин. Болалар айтилган гапларни унутиши мумкин, лекин уйдаги мана шу ибодат ва барака муҳитини ҳеч қачон унутишмайди.   📖 «Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлманг!» (Зумар сураси, 53-оят).   Арафот майдонида турган миллионлаб ҳожилар устига ёғилаётган чексиз раҳмат, бугун ўз уйида, жойнамоз устида чин дилдан тавба қилаётган ҳар бир инсонга ҳам етиб келади, иншааллоҳ!

🇺🇿 Менинг Президентим!

😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturlariga qabul jarayonlari boshlandi! 🗣Qabul jarayonlari davlat buyurtmasi hamda ochiq tanlov asosida ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki, masofaviy) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Qabul quyidagi 5 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etiladi: 1.Davlat boshqaruvi 2.Hududlarni kompleks rivojlantirish 3.Inson resurslarini rivojlantirish 4.Davlat siyosati 5.Davlat moliyasini boshqarish 🗣Hujjatlarni topshirish muddati va tartibi: Hujjatlar 2026-yil 26-maydan boshlab, Akademiyaning rasmiy (qabul.dsba.uz) onlayn platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi shtat birliklari hokimlik tizimiga o‘tkazilmoqda. Shunga mos ravi
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi shtat birliklari hokimlik tizimiga o‘tkazilmoqda. Shunga mos ravishda, ushbu lavozimdagi xodimlarning ish haqi ham endilikda hokimlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi asosida belgilanishi kutilmoqda.