Panda Books
Open in Telegram
Books & Book Reviews. Zamonaviy mutolaa repertuari. Insta: instagram.com/pandabooksuz Reklama: @pandapochtabot
Show more5 179
Subscribers
-224 hours
-267 days
-9730 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+26
in 0 channels
August '26
+141
in 5 channels
Get PRO
July '26
+177
in 2 channels
Get PRO
June '26
+222
in 5 channels
Get PRO
May '26
+181
in 3 channels
Get PRO
April '26
+134
in 1 channels
Get PRO
March '26
+76
in 3 channels
Get PRO
February '26
+505
in 3 channels
Get PRO
January '26
+1 712
in 8 channels
Get PRO
December '25
+76
in 1 channels
Get PRO
November '25
+148
in 11 channels
Get PRO
October '25
+73
in 2 channels
Get PRO
September '25
+81
in 5 channels
Get PRO
August '25
+109
in 5 channels
Get PRO
July '25
+92
in 11 channels
Get PRO
June '25
+205
in 2 channels
Get PRO
May '25
+153
in 6 channels
Get PRO
April '25
+63
in 8 channels
Get PRO
March '25
+300
in 4 channels
Get PRO
February '25
+572
in 7 channels
Get PRO
January '25
+510
in 6 channels
Get PRO
December '24
+735
in 13 channels
Get PRO
November '24
+781
in 15 channels
Get PRO
October '24
+247
in 15 channels
Get PRO
September '24
+163
in 11 channels
Get PRO
August '24
+344
in 14 channels
Get PRO
July '24
+300
in 14 channels
Get PRO
June '24
+277
in 12 channels
Get PRO
May '24
+288
in 23 channels
Get PRO
April '24
+1 413
in 33 channels
Get PRO
March '24
+343
in 46 channels
Get PRO
February '24
+381
in 26 channels
Get PRO
January '24
+691
in 47 channels
Get PRO
December '23
+457
in 7 channels
Get PRO
November '23
+381
in 38 channels
Get PRO
October '23
+1 083
in 15 channels
Get PRO
September '23
+255
in 0 channels
Get PRO
August '23
+1 870
in 0 channels
Get PRO
July '23
+246
in 0 channels
Get PRO
June '23
+360
in 0 channels
Get PRO
May '23
+397
in 0 channels
Get PRO
April '23
+309
in 0 channels
Get PRO
March '23
+387
in 0 channels
Get PRO
February '23
+250
in 0 channels
Get PRO
January '23
+271
in 0 channels
Get PRO
December '22
+234
in 0 channels
Get PRO
November '22
+185
in 0 channels
Get PRO
October '22
+347
in 0 channels
Get PRO
September '22
+197
in 0 channels
Get PRO
August '22
+632
in 0 channels
Get PRO
July '22
+174
in 0 channels
Get PRO
June '22
+218
in 0 channels
Get PRO
May '22
+417
in 0 channels
Get PRO
April '22
+928
in 0 channels
Get PRO
March '22
+203
in 0 channels
Get PRO
February '22
+135
in 0 channels
Get PRO
January '22
+275
in 0 channels
Get PRO
December '21
+636
in 0 channels
Get PRO
November '21
+340
in 0 channels
Get PRO
October '21
+147
in 0 channels
Get PRO
September '21
+278
in 0 channels
Get PRO
August '21
+830
in 0 channels
Get PRO
July '21
+414
in 0 channels
Get PRO
June '21
+246
in 0 channels
Get PRO
May '21
+182
in 0 channels
Get PRO
April '21
+297
in 0 channels
Get PRO
March '21
+559
in 0 channels
Get PRO
February '21
+153
in 0 channels
Get PRO
January '21
+417
in 0 channels
Get PRO
December '20
+1 196
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | +7 | |||
| 06 September | +2 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +4 | |||
| 03 September | +5 | |||
| 02 September | +4 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
Biror kishi qanday odam ekanligini bilmoqchi bo'lsang, undan "Taxtlar o'yini"da qaysi personaj unga eng ko'proq yoqishini va qaysi personajni eng ko'p yomon ko'rishini so'rang. Ishoning bu u haqida birinchi taassurotni yaxshi ochib beradi.
Agar u Taxtlar o'yinini ko'rmagan va yoqtirmasligini aytsa, unda unga ortiqcha vaqt sarflamang😁
@panda_books
| 2 | #news
OTMlarning tijoratlashtirilishi va xususiylashtirilishi juda jiddiy qaror.
Agar qat'iy davlat nazorati hamda ijtimoiy kafolatlar bo'lmagan taqdirda, oliy ta'limni hamma uchun "ochiq ijtimoiy ne'mat"dan qimmat tovarga aylanib, kontrakt narxlarining oshishi, ijtimoiy tengsizlikning chuqurlashishi hamda ta'lim va ilm-fan sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
@panda_books | 317 |
| 3 | Yigitlar bugun Rim haqida o'yladingizmi?
Men:
@panda_books | 438 |
| 4 | "Uest-Egglik Trimalxion"
Mushakbozlik fonida qo’lida shampan qadahi ko’tarib, sizga jilmayib qarab turgan smokingdagi Leonardo Di Kaprio.. Ha, bu mening sevimli GIFim, ammo hozir gap bu haqda emas. Pop-madaniyat "Buyuk Getsbi"ni "buyuk javobsiz sevgi" deyishni yaxshi ko’radi. O'zim ham yaqin-yaqingacha shunday o'ylardim…
Ammo yozuvchining qoralamalariga nazar tashlab ko’rsakchi? Qizig’i. Fitsjerald romanni "Buyuk Getsbi" deb nomlashni umuman xohlamagan. Kitobni nashrga topshirishning so'nggi daqiqalarigacha u nashriyotchi Maks Perkins bilan butunlay boshqa nom — "Trimalxion" (yoki "Uest-Egglik Trimalxion") uchun kurashib kelgan.
Shu sarlavhadayoq romanning asosiy va shafqatsiz mohiyati yashiringan.
Trimalxion kim o'zi va uning 1920-yillarga nima aloqasi bor?
Trimalxion — Petroniyning qadimgi Rim satirik romani "Satirikon" (eramizning I asr) qahramoni. U katta boylikka erishgan, ozodlikni qo'lga kiritgan va mahalliy aslzodalar uchun mislsiz darajadagi ulkan, lekin bema'ni va didsiz bazmlar uyushtirgan sobiq quldir.
Petroniy asaridagi Trimalxion — klassik "yangi boy". M-maqtanchoq. U o'zini dabdabaga o'raydi, lekin undan qanday foydalanishni bilmaydi. U shoirlardan iqtibos keltiradi-yu, ismlarni adashtirib yuboradi, tillolarini ko'z-ko'z qiladi, uning mehmonlari esa taomini yeb, sharobini ichib, ortidan uning kelib chiqishi ustidan kulishadi. Getsbi bazmlarida esa u umuman tanimaydigan va uni ham tanishmaydigan yuzlab odamlar yig'iladi. Uning kontrabanda jinini ichib, kayf-safo qilib bo’lgach esa, oxirida Getsbini "qotil" yoki "nemis josusi" degan mish-mishlarni tarqatishadi. Qadimgi Rimdagi Trimalxion kabi u ham bularning barchasiga bitta maqsad yo'lida — o'zi uchun soxta oliymaqom sotib olish uchungina chidaydi. Fitsjerald bu Rim modelini go'zal tarzda "jaz davri"ga tatbiq etadi.
Deyziga bo’lgan sevgisichi? Aslida yaxshilab e’tibor berib qarasangiz u Deyzini — ayol sifatida emas, balki qiz mansub bo'lgan tabaqa vakilasi bo’lgani uchun sevardi. Romandagi eng muhim iboralardan biri “Her voices is full of money” bejizga emas. Deyzi Byukenen Getsbi uchun eng oliy mukofot, Shimoliy Dakotalik qashshoq bola Jey Gets o'zining sharmandali o'tmishini butunlay o'chirib tashlaganining asosiy dalilidir. Qiz u uchun nufuz belgisi bo’lgan edi.
"Buyuk Getsbi"ning asosiy fojiasi shundaki, unda "sevgi maishiy muammolarga urilib parchalanib ketgani" yo'q. Fojia shundaki, Old money hech qachon New money’ni o'ziniki sifatida qabul qilmaydi.
Ming irqchi, qo'pol, xotinboz va aqlsiz bo’lsayam Tom Byukenen aristokrat. Uni qonida, avlodida hashamat va yuqori qatlamga dahldorlik geni oqyapti. Deyzi ham shu. Shu sabab Tom uchun Getsbi shunchaki boyib ketgan bootlegger, "masxaraboz", qimmat kostyum kiygan firibgar. Getsbi noqonuniy alkogoldan millionlab pul ishlamasin, u Nyu-Yorkning oliy jamiyati uchun hamisha o'sha quyi tabaqa vakili Trimalxionligicha qolaveradi.
Fojia yuz berganda, Tom va Deyzi shunchaki o'z pullari orqasiga yashirinib, Getsbining murdasini taqdir hukmiga tashlab ketishadi. Va bazmlarning "buyuk" sohibining dafn marosimiga... faqatgina Nik Karrauey va bir nechta tasodifiy kishilar keladi, xolos.
Bunday qaralsa, Fitsjerald sevgi qissasini yozmagan. U jamiyatning tabaqalashgan tizimini ko'rsatib, "Amerika orzusi" ustidan o'ta shafqatsiz satira yaratgan. Siz qasr sotib olishingiz, dunyodagi barcha ipak ko'ylaklarni harid qilishingiz va butun shaharni shampan vinosi bilan sug'orishingiz mumkin, ammo chinakam elita uchun siz baribir o'ta shovqinli bazm uyushtirgan sobiq bir qul bo'lib qolaverasiz.
Nashriyotchi esa asar ko'proq sotilishi uchun Fitsjeraldni sarlavhadagi "Trimalxion" so'zini "Buyuk Getsbi"ga almashtirishga majbur qilgan xolos.
Think about it.
@panda_books | 498 |
| 5 | No text... | 449 |
| 6 | Shuni o'zimizda nima derdi? Inglizlarda ham bor ekan, bu instrument va u Butter Stamp deyilarkan.
Hozir yana modaga kiribdi.
@panda_books | 590 |
| 7 | #review #taqriz
📓Jorj R. R. Martin — "Qasamyod qilgan ritsar"
Yaqinda Netfllixda chiqqan "Yetti qirollik ritsari" seriali 1-mavsumini kim ko'rgan bo'lsa, u Martinning Dunk va Egg haqidagi debyüt qissasi — The Hedge Knight'ga asoslanganini biladi. O'zim ham uni o'qib chiqib taqriz yozgandim. Endi esa men uning ikkinchi qismi «Qasamyod qilgan ritsar» (The Sworn Sword) qissasini o'qib chiqib aytishim mumkinki, bu qissayam menga juda manzur bo'ldi.
Odatdagidek bunda yarqiragan sovutlar, ritsarlar turniri, dahshatli Ajdarlar-u qirol, shahzodalar yo'q. Butun syujet tuguni— ikkita mahalliy feodal qurib qolgan daryodagi to‘g‘on sababli o'zaro janjaliga qurilgan. Bu ritsarlik romantizmi, aniqrog'i uning beshafqat va zargarona parchalanishi to'g'risida.
Ser Yustas Osgreydan boshlasak. Ser Dunk va Egg xizmat qilishga qasamyod qilgan keksa va kambag‘al lord. Avvaliga u eski an’analarni asrovchi, yovuz qo‘shnilari undan suvini tortib olayotgan klassik oliyjanob bo‘lib ko‘rinadi. Ammo voqealar rivojlangani sari uning asl qiyofasini ochiladi: Yustas — o‘z xomxayollari ichida qolib ketgan toksik, infantil egoist.
Aslida o'rta asrlar realizmi juda shafqatsiz, va u yerdan siz juda kam romantika topasiz. Ritsarlik sharafi doimo boylarning imtiyozi bo‘lgan va uning tovonini huquqsiz quyi tabaqa o‘z qoni bilan to‘laydi.
Qissadagi yana bir asosiy qahramon - go‘yo erlarini zaharlovchi va go‘daklar qonini ichuvchi iblis deya ta'riflanadigan Qizil Beva yoki ledi Roanna Vebber. Aslida es u hech qanday jodugar emas, balki patriarxal tizim mahbusi. Otasining vasiyatiga ko‘ra, u qisqa muddat ichida turmushga chiqishi kerak, aks holda yerlaridan mahrum bo‘ladi. Hamma davrdayam yaxshi er topish muammo bo'lgan, endi siz uni zudlik bilan topishni tasavvur qiling?!
Lekin qissa shu bilan tugamaydi, u bizga Katta siyosatlarning kichik doiralarda qanday ta'sir qilishini, sadoqat va xiyonat nihoyatda nisbiy tushuncha ekanini ko'rsatadi.
Yomon tarix darsliklari bizga shunday o'rgatadi: mana jang bo‘ldi, biznikilar g‘olib chiqdi, dushman va sotqinlar yutqazdi. xo'sh, kim aslida kimligini qanday bilamiz? Qissada Martin lord Osgrey tilidan zo'r gap aytadi: "Xiyonat – shunchaki bir so‘z, xolos. Ikki shahzodadan faqat bittasigina o‘tirishi mumkin bo‘lgan taxt uchun kurashilar ekan, lordlar ham, oddiy xalq ham ulardan birini tanlashga majbur bo‘ladi. Jangdan so‘ng esa g‘oliblar sadoqatli, mag‘lublar esa isyonchi va xoin deya e’lon qilinadi".
Blekfayrlar qo'zg'oloni allaqachon tugagan, uning qatnashchilari hech qaerga yo‘qolgani yo‘q. Ular qo‘shni yerlarda yashashda devam etishmoqda. Sobiq dushmanlar, xoinlar va sodiq fuqarolar eski nafratni ich-ichiga yutib, savdo qilishga, suv uchun sudlashishga va bir-birining ko‘ziga qarashga majbur. Urush sulh imzolanishi bilan tugamaydi — u avlodlar shuurida chirishda devam etaveradi.
Ammo baribir Jorj Martin qissani juda romantik va go'zal tugatishga muvaffaq bo'lgan. Qanday deysizmi, uni faqat o'qib bilib olishingiz mumkin.
Men esa dorn sharobidan ichib, sevimli otimda Westeros bo'ylab sayohatga chiqishda davom etaman...
@panda_books | 697 |
| 8 | Kun fotosi men uchun.
@panda_books | 686 |
| 9 | Birinchi sinflar nima qilayapti ekan? Bitta sinfda nechta o'quvchi borakan?
@panda_books | 855 |
| 10 | O'qishlarni yaxshi boshlavoldizlarmi talabalar?
@panda_books | 943 |
| 11 | Bugun, 2-sentabr kuni 1973-yilda 81 yoshida vafot etgan J. R. R. Tolkin xotirasini yodga olamiz. 🪦
Dunyo bo‘ylab millionlab insonlar uchun Tolkin — O‘rta yer muallifi, «Xobbit», «Uzuklar hukmdori» va bir necha avloddan beri yashab kelayotgan ulkan olamning bunyodkoridir. Ammo uning merosi hech qachon faqat u yozgan hikoyalar bilan cheklanib qolmagan.
U filolog, tilshunos olim va Oksford universiteti professori edi. Uning butun umri davomida tillar, mifologiya, tarix va qadimiy adabiyotga bo‘lgan mehri O‘rta yer poydevorini shakllantirdi. U o‘z tarixiga ega tillarni, o‘z an’analariga ega madaniyatlarni va kitobni ochishimizdan ancha ilgari ham mavjud bo‘lgandek tuyuladigan olamni yaratdi.
Uning vafotidan ellik yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, kitoblari hali-hamon o‘qilmoqda, u yaratgan tillar o‘rganilmoqda va O‘rta yer butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga ilhom bag‘ishlashda davom etmoqda.
R.I.P Professor Tolkin...
@panda_books | 902 |
| 12 | #haqida
Beren va Lutien
XX asrda Oksfordda bir juftlik yashagan bo‘lib, ularning sevgi qissasi butun bir olam uchun poydevor bo‘ladi desam ishonasizmi?
Ular 16 va 19 yoshda, ikkovi bir pansionatda yashovchi yetimlar edi. Ammo yigitning vasiysi, qattiqqo‘l katolik ruhoniy, bu munosabatni o‘qishga xalal beradigan to‘siq deb biladi va qat’iy taqiq qo‘yadi: yigit 21 yoshga to‘lgunicha hech qanday muloqot bo‘lmasin. Uch yillik sukut. Hozirgi zamonda bu uch yil ichida odamlar sevgilisining ismini unutishga ulguradi. Yigit esa o‘zining balog‘at yoshiga yetadigan kunni kutdi va o‘sha kuni, yarim tunda qizga xat yozadi.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz boshqa birovga fotihalangan ekan — shunchaki, meni unutdi, deb o‘ylagani uchun. Ammo vokzaldagi bitta uchrashuv hamma narsani o‘zgartirib yuboradi. Qiz fotihani bekor qiladi, dinini o‘zgartiradi va yigit ortidan mavhum kelajakka birga yo‘l oladi.
Bu hikoyaning eng muhim voqeasi 1917-yilda yuz beradi. U Somma janggi do‘zaxidan yarador va tinkasi qurigan holda endigina qaytib kelgandi. Ular Ross yaqinidagi o‘rmonda sayr qilishayotganda, oq zaharli o‘tlar bilan qoplangan bir ochiq maydonda ayol u uchun raqsga tushib, qo‘shiq ayta boshlaydi. Ayni shu lahzada ofitserning xayolida oddiy inson Beren va elf malikasi Lutienning uchrashuv sahnasi gavdalanadi. Bu shunchaki chiroyli metafora emasdi — u umrining so‘ngigacha ayolni zulmatdan qutqargan o‘sha “nurli” kuch ekanligiga ishonadi.
U o‘n yillar davomida o‘z olamini yaratayotgan bir paytda, ayoli Oksforddagi o‘z komfortidan voz kechadi. Ayol vafot etgach, u qabr toshiga “Lutien” ismini o‘yib yozishni buyuradi. Oradan ikki yil o‘tib, o‘zi ham olamdan o‘tganida, toshga “Beren” nomi qo‘shiladi.
Munosabatlar qisqa bo‘lib qolgan dunyomizda bu hikoya shuni eslatadiki: haqiqiy sevgi — bu birgalikda asrlarni yengib o‘tadigan afsona yaratishdir.
Bu afsonani esa bizga qalbi hamisha o‘zining yagona “elf malikasi” — Edit Meriga tegishli bo‘lgan Jon Ronald Ruel Tolkin hadya etgan. | 810 |
| 13 | #haqida
Independence Day
Mustaqillik bayrami deganda ko'z oldingizda nima eng birinchi gavdalanadi? Balandparvoz nutqlar, dabdabali davlat konsertlari, buyuk kelajak haqidagi estrada qo‘shiqlari va, albatta, mushakbozliklar... Suverenitetni bayroq ustunlarining balandligi va tantanali bezaklar soni bilan o‘lchashni hamisha qoyillatganmiz.
Lekin ushbu rasmiy yaltir-yultirlarni bir chetga sursak, haqiqat yuzaga chiqadi: chinakam mustaqillik umuman siyosat haqida emas. Bu juda shaxsiy, deyarli maishiy tushuncha.
Biz mustaqillikni doim himoya qilish, isbotlash va baralla e’lon qilish kerak bo‘lgan konsepsiya deb qaraladigan paradigmada ulg‘aydik. Ammo haqiqiy erkinlik maydonlardan boshlanmaydi. U inson ertalab uyg‘onib, hayotini yaxshilash uchun yana bitta qadam tashlashga bo'lgan imkondan boshlanadi. Hech kim baxtli bo‘lish uchun qilayotgan harakatlaringizga mone bo'lmasligidan boshlanadi.
Mustaqillik — bu kechqurun suyukli rafiqang qo‘lidan tutib, uxlab yotgan farzandingga termulib bitta haqiqatni anglab yetishdir: u uchun barcha ushbu tarixiy iztiroblarimiz va qo‘rquvlarimiz darslikdagi shunchaki zerikarli bir paragraf bo‘ladi, xolos. U dunyo barcha uchun ochiq degan mutloq, tug‘ma tushuncha bilan ulg‘ayadi. Undan «ichidagi qulni tomchi-tomchilab siqib chiqarish» talab etilmaydi, chunki u har qanday kitobni o‘qish, o‘z yo‘lini tanlash va o‘zgalar dogmasiga mo‘ralamaslik mumkin bo‘lgan reallikda dunyoga kelgan.
35 yil avval yuz bergan voqealarning bosh va yagona ma’nosi ham aslida shunda. Keyingi avlodning o‘zga aql bilan yashamasligi va komplekslarimizni meros qilib olmaslik huquqi.
Haqiqiy mustaqillik — bu yilda bir marta minbarlardan turib vatanparvarlik haqida hayqirish emas. Bu o‘z muvaffaqiyatsizliklarida tizimni, rahbariyatni yoki geopolitikani ayblashni to‘xtatib, o‘z uyi, mehnat va kundalik tanlovi uchun mas’uliyatni yuz foiz o‘z zimmasiga olishdir.
Suverenitet insonning shuurida boshlanadi. Qolgan barchasi esa shunchaki tungi osmonga mushak otish uchun bir bahona.
Yashasin O'zbekiston, Yashasin O'zbekiston xalqi!
@panda_books | 905 |
| 14 | Bugun yozning so'nggi kuni....
Hech bo'lmasa bu yozda bir marotaba ochiq suvda cho'mildingizmi?
@panda_books | 782 |
| 15 | Said Ahmadning “Ufq”idagi Tursunboy obrazi koʻp muhokama qilinadi. Uning qoʻrqoqligi va qiyinchiliklarga chidamsizligi “zaif masculine” ramzi sifatida adabiyotimizda oʻrnashgan.
Ammo koʻpchilik uni bu holatga kelishida eng koʻp sababchi bo’lgan qahramon – uning onasi Jannat haqida gapirmaydi.
Romanning boshidagi ikki sahnadanoq ota-onanining Tursunboyga munosabati ochiq boʻladi: qovun sahnasida Jannat xola oʻgʻliga ish buyurmay, oʻzi uy ishlarini qilib yuradi, unga hatto tushgacha uxlashiga qoʻyib berishadi. Shaharda bu dangasalik, qishloq joyidagi-ku bu yalqovlik Pro Max. Jannat Xola oʻgʻlini urushganda ham qargʻamaydi, balki yaxshi niyat tilaydi. Balki bu men eshitgan eng yoqimli qarg’ishlar boʻlsa kerak.
Ammo bunga ham sabablarni muallif keltirib oʻtadi. Tursunboy ismidan ham ma’lumki 6-7 ta “turmagan farzandlar”dan keyin tugʻilgan juda istalgan farzand. Shu sababdan ham Jannat xola uni oʻzining “Giperhimoyasi”ga olishi tabiiy.
Onalar bolasini sevishi, himoya qilishi instinkt. Ammo u giper, super darajaga koʻtarilganda, qandaydir paranormal holatga keladi. Natijada farzand mustaqil qaror qabul qilolmaydigan, irodasiz va kuchsiz boʻlib oʻsadi. Onasini bolasi. Otasi Ikrom aka keyinchalik uni biroz tarbiyalamoqchi boʻladi, ammo unga uning vaqti va kuchi yetmaydi.
Bolalar ayyor bo’ladi. Qattiqqoʻlroq ota-onaning farzandlari ulardan mehribonroq bobo-buvilarini tezda yaxshi koʻrib qolishadi. Shaxsiy tajriba shunday.
Albatta barcha qilmishlariga Tursunboyni oʻzi birinchi navbatda aybdordir, bu haqisa bahslashmayman, ammo uni chinakam erkak qilib tarbiyalamagan ona ham qaysidur ma’noda aybdor.
@panda_books | 1 135 |
| 16 | https://www.instagram.com/reel/Dciod1gMBdb/
Magistrlikkacha boʻlgan yoʻl.
@panda_books | 1 733 |
| 17 | Men odatda biror kitobga taqriz yozishdan oldin, boshqa bukblogerlar yozganiga, mashhur yozuvchi yoki adabiyotshunoslar nima degan ekan deb internet titkilab koʻraman.
Bu g’oya koʻchirish yoki boshqa narsa emas, meni oʻqishlari uchun men ham boshqalarni oʻqib bilishim kerak.
Xullas, gugl ajoyib narsada. Bitta kitob haqida “tahlil” deb soʻrov yubordim. Birinchi sahifa boshidayoq mahalliy univer uchun yozilgan Ilmiy Tahlil chiqib keldi. Kirdim. Qarasam Palon Davlat univerining PhD (!) talabasi, va kafedra mudiri hamkorlikdagi adabiy-ilmiy tahlil ekan. (Shu joyni eslab qoling, yana qaytamiz)
Ammo nimadur “neto” koʻrindi.
Ilmiy nomlanish qoidasi va texnik tilda aytganda “template” boshidan xato tuzilgandi. Mayli. Annotatsiya qismi - tushunarsiz. Kalit soʻzlar - aslida bu aktualmas, mayli.
Xullas, tahlilni qancha koʻp oʻqirkanman, bu umuman tahlil emasligiga shuncha koʻp amin boʻla boshladim. Uyam mayli, soʻzlar menga tanish tuyulardi.. shoshma-chi?
Kitobni qayta ochdim, soʻzboshiga oʻtdim. Kitobga boshqa inson tomonidan yozilgan So’zboshi shunchaki Copy Paste qilingan edi. Birorta soʻz qolmagan. 7-8 varaq bitta koʻz yugurtirib, foydalanilgan adabiyotlarga tushdim. Bilasiz, bibliography tuzishda oʻzining qoidalari bor. Masalan, biz Harvard Quotation tizimini ishlatamiz. Buyoqda “Oʻzim bilaman Quotayshn” tizimi boʻlib yotibdi.
Birorta snoska berilmagan adabiy tahlilda umuman qoʻllanilmagan adabiyotlar (hatto random bitta dostonni kiritib qoʻygan) joylangan. Eng kulgilisi, kitobning oʻzi foydanilgan adabiyotlar roʻyxatida yoʻq. “Qaysi nashr, qaysi yilgi kitobni oʻqib, yozding buni ey uzunfahm ?”deydigan odam yoʻq?:)
Ha, plagiat va boshqa narsalar hech kim uchun yangilik emas. Endi mana ChatGpT chiqib, mustaqil fikrlash yanada qiyinlashdi. Gap tizimda. Tizim nimani ragʻbatlantirsa, aniqrog’i ragʻbatlantirishni noto’gʻri qo’llasa, hammasi chappa ketadi.
Aslida qunt qilinsa, oʻsha kitobni oʻqishga 4-5 kundan koʻp ketmaydi. Yozishga yana shuncha, qayta tahrirlashga 2 kun. Orada professor bilan buni muhokama qilishga boring 1 kun. 2 haftada yaxshi, pishiq tahlil tayyor. Ammo nega bunday qilmaydi koʻpchilik? Sabablar millionta. Ammo eng asosiysi - bilim dargohlarini oʻzagi bilim boʻlishi kerak. Unvonlar, diplomlar, nomlar, pullar barchasi xuddi Neptun yoki Pluton kabi periferiyalardagina aylanib yurishi, yoki tizimdan chiqib ketishi kerak. Bilim Xuddi Quyosh kabi hammani tortib turadigan kuch bo’lishi lozim. Bilim, adolat, shaffoflik va erkinlikdan iborat fundamental bazaga ega bilim dargohi shu asoslarni har qanday kuchdan himoya qila biladigan tizim qura olsa, yuqoridagidek uyatli holatlar kamayadi va yoʻqoladi.
Hozircha esa gugldagi sahifalarni varaqlashda davom etamiz.
@panda_books | 1 184 |
| 18 | Время выгодных покупок
⚡ Сниженные цены на популярную технику уже ждут вас в BeeMarket
📱Огромный выбор смартфонов, гаджетов и аксессуаров. Переходите и заказывайте со скидкой!
Купить
#реклама
market.beeline.uz | 442 |
| 19 | Dolly Parton kecha 80 yoshida vafot etibdi. | 1 015 |
| 20 | #tarix
I Will Always Love You...
If I should stay
Well I would only be in your way
And so I'll go, and yet I know
I'll think of you each step of the way.
Shu so'zlar bilan boshlanuvchi mashhur ashula tarixi g'oyat qiziq. Orangizda ko'pchilik bu ashulani eshitgan bo'lsangiz ehtimol.
1973-yilda oddiy ashulachi Dolli Parton tomonidan yozilgan ushbu kantri (AQShning G'arbiy hududida qishloq aholisida tarqalgan raqsli musiqa janri) janridagi qo'shiqda o'z sobiq sevgilisi bilan bo'lgan munosabatlarini tasvirlagan. Ammo unga bo'lgan hislarini saqlab qolgan ayolning holati ko'rsatib berilgan.
Parton qo'shiqni vaqt oraliqlarida bir necha bor qayta-qayta yozadi. 1995-yilda Parton Vinsent Gill bilan duet ijro etadi. Va nihoyat "I Will Always Love You" 2009-yilgi albomida bonus trek sifatida namoyish etadi.
Va albatta, biz bu ashulani boshqa xonanda ijrosida eslab qolganmiz. Ba'zan shunday bo'ladi, ashulani qanchalik ideal yozma, u senga atalmagan, ovozing to'g'ri kelmasa, baribir foyda yo'q. Ha, o'sha legendary Uitni Xyuston ushbu xitni zo'r muvaffaqiyat bilan ijro etadi. Eng qizig'i, Xyuston juda zo'r treklari bor, ammo hamma uni manashu ijrosi bilan eslab qolgan. Ashulaning muvaffaqiyatli versiyasi, 1992-yildagi "Tansoqchi" filmida saundtrek sifatida yangraydi. "Yilning eng yaxshi qo'shig'i" va "Yilning pop-vokal yo'nalishidagi eng yaxshi ayol honandasi" yo'nalishida "Gremmi" mukofotini qo'lga kiritadi.
Hatto ashaddiy tanqidchilar ham ushbu g'amgin muhabbat navosi, Uitnining kuchli vokali natijasida inson qalbini to'lqinlatiruvchi nolaga aylanganidan hayratga tushishgan.
I wish you love
I love you
I will always love you...!
P.s: Ashula shu yerda
@panda_books | 967 |
