en
Feedback
QASHQADARYO FVB | Rasmiy

QASHQADARYO FVB | Rasmiy

Open in Telegram

🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali... 📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar ✍️ Tahliliy ma'lumotlar 📩 Ishonch telefoni: 1101

Show more
4 920
Subscribers
+824 hours
+207 days
-4030 days
Posts Archive
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi orzular Yurtimizdagi umumta’lim maktablarida bugun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot
+3
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi orzular Yurtimizdagi umumta’lim maktablarida bugun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Mirishkor tumanining Olis Pomuq mahallasidagi 37-maktabda o‘tkazilgan tantanali tadbirda Boshqarma boshlig‘i, polkovnik F. Mirzayev ishtirok etdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘qituvchi va o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va ezgu maqsadlar ruhida kamol toptirish borasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Tantanali tadbir davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi. Boshqa yangiliklar 👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

RASMIY MA'LUMOT Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanidagi burgʻulash ishlariga moʻljallangan hududda yongʻin sodir bo‘lgani haqi
RASMIY MA'LUMOT Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanidagi burgʻulash ishlariga moʻljallangan hududda yongʻin sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Mazkur hududda korxonaning ishlab chiqarish jarayoni doirasida, belgilangan rejaga muvofiq, gazni nazoratli tarzda yoqish ishlari amalga oshirilgan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida bo‘lib, hech qanday favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan. Jabrlanganlar va talofatlar yoʻq. Fuqarolar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan, asossiz va vahima uyg‘otuvchi ma’lumotlarni tarqatmasliklarini hamda faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinayotgan axborotlarga tayanishlarini so‘raymiz. Boshqa yangiliklar 👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Hurmatli fuqarolar! Yurtimizda 1-sentabrdan 30-sentabrgacha “Yongʻindan ogohlik umummilliy kompaniyasi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Yurtimizda 1-sentabrdan 30-sentabrgacha “Yongʻindan ogohlik umummilliy kompaniyasi oyligi” o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.Ҳурматли фуқаролар! Юртимизда 1 сентябрдан 30 сентябргача “Ёнғиндан огоҳлик умуммиллий компанияси ойлиги” ўтказилмоқда. Ушбу тадбирларда фаол иштирок этишингизни сўраймиз. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqi — Выступление Президента Ре
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqiВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании в формате «ШОС плюс» — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting in the “SCO Plus” Format Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshq
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik F. Mirzayevning tizim shaxsiy tarkibiga bayram tabrigi Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTubexxx

O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi muborak bo‘lsin!Ўзбекистон мустақиллигининг ўттиз беш йиллиги муборак бўлсин! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел в Бишкеке переговоры с Председателем КНР Си Цзиньпином. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Bishkekka keldi. — Глава нашего государства прибыл в Бишкек с рабочим визитом. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tariladi. — Состоявшиеся плодотворные переговоры на высшем уровне открывают качественно новый этап в отношениях между Узбекистаном и Индией – всеобъемлющее стратегическое партнерство. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Kecha Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor A. Ikramovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlariga barcha yangi zamonaviy xizmat avtomobillari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur xizmat avtomobillari qutqaruv va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish, qutqaruvchilarning xizmat samaradorligini oshirish hamda aholining hayoti va mol-mulkini ishonchli muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#LIVE Ayni paytda Qarshi shahridagi Amfiteatr majmuasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamkorlikdagi kuch tuzilmalari bilan kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda. Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

“Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Qadrli yurtdoshlar! Siz azizlarni O‘zbekiston Respublik
“Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Qadrli yurtdoshlar! Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu qutlug‘ sana yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va xonadonlarimizga fayz-u baraka olib kelsin. Ona Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning bunyodkorlik va ezgu maqsadlari yo‘lidagi ishlarimiz bardavom bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha ahil va birdam bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Kecha Mazkur videolavhada Yakkabog‘ tumani FVB 22-Qutqaruv qismining tantanali ravishda foydalanishga topshirilgani aks etgan. Ushbu tadbirda ham Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov shaxsan ishtirok etib, qutqaruvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi hamda yangi binoning ramziy lentasini kesib, foydalanishga topshirish marosimida qatnashdi. Yangi qutqaruv qismining ishga tushirilishi hududda favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob qaytarish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Tahlil | Bayram tadbirlari o'tkazilayotgan hududlarda aholi xavfsizligini ta'minlash uchun qanday ishlar qilinyapti? Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Kecha Kecha xabar berganimizdek, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimiga oid 5 ta manzilda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu quvonchli lahzalarni keng jamoatchilik bilan baham ko‘rish maqsadida tadbirlardan tayyorlangan videolavhalarni navbati bilan e’tiboringizga havola etib boramiz. 🎥 Mazkur videolavhada Boshqarmaning Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot anjomlari bilan to‘liq jihozlanib, tantanali ravishda foydalanishga topshirilgani aks etgan. 🏢 Markazning zamonaviy sharoitlarda ish boshlashi aholining hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Yangi imkoniyatlar — yanada yuqori tayyorgarlik va xavfsizlik sari muhim qadam! Boshqa yangiliklar👇 Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Mustaqillikning_35_yilligi #Yagona_vatan_yagona_xalq

Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimi uchun yangi imkoniyatlar yaratildi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-m
+4
Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimi uchun yangi imkoniyatlar yaratildi
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi uchun bir qator yangi obyektlar va xizmat avtomobillari foydalanishga topshirildi. Batafsil...
Қашқадарё вилоятида фавқулодда вазиятлар тизими учун янги имкониятлар яратилди
Фавқулодда вазиятлар вазири генерал-майор Азизбек Икрамов бошчилигида Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида Қашқадарё вилоятида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги тизими учун бир қатор янги объектлар ва хизмат автомобиллари фойдаланишга топширилди. Батафсил... ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com