QASHQADARYO FVB | Rasmiy
Open in Telegram
🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali... 📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar ✍️ Tahliliy ma'lumotlar 📩 Ishonch telefoni: 1101
Show more4 917
Subscribers
+824 hours
+207 days
-4030 days
Posts Archive
Repost from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Kuz-qish mavsumi yaqinlashmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi. Asosiy tavsiyalar ushbu videorolikda taqdim etilgan.
———
Приближается осенне-зимний сезон. МЧС призывает граждан принять все необходимые меры, для того чтобы избежать случаев отравлений угарным газом, вспышек газо-воздушной смеси и пожаров. Основные рекомендации представлены в данном видеоролике.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borish zarurligini ta’kidladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ehtiyojmand aholini Ijtimoiy reyestrga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mahallalardagi hokim yordamchilari loyihabay ishlash tizimiga o‘tkaziladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar Xorazm viloyati misolida ko‘rsatib berildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish ishlarining holatini tanqidiy tahlil qildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения.
Facebook|Instagram|X
Gʻuzor tumanida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan maʼlumot
Bugun, 2-sentyabr kuni soat 12:59 da Gʻuzor tumani, “Tinchlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 3-uy, 9-xonadon oshxonasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, voqea joyiga Gʻuzor tumani FVBning 5-Qutqaruv qismidan 2 ta boʻlinma jalb etilib, soat 13:04 da yetib borgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yongʻin soat 13:45 da toʻliq bartaraf etildi.
Yongʻin oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🌿 QOG‘OZSIZ BIR KUN AKSIYASI
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi doirasida ish jarayonlarini raqamlashtirish orqali qog‘ozsiz ishlash rejimiga o‘tmoqda.
Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish nafaqat ish unumdorligini oshiradi, balki tabiatni asrashga ham xizmat qiladi. Har bir tejalgan qog‘oz — bu asrab qolingan daraxt, bu esa kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit demakdir.
🌱 Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!
Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
—
Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti —
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
